09.10.2017 yildagi PF-5200-son
Hujjat 10.10.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-maydagi PF-5059-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-sonli qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-martdagi PF-4094-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
Keyingi tahrirga qarang.
a) 18-bandidagi “sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) bo‘limi (keyingi o‘rinlarda — Byuro)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 191-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 31, 32-bandlarida, 34-bandining to‘qqizinchi xatboshida, 40-bandining sakkizinchi xatboshida, 46-bandining beshinchi xatboshida, 1- va 2-ilovalardagi “Sud departamenti” so‘zlari “Byuro” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-sonli qarori bilan tasdiqlangan forma kiyimida yurish nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ro‘yxati 4-bandining “Vazirlik, idora va tashkilot nomi” grafasidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlarni moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.