19.07.2017 yildagi 517-son
Hujjat 25.07.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish
manbai

Amalga oshirish shakli

Mas’ullar

I. Yilqichilik va ot sporti sohasida normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha

1.

Respublikadagi ot zotlari bo‘yicha talablar, zotlar o‘rtasida farqlanish, o‘xshashlik va ularning barqarorlik talablari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini ishlab chiqish va tasdiqlash

2018-yil
IV chorak

-

O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi “O‘zstandart” agentligi

2.

An’anaviy ravishda uloq-ko‘pkari va boshqa milliy hamda klassik ot o‘yinlarini tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash

2017-yil
IV chorak

-

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi,

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

II. Nasldor ot zotlarini ko‘paytirish bo‘yicha

3.

Respublikadagi barcha toifada xo‘jaliklarda mavjud naslli otlarni ro‘yxatga olish va ularni pasportlashtirish

2018-yil
I yarim yillikda

(har 5 yilda)

O‘z mablag‘lari hisobidan

Kompleks chora-tadbirlar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

4.

Qorabayir zotli otlarning naslini yaxshilash, yangi liniya va oilalarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish

Doimiy

Loyiha uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan

Kompleks chora-tadbirlar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

5.

Otlarni sun’iy urug‘lantirish va embrionlar transplantatsiyasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish

2018-yil
II chorak

-

Kompleks chora-tadbirlar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

6.

Yilqichilik yo‘nalishidagi naslchilik xo‘jaliklaridagi seleksiya ishlari natijalarini baholash maqsadida nasldor va sport otlarini tanlash bo‘yicha ko‘rgazma hamda musobaqalar o‘tkazish

2017 — 2021-yillarda

Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamg‘armasi

Kompleks chora-tadbirlar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

7.

Xalqaro ot sporti federatsiyasi reglamenti bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosida ot sporti o‘yinlarida ishtirok etuvchi otlarni kasalliklarga qarshi emlash

2017 — 2021-yillarda

Budjet mablag‘lari va ot egalari mablag‘lari

Kompleks chora-tadbirlar

Davlat veterinariya qo‘mitasi,

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

8.

Otlarning kasalliklariga tezkor tashxis qo‘yish bo‘yicha zamonaviy diagnostika laboratoriyasini tashkil etish

2019-yil

II chorak

Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamg‘armasi

Kompleks chora-tadbirlar

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, “Markaziy ippodrom” AJ

9.

Otlarning kasalliklariga tezkor tashxis qo‘yish va uni samarali usullar bilan davolash maqsadida zamonaviy veterinariya klinikasini tashkil etish

2018-yil
II chorak

O‘z mablag‘lari va tijorat bank kreditlari

Kompleks chora-tadbirlar

Toshkent viloyati hokimligi

“Asaka bank” ATB, “Diyora fayz gulshani” XK

III. Ot sporti turlarini rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha

10.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Kubogi uchun xalqaro ot sporti musobaqasini o‘tkazish va uni Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) musobaqalari reyestriga kiritish

2018 — 2021-yillarda

Davlat budjeti hamda Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamg‘armasi

Vazirlar Mahkamasining qarori

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi,

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

11

Toshkent shahrida Xalqaro ot sporti federatsiyasining Bosh assambleyasi yig‘ilishi o‘tkazilishini tashkil qilish

2019-yil

Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamg‘armasi

Kompleks chora-tadbirlar

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

12.

Sayyohlik yo‘nalishi bo‘yicha turlar tashkil etish uchun respublika hududidagi ot sporti klublari va otchoparlarda o‘tkaziladigan xalqaro va respublika musobaqalari reja-jadvalini ishlab chiqish va sayyohlik sohasi subyektlariga taqdim qilish

2017 — 2021-yillarda

-

Reja-jadval

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

13.

Respublikamizdagi barcha ot sporti klublarida ippoterapiya markazlarini tashkil etish

2017-yil
IV chorak

O‘z mablag‘lari hisobidan

Kompleks chora-tadbirlar

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

14.

Ot sporti tarixi va unda erishilgan yutuqlar, sohani rivojlantirishga oid tadbir�ar, klublar, maktablar, murabbiylar va yilqichilik mutaxassislari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish

2017 — 2021-yillarda

-

Kompleks chora-tadbirlar

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

IV. Yilqichilik va ot sporti mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, xorijiy davlatlarning yilqichilik va ot sporti bo‘yicha ilg‘or tajribalarini joriy etish bo‘yicha

15.

Ot sporti murabbiylari, hakamlar, veterinarlar va taqachilar respublika maktabini tashkil etish

2018-yil

I chorak

Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamg‘armasi

Idoraviy hujjat

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, “Markaziy ippodrom” AJ

16.

Yilqichilik mutaxassislari va ot sporti murabbiylarini tayyorlash talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish

2018-yil

I chorak

-

Idoraviy hujjat

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

17.

Yilqichilikda naslchilik ishlarini yo‘lga qo‘yish va otlar kasalliklarini diagnostika qilish bo‘yicha xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish maqsadida ular bilan muzokaralar olib borish va mutaxassislarni chet ellarga yuborish bo‘yicha har yili reja-grafik ishlab chiqish.

Har yili oktyabr-noyabr oylarida

Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamg‘armasi

Reja grafik

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

18.

Qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarida hamda veterinariya yo‘nalishidagi kollejlarda yilqichilik bo‘yicha zootexnik va veterinar vrach mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha bo‘limlarini ochish

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab

-

Idoraviy hujjat

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

19.

Respublika hududlarida ot sport klublarini bosqichma-bosqich tashkil etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zarur inventarlar (egar-jabduq, maxsus bosh kiyim va boshqalar) va jihozlar bilan ta’minlash

2017 — 2021-yillarda

Mahalliy budjet mablag‘lari hamda Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamg‘armasi

Kompleks chora-tadbirlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

V. Yilqichilik va ot sportining moddiy-texnika va ozuqa bazasini mustahkamlash bo‘yicha

20.

Qashqadaryo viloyatida “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ tomonidan Qorabayir zotli otlarni ko‘paytirishga ixtisoslashgan naslchilik ot zavodini ishga tushirish

2018-yil I chorak

O‘z mablag‘lari

“O‘zbekneftgaz” AJ,

“Sho‘rtangaz-kimyo majmuasi” MChJ

21.

Toshkent viloyatidagi “O‘zbegim otlari” MChJ ot zavodi bazasida Axaltaka zotli otlarning sof zotli liniyalariga mansub avlodlarini ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yish

2018-yil
II chorak

O‘z mablag‘lari

-

Toshkent viloyati hokimligi

22.

Toshkent viloyati Bo‘stonlik tumani tog‘ oldi hududlaridan “O‘zbek sport otlari” MChJ sport otlarini ko‘paytirish bo‘yicha majmua qurilishi va xalqaro musobaqalarni o‘tkazishga mo‘ljallangan bino va inshootlarni qurilish uchun yer maydoni ajratish

2017-yil

III chorak

O‘z mablag‘lari va

tijorat bank kreditlari

-

Toshkent viloyati hokimligi,

“Asaka bank” ATB, “O‘zbek sport otlari” MChJ

23.

Hududlardagi mavjud otchoparlar va ot sporti klublarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish

2018 — 2021-yillarda

Mahalliy budjet mablag‘lari hamda Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamg‘armasi

Kompleks chora-tadbirlar

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

24.

Yilqichilikda mustahkam ozuqa bazasini tashkil etish maqsadida suli, arpa va boshqa donli ekinlar ajratish va ozuqa ekin maydonlarini kengaytirish yuzasidan taklif tayyorlash

Har yili
1-iyulgacha

-

Kompleks chora-tadbirlar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.