22.08.2017 yildagi 655-son
Hujjat 28.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmonini bajarish yuzasidan, kichik tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyaviy yordam ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va kam ta’minlangan oilalarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutadigan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va kapitallashuvi darajasini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-iyundagi PQ-3066-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan “Mikrokreditbank” ATBni qo‘shimcha kapitallashtirish maqsadida 30,0 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ o‘tkazilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Mikromoliyaviy xizmatlar hajmini ko‘paytirish

1.1. Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, o‘quv muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlik, xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati, kasanachilik, hunarmandchilik va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirish uchun mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish

1.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotganlarga boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun mikrokreditlar ajratish.

Tashkil etilganiga 6 oydan oshmagan tadbirkorlik subyektlariga 24 oygacha mikrokreditlar ajratish:

yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlariga — eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha;

mikrofirmalar va dehqon xo‘jaliklariga (yuridik shaxs maqomiga ega), kam ta’minlangan oilalar va o‘quv muassasalari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyati, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirish uchun — eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha.

2017 — 2020-yillar

“Mikrokreditbank” ATB, Savdo-sanoat palatasi

2.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotganlarga o‘z faoliyatini kengaytirish uchun mikrokreditlar ajratish.

Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan 24 oygacha eng kam oylik ish haqining 500 baravarigacha beriladigan mikrokreditlar hajmini ko‘paytirish.

2017 — 2020-yillar

“Mikrokreditbank” ATB, Savdo-sanoat palatasi

3.

O‘quv muassasalarining tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan bitiruvchilarining “Start-up” loyihalarini amalga oshirishini qo‘llab-quvvatlash.

Oliy o‘quv muassasalari va kollejlar bitiruvchilari — “Start-up haftaliklari” dasturi doirasida taqdim etilgan va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “bisnes.mehnat.uz.” saytida joylashtirilgan istiqbolli loyihalar mualliflari uchun mikrokreditlar ajratish.

2017 — 2020-yillar

“Mikrokreditbank” ATB, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

4.

O‘quv muassasalari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun mikrokreditlarni ko‘paytirish.

Oliy o‘quv muassasalari va kasb-hunar kollejlarining biznes bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan bitiruvchilariga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “college.mehnat.uz” va “otm.mehnat.uz.” saytlari ko‘magida mikrokreditlar ajratish.

2017 — 2020-yillar

“Mikrokreditbank” ATB, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

5.

O‘quv muassasalari bitiruvchilariga ajratiladigan mikrokreditlarni monitoring qilish va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini ta’minlashni takomillashtirish.

“college.mehnat.uz” i “otm.mehnat.uz” saytlarining axborot bazasini birlashtirish choralarini ko‘rish.

2017-yilning.IV choragi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

6.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotganlarga birgalikdagi javobgarlik (guruh kafolati) asosida mikrokreditlar ajratish.

Ilg‘or jahon tajribasiga muvofiq birgalikdagi javobgarlik asosida mikrokreditlar ajratish, jumladan:

3 — 5 kishidan iborat guruh tashkil etilganidan qat’i nazar, birgalikdagi javobgarlik asosida kafolat ta’minotisiz kredit ajratish;

guruhning har bir a’zosiga bir yilgacha eng kam oylik ish haqining 15 baravarigacha bir xil miqdorda mikrokredit ajratish.

2017 — 2020-yillar

“Mikrokreditbank” ATB, Savdo-sanoat palatasi,
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi

7.

Hunarmandlik faoliyatini tashkil etish uchun mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish.

Milliy matolar (adras, atlas va boshqalar), milliy poyabzal, do‘ppi, yog‘och buyumlar tayyorlash yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan hunarmandchilik ustaxonalarini jihozlash uchun tegishli uskunalar xarid qilish, shuningdek hunarmandlarning bozorlar va savdo rastalaridagi savdo qilish joylarini ta’mirlash uchun hunarmandchilikni rivojlantirishga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish.

2017 — 2020-yillar

Tijorat banklari, “Hunarmand”uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

8.

Kasanachilikni rivojlantirish uchun mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish.

Yirik sanoat korxonalari, davlat ulushiga ega kompaniyalar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining buyurtmalarini bajaradigan, uyida tikuvchilik, attorlik, pillachilik, mebel, elektronika mahsulotlari, shu jumladan telekommunikatsiyalar va servis xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur uskuna hamda asboblar to‘plami ishlab chiqaradigan, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlaydigan kasanachilarni uskuna, xomashyo va materiallar bilan ta’minlash uchun kredit ajratish mexanizmini yaratish.

2017 — 2020-yillar

“Mikrokreditbank” ATB, Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1.2. Kam ta’minlangan oilalar va ayrim toifadagi shaxslar bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish

9.

Mehnat organlari bilan hamkorlikda oilalar daromadini ko‘paytirish va ularning kam ta’minlanganlik darajasidan chiqishi bo‘yicha alohida dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalar uchun quyidagilarni amalga oshirish orqali alohida dasturlarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish:

kam ta’minlangan oilalarni mikrokredi�lar bilan kafolatli ta’minlash uchun beriladigan sug‘urta polislari bo‘yicha 1 foizgacha sug‘urta mukofoti undirishni amaliyotga joriy qilish;

uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun iste’mol kreditlari ajratish.

2017-yil III chorak

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, sug‘urta kompaniyalari, Moliya vazirligi,
“Mikrokreditbank” ATB

10.

Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirish orqali kam ta’minlangan oilalar a’zolarining bandligini ta’minlash uchun ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish.

Aholiga, birinchi navbatda, kam ta’minlangan oilalarga shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirish uchun mikrokreditlar ajratish.

2017 — 2020-yillar

Tijorat banklari,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

11.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, shu jumladan muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shatilgan, ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan qatlamlarini, mehnat migrantlari, chekka qishloq joylarida yashaydigan xotin-qizlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar hajmini oshirish, jumladan:

Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda asosan qishloq joylardagi olis aholi punktlarida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida;

muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shatilgan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “military.mehnat.uz” sayti axboroti bo‘yicha tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lganlar uchun;

ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan va zararli ta’sirlarga berilmagan fuqarolar uchun.

2017 — 2020-yillar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tijorat banklari, Xotin-qizlar qo‘mitasi

12.

Zamonaviy mini-texnologiyalarni joriy qilish asosida qishloq joylarda ish o‘rinlari yaratish loyihalarini moliyalashtirish.

Qishloq joylarda yangi mini-texnologiyalarni joriy etish loyihalarini moliyalashtirish, jumladan:

quyosh panellari (batareyalari);

suv isitgich quyosh qurilmalari;

sizot suvlarni chiqarish uchun suv �asoslarini o‘rnatish;

kam quvvatli texnologik uskunalar (motoblok, minitexnika, boshqa bog‘dorchilik texnikasi).

2017 — 2020-yillar

Tijorat banklari,

Savdo-sanoat palatasi

II. Aholi bandligini ta’minlash mexanizmini yaratish

2.1 Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga mikromoliyalashtirish tarkibiy qismlarini joriy etish

13.

Aholi bandligini ta’minlash maqsadida respublikaning aholi yashash joylarini bank xizmatlari bilan qamrab olishni kengaytirish.

Kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularning ro‘yxatini shakllantirish.

Tijorat banklari tomonidan kam ta’minlangan oilalar a’zolarining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun moliyaviy yordamni maqsadli taqsimlashni tashkil etish.

2017-yil III chorak

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Mahalla” jamg‘armasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

tijorat banklari

14.

Tadbirkorlik faoliyatining asoslari, biznes-rejalar tuzish, ushbu sohadagi qonunchilik bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etish.

Joylarda tadbirkorlik sohasidagi sharoitlar va qonunchilikni, biznes-reja tuzish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lganlar uchun tijorat banklarining mikrokreditlarini olish shartlari va mexanizmlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha ikki haftalik seminarlar tashkil qilish.

2017-yil IV chorak

Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

tijorat banklari

15.

Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarda bank xizmatlarining roli va ishtirokini kengaytirish.

Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarda bank xizmatlarining ahamiyati va rolini oshirish, ishtirokini kengaytirish bo‘yicha yangi mexanizmni yaratish, jumladan:

Tijorat banklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi

“Mahalla” jamg‘armasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha yaratilayotgan tizimda tijorat banklarining ishtirok etishi;

2017-yil IV-chorak

mikrokreditlar ajratish mexanizmi doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lganlar uchun bank filiallarida ikki kunlik kurslar tashkil qilish;

2018-yil I-chorak

bandlikka ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatdan o‘tgan va mutaxassisligi bo‘yicha ish topa olmagan fuqarolarni tadbirkorlik bilan shug‘ullanishini qo‘llab-quvvatlash;

2017 — 2020-yillar

jamoatchilik vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining a’zolari ishtirokida kredit olgan tadbirkorlar faoliyatini qiyosiy tahlil va monitoring qilish mexanizmini yaratish.

2018-yil I-chorak

16.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va “Mikrokreditbank” ATBning yagona axborot-kommunikatsiya bazasini tashkil qilish.

“Mikrokreditbank” ATB hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida kredit berish bo‘yicha elektron axborot almashish bazasini tashkil etish.

“Mikrokreditbank” ATBning aholi bandligini ta’minlashni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha markazlashtirilgan Call-markazini tashkil qilish.

2017-yil III chorak

“Mikrokreditbank” ATB, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

17.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “Mikrokreditbank” ATB o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “Mikrokreditbank” ATB o‘rtasidagi tashkiliy hamkorlikni quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali kuchaytirish:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
“Mikrokreditbank” ATB

normativ hujjatlar va loyihalarni amalga oshirish uchun vazirliklar va banklar mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etishni amaliyotga joriy qilish;

2017-yil III chorak

zarur hollarda, bank tashkiliy tuzilmasini o‘zgartirish, ishga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, bank tarmog‘i xodimlari mehnatining samaradorlik ko‘rsatkichlari tamoyili bo‘yicha (KPI) ularning mehnatiga haq to‘lashga bosqichma-bosqich o‘tishga doir tegishli takliflarni ishlab chiqish.

2017 — 2020-yillar

2.2 Aholi keng qatlamlari o‘rtasida aholi bandligini ta’minlashni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash haqida tushuntirish ishlarini o‘tkazish

18.

Axborot materiallari bazasini shakllantirish.

Bandlikka ko‘maklashish markazlari va mahalla fuqarolar yig‘inlarida quyidagi axborot m�teriallarini joylashtirish:

mikromoliyaviy xizmatlar turlari va mexanizmlari to‘g‘risida standartlashtirilgan ko‘rgazmali qo‘llanmalar, tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha kredit olish uchun zarur hujjatlar namunalari;

biznes-rejalar namunalari, zarur va ixcham uskunalar, ularni mahalliy yetkazib beruvchilar yoki dilerlar haqida axborot;

xomashyo turlarini yetkazib beruvchilar va turli yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari tayyor mahsulotlarining iste’molchi tashkilotlari to‘g‘risida axborot;

tijorat banklari mutaxassislarining aholi bilan uchrashuvlari jadvallari, bog‘lanish uchun ma’lumotlar, mikrokredit shartlari (bukletlar), savolnoma nusxalari;

muayyan tumanda transport xizmatlari ko‘rsatadigan tashkilot haqida ma’lumotlar.

2017-yil IV chorak

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi

19.

Aholi o‘rtasida bandlikni ta’minlashni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini keng yoritish.

Aholi bandligini ta’minlashni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali yoritish:

joylardagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholini tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga qiziqtiradigan uchrashuv va seminarlar tashkil etish;

Milliy teleradiokompaniya kanallarida, xususan, “Mahalla” kanalida mikromol�ya xizmatlari haqida reklama va teleko‘rsatuvlari tayyorlash;

shahar va tumanlarning odamlar gavjum bo‘ladigan markaziy joylarida, jamoat transporti, savdo muassasalarida imtiyozli mikrokreditlarga e’tiborni jalb qiladigan reklama materiallarini joylashtirish;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda tijorat banklarining veb-saytlarida mikrokreditlar afzalliklarini batafsil yoritish.

2017 — 2020-yillar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi, Milliy teleradiokompaniya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

20.

Tadbirkorlik subyektlari mahsulotlarini sotish shoxobchalarini tashkil etish.

O‘quv muassasalarining mikrokreditlar olgan bitiruvchilari, oilaviy tadbirkorlar, kasanachilar, hunarmandlar, shaxsiy yordamchi xo‘jalik egalarining tovar va xizmatlari sotilishini maqsadli qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish.

2017 — 2020-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

21.

Mikrokreditlar ajratish tizimiga aholining e’tiborini keng jalb qilishni rag‘batlantirish.

Mikrokreditlar ajratish tizimiga aholining e’tiborini keng jalb qilish maqsadida ko‘rik-tanlovlar, xususan, “Mikromoliyalashtirish tizimida eng faol mijoz”, “Mikromoliyalashtirish tizimida eng faol mahalla fuqarolar yig‘ini”, “Bandlikka ko‘maklashuvchi eng yaxshi markaz”, “Bankning eng yaxshi bo‘limi” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish va g‘oliblarni tantanali taqdirlash.

2018 — 2020-yillar

“Mikrokreditbank” ATB, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

III. Bank faoliyati samaradorligini oshirish uchun resurslarni va moddiy-texnik bazani kengaytirish choralarini ko‘rish

22.

Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun resurs bazasini mustahkamlash.

“Mikrokreditbank” ATB resurs bazasini quyidagilarni amalga oshirish orqali mustahkamlash:

yangi jozibador omonat turlarini joriy etish hisobidan bank depozit bazasini muntazam kengaytirish;

yuridik shaxslar dep�zitlarini jalb etish ishlarini amalga oshirish;

bank ustav kapitalini Moliya vazirligi va Markaziy bank mablag‘lari hisobidan har yili 10 foizga oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish.

2017 — 2019-yillar

“Mikrokreditbank” ATB,

Moliya vazirligi, Markaziy bank

23.

“Mikrokreditbank” ATBning tashkiliy tuzilmasi va filiallari tarmog‘ini optimallashtirish.

“Mikrokreditbank” ATBning, jumladan, quyidagilarni ko‘zda tutuvchi yangilangan tuzilmasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish:

“Mikrokreditbank” ATBning 14 ta filiali negizida zamonaviy va qulay mini-banklar tashkil etish;

bankning zarar ko‘rib ishlayotgan filiallarining moliyaviy ahvolini kassa xizmatlarini vaqtinchalik to‘xtatish orqali yaxshilash.

2017-yil 1-noyabr

“Mikrokreditbank” ATB

24.

Bankning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va moliyaviy barqarorligini yaxshilash.

Berilgan imtiyozlar tufayli bo‘shagan mablag‘lar hisobidan bankning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga doir uch yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlash;

2017-yil III chorak

“Mikrokreditbank” ATB

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankiga berilgan imtiyozlar tufayli bo‘shagan mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha yillik hisobotni har yili taqdim etish.

Har yili mart oyida

25.

Bank aktivlari sifatini yaxshilash.

Sudning uzoq vaqt ijrosi ta’minlangan qarorlarini bajarish va “Mikrokreditbank” ATBning qaytarilmagan kredit qarzlarini undirishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatish.

Doimiy asosda

“Mikrokreditbank” ATB

26.

Kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish va o‘tkazish.

Mikromoliyalashtirish sohasining yangi yo‘nalishlari va aholi bandligini ta’minlashning samarali dasturlarini ishlab chiqishni inobatga olgan holda bank xodimlari malakasini oshirish, jumladan:

mikromoliyalashtirish sohasida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish va joriy qilish dasturini ishlab chiqish;

Butunjahon mikromoliyalashtirish markazi bilan aloqalarni kengaytirish, xususan, kadrlarni o‘qitish va qayta tayyorlash bo‘yicha yangi loyihalarni ishlab chiqish;

Kadrlar tayyorlash uchun xalqaro tashkilotlar — Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, BMT Taraqqiyot dasturi, Butunjahon mikromoliyalashtirish markazining texnik ko‘magi va grantlarini jalb etish;

“Mikrokreditbank” ATBnng kredit inspektorlari va xodimlari uchun mikrokreditlar ajratish va aholi bandligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha treninglar tashkil etish.

2017 — 2020-yillar

“Mikrokreditbank” ATB, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Keyingi tahrirga qarang.
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
2. 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
b) 3-bandning uchinchi xatboshidagi (“yuridik shaxs maqomiga ega”) so‘zlaridan keyin “kam ta’minlangan oilalar a’zolari va yoshlarga tadbirkorlik faoliyati, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirish uchun” so‘zlari qo‘shilsin;
v) 4 va 5-bandlardagi “biznes” so‘zi “tadbirkorlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
g) 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: