T/r | Tadbirlarning nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmlari | Amalga oshirish muddatlari | Mas’ul ijrochilar |
I. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va maktabgacha ta’lim muassasalarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish | ||||
1. | Maktabgacha ta’lim muassasalarini nazorat qilish va boshqarish bo‘yicha mustaqil organ yaratish orqali Xalq ta’limi vazirligining tashkiliy-shtat tuzilmasi, vazifa va funksiyalarini butunlay qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosati va boshqaruv tizimini takomillashtirish. | 1. Maktabgacha ta’limning boshqaruvi sohasida xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va tajribasini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini tashkil etish. 2. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 3. Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiyaga (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) loyihani kiritish. | 2017-yil | Xalq ta’limi vazirligi, |
2. | Maktabgacha ta’lim sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish. | 1. Maktabgacha ta’lim sohasida band bo‘lgan pedagogik tarkibni o‘rganish, mamlakat hududlari kesimida mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash. 2. Kadrlar siyosatini amalga oshirish, maktabgacha ta’lim mutaxassislari rezervini shakllantirish va malaka oshirish kurslarida tizimli o‘tishini ta’minlash sohasida xorijiy davlatlar qonunchiligini tahlil qilish va ilg‘or tajribasini o‘rganish. 3. Pedagogik oliy ta’lim muassasalariga (bakalavriat, magistratura) “Maktabgacha ta’lim bo‘yicha pedagog” mutaxassisligi bo‘yicha qabul kvotasini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Komissiyaga kiritish. | 2017-yil 1-noyabrga qadar | Xalq ta’limi vazirligi, |
3. | Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish va bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmaganda, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) davlat interaktiv xizmatlarini joriy etish orqali navbatga qo‘yish tartibini takomillashtirish. | 1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish tartibini tanqidiy o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash. 2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish: qabul to‘g‘risida elektron arizalarni berish, navbatni onlayn tartibda kuzatib borish imkoniyati orqali zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilish; davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyati, ularning reytingi va o‘quv-tarbiyaviy jarayonining tarkibi bilan tanishish uchun yagona elektron axborot maydonini yaratish. 3. Bolalarni qabul qilish tartibini takomillashtirishni, shu jumladan, mazkur sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish. 4. Komissiyaga chora-tadbirlar dasturi loyihasini kiritish. | 2017-yil 1-noyabrga qadar | Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari |
4. | Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni yaxshilash | 1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini qayta ko‘rib chiqish. 2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini, shu jumladan, bolalar guruhlari (5 dan 6-7 yoshgacha) tarbiyachilarining lavozim maoshini umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lavozim maoshiga tenglashtirish, shuningdek, rag‘batlantirish mexanizmlarini tashkil etish yo‘li bilan takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. 3. Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish. | 2017-yil | Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi |
5. | Hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. | 1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida, shu jumladan, nodavlat muassasalarda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini tanqidiy o‘rganish. 2. Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish. | 2017-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi, |
6. | Sifatli o‘quv-metodik va didaktik materiallar (shu jumladan, o‘yinlar va o‘yinchoqlar) va badiiy adabiyotlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan bosma materiallarni turli tillarda ishlab chiqishning bozori va turlarini rivojlantirish. | 1. Respublikada maktabgacha ta’lim uchun ishlab chiqilgan, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida foydalanilayotgan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish. 2. Import qilinayotgan bosma materiallar bozorini o‘rganish. 3. Turli imtiyoz va prefernsiyalarni taqdim qilish orqali xususiy investitsiyalarni keng jalb qilgan holda maktabgacha ta’lim uchun o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni tayyorlash, ekspertiza qilish va chop etish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. 4. Komissiyaga chora-tadbirlar dasturini kiritish. | 2017-yil | Xalq ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, |
7. | Maktabgacha ta’lim muassasasining namunaviy Ustavi, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasi va ota-onalar o‘rtasidagi namunaviy shartnoma qoidalarini takomillashtirish. | 1. Amaldagi maktabgacha ta’lim muassasasining namunaviy Ustavi, maktabgacha ta’lim muassasasi va ota-onalar o‘rtasidagi namunaviy shartnoma qoidalarini tanqidiy o‘rganish. 2. Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish. | 2017-yil | Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi, |
II. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash | ||||
8. | Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish, ularning moddiy-texnik jihozlanishi ahvolini o‘rganish, yangi maktabgacha ta’lim muassasalariga, shu jumladan, turar joy massivlari va ko‘p qavatli uylarning qurilishi bo‘yicha davlat dasturlari amalga oshirilayotganligini hisobga olgan holda real ehtiyoj mavjud bo‘lgan hududlarni aniqlash. | 1. Respublika hududlaridagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar tarkiblarini tasdiqlash. 2. Har bir maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan joyga chiqqan holda inventarizatsiyadan o‘tkazish. 3. Inventarizatsiya yakunlarini umumlashtirish va Komissiyaga aniq takliflar kiritish. | 2017-yil | Xalq ta’limi vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, |
9. | Yuridik va jismoniy shaxslarga 1991 — 2017-yillar davomida davlat maktabgacha ta’lim muassasalari binolari berilishi (sotish, bepul berish, boshqacha o‘zgaga berilishi)ning qonuniyligi va asosliligini kompleks o‘rganish. | 1. O‘rganish o‘tkazish uchun ishchi guruhlar tarkiblarini tasdiqlash. 2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari binolari begonalashtirilishining qonuniyligi va asosliligini o‘rganish. 3. O‘rganish yakunlarini umumlashtirish va Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish. | 2017-yil 1-noyabrga qadar | Xalq ta’limi vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, |
10. | Xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun zamonaviy binolar qurilishining norma va qoidalarini takomillashtirish. | 1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining inventarizatsiyasi natijalariga asosan maktabgacha ta’lim obyektlari qurilishining norma va qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. 2. Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun zamonaviy binolar qurilishining norma va qoidalarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. 3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2018-yil 1-martga qadar | Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
11. | Yangi maktabgacha ta’lim muassasalarining qurilishiga va amaldagilarini rekonstruksiya qilishga yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarni jalb etish. | 1. Maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish va rekonstruksiya qilishga yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarni jalb etish, inventarizatsiya natijalari hamda yangi turar joy massivlari va ko‘p qavatli uylar qurilishiga doir davlat dasturlarini hisobga olgan holda chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish. 2. Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun jalb etilgan subyektlarga soliq va boshqa imtiyozlarni taqdim qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash. 3. Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va uni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2018-yil 1-aprelga qadar | Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirliklari, |
12. | Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini, eng avvalo, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish hisobiga rivojlantirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy asoslarni yaratish. | 1. Nodavlat maktabgacha ta’limni rivojlantirish sohasidagi xorijiy mamlakatlarning qonunchiligini va ilg‘or tajribasini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash. 2. Toshkent va Nukus shaharlarida, viloyat markazlarida nodavlat maktabgacha ta’limni rivojlantirish, mazkur sohada davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish mexanizmlarini belgilovchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. 3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2017-yil | Adliya vazirligi, |
13. | Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining joriy faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi va normalarini takomillashtirish. | 1. Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish mexanizmining samaradorligi va oqilonaligi nuqtai nazaridan qonunchilikni tanqidiy o‘rganish, shuningdek, moliyalashtirishning eng kam normalarini aniqlashning asosliligini tahlil qilish. 2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha, shu jumladan, moliyalashtirishning ustuvorligini aniqlashtiruvchi mezonlarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish. 3. Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish. | 2017-yil | Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, |
14. | Shaffof markazlashtirilgan ta’minot tizimini yaratish, yetkazib beruvchilarning sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z vaqtida yetkazish va narx siyosatiga rioya qilish bo‘yicha faoliyatini samarali nazorat qilishni nazarda tutgan holda, davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish. | 1. Qonunchilikni tanqidiy o‘rganish, bolalarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga to‘sqinlik qiluvchi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash, shuningdek mazkur sohada xorijiy davlatlarning ilg‘or ij�biy tajribasini tahlil qilish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash. 2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini oziq-ovqat bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 3. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini oziq-ovqat bilan ta’minlashning yangi tizimini sinab ko‘rish maqsadida Toshkent shahrida joriy etishning eksperimental loyihasini amalga oshirish. 4. Komissiyaga eksperiment natijalari asosida ishlab chiqilgan aniq takliflarni kiritish. | 2017-yil 1-oktabrga qadar 2017-yil sentyabr — dekabr 2018-yil | Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, |
15. | Bolalarning sog‘lom jismoniy rivojlanishi uchun bolalar mebellarini tayyorlash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom jismoniy rivojlanishi uchun zarur standartlarni hisobga olgan holda bolalar mebellarini ishlab chiqarish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash. 2. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun bolalar mebellarini tayyorlash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Tasdiqlangan standartlarga muvofiq xavfsiz bolalar mebellarini milliy ishlab chiqaruvchilarni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish va Komissiyaga kiritish. | 2017-yil 2017-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, vazirliklar va idoralar |
1. | Aripov A.N. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Komissiya raisi |
2. | Yunusxodjayev A.N. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi |
3. | Kuranbayev K.K. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi |
4. | Sadikov Sh.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi |
5. | Ikramov M.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi |
6. | Abdullayev I.B. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori |
7. | Inoyatov U.I. | — | O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri |
8. | Shadmanov A.K. | — | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri |
9. | Xodjayev B.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri |
10. | Davletov R.K. | — | O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri |
11. | Saidova G.K. | — | O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri |
12. | Madjidov I.U. | — | O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri |
13. | Sayfullayev B.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri |
14. | Xaitov A.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri |
15. | Shermatov Sh.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi |
16. | Gulyamov R.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi |
17. | Axmedxodjayev A.I. | — | O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi |
18. | Abdullayev A.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi |
19. | Muxammadiyev U.N. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) |
20. | Fayziyev Z.O. | — | “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisi |
21. | Inamova S.T. | — | “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan |
22. | Ikramov A.I. | — | O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi |
23. | Mamadaliyeva X.X. | — | “Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori |
24. | Muxamedov U.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i |
25. | Djurabayev A.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari ATD mudiri, Komissiya kotibi. |