Keyingi yillarda mamlakatimizda zamonaviy estrada qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirish yo‘lida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat tomonidan bu sohaga katta e’tibor qaratilib, keng jamoatchilik, xususan yoshlar o‘rtasida estrada san’atiga qiziqish kuchayib bormoqda, yangi-yangi ijodiy guruhlar va xonandalar maydonga chiqmoqda.
Shu bilan birga, estrada san’ati madaniyatini, estrada ijodkorlarining professional malakasini oshirish, yosh san’atkorlarning o‘z iqtidorini to‘la namoyon etishi uchun shart-sharoit yaratish borasida kamchilik va nuqsonlarga ham yo‘l qo‘yilmoqda. Xalqimizni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi yetuk musiqiy asarlar bilan bir qatorda, mutasaddi tashkilotlar va ba’zi estrada jamoalari hamda yakkaxon ijrochilarning mas’uliyatsizligi oqibatida mazmunan sayoz, badiiy jihatdan zaif qo‘shiqlar ham konsert dasturlari, radio-telekanallardan o‘rin olmoqda, audio-video kassetalar orqali tarqatilib, ma’naviy tarbiya ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ijodiy jamoalar va yakkaxon ijrochilarning faoliyati va repertuarlarini muvofiqlashtirish yuzasidan Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi olib borayotgan ishlarni qoniqarli deb bo‘lmaydi.
O‘zbek milliy musiqa san’atini yanada rivojlantirish, yosh iste’dod egalariga yo‘l ochib berish, ularni qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, estrada qo‘shiqchiligining yutuq va tajribalarini umumlashtirish, soha taraqqiyoti uchun zarur imkoniyatlar yaratish, badiiy yuksak asarlarni targ‘ib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Respublika keng musiqiy jamoatchilik vakillari, estrada san’atining taniqli namoyandalari, “Ma’naviyat va ma’rifat” Kengashi, Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi, Badiiy akademiya va boshqa manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, uning Nizomi (2-ilova) ma’qullansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 13-iyundagi PQ-653-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 306-modda)
2. Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining asosiy vazifasi etib quyidagilar belgilangani e’tiborga olinsin:
estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa san’atkorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ijodiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish;
zamonaviy estrada san’atining o‘zbek musiqa madaniyati taraqqiyotidagi o‘rni, g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishlari, uni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda rivojlantirish tamoyillarini belgilash;
mamlakat miqyosida o‘tkaziladigan bayramlar, festivallar, ko‘rik-tanlovlar, tomosha-shoular, xalq sayillari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarga doir tavsiyalar tayyorlash;
milliy estrada san’atining monitoringini tashkil etish, sohani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan turli anjumanlar, ilmiy-ijodiy simpoziumlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish, o‘z davriy nashrlarini yo‘lga qo‘yish;
soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan san’atkorlarning nomzodlarini davlat mukofotlariga ko‘rsatish, o‘zining turli nufuzli mukofotlarini ta’sis qilish, estrada namoyandalari, avvalambor, yoshlarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish, tegishli o‘quv yurtlariga tavsiya etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi va boshqa tegishli ijodiy tashkilotlarga Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining soha faoliyatiga doir tavsiya va takliflarini e’tiborga olib, ularni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
(2-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Estrada san’atini rivojlantirish borasidagi ishlarning samaradorligini oshirish uchun “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi tugatilib, uning negizida Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining asosiy maqsad va vazifalarini ado etadigan xo‘jalik hisobidagi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tashkil etilsin, uning ishchi apparati xodimlarining cheklangan soni 20 nafar bo‘lgan (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) tarkibiy tuzilmasi (3-ilova) va Nizomi (4-ilova) tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi ishchi apparati va hududiy bo‘linmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlarini 2 hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasining huquqiy vorisi hisoblanadi, uning mol-mulki, amaldagi barcha majburiyatlari, tuzgan shartnoma va kontraktlarining bajarilishi yuzasidan javobgardir.
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasining asosiy vazifalari Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi Nizomida ko‘zda tutilgan dasturiy maqsadlarni amalga oshirish, Kengash tavsiyalarini bajarish, estrada san’atini rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-ijodiy ishlarni olib borish, viloyatlardagi hududiy bo‘linmalar faoliyatiga rahbarlik qilishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga hisobot beradi va o‘z Nizomida belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari hisoblanadi va belgilangan tartibda tayinlanadi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi “Turkiston” konsert saroyiga joylashtirilsin. “Turkiston” konsert saroyini davlat budjeti hisobidan moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Ushbu faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar ikki oy muddatda qayta ro‘yxatdan o‘tkazilib, belgilangan tartibda maxsus ruxsatnoma (litsenziya)lar bilan ta’minlansin.
Belgilab qo‘yilsinki, ushbu sohada faoliyat ko‘rsatadigan ijodiy guruhlar va yakkaxon ijrochilar faqat “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan berilgan ruxsatnoma (litsenziya)lar asosida faoliyat olib borishi mumkin.
(4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshiruvchi, to‘ylar, yubileylar va boshqa tantanalarga badiiy xizmat ko‘rsatish (konsert qo‘yish) bilan shug‘ullanuvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar, ijodiy jamoalar, guruhlar va yakkaxon ijrochilar uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya)lar berish tartibini va litsenziyalar matnini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi qoshida yozuvchilar, bastakorlar, musiqa sharhlovchilari, jurnalistlar va jamoatchilik namoyandalaridan iborat Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhining tuzilgani ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi Nizomida ko‘zda tutilgan dasturiy vazifalarni amalga oshiradi, yuridik va jismoniy shaxslar, ijodiy jamoalar, guruhlar, yakkaxon ijrochilardan ushbu qarorning 4-bandida qayd etilgan faoliyat turi bilan shug‘ullanishga maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olish uchun tushgan arizalarni ko‘rib chiqib, muhokama qiladi, san’atkorlarning ijodiy nufuzi, mahorati, professional malakasi, repertuar saviyasiga qarab, ularga xulosa beradi. Mazkur guruh xulosasi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan litsenziyalar berilishi uchun asos hisoblanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi tarkibi Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi qaroriga ko‘ra har yili 30 foizga yangilanib borishi inobatga olinsin.
7. Estrada san’ati namoyandalari va yosh ijodkorlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi huzurida Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risidagi taklifga rozilik berilsin.
Davlat, jamoat tashkilotlari hamda mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, turli muassasalar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar va alohida jismoniy shaxslar ham Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi homiylari bo‘lishi mumkin.
Jamg‘armaning moliyaviy manbalari maxsus ruxsatnoma (litsenziya)lar uchun to‘lovlar(soliqlar), homiylik mablag‘lari hamda davlat ko‘magi hisobidan tashkil topadi.
Estrada san’atini rivojlantirishga homiylik qilish istagini bildirgan tashkilotlar (5-ilova) tashabbusi ma’qullansin.
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, uning viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari, Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi 2005-yil 1-yanvarga qadar davlat budjetiga olinadigan barcha soliqlardan ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun uning hisob raqamiga Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasidan 50 million so‘m miqdorida mablag‘ o‘tkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tashkil etilishi munosabati bilan ilgari “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasida faoliyat ko‘rsatib kelgan akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi hamda akademik va xalq badiiy jamoalari (6-ilova) Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilsin va ularni davlat budjetidan hamda xo‘jalik hisobidagi faoliyat tushumlaridan moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Madaniyat ishlari vazirligi tarkibida 3 shtat birligidan iborat Akademik va xalq badiiy jamoalari boshqarmasi tashkil etilsin.
Moliya vazirligi mazkur 3 shtat birligi uchun budjetdan qo‘shimcha mablag‘ ajratishni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Toshkent shahar hokimligi Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda 1 oy muddatda akademik va xalq badiiy jamoalari uchun bino ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklariga bir oy muddatda “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari moddiy-texnika bazasi asosida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining xo‘jalik hisobida faoliyat yurituvchi bo‘linmalarini tuzish, akademik va xalq badiiy jamoalarini hududiy madaniyat ishlari boshqarmalari tasarrufiga o‘tkazish vazifasi topshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Adliya vazirligi bir oy muddatda mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 26-apreldagi 163-son qarori (4 va 10-bandlardan tashqari);
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida” 1997-yil 21-fevraldagi 102-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risida nizom”ga qo‘shimchalar kiritish haqida” 1997-yil 21-fevral 99-son qarori 1-bandining 2 va 3-xatboshilari;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 4-maydagi 216-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari T. Alimov va X. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
1.1. Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” Kengashi, ijodiy uyushmalar hamda ta’sischilar vakillaridan iborat Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb ataladi) estrada san’atini rivojlantirish va yosh ijrochilarning kamol topishiga qaratilgan chora-tadbirlarni, konsert-tomosha faoliyatini hamda shu sohada audio-video, Internet materiallari, kompakt-disklar ishlab chiqarilishini muvofiqlashtiruvchi jamoatchilik organidir. Kengash respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan malakali estrada xonandalari, bastakorlar, rejissorlar, shoirlar, badiiy so‘z ustalari, musiqashunoslar, jurnalistlar, shou-biznes sohasi mutaxassislari va jamoatchilik vakillaridan tarkib topadi. Shuningdek, Kengash tarkibiga ma’naviyat va ma’rifat sohasi uchun mas’ul tashkilotlar va muassasalar vakillari ham kiradi.
(1.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
1.2. Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonun hujjatlari va ushbu Nizom asosida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kengashning oliy organi Kengash a’zolari va estrada san’ati namoyandalarining yillik anjumanidir (bundan buyon matnda Yillik anjuman deb ataladi). Uning ishida Kengash a’zolaridan tashqari Kengashning hududiy bo‘limlari vakillari qatnashadi. Yillik anjumanda respublika estrada san’ati namoyandalari maslahat ovozi bilan ishtirok etishlari mumkin. Yillik anjuman Kengash rahbariyatining hisobotini tinglaydi, Kengash a’zolarini saylaydi va ish rejasini tasdiqlaydi.
2.1. Estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa san’atkorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ijodiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish;
2.2. Zamonaviy estrada san’atining o‘zbek musiqa madaniyati taraqqiyotidagi o‘rni, g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishlari, uni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda rivojlantirish tamoyillarini belgilash;
2.3. Mamlakat miqyosida o‘tkaziladigan bayramlar, festivallar, ko‘rik-tanlovlar, tomosha-shoular, xalq sayillari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarga doir tavsiyalar taqdim etish;
2.4. Milliy estrada san’atining monitoringini tashkil etish, sohani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan turli anjumanlar, ilmiy-ijodiy simpoziumlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish, o‘z davriy nashrlarini yo‘lga qo‘yish;
2.5. Soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan san’atkorlarning nomzodlarini davlat mukofotlariga ko‘rsatish, o‘zining turli nufuzli mukofotlarini ta’sis qilish, estrada namoyandalari, avvalambor, yoshlarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish, tegishli o‘quv yurtlariga tavsiya etish.
2.6. Mamlakatimizda estrada qo‘shiqchiligini yanada rivojlantirishga, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi yetuk musiqiy asarlar yaratilishini qo‘llab-quvvatlash.
2.7. Milliy estrada sohasidagi iste’dodli yosh ijodkorlarning kasbiy va ma’naviy kamol topishiga imkon yaratish, ularning malaka oshirishi, o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun tashkiliy masalalarni hal etish, bozor munosabatlari sharoitida yakkaxon ijrochilar va ijodiy jamoalar faoliyatiga ko‘maklashish.
2.8. Milliy estrada san’atini targ‘ib qilishga qaratilgan, davr talablariga javob beradigan dasturlar tayyorlash va ularni amalga oshirish choralarini ko‘rish.
2.9. Estrada qo‘shiqchiligi sohasida tayyorlanadigan va tarqatiladigan audio, video, kompakt-disklar, Internet materiallari va boshqa nashrlarning yuqori saviyasini ta’minlash bo‘yicha hamda estrada qo‘shiqchiligida taqlidchilik, badiiy sayozlik kabi salbiy holatlarga qarshi, milliy o‘ziga xoslikni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish.
2.10. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi va Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
2.11. Estrada san’atining yutuqlarini ommalashtirish uchun zarur nashrlarni tayyorlashga tegishli uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, nashr etilgan materiallarning saviyasini tahlil etib borish.
Oldingi tahrirga qarang.
3.1. Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanuvchi estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilarning repertuarlarini, konsert dasturlari va ssenariylarini tahlil etish va baholash.
(3.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
3.2. Estrada qo‘shiqchiligi va ijrochiligi faoliyati sohasida mamlakat va xalqaro miqyosdagi festivallar, ko‘rik-tanlovlar tashkil etish. Chet ellarga gastrol safarlariga chiqish, xalqaro va respublika miqyosidagi estrada festivallarida qatnashishga tavsiyanomalar berish.
3.3. Yakkaxon ijrochilar va jamoalarning respublika va xalqaro festivallarda faol qatnashuvini ta’minlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar ko‘rish.
3.5. Iqtidorli yosh estrada qo‘shiqchilarining malakasini oshirish uchun oliy o‘quv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilishga tavsiyalar berish.
3.7. Kengash va Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi tarkiblariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida takliflar berish.
3.8. Kengash vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan respublikada estrada qo‘shiqchiligi va ijrochiligi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan tegishli qarorlar qabul qilish.
4.1. Kengash o‘z a’zolari tarkibidan Kengash raisi, rais o‘rinbosari, Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi rahbarini va Kengash mas’ul kotibini saylaydi. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining bosh direktori lavozimiga tayinlash uchun Vazirlar Mahkamasiga nomzod tavsiya etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4.2. Kengash raisi, rais o‘rinbosari va Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi rahbari jamoatchilik asosida ishlaydi. Kengashning mas’ul kotibi lavozimiga ko‘ra “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktorining o‘rinbosari hisoblanadi va birlashma ishchi apparati shtatlar ro‘yxati asosida maosh bilan ta’minlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4.3. Kengash o‘z tarkibida estrada qo‘shiqchilik san’ati janrlari bo‘yicha seksiyalar, hududiy bo‘limlar tashkil etadi va Kengash a’zolaridan ularning rahbarlarini saylaydi.
4.4. Kengash yig‘ilishlari yilning har choragida kamida bir marta o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda navbatdan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin.
5.1. Kengash o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishi uchun uning huzurida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi va Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi tashkil etiladi. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi Kengashning ishchi organlari, Ijodiy ko‘maklashuvchi guruh uning maslahat organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.2. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega hisoblanadi. Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi esa jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.3. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori va Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi rahbari Kengash raisining o‘rinbosarlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.4. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi budjeti Kengash tomonidan tasdiqlanadi va Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan moliyaviy taminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.5. Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Kengashning o‘z vazifalarini bajarishga qaratilgan yillik rejasiga muvofiq sarflanadi. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi o‘z faoliyati bo‘yicha yilning har choragida bir marta Kengash oldida hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5.6. Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi Nizomida ko‘zda tutilgan dasturiy vazifalarni amalga oshiradi, yuridik va jismoniy shaxslar, ijodiy jamoalar, guruhlar, yakkaxon ijrochilardan konsert-tomosha xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanishga maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olish uchun tushgan arizalarni ko‘rib chiqib, muhokama qiladi, san’atkorlarning ijodiy nufuzi, mahorati, professional malakasi, repertuar saviyasiga qarab, ularga tegishli xulosalar beradi.
(5.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
6.1. Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror Yillik anjuman tomonidan qabul qilinadi.
6.2. Nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qaror Yillik anjuman qatnashchilaridan kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan Yillik anjumanda, qatnashchilarning yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
6.3. Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
7.1. Kengash faoliyatini to‘xtatish uni qayta tashkil etish yoki tugatish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
7.2. Kengashni qayta tashkil etish estrada san’ati namoyandalarining Yillik anjumani qarori bo‘yicha amalga oshiriladi.
7.3. Kengashni tugatish estrada san’ati namoyandalarining Yillik anjumani qaroriga ko‘ra yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida ko‘zda tutilgan asoslarga binoan sudning qarori bo‘yicha amalga oshiriladi.
7.4. Davlat reyestriga tegishli yozuv bitilgan paytdan boshlab Kengash qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1.1. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi estrada san’atini rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-ijodiy ishlarni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi tashkilot hisoblanadi.
(1.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1.2. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining qaror va tavsiyalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining buyruqlari, yo‘riqnomalari, ko‘rsatmalariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi, o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga hisobot beradi.
(1.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
1.3. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida milliy va xorijiy valyutada hisob raqamiga ega bo‘ladi, mulkka egalik qiladi, o‘z nomidan turli shartnomalar, bitimlar, shu jumladan, xorijiy sheriklar bilan shartnomalar, bitimlar tuzishi, mulkiy, shaxsiy hamda mulkiy bo‘lmagan huquqlar va majburiyatlar olishi, sud yoki hakamlik sudida da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
1.4. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining manzili: Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 2-uy. (“Turkiston” konsert saroyi).
2.1. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi respublikada estrada madaniyatini yuksaltirish, estrada san’ati namoyandalarining ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, estrada sahnalaridan foydalanishni yaxshilash, madaniy, ishlab chiqarish, ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun kuch va mablag‘larni birlashtirish maqsadida tashkil etiladi.
Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi Nizomida ko‘zda tutilgan dasturiy maqsadlarni amalga oshirish, uning tavsiya va qarorlarini bajarish;
estrada jamoalari va yakkaxon ijrochilar tomonidan aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish;
estrada san’atida yangi iste’dodlarning yuzaga chiqishi, ijodiy jamoalar va yakkaxon ijrochilar repertuarlarini doimiy ravishda yangilash hamda mukammallashtirish uchun ilg‘or iqtisodiy-ijodiy zamini faoliyatini muvofiqlashtirish, bu sohadagi bozorning talab va takliflarini o‘rganish;
Oldingi tahrirga qarang.
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish xizmati ko‘rsatish huquqi uchun Ijodiy ko‘maklashish vakillari guruhi xulosalari asosida litsenziyalar berish;
(2.2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
estrada jamoalarining moddiy-ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;
estrada jamoalari hamda yakka ijrochilar faoliyatining samaradorligini ta’minlovchi boshqaruv tizimini yaratish, moddiy rag‘batlantirishning zamonaviy shakllari va uslublarini joriy etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlagan estrada sohasidagi konsert-tomosha faoliyatining respublika va xalqaro dasturlari asosida shou-dasturlar, dam olish kechalari, festivallar, ko‘riklar, tanlovlar, bayramlar va boshqa shu kabi tadbirlarni o‘tkazadi;
(3.1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
estrada san’atini rivojlantirish, ijodiy jamoalar, guruhlar va yakkaxon ijrochilarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yosh iqtidorlarni tarbiyalash va ularni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3.1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashiga Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi rahbarligiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishgan holda nomzodlar tavsiya etadi;
(3.1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
estrada san’ati sohasida axborotlar bazasini yaratadi, monitoringni yo‘lga qo‘yadi, xorijiy tashkilotlar, vakilliklar va firmalarga respublika estrada bozori haqida ma’lumotlar va reklama axboroti tarqatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
gramplastinkalar, audio kasetalar va lazerli disklarni yozish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa san’atkorlarning qo‘shig‘ini yozishda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan litsenziyaning talab qilinishini nazorat qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslar konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyasiz ushbu faoliyat bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan taqdirda tegishli choralar ko‘rish uchun vakolatli organlarga taklif kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida konsert-tomosha faoliyatini muvofiqlashtiradi va konsert dasturlarini belgilangan tartibda badiiy ekspertizadan o‘tkazib, bir marotabalik konsert-tomosha guvohnomasini beradi;
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ega bo‘lmagan estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa san’atkorlarning ijrosidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan musiqiy kliplarni televideniye va radio kanallari orqali uzatilishining oldini olish choralarini ko‘radi.
(3.1-bandning o‘ninchi — o‘n uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
4.1. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining mablag‘lari Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ajratmalari va davlat ulushlaridan tashkil topadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4.2. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi budjeti O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan moliyaviy taminlanadi.
(4.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4.3. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk va mablag‘lardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasdiqlaydigan dasturlar, sarf-xarajatlar smetasi asosida foydalanadi. O‘z maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, respublika va uning tashqarisida har qanday ko‘char va ko‘chmas mulkni qurishi, rekonstruksiya qilishi, sotib olishi, ajratishi, ijaraga olishi va ijaraga berishi, qonunga xilof bo‘lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
(4.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
4.4. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi mustaqil va yig‘ma balanslarga ega bo‘ladi. Birlashmaning mol-mulki mustaqil balansda aks ettiriladi.
4.5. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi davlat korxonalari uchun belgilanadigan qoidalar bo‘yicha buxgalterlik hisobini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
5.2. Bosh direktor rahbarligidagi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining ishchi apparati uning ijro etuvchi va tasarruf qiluvchi organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5.3. Birlashma bosh direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(5.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
5.4. Birlashma bosh direktori Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining a’zosi va Kengash raisining o‘rinbosari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5.5. Birlashma bosh direktorining o‘rinbosari bosh direktorning tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
(5.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
5.6. Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining mas’ul kotibi lavozimiga ko‘ra “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori o‘rinbosari hisoblanadi va birlashma ishchi apparati shtatlar ro‘yxati asosida maosh bilan ta’minlanadi.
5.7. Bosh direktor ishchi apparat xodimlarini amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
6.1. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil qilinadi yoki tugatiladi.
(6.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi hamda uning huzuridagi quyidagi jamoalar:
2. O‘zbekiston davlat “Milliy simfonik orkestr” unitar korxonasi (Toshkent shahar, Habib Abdullayev ko‘chasi 2-uyda joylashgan Madaniyat axborot markazi binosi bilan birga)
Keyingi tahrirga qarang.