18.07.2017 yildagi PF-5118-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.07.2017 03 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5017-sonli Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-sonli qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2910-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 — 2022-yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2912-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922-sonli qarorlariga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni 5-ilovasining yigirma yettinchi xatboshisidagi va 6-ilovasining o‘n yettinchi xatboshisidagi “I.R.Maxkamov — “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktori” so‘zlari “M.X.Soliyev — O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Farg‘ona viloyati “Suvoqava” ishlab chiqarish boshqarmasi” so‘zlari “Farg‘ona viloyati “Suvoqava” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Farg‘ona viloyati “Suvoqava” DUK)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari “Kommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Farg‘ona viloyati “Suvoqava” ishlab chiqarish boshqarmasi” so‘zlari “Farg‘ona viloyati “Suvoqava” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
v) 3-band chiqarib tashlansin;
g) 4-banddagi “Farg‘ona viloyati “Suvoqava” ishlab chiqarish boshqarmasi” so‘zlari “Farg‘ona viloyati “Suvoqava” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Farg‘ona viloyati “Suvoqava” ishlab chiqarish boshqarmasi” so‘zlari “Farg‘ona viloyati “Suvoqava” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 8 va 9-bandlardagi “O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligining” so‘zlari “Kommunxizmat” agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Buxoro viloyati “Suvoqava” ishlab chiqarish boshqarmasi” (keyingi o‘rinlarda — Buxoro viloyati “Suvoqava” IChB), O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari “Buxoro viloyati “Suvoqava” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK), “Kommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Buxoro viloyati “Suvoqava” ishlab chiqarish boshqarmasi” so‘zlari “Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Buxoro viloyati “Suvoqava” ishlab chiqarish boshqarmasi” so‘zlari “Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 8-bandda “Buxoro viloyati “Suvoqava” ishlab chiqarish boshqarmasining” so‘zlari “Buxoro viloyati “Suvoqava” DUKning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 9-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
j) 10 va 11-bandlardagi “O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari “Kommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 1a-ilova quyidagi blok bilan to‘ldirilsin:
b) 3-ilovadagi “Tuyamo‘yin-Nukus” hududlararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi” DUK” blokidan keyin quyidagi blok bilan to‘ldirilsin:
v) 4-ilovadagi “Suvoqava*” DUK” blokidan keyin quyidagi blok bilan to‘ldirilsin:
g) 5-ilovadagi “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati” blokidan keyin quyidagi blok bilan to‘ldirilsin:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Ko‘p xonadonli uy-joy fondi va issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” so‘zlari “Ko‘p xonadonli uylarni, issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish bo‘yicha “injiniring kompaniyasi” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy- joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari va Toshkent shahri uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.