Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 10.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-maydagi PF-5059-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-sonli qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-martdagi PF-4094-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
Keyingi tahrirga qarang.
a) 18-bandidagi “sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) bo‘limi (keyingi o‘rinlarda — Byuro)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 191-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 31, 32-bandlarida, 34-bandining to‘qqizinchi xatboshida, 40-bandining sakkizinchi xatboshida, 46-bandining beshinchi xatboshida, 1- va 2-ilovalardagi “Sud departamenti” so‘zlari “Byuro” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi