16.08.2017 yildagi PF-5156-son
Hujjat 17.08.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, xorijga chiqish tartibini yanada takomillashtirish, aholiga qulay sharoitlar yaratish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda byurokratik to‘siqlar va korrupsiya holatlarining oldini olish, harakatlanish hujjatining amal qilish muddatini uzaytirish, fuqarolarning davlat chegarasidan o‘tkazish punktlarida pasport nazoratidan o‘tish tartib-taomillarini tubdan soddalashtirish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 16-avgustda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Ushbu hujjatda 2019-yilning 1-yanvaridan xorijga chiqish uchun ruxsat yozuvi stikerini bekor qilish va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Mazkur me’yoriy hujjatni qabul qilishdan maqsad aholi uchun qulay sharoit yaratish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini soddalashtirish, harakatlanish hujjatining amal qilish muddatini uzaytirish, uni tayyorlash muddatini qisqartirish, fuqarolarning davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida pasport nazoratidan o‘tishini imkon qadar soddalashtirish, shuningdek, chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda byurokratik to‘siqlar va korrupsiya holatlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratayotgan omillarni bartaraf etishdan iborat.

Farmon loyihasini tayyorlash davomida mutaxassislarimiz xorijga chiqish uchun pasportlardan foydalanish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rgandi. O‘rganish natijalari shundan dalolat beradiki, jahonning deyarli barcha davlatlarida ichki va tashqi foydalanish uchun mo‘ljallangan ikki turdagi hujjatdan foydalanilmoqda. Chet elga chiqishda kitob bukleti ko‘rinishidagi pasport unga ruxsat beradigan hech qanday qo‘shimcha yozuvlar kiritilmasdan, majburiy tartibda qo‘llanilmoqda.

Farmonda dastlabki bosqichda, ya’ni 2019-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi bilan viza rejimi o‘rnatilgan davlatlarga chiqishni rejalashtirayotgan mamlakatimiz fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport beriladi.

Bunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 2021-yilning 1-yanvarigacha vizasiz rejim o‘rnatilgan mamlakatlarga (Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Gruziya) 2011-yilgi namunadagi amaldagi biometrik pasport bilan chiqishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining xorijda bo‘lib turgan fuqarolari 2011-yilgi namunadagi biometrik pasportdan uning amal qilish muddati tugaguniga qadar foydalanishi mumkin. Yana shuni ta’kidlash kerakki, xorijga chiqish uchun biometrik pasport amaliyotga kiritilgunicha fuqarolar viza rejimi o‘rnatilgan davlatlarga 2011-yilgi namunadagi biometrik pasportda amaldagi ruxsat yozuvi stikeri mavjud bo‘lganda shu pasport bilan chiqishi mumkin.

Ushbu farmonga muvofiq:

Fuqarolarni qabul qilish va xorijga chiqish uchun pasport olish hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, mamlakatimizdan tashqarida esa O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi muassasalari amalga oshiradi;

hujjatlarni personallashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, blankalarni tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi zimmasiga yuklanmoqda;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2018-yilning 1-dekabrigacha zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali va aholiga maksimal interfaol xizmatlar ko‘rsatgan holda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etishga qaratilgan tashkiliy-texnik ishlarni amalga oshirish vazifasi topshirildi.

Pasport berish va xorijga chiqishni tartibga soladigan zarur me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2017-yilning 1-dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yangi dizayndagi 48 sahifali xorijga chiqish uchun biometrik pasportining Davlat standartini tasdiqlash vazifasi top�irildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu farmon talablari ijrosini ta’minlash uchun Davlat personallashtirish markazi, Tashqi ishlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yilning 1-yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida yangi tahrirdagi nizom loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun o‘rnatilgan tartibda taqdim etadi.

Nizomda quyidagilar ko‘zda tutiladi:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti uning egasi shaxsi va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi va undan respublika hududida umumfuqarolik hujjati sifatida foydalaniladi;

zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilishi inobatga olinib, xorijga chiqish uchun biometrik pasportni rasmiylashtirish va berish muddati 15 ish kunidan 10 ish kunigacha qisqartiriladi;

xalqaro tajribaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportining amal qilish muddati voyaga yetmagan shaxslar uchun 5 yilgacha, 16 yoshdan katta shaxslar uchun 10 yilni tashkil qiladi;

aholiga elektron ariza taqdim etish, elektron navbat, davlat bojini elektron to‘lov tizimi orqali to‘lash kabi interfaol xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, shuningdek, hujjatning tayyorligini tekshirish bo‘yicha maxsus xizmatlardan foydalangan holda hujjatni berish tartibi belgilanadi;

Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish shahar va tuman bo‘linmalarining vazifalari kengaytiriladi va shu munosabat bilan fuqarolar xorijga chiqish uchun pasport olish bo‘yicha arizani Ichki ishlar vazirligining doimiy yashash joyidagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish shahar/tuman bo‘linmalariga taqdim etishi mumkin. Ayni paytda ushbu vazifalar Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikn� rasmiylashtirish viloyat boshqarmalari zimmasiga yuklatilgan;

hujjatlarni qabul qilish jarayonida “Elektron hukumat” tizimi imkoniyatlari orqali kerakli barcha ma’lumotnomalarni olishni o‘zida mujassam etgan “yagona oyna” tizimidan foydalaniladi;

joriy etilayotgan pasportning tannarxi va biometrik pasport tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish zarurligidan kelib chiqqan holda, aholiga ushbu hujjatlarni berish bo‘yicha davlat bojining tegishli miqdori belgilanadi.

Qabul qilingan ushbu farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 2019-yilning 1-yanvaridan xorijga chiqishi uchun muomalaga kiritilayotgan biometrik pasporti va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasportining amal qilish muddati haqida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi, Xalqaro standartlashtirish tashkiloti va xorijiy davlat hukumatlarini o‘rnatilgan tartibda xabardor qilish topshirildi.