14.09.2017 yildagi PQ-3275-son
Hujjat 15.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Astronomik tadqiqotlar ildizi O‘zbekistonda uzoq o‘tmishga borib taqaladi. O‘zbekiston hududida miloddan avvalgi birinchi ming yillikda qishloq xo‘jaligi ishlarining muddatlarini belgilashda Quyosh, Oy va sayyoralarning harakatlanish qonuniyatlariga doir chuqur bilimlar asosida tuzilgan taqvimlardan foydalanadigan dehqonchilikka ixtisoslashgan rivojlangan tarixiy-madaniy markazlar faoliyat ko‘rsatgan. Astronomiya fan sifatida o‘rta asrlarda jadal sur’atlarda rivojlandi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, ayniqsa, Mirzo Ulug‘bek kabi o‘rta asrlar buyuk mutafakkirlarining matematika va astronomiyaning rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasi butun jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan.

Astronomiya fanining kelgusida yanada taraqqiy etishi iqtidorli yoshlar orasidan malakali kadrlarni tayyorlash samaradorligini oshirish talab etilishini inobatga olib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni xalqimizning astronomiyani o‘rganishdagi buyuk an’analari ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarning astronomiya va aerokosmos faoliyati sohasidagi milliy va dunyo ilm-fanining yangi yutuqlarini o‘rganish va o‘zlashtirishga bo‘lgan ishtiyoqini rivojlantirish, yoshlarning aerokosmik fan va texnika asoslarini egallashi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etiladi. Maktabda 200 nafar o‘quvchi tahsil olishi hamda va 150 o‘rinli turar joy binosi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Qurilish-ta’mirlash ta’lim muassasasini jihozlash ishlari O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil Investitsiya dasturi doirasida Moliya vazirligi huzurid�gi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Buyurtmachi sifatida Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi” injiniring kompaniyasi belgilangan bo‘lib, barcha qurilish-ta’mirlash ishlarini 2018-yil 1-avgustiga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Maktab-internat 2018-2019 o‘quv yili boshlanguniga qadar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan barcha zarur mebel, o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanadi.

Qarorga muvofiq 2018-2019 o‘quv yilidan maktabga 7-sinfdan boshlab har bir sinfda 20 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maktab-internatning moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda o‘quvchilarni qabul qilish kvotalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilgan.

Astronomiya instituti maktabning o‘quv jarayonida yetakchi mutaxassislar ishtirokini ta’minlaydi, mavjud asbob-uskunalardan foydalangan holda astronomiya bo‘yicha dars va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etadi.

Ushbu qaror asosida Toshkent shahar, Astronomiya ko‘chasi, 33-uy manzilida Astronomiya instituti hududida “Astronomiya va aeronavtika” bog‘i va Planetariy tashkil etiladi. Shuningdek, Astronomiya institutining asosiy va tarixiy binolarini hamda madaniy-tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan teleskoplar pavilonlarini kapital ta’mirlash ko‘zda tutilgan.

Ushbu bog‘ va Planetariyga Toshkent shahar hokimligi buyurtmalari asosida Mudofaa vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va “Toshkent mexanika zavodi” AJ tasarrufidagi mavjud samolyot namuna(maket)lari ajratiladi va o‘rnatiladi.

2017 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:” bo‘limida umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish muhim maqsadlardan biri sifatida belgilangan.

Mazkur qaror ushbu maqsadni amaliyotda joriy etish, iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash hamda izlanuvchan yoshlarni ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida tayyorlashga xizmat qiladi.