13.11.2002 yildagi 390-son
Hujjat 30.12.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
3. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu qarorning 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar korxonalar tomonidan faqat ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlarining assortimentini kengaytirish va raqobatbardoshliligini oshirish bilan bog‘liq tadbirlarga yo‘naltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Tovarlar guruhi

Soliq imtiyozlari joriy etiladigan tovarlar nomi

1.Bolalarga mo‘ljallangan tovarlar Bolalarga mo‘ljallangan tovarlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-iyuldagi 327-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan.
2.Maishiy kimyo va mayda qadoqlangan tovarlar

Silliqlovchi, yelimlovchi, yuvuvchi sintetik vositalar, vannalar uchun ko‘pikli kir yuvish vositalari, yog‘larni kyetkazuvchi va suvni yumshatuvchi vositalar, buyumlar va gazlamalarni oqartirish, sinkalash va kraxmallash vositalari, dog‘ni kyetkazuvchi va tozalovchi vositalar.
Hasharotlar, kemiruvchilarga qarshi kurash uchun tovarlar hamda dezinfeksiyalash vositalari, plastillin, aerozol idishdagi soch uchun lok.

3.Madaniy-maishiy va xo‘jalik maqsadidagi tovarlar

Maishiy elektr mashinalari va priborlar, shu jumladan go‘sht maydalagichlar va elektr go‘sht maydalagichlar, sharbat siqqichlar, oshxona kombaynlari, elektr mikserlar, sochni quritish uchun fen, kofe yanchgichlar, elektr drellar, tosterlar, isituvchi koloriferlar, mikroto‘lqinli pechlar, elektr dazmollar, idish-tovoq va oshxona priborlari, shu jumladan turmushda foydalaniladigan har xil oshxona anjomlari, qoshiqlar, pichoqlar, vilkalar, metallarning barcha turlaridan yasalgan likopchalar, har xil kurakchalar (baliq, blin, yog‘ uchun kurakchalar va boshqalar), metallar va qotishmalarning har xil turlaridan yasalgan ro‘zg‘orda ishlatiladigan metall idishlar, musiqa asboblari, barcha turdagi bolalar o‘yinchoqlari, shu jumladan yumshoq o‘yinchoqlar, gramplastinkalar, kompakt va lazer disklari, audio- va video kassetalar, soqol �lish priborlari, tish cho‘tkalari, ko‘zoynaklar uchun g‘iloflar, tugmalar (plastmassa, metall, yog‘och tugmalar va boshqalar), bolalar vannachalari, suv va axlat uchun chelak.
Yakka tartibda foydalaniladigan antenna komplekslari, maishiy soatlar, galvanik elementlar va batareyalar, qulflaydigan va mayda-chuyda metall buyumlar, kranlar va siljitgichlar.
Gaz bilan ishlaydigan avtomatik maishiy suv isitgichlar, maishiy nasoslar, gaz va elektr plitalari, plafonlar va ro‘zg‘orda ishlatiladigan sochuvchilar, termoslar, normal yoritadigan elektr chiroqlar.

4.Murakkab maishiy texnika va radioelektron apparatlarBarcha turdagi maishiy kir yuvish mashinalari (kir qo‘lda siqiladigan, yarim avtomatik, avtomatik). Barcha turdagi maishiy sovutgichlar va muzlatgichlar. Oq-qora va rangli tasvirli televizorlar, radio to‘lqini qabul qilish qurilmalari: radiopriyomniklar, radiolalar, magnitoradiolalar, magnitolalar, radiokomplekslar va musiqali markazlar, magnitofonlar, barcha turdagi qo‘shimcha magnitofonlar, ko‘zi ojiz nogironlar uchun ovoz chiqaradigan kitoblarni eshittirish magnitofon qurilmalari, diktofonlar, oq-qora va rangli tasvirli videomagnitofonlar va qo‘shimcha videomagnitofonlar, videoproigrivatellar, ovoz chiqarish kolonkalari, elektron eshitish apparatlari, maishiy videomagnitofonlar uchun video-telekameralar.
5.Kir sovun va atir sovun, kir yuvish poroshogiYuvish uchun va ro‘zg‘orda ishlatiladigan, tarkibida yog‘ bo‘lgan kir yuvish vositalari (atir sovun va kir sovun, kir yuvish poroshogi, kir yuvishda ishlatiladigan paraxa).
6.Pardoz-andoz buyumlari, tish pastasiOdekolonlar, atirlar, kremlar, soch, teri, tishni parvarish qilish vositalari, upa, ziynat baxsh etadigan pardoz-andoz buyumlari, losonlar, tana uchun badbo‘y hidni yo‘qotuvchi vositalar, oftobda qorayish vositalari, chivinga qarshi vositalar.
7.Ayollar gigiyenasi buyumlariAyollar gigiyenasi buyumlari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-iyuldagi 327-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan.
8.Tikuv, trikotaj, paypoq buyumlar, to‘qimachilik attorligiUstki kiyim: ayollar, erkaklar, o‘smirlar va bolalar paltolari, kurtkalari, kostyumlari; ayollar ko‘ylagi, qiz bolalar ko‘ylagi va yaslida kiyiladigan ko‘ylaklar; erkaklar va bolalar ko‘ylaklari. Choyshab buyumlari: ko‘rpa-to‘shak jildlari, choyshab, yostiq jildlari, ko‘rpa jildlari, pastga solinadigan choyshab, ayollar va bolalarning tungi ko‘ylaklari, erkaklar va bolalar pijamalari; jun, yarim jun, ip gazlama va momiq adyollar, shu jumladan qalin jun ro‘mol; ichki va ustki trikotaj kiyimlar, paypoqlar, qo‘lqoplar, boshmaldoq qo‘lqop, bosh kiyimlari. Ip gazlamadan tayyorlangan sintetik, yarim junli va kalavaning boshqa turlaridan tayyorlangan tibbiyot buyumlari (bintlar, cho‘ltoqlar uchun g‘ilof, tizzaband, tirsakband, boldirband, bog‘ich va boshqalar). Pardabop to‘rlar, to‘r (krujeva), sharflar, dastro‘mollar va ro‘mollar, ro‘molchalar, galstuklar, manjetlar, ensiz yoqa, poyondozlar, salfetkalar, dasturxonlar, yopqichlar (nakidki), o‘rin yopinchig‘i, darpardalar, gilamchalar, soyabonlar va soyabonlar uchun g‘iloflar, gazlamadan yasalgan abajurlar, to‘qilgan xo‘jalik sumkalari, bolalar sumkalari, to‘r belanchaklar va to‘r xaltalar, lentalar, uqa (jiyak), bog‘ichlar, rezinali bog‘ichlar, shokilali buyumlar va to‘qimachilik attorligining boshqa buyumlari.
9.Charm, charm-attorlik va mo‘yna buyumlarPortfellar, papkalar, safar xaltalar, karmonlar, sumkalar, portmone, hamyonlar, muqovalar, g‘iloflar, nesesserlar, portsigarlar, qo‘lqoplar, ish qo‘lqoplari, kamarlar, chemodanlar, sakvoyajlar, qoplar, g‘iloflar, sport-ov buyumlari, to‘plar. Mo‘ynali va qo‘y terisidan yasalgan po‘stin, mo‘ynali bosh kiyimlari, yoqa, mo‘yna, yopqichlar (plastina), skroi, ayollarning mo‘ynali bosh kiyimlari, ish qo‘lqoplari va mo‘ynali qo‘lqoplar va qo‘y terisidan yasalgan po‘stin, mo‘ynali va qo‘y terisidan yasalgan boshqa buyumlar — paypoqlar, gilamlar, esdalik sovg‘alar, bezaklar, shippaklar.
10.Bosh kiyimlariBarcha turdagi bosh kiyimlari, shu jumladan fetr bosh kiyimlar (shlyapalar, beretlar, qalpoqlar), tikilgan va mo‘ynali, pat va tivitdan yasalgan tikilgan va mo‘ynali bosh kiyimlar.
11.Poyabzal (shu jumladan rezina poyabzal)Kundalik, modelli, sport, uyda kiyiladigan, ortopedik, yengil, milliy, shu jumladan yuqori qismi tabiiy, sun’iy va sintetik teridan, gazlama va noto‘qima materiallar va trikotaj polotnodan qilingan, shuningdek yuqori qismi har xil narsalardan qilingan, tagcharmi charmdan va terining o‘rnini bosuvchi materiallardan, polimer materiallardan yasalgan poyabzal.
12.Chinni, fayans va keramika buyumlari, qoliplangan alyuminiy idishlar, shisha idishlarTurmushda ishlatiladigan sortli idishlar (shisha va billur idishlar). Turmushda ishlatiladigan chinni-fayans idishlar (shu jumladan yarim chinni va sirlangan sopol idishlar). Kerosin shisha lampa, lampa shisha, sopol idish. Qoliplangan alyuminiy idishlar, shu jumladan qoshiqlar, vilkalar, likopchalar va boshqalar. Issiqqa chidamli shishadan yasalgan oshxona idishlari. Shisha buyumlar va mebel sanoati uchun oyna, shisha idishlar, shu jumladan murabbo va tuzlangan narsalar uchun butilka, banka, bochkachalar.
13.Oq qog‘oz, qog‘ozdan yasalgan buyumlar, bosma mahsulotlar va idora ashyolari hamda maktab anjomlariBlok-daftarlar, chizmachilik va rasm solish uchun bloklar va albomlar, qayd etish, eskizlar, notalar, chizmachilik va rasm solish uchun qog‘ozlar (shu jumladan ko‘zi ojizlar uchun), yozuv qog‘ozi, yozuv mashinkasi uchun mo‘ljallangan qog‘oz, maktab kundalik daftarlari, maktab daftarlari, harfli va predmetli alifbo, harflar, bo‘g‘inlar, raqamlar kassasi, chizgichlar (shu jumladan logarifmik chizgichlar), savod kitoblari, har xil plyonkalardan yasalgan qog‘ozlar uchun papka, chizmachilik va rasm solish uchun qog‘oz va kartondan yasalgan papkalar, qalamdonlar, barcha turdagi ruchkalar, flomasterlar, idora qog‘oz qisqichlari, transportirlar, harfli va raqamli trafaretlar, uchburchak chizgichlar, siyohdonlar, gotovalni, barcha turdagi qalamlar (shu jumladan mexanik qalamlar), perolar, o‘chirgichlar, qog‘ozdan yasalgan sanitariya-gigiyena buyumlari, qaydlar uchun kundalik daftarlar, rasm solish, notalar, so‘zlarni yozish, eskizlar uchun daftarlar, umu�iy va texnik daftarlar, shaxmat taxtalari (qog‘ozdan va kartondan yasalgan), qog‘ozning texnik sortlari — jilo berilgan, nuqradek oppoq qog‘oz, rasm solish uchun qog‘oz (rulonlarda), yozuv mashinkalari uchun millimetrli, nusxa ko‘paytiruvchi qog‘oz, chizmachilikda ishlatiladigan qog‘oz.
14.Mebel, mebel aksessuarlari Turmushda foydalaniladigan mebel: oshxona mebeli: ish javon-stollari, osma javonlar, oshxona stollari, kursilar, bufet, yumshoq va qattiq oshxona uchburchak mebeli, stullar; yotoqxona mebeli: kiyim uchun javon, ichki kiyimlar uchun javon, karavotlar, ikki tomonlama yumshoq matraslar, karavot yonida turadigan tagkursi, kiyim-kechak turadigan yashikli javon, uch tabaqali toshoyna, tik toshoyna, ziyofat javoni; korpusli mebel: ko‘p vazifali javonlar, kitob javonlari, idish javonlari, servantlar, yozuv stoli, bari bor javonlar, kitob tokchalari, televizor ostiga qo‘yiladigan taglik, radio apparatlar ostiga qo‘yiladigan taglik, sandiqlar; yumshoq mebel: divanlar, kreslolar, yig‘ma divanlar, tebranma kreslo, kreslo-karavotlar; bolalar mebeli: karavotlar, o‘yinchoqlar uchun javon, kiyim-kechak uchun javon, ichki kiyimlar uchun javon, yozuv stollari, kompyuter uchun stollar, bolalarga mo‘ljallangan yumshoq mebel (kreslo, divan); turmushda ishlatiladigan boshqa mebel: shu jumladan gigiyenik qoplamali, metall karkasli mebel. Brezent qoplangan, dala hovlida ishlatiladigan yig‘ma mebel (stollar, stullar, kreslolar, karavotlar va hokazolar). Mebel aksessuarlari: yog‘och tutqichlar, plastmassa tutqichlar, to‘rtta sharnirli oshiq-moshiqlar, eksentrik tortgichlar, tokcha tutgichlar, shisha tutgichlar, oyna tutgichlar, poynak, burchakli tortgichlar, uchburchaklar, shtanga tutqichlar, vintlar, gaykalar, ilgaklar, qog‘ozqisqichlar, shaybalar, shkantlar, yog‘och yig‘ma karavotlar, yog‘och shtangalar, yog‘och silliqlagichlar.
15.Gilam va gilambop buyumlarGilam va gilambop buyumlar (shu jumladan poyondozlar, o‘lchamli parcha gilam).
16.Ip gazlama, ipak, jun, sintetik va kimyoviy tolalardan tayyorlangan tayyor gazlamalarIp gazlama, shu jumladan tabiiy, sintetik, kimyoviy tolalardan va kimyoviy (shtapel) tolalardan tayyorlangan momiq, jun, ipak gazlamalar.
17.Qurilish materiallariVannalar, rakovina (chanoq)lar, unitazlar, gulqog‘ozlar.
Keyingi tahrirga qarang.