16.08.2017 yildagi PQ-3218-son
Hujjat 18.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 4-iyundagi PQ-1771-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tashkiliy tuzilmasi rus tilidagi matnidagi “Nukusskiy filial” blokidan keyin “Ferganskiy regionalniy filial” bloki bilan to‘ldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar mazmuni

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun mas’ullar

I. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali faoliyatini tashkil etish

1.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filialini (keyingi o‘rinlarda Filial deb ataladi) o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2017-yil

avgust

-

Farg‘ona viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Filial

2.

Filialning shtatlar jadvali va xarajatlari smetasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2017-yil

avgust

-

Madaniyat vazirligi, Filial

3.

Filialni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida professor-o‘qituvchi va xodimlarning tarkibini shakllantirish hamda ishga qabul qilish jarayonini tanlov asosida tashkil etish.

2017-yil

avgust

-

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti

4.

Filialning Vasiylik kengashi tarkibini tasdiqlash, unga kadrlarning iste’molchilari — Farg‘ona vodiysi teatrlari, madaniy-ma’rifiy muassasalari va boshqa tashkilotlari, vazirliklar va idoralar vakillarini kiritish.

2017-yil avgust

-

Farg‘ona viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti

II. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filialining moddiy-texnik bazasini tashkil etish va mustahkamlash

5.

Filialga ajratilgan Qo‘qon shahri, Movarounnahr ko‘chasi, 3a uyda joylashgan Turizm kasb-hunar kolleji binolari va inshootlarida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

2017-yil

avgust

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Farg‘ona viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi,
Moliya vazirligi

6.

Filialning ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari)ga mos zamonaviy o‘quv laboratoriya bazasini tashkil etish.

2018-yil

avgust

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Farg‘ona viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi,
Moliya vazirligi

III. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filialini o‘quv va ilmiy-pedagogik ta’minlash

7.

Filialning ta’lim yo‘nalishlarini tasdiqlangan o‘quv rejalari va fanlar dasturlari hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlash.

2017-yil avgust

-

Madaniyat vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat
san’at va madaniyat instituti

8.

Filialning axborot-resurs markazini tashkil etish hamda o‘quv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari
(shu jumladan ularning elektron variantlari), maxsus davriy nashrlar bilan ta’minlash.

2017-yil

avgust

Filialning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari,

Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat
san’at va madaniyat instituti

9.

Filialning professor-o‘qituvchilarini O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tarmoq markazida va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka va tajriba orttirishlarini tashkil etish.

2018-yildan boshlab

Filialning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari,

“Iste’dod” jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat
san’at va madaniyat instituti,
“Iste’dod” jamg‘armasi

10.

Filial kafedralari ilmiy tadqiqotlari yo‘nalishlarini belgilash, grantlar jalb etishni va xo‘jalik shartnomalarini bajarishni tashkil etish.

2018 — 2023-yillar

Davlat grantlari va xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha tushgan mablag‘lar

Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston davlat san’at
va madaniyat instituti

11.

Mintaqaning madaniyat va san’at sohasi korxonalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma ilmiy-tadqiqot, ilmiy-metodik ishlanmalarni tashkil etish.

2018-yildan boshlab

-

Madaniyat vazirligi,
Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti

12.

Filialda axborotlar, to‘plangan tajriba va mutaxassislarning keng almashinuvini ta’minlash. Mahorat darslari va maxsus mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarning yuqori malakali olimlari va san’at arboblarini taklif etish.

muntazam

Bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarning grantlari

Madaniyat vazirligi,

O‘zbekiston davlat san’at
va madaniyat instituti,
“Iste’dod” jamg‘armasi

13.

Filial professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish uchun respublikaning boshqa hududlaridan taklif etilgan professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarni turar-joy bilan ta’minlash maqsadida imtiyozli ipoteka kreditlari asosida Qo‘qon shahrida qurilayotgan arzon uy-joylardan ajratish.

2017 — 2020-yillar

Tijorat banklarining imtiyozli kreditlari

Farg‘ona viloyati hokimligi,
Filial

Keyingi tahrirga qarang.