Respublikada sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish, xalqaro standartlar asosida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun sug‘urta xizmatlari ko‘lamini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy manfaatlarini samarador sug‘urtalash tizimini yaratish, shuningdek, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida:
1. Quyidagilar “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
birinchi, yetkazilgan zarar, o‘t va baxtsiz hodisalardan garov hamda lizing obyektlarini sug‘urtalash yo‘li orqali tadbirkorlik subyektlarini himoya qilish sug‘urtalarini taqdim etish, shuningdek, mulkni, yo‘ldagi uskunalar va tovarlarni sug‘urtalash hamda tadbirkorlik faoliyatini barcha tavakkalchiliklardan sug‘urtalash;
ikkinchi, sanoat korxonalarini va iqtisodiyot tarmoqlaridagi qurilish obyektlarini barcha xavf-xatarlardan kompleks sug‘urtalashni ta’minlash;
uchinchi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta himoyasini taqdim etish, “Mahalla”, “Nuroniy” jamg‘armalari va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda sug‘urta xizmatlarining keng ko‘lamini taqdim etish uchun respublikaning barcha hududlari aholisi qamrab olinishini kengaytirish;
to‘rtinchi, aholini shaxsiy sug‘urtalash bo‘yicha, shu jumladan, infeksiya orqali yuqadigan kasalliklardan sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta himoyasini ta’minlash;
beshinchi, yoshlar uchun uylar qurish bo‘yicha dasturlarga muvofiq uy-joyni sug‘urtalashni amalga oshirish;
oltinchi, yangi investitsiyaviy sug‘urta mahsulotlarini yaratish orqali sug‘urta faoliyatini kengaytirish;
yettinchi, zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan xolda virtual ofislar va sug‘urta xizmatlari sotishning yangi kanallarini yaratish, onlayn to‘lash imkoniyatlari orqali internet-magazinlardan foydalangan xolda jahon Internet tizimidan foydalangan holda sug‘urta xizmatlari sotishni rivojlantirish;
sakkizinchi, aholiga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi axborot almashinuvini avtomatlashtirish mexanizmlarini joriy etish;
to‘qqizinchi, sug‘urtalash va qaytadan sug‘urtalash sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tizimida:
respublika hududlarida bo‘linmalarni tashkil etgan holda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida hayotni sug‘urtalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni;
tibbiyot sug‘urtasi, texnik va yuridik assistans bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan assistans tashkilotlarini tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2017-2018-yillarda “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatini yanada rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasi va rahbar xodimlarining cheklangan soni 36 nafardan iborat ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2- va 3-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi etib boshqaruv idorasi hisoblanadi, jamiyatning aksiyadorlari umumiy yig‘ilishida saylanadigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan rais tomonidan boshqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi zimmasiga “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga yuklatilgan vazifa va faoliyat yo‘nalishlarini sifatli va to‘liq hajmda amalga oshirilishini ta’minlash hamda mazkur qaror bilan ma’qullangan Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni ko‘rsatilgan muddatlarda bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari qoshida doimiy asosda tadbirkorlik subyektlariga sug‘urta polislarini sotish punktlarini tashkil etsin;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda seysmik xavfga ega, suv toshqini vujudga kelishi mumkin bo‘lgan hamda sel xavf-xatarlari bo‘lgan hududlardagi inshootlar, uy-joy, fuqarolarning shaxsiy mulklari, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarini sug‘urtalashni, shuningdek, aholi va tashkilotlar o‘rtasida sug‘urtalash imtiyozlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilishini amalga oshirsin.
6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi sug‘urtaning maqsadlari, vazifalari, shuningdek, ahamiyatini aholi o‘rtasida Internet tarmog‘ini hisobga olgan holda bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini ta’minlasin.
Vazirlar Mahkamasining “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 14-martdagi 144-sonli qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori 3-ilovasining IX bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-yil, 11-son, 72-bet) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.