Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
integral mikrosxema — elektron vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan tugal yoki oraliq shakldagi mikroelektron buyum bo‘lib, undagi elementlarning hech bo‘lmaganda biri faol hisoblanadi, buyumdagi bog‘lanishlarning ayrimlari yoki barchasi bu buyum tayyorlangan jismlar tarkibida va (yoki) sirtida uzviy shakl topgan bo‘ladi;
integral mikrosxema topologiyasi — integral mikrosxema elementlarining va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar majmuining moddiy jismda qayd etilgan fazoviy-geometrik joylashuvi;
huquq egasi — integral mikrosxema topologiyasining muallifi, uning merosxo‘ri, shuningdek integral mikrosxema topologiyasidan foydalanish mulkiy huquqlarini qonunga yoki shartnomaga asosan olgan va ularga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Integral mikrosxemaning ushbu Qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘ziga xos topologiyasi (bundan buyon matnda topologiya deb yuritiladi) integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish obyekti hisoblanadi.
Muallifning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan va yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga ma’lum bo‘lmagan topologiya boshqacha holat isbotlangunga qadar o‘ziga xos deb e’tirof etiladi.
Yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga ma’lum bo‘lgan elementlardan tarkib topgan topologiyaga, agar bunday elementlar yig‘indisi ushbu modda ikkinchi qismining talablariga to‘la muvofiq bo‘lsagina huquqiy muhofaza beriladi.
Ushbu Qonun bilan beriladigan huquqiy muhofaza topologiyaga singdirilgan g‘oyalar, usullar, tizimlar, texnologiya yoki kodlashtirilgan axborotga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ijodiy mehnati bilan topologiyani yaratgan jismoniy shaxs shu topologiya muallifi deb e’tirof etiladi. Agar topologiya ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxslarning birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo‘lsa, ular birgalikda mualliflar (hammualliflar) deb e’tirof etiladi.
Topologiyani yaratishga shaxsan ijodiy xissa qo‘shmagan, biroq muallifga texnik, tashkiliy yoki moddiy yordam ko‘rsatgan yoxud topologiyadan foydalanish huquqini rasmiylashtirishga ko‘maklashgan jismoniy shaxslar mualliflar deb e’tirof etilmaydi.
Muallifning topologiyaga bo‘lgan huquqi boshqa shaxsga o‘tkazilmaydigan shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi va qonun bilan muhofaza qilinadi.
Huquq egasiga topologiyadan o‘z ixtiyoriga binoan foydalanish, shu jumladan uni tayyorlash, qo‘llash va tarqatish mutlaq huquqi tegishlidir.
Huquq egasi topologiyada, shuningdek shunday topologiyani o‘z ichiga olgan buyumlarda “T” harfi yoki aylanadagi “T” harfi yoxud boshqacha tarzda ifodalangan “T” harfini joylashtiradi va bu uning O‘zbekiston Respublikasida muhofaza qilinishini ko‘rsatadi.
Bir necha huquq egalariga tegishli huquqlardan foydalanish tartibi ular o‘rtasidagi shartnomaga binoan belgilanadi.
Muhofaza qilinadigan topologiyani, shu topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemani o‘z ichiga olgan buyumni huquq egasining ruxsatisiz qo‘llash, olib kirish, sotuvga qo‘yish, sotish, takrorlash (o‘ziga xos bo‘lmagan qismini takrorlash bundan mustasno) va fuqarolik muomalasiga boshqacha tarzda kiritish topologiyadan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqning buzilishi deb e’tirof etiladi.
topologiyadan foyda olmagan tarzda shaxsiy maqsadlarda, shuningdek uni baholash, tahlil kilish, tadqiq etish yoki o‘qitish uchun foydalanish;
qonunga xilof ravishda takrorlangan topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemali buyumni sotib olgan shaxsning harakatlari, agar bu shaxs ularga qonunga xilof ravishda takrorlangan topologiya kiritilganini bilmagan va bilishi mumkin ham bo‘lmagan bo‘lsa;
aynan bir xildagi topologiyani mustaqil ravishda yaratgan shaxsga nisbatan, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlar.
Xodim o‘z xizmat vazifalarini yoki ish beruvchining topshirig‘ini bajarish vaqtida yaratgan (xizmat topologiyasi) topologiyaning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma olish huquqi, basharti bu ular o‘rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ish beruvchiga tegishli bo‘ladi.
Xizmat topologiyasi uchun muallifga to‘lanadigan mukofot pulining miqdori, shartlari va tartibi u bilan ish beruvchi o‘rtasidagi shartnoma bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan bevosita yoki ishonchli vakil orqali O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) beriladi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berish, agar topologiyadan foydalanilgan bo‘lsa, undan birinchi marta foydalanilgan sanadan etiboran ikki yildan oshmagan muddatda amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani rasmiylashtirish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarga doir talablar Agentlik tomonidan belgilanadi.
(8-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 31-martdagi 7-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari (ro‘yxat № 3358, 31.03.2022-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomaning davlat ekspertizasi talabnoma berilgan sanadan e’tiboran ikki oylik muddat ichida Agentlik tomonidan o‘tkaziladi. Davlat ekspertizasi natijalariga binoan topologiyani ro‘yxatga olish yoki uni ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqarilib, bu haqda talabnoma beruvchi xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Talabnoma beruvchi Agentlikning so‘roviga binoan yoki o‘z tashabbusi bilan topologiyani ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar talabnoma materiallarini to‘ldirish, aniqlashtirish va tuzatishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomaning davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Talabnoma beruvchi davlat ekspertizasining xulosasi ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran uch oy ichida Agentlikning Apellatsiya kengashiga (bundan buyon matnda Apellatsiya kengashi deb yuritiladi) shikoyat qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat ekspertizasining xulosasi ustidan Apellatsiya kengashiga shikoyat qilish tartibini Agentlik belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Talabnoma beruvchi Apellatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilishga haqlidir.
(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat ekspertizasining xulosasi asosida Agentlik patent boji to‘langani to‘g‘risidagi hujjat olingan sanadan e’tiboran bir oy ichida topologiyani Integral mikrosxemalar topologiyalarining davlat reyestrida ro‘yxatga oladi. Reyestrga kiritiladigan ma’lumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Topologiya ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar Agentlik tomonidan rasmiy axborotnomada e’lon qilinadi. E’lon qilinadigan ma’lumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Topologiya ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma huquq egasining topologiyadan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Guvohnomani berish Agentlik tomonidan topologiya ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilingan sanadan e’tiboran uch oy o‘tgandan keyin amalga oshiriladi. Topologiya ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma shakli hamda unda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Topologiyadan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquq amal qilish muddatining boshlanishi quyidagi sanalardan eng oldingisi bo‘yicha aniqlanadi:
topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasi bo‘yicha, bunda bu topologiya jahonning biron-bir yerida fuqaro muomalasiga oldinroq kiritilganligi hujjatlar bilan qayd etilgan sana nazarda tutiladi;
topologiya ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy e’lon qilingan sana bo‘yicha.
Boshqa shaxs tomonidan mustaqil ravishda yaratilgan aynan bir xil topologiya paydo bo‘lgan hollarda, topologiyadan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqning amal kilish umumiy muddati o‘n yildan oshib ketishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Topologiyaga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnoma Agentlikda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Topologiyaga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va shartlari Agentlik tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Qarang: Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisiga bo‘lgan huquqni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun litsenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga bo‘lgan huquqni o‘tkazish, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan barcha mulkiy huquqlarni o‘tkazish va mulkiy huquqlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari (ro‘yxat № 3359, 31.03.2022-y.).
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi milliy xavfsizlik maqsadlarida huquq egasiga qonun hujjatlarida belgilangan kompensatsiya to‘lagan holda topologiyadan uning roziligisiz foydalanishga ruxsat berishi mumkin.
(15-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Topologiya ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma topologiyadan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqning amal qilish muddati tugashi munosabati bilan bekor bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(16-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatli harakatlarni sodir etganlik uchun patent bojlari undiriladi.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi O‘RQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Patent bojlarining miqdori va ularni to‘lash muddatlari, ularni to‘lashdan ozod qilish, to‘lovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi qonunda belgilanadi.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi O‘RQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxslari topologiyani boshqa davlatlarda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga egadirlar.
Chet el yuridik va jismoniy shaxslari ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki o‘zaro kelishuv prinsipi asosida foydalanadilar.
Topologiyalarni huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.