LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 24-avgustdagi PQ-3242-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning har yilgi dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) maqsadi va asosiy vazifalarini, faoliyatini amalga oshirish va Jamg‘armani boshqarish tartibini, shuningdek Jamg‘armaning mablag‘larini shakllantirish manbalarini va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilaydi.
2. Jamg‘arma respublika ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini zamonaviy talablarni va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda tizimli asosda rivojlantirish va mustahkamlash, ularni eng ilg‘or o‘quv, tashxis va davolash asbob-uskunalari, axborot-kompyuter texnikasi bilan jihozlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qaroriga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi negizida tashkil etilgan.
4. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari va mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari hisoblanadi:
Jamg‘armaga kelib tushayotgan mablag‘larni keyinchalik ulardan qonunchilikka muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, bolalar musiqa va san’at maktablari, oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi), shuningdek tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash) maqsadida foydalanish uchun jamlash;
tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalarini, shu jumladan bolalar suhbatlashish joylarini, o‘yin maydonchalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash va hududlarni o‘rash ishlarini moliyalashtirish;
umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni, shu jumladan idoraviy bo‘ysunuvdagilarni, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shu jumladan, zarur holatlarda o‘quv korpuslarini o‘quv ustaxonalari va laboratoriyalar bilan kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;
tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;
tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya korpuslari, sport zallari va talabalar turar joylarini hamda boshqa infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish;
tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;
zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib, ta’lim muassasalarini eng yangi o‘quv-laboratoriya, ilmiy va ishlab chiqarish uskunalari, musiqa cholg‘u asboblari, kompyuter texnikasi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa elementlari bilan, shuningdek o‘quv mebellari va asbob-anjomlari bilan jihozlashni (to‘liq jihozlashni) moliyalashtirish;
zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda, sog‘liqni saqlash muassasalarini eng yangi laboratoriya, diagnostika va davolash uskunalari, kompyuter texnikasi hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlashni hamda doimiy ravishda tizimli qayta jihozlashni moliyalashtirish;
zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqib, bolalar musiqa va san’at maktablarini eng yangi musiqa va cholg‘u asboblari va maxsus uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari, o‘quv mebellari va anjomlari bilan jihozlashni moliyalashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Jamg‘armaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ajratmalardan tushadigan mablag‘lar;
“ta’lim” va “sog‘liqni saqlash” sohasi moddalari bo‘yicha alohida satr bilan ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlari;
xayriya qiluvchilar — yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
6. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar (to‘lovchilar) Jamg‘armaga majburiy ajratmalarni har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadigan to‘lov obyekti va stavkalaridan kelib chiqqan holda yo‘naltiradilar.
7. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot tizimida ochiladigan g‘aznachilik hisob raqamlarida jamlanadi.
8. Tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Jamg‘armani boshqarish kengashi Jamg‘armani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Jamg‘armaga yuklangan vazifalarning bajarilishini tashkil qiladi;
Jamg‘arma daromadlari barqaror shakllantirilishi, o‘z vaqtida moliyalashtirilishi va Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ta’minlanishini doimiy nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tomonidan ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasining holati muntazam ravishda o‘rganilishini, keyinchalik ularning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning har yillik dasturlari shakllantirilishini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning har yillik dasturlarini tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
umumiy tasdiqlangan parametrlar doirasida, zarurat bo‘lganda, Jamg‘arma daromadlari (manbalar bo‘yicha) va xarajatlarining prognoz parametrlariga o‘zgartirish va aniqliklar kiritadi;
Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni va notijorat tashkilotlarni jalb qiladi, shuningdek xayriya qiluvchilar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘larini jalb etishda Jamg‘armaga ko‘maklashadi.
Jamg‘armani boshqarish kengashi qarorlari majlisda qatnashayotgan Jamg‘armani boshqarish kengashi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolganda Jamg‘armani boshqarish kengashi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
11. Jamg‘armani boshqarish kengashining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari va boshqa tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
12. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari prognozini hamda ularning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash;
Jamg‘armani boshqarish kengashiga daromadlar manbalari bilan bog‘lagan holda Jamg‘arma mablag‘laridan asosiy yo‘nalishlar (ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash) bo‘yicha foydalanish yuzasidan takliflar kiritish;
ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning aniq manzilli ro‘yxatlarining bajarilishini tahlil qilish va monitoring olib borish hamda tegishli materiallarni Jamg‘armani boshqarish kengashiga kiritish;
zarurat bo‘lganda, joylarga chiqqan holda, ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning har yillik dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish;
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarini oyma-oy tasdiqlash, shuningdek daromadlar parametrlarini mintaqalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining tegishli bo‘linmalariga hamda xarajatlar parametrlarini Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha Moliya vazirligining tegishli bo‘linmalariga va hududiy moliya organlariga yetkazish,
ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini moliyalashtirish nazarda tutilgan Jamg‘arma mablag‘larining hisobga olinishini ta’minlash.
Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining mutasaddi o‘rinbosariga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga va ushbu Nizomga muvofiq kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihalarini tayyorlash bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
14. Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi har yili navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda Jamg‘armaga majburiy ajratmalar tushumlari prognozini tayyorlaydi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda joriy yil 15-iyungacha keyingi yil uchun Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasiga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha Jamg‘arma xarajatlari prognozlarini, Jamg‘arma xarajatlari bo‘yicha budjet so‘rovini hamda keyingi yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) bo‘yicha ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi Jamg‘armaga tushayotgan mablag‘lar doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda:
ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash) dasturining uzil-kesil parametrlarini tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash manzilli dasturlari loyihalari asosida shakllantiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlariga kiritish uchun kelgusi yil ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash manzilli dasturi loyihasini Jamg‘armani boshqarish kengashiga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
17. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining yillik parametrlari tasdiqlangandan keyin Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi 10 kun mobaynida Jamg‘arma mablag‘larini oluvchilarni (Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalariga ular uchun belgilangan xarajatlar hajmlarini ma’lum qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri g‘aznachilik boshqarmalaridagi (keyingi o‘rinlarda g‘aznachilikning hududiy boshqarmalari deb ataladi) xizmat ko‘rsatiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari orqali:
ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash) xarajatlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobiga ta’minlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash xarajatlariga sarflanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining alohida qarorlariga asosan buyurtmachi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari, shuningdek tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan tegishli vazirliklar va idoralar belgilangan oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash xarajatlariga sarflanadi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida xizmat ko‘rsatiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari orqali:
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash xarajatlariga sarflanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadigan tibbiyot muassasalarini jihozlash (to‘liq jihozlash) xarajatlariga sarflanadi;
buyurtmachi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, belgilangan oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash xarajatlariga sarflanadi;
buyurtmachi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar belgilangan oliy ta’lim muassasalarini jihozlash xarajatlariga sarflanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga ta’minlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha — tender (tanlov) savdolari asosida va kapital qurilish sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Qurilish bo‘yicha birlashgan direksiyasi tomonidan;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga ta’minlanadigan tibbiyot muassasalarini jihozlash (to‘liq jihozlash) bo‘yicha — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazilgan tender (tanlov) savdolari asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan;
oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha — tender (tanlov) savdolari asosida va kapital qurilish sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan;
oliy ta’lim muassasalarini jihozlash bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahri moliya boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan smeta xarajatlari asosida:
ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobiga ta’minlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha — tender (tanlov) savdolari asosida va kapital qurilish sohasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tomonidan;
ta’lim muassasalarini jihozlash (to‘liq jihozlash) bo‘yicha — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazilgan tender (tanlov) savdolari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq ta’limi boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat boshqarmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
20. Ta’lim va tibbiyot muassasalarini jihozlash (to‘liq jihozlash)ning maqsadga muvofiqligi, shuningdek miqdor, sifat va yetkazib berish muddatlari bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringi yuzasidan javobgarlik tender (tanlov) savdolari buyurtmachilari — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralarga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga, shuningdek ularning hududiy bo‘linmalariga yuklanadi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy boshqarmalari ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash) bo‘yicha shartnomalarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda ular bo‘yicha qat’iyan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida hamda ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning belgilangan tartibda tasdiqlangan aniq manzilli ro‘yxatlariga muvofiq xarajatlar to‘lovini amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
ta’lim muassasalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobiga ta’minlanadigan tibbiyot muassasalari bo‘yicha — viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarining to‘lov topshiriqnomalari asosida G‘aznachilikning hududiy boshqarmalari tomonidan;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga ta’minlanadigan tibbiyot muassasalari bo‘yicha — ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning aniq manzilli ro‘yxatlari bo‘yicha belgilangan limitlar doirasida hamda tender (tanlov) savdolari natijalarini hisobga olgan holda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Qurilish bo‘yicha birlashgan direksiyasining to‘lov topshiriqnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi.
oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha — ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning aniq manzilli ro‘yxatlari bo‘yicha belgilangan limitlar doirasida hamda tender (tanlov) savdolari natijalarini hisobga olgan holda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning to‘lov topshiriqnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning dastlabki ikki oyi mobaynida teng ulushlar bilan, qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tender (tanlov) savdolari natijalari bo‘yicha aniqlangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda avans to‘lovlarini amalga oshirish;
har oyda, ajratilgan avansni mutanosib ravishda ushlab qolishni hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida joriy moliyalashtirishni amalga oshirish;
shartnomada ko‘rsatilgan kafolat muddati tugagach qolgan 5 foizni pudratchiga to‘lash majburiy shartlari nazarda tutiladi.
ta’lim muassasalari bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq ta’limi boshqarmalarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat boshqarmalarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hududiy boshqarmalarining to‘lov topshiriqnomalari asosida G‘aznachilikning hududiy boshqarmalari tomonidan;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga ta’minlanadigan tibbiyot muassasalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining to‘lov topshiriqnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan;
oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralarning to‘lov to‘pshiriqnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi.
har oyda, ajratilgan avans to‘lovlarini ushlab qolgan holda, yetkazib berilgan tovarlarning amaldagi hajmidan kelib chiqib joriy moliyalashtirishni amalga oshirish majburiy shartlari nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Mablag‘larni (shu jumladan, tovarlarni yetkazib beruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilmaganligi uchun jarima sanksiyalarini qo‘llashdan olingan mablag‘larni) xarajatlarning tasdiqlanmagan smetasisiz, shuningdek Jamg‘arma xarajatlari prognozida nazarda tutilmagan tadbirlarga yoki ham umuman xarajatlar smetalari bo‘yicha va ham xarajatlarning alohida turlari bo‘yicha smetalarda belgilanganidan ortiqcha sarflash taqiqlanadi.
Pudrat tashkilotlari, tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib beruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun jarima sanksiyalarni qo‘llashdan tushgan mablag‘lar Jamg‘armaning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
27. Joriy moliya yili yakunlari, shu jumladan, oldingi yillarda Jamg‘arma mablag‘lari oluvchilarining majburiyatlari bo‘yicha qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning aniq manzilli ro‘yxatlarida hamda ta’lim va tibbiyot muassasalarini jihozlash (to‘liq jihozlash) bo‘yicha xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan to‘liq moliyalashtirilmagan mablag‘lar Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari balanslanganligi ta’minlanishini hisobga olgan holda kelgusi moliya yilida to‘lanadi.
28. Jamg‘armaning hisob raqamlaridan mablag‘larni ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlarga o‘tkazish va vaqtinchalik olib qo‘yish taqiqlanadi.
29. Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarning tuzilishi va hisobini qonunchilikda belgilangan tartibda yuritadi.
Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
Jamg‘armaga majburiy ajratmalarning to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan nazoratni;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Jamg‘armaga majburiy ajratmalarning to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi bo‘yicha tekshirishlarning amalga oshirilishini ta’minlaydilar.
31. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasiga hisobot davridan keyingi oyning 1-kunidagi holati bo‘yicha Jamg‘armaga majburiy ajratmalarning hisoblangan va tushgan summalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek vazirliklar va idoralar bo‘yicha mazkur ajratmalar yuzasidan qarzlar to‘g‘risida tezkor hisobot taqdim etadi.
Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasidan Jamg‘armaga majburiy ajratmalar to‘lovlaridan mablag‘lar tushishiga taalluqli qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olish huquqiga ega.
32. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tomonidan ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga ajratilgan Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi bo‘yicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahri moliya boshqarmalariga taqdim etiladi.
33. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Qurilish bo‘yicha birlashgan direksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga ta’minlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun ajratiladigan Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasiga taqdim etiladi.
34. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga ta’minlanadigan tibbiyot muassasalarini jihozlash (to‘liq jihozlash)ga ajratiladigan Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasiga taqdim etiladi.
35. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq ta’limi boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat boshqarmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hududiy boshqarmalari tomonidan ta’lim muassasalarini jihozlashga (to‘liq jihozlashga) ajratilgan Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi bo‘yicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahri moliya boshqarmalariga taqdim etiladi.
36. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi hamda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralar tomonidan oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ga ajratilgan Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi bo‘yicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyining 5-kunidan kechikmay Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri moliya boshqarmalari — amalga oshirilgan xarajatlar yuzasidan har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 8-kunidan kechikmay Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl bo‘yicha hisobot taqdim etadilar.
38. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda respublika mintaqalari bo‘yicha Jamg‘armaga majburiy ajratmalar tushumlaridan Jamg‘arma daromadlar prognozining bajarilishi holatini tahlil qiladi hamda daromadlarning o‘z vaqtida va to‘liq tushishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan aniqlangan omillar asosida ularni bartaraf etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘radi.
39. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Qurilish bo‘yicha birlashgan direksiyasining, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning — ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha bajarilgan ishlar hamda to‘langan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari asosida;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq ta’limi boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat boshqarmalarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hududiy boshqarmalarining — ta’lim va tibbiyot muassasalariga o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, mebellar va boshqa anjomlarning amalda yetkazib berilganligi hamda to‘langan mablag‘lar, shuningdek ularning boshlang‘ich hujjatlarga (schyot-fakturalarga) va amalda bajarilgan ishlarga (xizmatlarga) muvofiqligi to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari asosida Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanilganligi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Jamg‘arma mablag‘laridan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq qat’iyan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan javobgarlik Jamg‘arma mablag‘larini oluvchilar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” tegishli injiniring kompaniyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq ta’limi boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Qurilish bo‘yicha birlashgan direksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hududiy boshqarmalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Jamg‘armani qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan tegishli vazirliklar va idoralar, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash doirasida tashkiliy tartibotlarni va ularning o‘zaro hamkorlik qilish tartibini, shuningdek funksiyalari va vazifalarini reglamentlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ta’lim muassasalari binolari, infratuzilma obyektlarining texnik holati va jihozlanganligini tizimli asosda doimiy o‘rganadilar;
kelgusi yilda rekonstruksiya qilinishi, mukammal ta’mirlanishi va jihozlanishi (to‘liq jihozlanishi) kerak bo‘lgan ta’lim muassasalari ro‘yxatini har yili 1-martgacha aniqlaydilar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq ta’limi boshqarmalariga kiritadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahri sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, Toshkent shahri madaniyat bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari ta’lim va tibbiyot muassasalari binolari, infratuzilma obyektlarining texnik holati va jihozlanganligini muntazam ravishda doimiy o‘rganib boradilar.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq ta’limi boshqarmalari (tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahri sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, Toshkent shahri madaniyat bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hududiy bo‘linmalari har yili 1-aprelgacha kelgusi yilda rekonstruksiya qilinishi, mukammal ta’mirlanishi va jihozlanishi (to‘liq jihozlanishi) kerak bo‘lgan ta’lim va tibbiyot muassasalarining dastlabki ro‘yxatini aniqlaydilar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga kiritadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari bilan har yili 5-aprelgacha, ta’lim va tibbiyot muassasalarining taqdim etilgan dastlabki ro‘yxatlari asosida ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash) dasturlarini shakllantirish bo‘yicha ishchi guruhlar tuziladi.
Ishchi guruhlar tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahri xalq ta’limi boshqarmalarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalarining, Toshkent shahri sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat boshqarmalarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hududiy boshqarmalarining, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy iqtisodiyot boshqarmalarining, shuningdek moliya organlarining rahbarlari va mas’ul xodimlari kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ishchi guruhlar ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini shakllantirishda har bir ta’lim va tibbiyot muassasasi binolarining amaldagi texnik holatini va ularning moddiy-texnika jihatidan ta’minlanganligini, shuningdek o‘quv korpuslarining o‘quv ustaxonalari va laboratoriyalari tashkil etish bilan kengaytirishga bo‘lgan ehtiyojini, sport zallari va maydonchalari, boshqa infratuzilma obyektlari tashkil etilishini hamda ularning tegishli asbob-uskunalar va anjomlar, shuningdek laboratoriya, tashxis, davolash uskunalari va boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlanishini hisobga oladilar.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har yili 1-iyungacha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning dastlabki dasturlarini taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning taqdim etilgan dastlabki dasturlarini o‘rganadilar, zarurat bo‘lganda, joyning o‘ziga borgan holda ularni aniqlashtiradilar hamda har yili 15-iyungacha Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasiga viloyatlar va obyektlar bo‘yicha ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning keyingi yil uchun dasturini taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 15-maygacha Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasiga oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning keyingi yil uchun dastlabki manzilli dasturini taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda har yili 15-iyungacha, zarurat bo‘lganda, joyiga borgan holda, manzilli dastur loyihasi parametrlarini aniqlashtiradilar.
10. Ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlashning manzilli dasturlarini shakllantirishda binolar tomini ta’mirlash, issiqlik tizimi, elektr va suv ta’minoti, shuningdek hududning tashqi chegarasini o‘rash hamda sanitariya xonalarining texnik holatini texnik talablarga muvofiqlashtirish bo‘yicha ish turlari inobatga olinadi.
11. Ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini shakllantirishda ulardan har birining texnik holati, moddiy-texnika jihatidan amalda ta’minlanganligi, smenaliligi va o‘quvchilari soni hisobga olinadi hamda o‘quv-laboratoriya va ishlab chiqarish asbob-uskunalari, mebellar, sport anjomlari, o‘qitishning multimediy vositalari, kompyuter texnikasi, shuningdek tibbiyot uskunalari va boshqa asbob-uskunalarning asossiz ravishda hisobdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi Jamg‘armaga tushayotgan mablag‘lar doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan takliflarni hisobga olgan holda ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash) dasturining yakuniy parametrlarini shakllantiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlarni loyihasi kiritilishi bilan bog‘langan muddatlarda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Jamg‘armani boshqarish Kengashiga kiritadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2000-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Xom ashyo materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalarni xarid qilish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom 55-bandining oltinchi xatboshidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 24-fevraldagi 93-son qarori 4-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qarori 4-bandining beshinchi xatboshidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi PF-3161-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 15-noyabrdagi 393-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 69-modda) 1-ilovada “Budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish shu’basi” bo‘limi “Budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish shu’basi” bo‘limi bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 6-ilova 1-bandining 1.3-kichik bandidagi “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga ajratma” so‘zlari “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratma” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 10-ilovaning IV bo‘limi 4.1-bandining 4.1.3-kichik bandidagi “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga ajratma” so‘zlari “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratma” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2016-yillarda ta’lim muassasalarining chet tillari kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash)ni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 27-maydagi 143-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 22-son, 283-modda) 2-bandida:
a) ikkinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) to‘rtinchi — yettinchi xatboshilari tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi psixiatriya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-iyuldagi 207-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 30-son, 390-modda):
a) 3-banddagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 18-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga ega bo‘lgan kadr tayyorlash tizimini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 11-avgustdagi 222-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 33-son, 416-modda):
4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasini” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning 1-bandi “Taqdim etiladigan hujjatning shakli, amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasini” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat stomatologiya instituti faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish, shuningdek, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari stomatologiya fakultetlarining klinik bazalarini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 14-oktabrdagi 287-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 42-son, 522-modda) 9-bandining uchinchi xatboshidagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2020-yillarda umumta’lim maktablarini zamonaviy sport zallari bilan ta’minlash chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2014-yil 3-dekabrdagi 331-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 49-son, 583-modda):
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilari deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash budjetdan tashqari jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha dasturlarni shakllantirishda ularning manzilli qismiga umumta’lim maktablari uchun sport zallari qurish loyihalarini kiritsinlar.”
11. Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2019-yillar davrida ijtimoiy, transport va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish bilan kompleks holda yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va sizot suvlar sathini pasaytirish, Guliston shahrini arxitekturaviy-rejali qurishni tubdan yangilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi vazifalar to‘g‘risida” 2015-yil 9-sentabrdagi 262-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 36-son, 480-modda):
a) 7, 9 va 10-ilovalarning “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademlitseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-ilovaning “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Oliy ta’lim muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oliy mahorat sport maktablari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 28-yanvardagi 18-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2016-y., 1-son., 7-modda) 4-bandidagi “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 21-apreldagi 118-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2016-y., 4-son., 27-modda) 8-bandidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasidan” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 17-yanvardagi 15-son qarorida:
2-bandning oltinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning 13 va 36-bandlari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 17-yanvardagi 16-son qarorida:
2-bandning beshinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
28-bandidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
32-banddagi “Kasb-hunar kollejlar, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi 20-son qaroriga 1-ilovaning 40-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 23-yanvardagi 26-son qarorida:
2-bandning beshinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning 23 — 26-bandlari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 23-yanvardagi 31-son qarorida:
2-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning 25 — 28-bandlari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyati hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 26-yanvardagi 39-son qaroriga 1-ilovaning “Moliyalashtirish manbalari” ustunida:
17-banddagi “Moliya vazirligi qoshidagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
21-banddagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorlik reglamentining 11-bandi ikkinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 10-dekabrdagi 291-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 66-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 13-iyundagi 172-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 50-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (Vazirlar Mahkamasining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 28-fevraldagi 50-son hamda “Xalq ta’limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarorlari)” 2011-yil 20-iyundagi 183-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 55-modda) ilovaning 18-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasini budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi etib qayta tashkil qilish to‘g‘risida” 2011-yil 21-noyabrdagi PQ-1645-son qarori)” 2012-yil 3-fevraldagi 30-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 6-modda) ilovaning 14-bandi.