Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5120-son Farmoniga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 164 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) direktoriga:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar deb yuritiladi), nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali xodimlarini va mutaxassislarni maslahatchilar sifatida jalb etish huquqi berilsin.
Agentlik yuridik shaxs huquqiga ega davlat muassasasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir;
Agentlikni saqlab turish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikning zarur nazariy bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lgan, Agentlikka yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirishni ta’minlaydigan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini;
Agentlikning faoliyat sohasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mutasaddilik qiladigan xo‘jalik subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi;
islohotlarni amalga oshirish natijalarini tizimli o‘rganish asosida Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimidan foydalangan holda davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari bilan o‘zaro bog‘liqlikda O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishining nazorati hamda monitoringini amalga oshiradi;
Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari hamda mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Agentlik loyiha ishlari va davlat xaridlarini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasining investitsiya muhitini yaxshilash masalalari bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, biznes-hamjamiyatning ekspert ishchi guruhlari ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikning faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Agentlik bilan majburiy tartibda kelishilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Agentlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda:
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini tashkil qilish va joriy etish konsepsiyasini;
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi doirasida loyiha va texnik hujjatlar, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, apparat-dasturiy komplekslar o‘rnatish va joriy etishni amalga oshiruvchi Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratorni tashkil etish haqidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini tashkil qilish va joriy etish bo‘yicha loyiha hamda texnik hujjatlarni;
ikki oy muddatda davlat axborot tizimlarini tashkil qilish, ishlab chiqish va joriy etish qiymatini baholash tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin;
respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining tizimli tahlili va prognozini amalga oshirish imkonini beruvchi, davlat va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda ishga tushirilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
chet el investorlarining mablag‘lari bilan birga markazlashgan kapital qo‘yilmalar, shuningdek, xalqaro va xorijiy moliya institutlarining kreditlari, zayomlari, grantlari — O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini tashkil qilish, joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlashni;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlarini O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimiga integratsiya qilish va moslashtirishni moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2018-yil 1-yanvardan boshlab Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari bilan o‘zaro bog‘liqlikda O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturlari bo‘yicha xulosalar beradi;
2019-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturlari, davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari shakllantirilishi va amalga oshirilishini nazorat hamda monitoring qilish Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Agentlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Hisob palatasi, “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda:
uch oy muddatda loyiha oldi hujjatlarni ishlab chiqishdan boshlab loyihalar amalga oshirilishini yakunlashgacha bo‘lgan loyiha boshqaruvi jarayonining barcha bosqichlarini tartibga solishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini;
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturlari, davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlashning amaldagi tizimini tanqidiy o‘rganish yakuni bo‘yicha ularni shakllantirish tartibini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini tashkil qilish, joriy etish va samarali ekspluatatsiya qilish yuzasidan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha Agentlik direktori hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlik faoliyatini, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini ekspluatatsiya qilishni moliyalashtirishga mablag‘larni asoslantirilgan hisob-kitoblar bo‘yicha 2017-yil 1-avgustdan boshlab ajratsin hamda har yili O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarida nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligi ikki hafta muddatda Agentlikni unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan bino bilan ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil qilsin.
15. Agentlik va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-yil 1-sentabrga qadar muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
3. Agentlik yuridik shaxs huquqiga ega davlat muassasasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhr va blankaga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida g‘azna hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
4. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar deb yuritiladi), nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari va mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
6. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda Yagona milliy axborot tizimi deb yuritiladi) yaratish, joriy etish va ekspluatatsiya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishining samaradorligi va shaffofligini oshirish;
resurslarning haqiqiy bozor qiymatini shakllantirish hamda noto‘g‘ri texnik topshiriq va smetalarni yuritishga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradigan resurslar yagona milliy ma’lumotnomasini yuritish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishga ko‘maklashishni ta’minlash, norentabelli va samaradorligi past loyihalarni aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish konsepsiyalari ishlab chiqilishi va har tomonlama tahlil qilinishini ta’minlash;
loyihalarni, shu jumladan, amalga oshirilayotgan loyihalarni korrupsiya va boshqa suiiste’molchiliklar alomatlari mavjudligi yuzasidan kompleks texnik-iqtisodiy tahlil qilish;
Yagona milliy axborot tizimi ishlashini ta’minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat organlari va boshqa tashkilotlarda joriy etish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda foydalaniladigan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalariga integratsiya qilishni nazarda tutuvchi Yagona milliy axborot tizimini yagona texnologik yondashuv asosida shakllantiradi;
Yagona milliy axborot tizimiga funksional talablarni belgilaydi, texnik topshiriqlarni ishlab chiqadi, loyiha faoliyati ishtirokchilarini tizim bilan ishlashida funksional boshqarish va o‘qitishni amalga oshiradi;
Yagona milliy axborot tizimining ishlab chiqilishi, joriy etilishi, ekspluatatsiya qilinishi va uzluksiz ishlashini ta’minlaydi;
Yagona milliy axborot tizimi — Yagona elektron hujjat aylanishi, Elektron hukumat, Davlat xaridlari yagona portali, Geoaxborot tizimi va boshqalarning blokiga talablarni belgilaydi;
axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish holatini baholaydi, shu jumladan, loyiha boshqaruvi jarayonida axborot tizimlari va resurslarini joriy etish samaradorligini o‘rganadi;
Yagona milliy axborot tizimini samarali joriy etish va ekspluatatsiya qilish uchun normativ-huquqiy bazani tizimli tahlil qiladi hamda uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Yagona milliy axborot tizimini, shu jumladan, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish asosida rivojlantirish va takomillashtirish yo‘nalishlarini ishlab chiqadi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning loyiha boshqaruvi bo‘yicha faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlari loyihalarini kelishadi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishining samaradorligi va shaffofligini oshirish sohasida:
loyiha boshqaruvini amalga oshirishni muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi va uning samaradorligini baholaydi hamda mazkur jarayonlarni uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
loyiha boshqaruvi bo‘yicha tadbirlarni uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning loyiha boshqaruvi tizimlarini rivojlantirish choralarini ko‘radi;
loyiha boshqaruvi guruhlarini shakllantirish bo‘yicha talablarni belgilaydi va ularning maqsadini kelishadi;
davlat xaridlari va loyiha boshqaruvi sohasida qayta aloqa, shikoyat va takliflarning tahlilini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring va tahlil qiladi, ularning samaradorligini baholaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
ilg‘or xalqaro tajribani inobatga olib, islohotlarni amalga oshirishning muammolari va yakunlarini tizimli o‘rganish asosida, shu jumladan, Yagona milliy axborot tizimidan foydalangan holda davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari ishlab chiqilishi, joriy etilishi, amalga oshirilishini tashkil qiladi hamda muvofiqlashtiradi, ularning nazorati va monitoringini amalga oshiradi;
v) resurslarning haqiqiy bozor qiymatini shakllantirish hamda noto‘g‘ri texnik topshiriq va smetalarni yuritishga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradigan resurslar yagona milliy ma’lumotnomasini yuritish sohasida:
resurslar yagona milliy ma’lumotnomasiga talablarni belgilaydi, resurslarning (tovarlar, ishlar va xizmatlarning) haqiqiy bozor qiymatini shakllantirish maqsadida uning samarali ishlashini ta’minlaydi;
tovarlar, ishlar va xizmatlar klassifikatorini shakllantirgan holda har bir resurs (tovar, ish va xizmat)ni ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar bilan ma’lumotlarni avtomatik to‘plash tartib-taomillarini tashkil etadi;
tovarlar, ishlar va xizmatlar, shu jumladan, chet elda ishlab chiqarilganlari haqidagi ma’lumotlar va axborotlarning resurslar yagona milliy ma’lumotnomasida doimiy yangilanishini ta’minlaydi;
resurslar yagona milliy ma’lumotnomasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat xaridlari yagona axborot portalini yaratish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi va boshqaradi, davlat xaridlarini amalga oshirishga talablarni belgilaydi;
resurslar yagona milliy ma’lumotnomasining davlat xaridlari yagona axborot portali bilan integratsiya qilinishini ta’minlaydi;
davlat xaridlari jarayonlarini muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi, uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi va baholaydi, davlat xaridlarini samarali tashkil etishga to‘sqinlik qiluvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha tahlillar o‘tkazadi, ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi;
davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
insofsiz tovar, ish va xizmatlar yetkazib beruvchilar reyestrini shakllantirishni tashkil etadi, ularning davlat xaridlari yagona axborot portaliga kirishini cheklaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
d) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishga ko‘maklashishni ta’minlash, norentabelli va samaradorligi past loyihalarni aniqlash sohasida:
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibiga muvofiq tegishli ekspertiza organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari DTIA/TIA, DTIH/TIHni samarali, sifatli va o‘z vaqtida ekspertiza qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturiga kiritiladigan loyihalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazadi, ularning amalga oshirilishini monitoring va tahlil qiladi;
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirish doirasida, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirishda ishlab chiqiladigan loyihaoldi, loyiha va tender hujjatlari, texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirish doirasida, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirishda tuziladigan import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazadi va ro‘yxatga oladi;
(8-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi-oltinchi xatboshilari bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son)
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda loyiha faoliyatining rejalashtirilishi, joriy etilishi va rivojlanishiga ko‘maklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari, rivojlanish davlat dasturi doirasida markazlashgan kapital qo‘yilmalarga yo‘naltirilgan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan davlat maqsadli jamg‘armalari, xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablag‘laridan samarali foydalanilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
(8-band “d” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son)
loyihalarni ro‘yobga chiqarish jarayonining tizimli tahlili asosida xulosalar tayyorlaydi va ularning kamchiliklarni bartaraf etish uchun loyiha boshqaruv guruhlariga yuboradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan davlat va hududiy dasturlar tadbirlari moliyalashtirilishini ochish uchun xulosa beradi;
loyiha boshqaruv guruhlari rahbarlari va ijrochilari ishlarining sifatini baholaydi hamda ularning egallab turgan lavozimiga munosibligi masalasini ko‘rib chiqish haqida takliflar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
budjet, soliq va bojxona qonunchiligini, shu jumladan, ularning xalqaro normalar va standartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan tahlil qilish;
soliq va bojxona to‘lovlari yig‘ilishi, shuningdek, ularning tadbirkorlik faolligiga ta’sirini o‘rganish;
davlat mulkidan daromadlarni, shu jumladan, aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlardagi davlat ulushlari bo‘yicha dividendlar to‘lanishini tahlil qilish;
budjet, soliq va bojxona qonunchiligi va ma’muriyatchiligini takomillashtirish, shu jumladan, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini o‘zgartirish, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarini taqdim qilish yoki bekor qilish bo‘yicha loyihalarni tayyorlash va belgilangan tartibda kiritish.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan d1 kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
e) davlat organlari va boshqa tashkilotlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish konsepsiyalari ishlab chiqilishi va har tomonlama tahlil qilinishini ta’minlash sohasida:
ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida davlat organlari va boshqa tashkilotlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish konsepsiyasi ishlab chiqilishi hamda har tomonlama tahlil etilishini ta’minlaydi;
loyiha faoliyatini amalga oshirishda loyiha boshqaruvining ilg‘or uslublarini va tegishli axborot texnologiyalarini joriy etish masalalarini ko‘rib chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
j) loyihalarni, shu jumladan, amalga oshirilayotgan loyihalarni korrupsiya va boshqa suiiste’molchiliklar alomatlari mavjudligi yuzasidan kompleks texnik-iqtisodiy tahlil qilish sohasida:
texnik reglamentlarni va narx (smeta)larni shakllantirishning amaldagi standartlarini tahlil qiladi hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
taklif etilayotgan asbob-uskunalar va texnologiyalarning texnik hamda texnologik ko‘rsatkichlariga mos ravishda investitsiya loyihalarining qiymati va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini baholaydi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida texnik va texnologik qarorlar bo‘yicha optimallashtirishda ishtirok etadi;
o‘z vakolati doirasida aniqlangan qonun hujjatlari talablari buzilishini bartaraf etishga qaratilgan choralarni ko‘radi, shuningdek, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritadi;
z) Yagona milliy axborot tizimi ishlashini ta’minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat organlari va boshqa tashkilotlarda joriy etish sohasida:
Yagona milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilish maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan sotib olinadigan axborot tizimlari va asbob-uskunalar xususiyatlarini ishlab chiqishga texnik topshiriqlarni kelishadi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish holati o‘rganilishini tashkil etadi hamda muvofiqlashtiradi;
axborot tizimlari foydalanuvchilarini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi va ularga maslahatlar beradi, axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish jarayonining samaradorligini oshirish, foydalanuvchilarning ish joylarida axborot tizimlarini joylashtirish, ishlab chiqilayotgan axborot tizimlarining sifatini ta’minlash choralarini ko‘radi;
server ta’minotining apparat qismini sozlaydi, ekspluatatsiyaga kiritadi va ishlab turishini ta’minlaydi, serverning funksional vazifasidan qat’i nazar, operativ tizim darajasida serverlarni, shuningdek, muayyan server xizmatlari va funksional vazifalari bo‘yicha unga ilovalarni boshqaradi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda loyiha boshqaruv tizimining joriy etilishi va ishlash darajasini monitoring qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
i) loyiha boshqaruvi bo‘yicha kadrlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
loyiha boshqaruvi bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarni shakllantiradi va dolzarbligini ta’minlaydi, ularning davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yetkazilishini ta’minlaydi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi loyiha boshqaruvi modellarini ishlab chiqadi;
loyiha faoliyati ishtirokchilari — loyiha boshqaruvi guruhlari uchun loyiha vakolatlari tizimini ishlab chiqadi;
loyiha boshqaruvi masalalari bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslari hamda xodimlari o‘qishini tashkil etadi;
loyiha boshqaruvi sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari tajriba to‘plashi va kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, shuningdek, tegishli kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, tinglovchilar o‘rtasida loyiha boshqaruv konsepsiyasini ommalashtirish yuzasidan qo‘shma tadbirlarni tashkil etish masalalari, yosh professionallarni uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash mexanizmlarini hamda o‘rta va oliy kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
xodimlarning kasbiy attestatsiya tizimi rivojlanishiga ko‘maklashadi, loyiha boshqaruvi guruhlari xodimlarining kasbiy attestatsiyasini o‘tkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
amaldagi qonun hujjatlari hamda huquqni qo‘llash amaliyotini huquqiy kolliziyalar, takrorlovchi va korrupsiyaga oid normalarni chiqarib tashlash yuzasidan tanqidiy tahlil qiladi, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritadi;
loyiha boshqaruvi sohasida normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi ustidan monitoring va nazoratni ta’minlaydi;
strategik milliy tashabbuslarni shakllantirish orqali investitsiya iqlimini yaxshilash choralarini ko‘radi;
ekspert biznes hamjamiyati bilan birgalikda ishchanlik muhiti va investitsiya iqlimini yaxshilashga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan material va ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rab olish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari amalga oshirilishi masalalari bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatini davlat ulushi bo‘yicha dividendlar to‘lanishi masalalari bo‘yicha tahlil qilish;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali xodimlarini va mutaxassislarni jalb qilish;
investitsiya loyihalarining DTIA/TIA, DTIH/TIHlari sifatli ishlab chiqilishi va ekspertizadan o‘tkazilishi, shuningdek, o‘z vaqtida oldinga yuritilishini ta’minlash masalalarini ko‘rib chiqish uchun vakolatli ekspertiza organlari va boshqa tashkilotlarning xodimlarini taklif etish;
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni chiqarish hamda tarqatish.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Agentlik har oyda loyiha boshqaruvi doirasida quyidagilarni aks ettiradigan monitoring natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi:
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda aniqlangan kamchilik va nuqsonlar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar;
investitsiya sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali investitsiya iqlimini yaxshilash bo‘yicha aniq takliflar;
Investitsiya dasturi doirasida taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalardan maqsadsiz hamda samarasiz foydalanganlik bo‘yicha aniqlangan holatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
14. Agentlik direktorining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
15. Agentlik direktori maqomi, tibbiy va transport ta’minoti shartlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisiga, direktor o‘rinbosarlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik direktori va xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadi.
16. Agentlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Agentlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi bo‘yicha shaxsan javob beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
o‘z vakolati doirasida Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi hamda ko‘rsatmalar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.