31.07.2000 yildagi 293-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2015
Hujjat 16.07.2003 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1. Mazkur Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatlarni va Birlashgan Millatlar Tashkilotining tegishli konvensiyalarida nazarda tutilgan talablarni hisobga olgan holda davlat nazorati chora-tadbirlari belgilangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazish tartibini qonuniy aylanish doirasida boshqaradi.
a) firma blankasida rasmiylashtirilgan sertifikat berish uchun ariza (7-ilova*), unda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
e) arizachining Sog‘liqni saqlash vazirligiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar amalda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilganligi va undan olib chiqilganligi to‘g‘risidagi hisobot taqdim etish haqidagi majburiyat xati (8-ilova*), unga yuk bojxona deklaratsiyasi va eksport qiluvchi mamlakatining (arizachi import qiluvchi bo‘lgan hollarda) vakolatli organi tomonidan beriladigan eksport uchun sertifikat (ruxsatnoma)ning nusxalari ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning amalda olib kirilishi, olib chiqilishi va tranzit tarzida o‘tkazilishi haqida 9-ilovaga* muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasiga hisobot taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 34-modda)