“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar hamda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi to‘g‘risida Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori (“O‘zbekiston Respublikasi QHT”, 2010-yil, 24-25-son, 195-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oliy ta’lim muassasalari qabulni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiradilar.
3. Oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalari doirasida hamda qabul kvotalaridan tashqari abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar test ballari reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Tanlov har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, o‘qitish tillari va shakllariga ko‘ra alohida o‘tkaziladi. Ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud bo‘yicha alohida o‘tkaziladi. Maqsadli qabul tanlovida qatnashib davlat granti asosida qabul qilinmagan abituriyentlar mazkur ta’lim yo‘nalishida to‘plagan test ballari bilan umumiy to‘lov-kontrakt doirasidagi tanlovda ishtirok etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Test sinovlari, shuningdek ularni o‘tkazish tartibini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda Davlat test markazi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari joylarda test sinovlarini o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Test sinovlari uch tilda — o‘zbek, rus, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish tili, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Abituriyent test sinovlarini va kasbiy (ijodiy) imtihonni oliy ta’lim muassasasida o‘qiydigan tilda topshiradi. Bunda o‘zbek guruhlariga hujjat topshirgan abituriyent o‘z arizasiga asosan test sinovlarini o‘zbek tilida lotin yoki kirill alifbosida topshirish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Abituriyent chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri bo‘yicha test sinovi topshiradi. Abituriyent o‘qigan chet tilidan qat’i nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi mumkin.
Agar umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida ingliz, nemis yoki fransuz tillari o‘tilmasdan boshqa chet tillari o‘qitilgan holda, shu chet tilidan test sinovi o‘rniga ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihon topshiriladi.
Oliy ta’limning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari bilan bir qatorda qo‘shimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar takliflari asosida Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish tojik, qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabul ko‘p balli tizim bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oshiriladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ushbu ta’lim yo‘nalishlariga arizalar ko‘rsatilgan tillarda o‘rta ta’lim muassasasini tugatgan abituriyentlar yoki ko‘rsatilgan tillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasasini tugatib, akademik litsey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega bo‘lgan abituriyentlardan qabul qilinadi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar, ko‘p balli imtihon baholari va Davlat komissiyasi tasdiqlagan test sinovlari natijalarining umumiy yig‘indisi shaxsan oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.
6. Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tilini (ingliz, nemis va fransuz tillari o‘qitilmagan holda) chet tili sifatida o‘qigan abituriyentlar mazkur tildan ko‘p balli baho tizimi bo‘yicha imtihon topshiradilar, qolgan fanlar bo‘yicha esa test sinovlaridan o‘tadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tili bilan birgalikda ingliz, nemis va fransuz tillari ham o‘qitilgan holda (ushbu fanlar abituriyent diplomi ilovasida (attestatida) mavjud bo‘lganda) abituriyent arizasiga asosan u chet tilini test shaklida yoki ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tilidan ko‘p balli baho tizimi bo‘yicha imtihon topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qoida roman-german filologiyasi (ingliz, nemis va fransuz filologiyasi) yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiradigan abituriyentlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tili bo‘yicha fan dasturi va baholash mezonlari ushbu tillar o‘qitiladigan tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi va joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oliy ta’lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) va ko‘p balli imtihonlarni o‘tkazish 1 va 2-ilovalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
8. Oliy ta’lim muassasalariga ko‘zi ojiz abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish 3-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9. Respublika tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan 3 yillik “Oliy hamshiralik ishi” ta’lim yo‘nalishiga qabul faqat o‘rta maxsus, kasb-hunar tibbiy ma’lumot (hamshiralik, akusherlik ishi va feldsherlik) negizida amalga oshiriladi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha test sinovlari bilan bir qatorda qo‘shimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.
10. Oliy ta’lim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo‘limning ta’lim yo‘nalishlariga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yo‘nalishiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalari tarkibida hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul faqat tegishli hududda yashayotgan va hududning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari tomonidan berilgan diplomga ega bo‘lgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oliy ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Respublika fuqarolarini xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga jo‘natish davlatlararo shartnomalar va Davlat komissiyasining tegishli qaroriga, oliy ta’lim muassasalararo shartnomalarga hamda fuqarolarning tashabbusiga asosan amalga oshiriladi.
12. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida qabul komissiyalari tashkil etiladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tassarufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan tartibda qabul komissiyasi raisi, uning o‘rinbosari va qabul komissiyasi kotiblari tayinlanadi. Bunda oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) lavozim bo‘yicha qabul komissiyasiga raislik qiladi.
Abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham), O‘zbekiston davlat konservatoriyasi uchun 15-iyundan 10-iyulgacha qabul qilinadi.
ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yo‘qligi, qaysi chet tilidan test topshirishi, harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uning raqamini va tanlangan ikkinchi oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishini ko‘rsatishlari hamda test sinovlarini o‘tkazish qoidalari va javoblar varaqalarini to‘g‘ri to‘ldirish bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
maxsus sirtqi bo‘lim abituriyentlari uchun mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma.
To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va I guruh ko‘zi ojiz nogironlar ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.
To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar toifasiga “Mehribonlik uylari”da yashab ta’lim olgan, 18 yoshga to‘lmagan, otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki sud qaroriga binoan vafot etgan deb e’lon qilingan bolalar kiradi.
Tanlovdan tashqari o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.
Abituriyent arizasida “o‘zim haqimda quyidagilarni ma’lum qilaman” grafasiga hujjatlar bilan tasdiqlovchi holatlar (bolalikdan I va II guruh nogironlari, yetim, “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari va boquvchisi yo‘q) qayd etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolar harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasining aslini yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda taqdim etadilar.
Harbiy qism tavsiyanomasining shakli va uni berish tartibi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
Abituriyent tomonidan pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatiladi.
Harbiy qismlar qo‘mondonligi tavsiyanomalari ular berilgan kundan hamda muddatli harbiy xizmatni tugatgan davridan boshlab, uch yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi (oliy ta’lim muassasasiga talabalikka qabul qilinganligi to‘g‘risidagi rasmiy buyruq bo‘lsa, imtiyozdan takroran foydalanish mumkin emas).
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan so‘ng hujjatlarga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish qat’iyan man qilinadi.
Abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent test sinovlaridan (oliy ta’lim muassasasidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari o‘rnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari 20-iyulgacha bo‘lgan muddatda Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga ta’lim yo‘nalishi, o‘quv shakli va tili ko‘rsatilgan holda, abituriyentlarning soni haqida belgilangan shakldagi ma’lumotni imtiyozga ega bo‘lganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan qo‘shib taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar test sinovlari o‘tkazilishiga qadar 11-iyuldan 25-iyulgacha, test majmualarida fanning o‘rniga qarab uning uchun nazarda tutilgan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizigacha bo‘lgan oraliqda yagona ko‘p balli baholash tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari bo‘yicha tushgan norozilik (apellatsiya) arizalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 26-iyulga qadar bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markaziga oliy ta’lim muassasalari tomonidan 30-iyulgacha taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Oliy ta’lim muassasasida tanlangan ta’lim yo‘nalishiga qarab abituriyentlar tegishli ravishda ikki yoki uch fan majmualari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar.
“Jurnalistika”, “Xalqaro jurnalistika” va “Nutq madaniyati va notiqlik san’ati” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari bilan bir qatorda (0 bilan 75,6 ballgacha bo‘lgan oraliqda baholanuvchi) ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi.
Test topshiriqlari o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Matematika (informatika bilan)” fanidan test savollari “Matematika” fani bo‘yicha birinchi 30 ta savol, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha oxirgi 6 ta savoldan iborat bo‘ladi.
Test sinovlari boshlanishiga qadar 30 daqiqagacha abituriyentlar javoblar varaqasini to‘g‘ri to‘ldirish tartibi bilan tanishadilar va uning tegishli joyiga o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozadilar. Bu vaqt test o‘tkazish uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi.
Test sinovlarini tashkil etish va ularni joylarda adolatli o‘tkazish mas’uliyati test sinovlari qoidalariga qat’iy rioya etgan holda Davlat test markazi vakillari, oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari raislari, hokimliklar va ular tomonidan tayinlanadigan auditoriyalarning rahbarlariga yuklanadi.
Test sinovi sinov o‘tadigan xonada sinovni o‘tkazish qoidalari talablariga qat’iy rioya etilgan tarzda to‘g‘ri va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat auditoriya rahbari va kuzatuvchisi zimmasiga yuklanadi.
Javoblar varaqasi abituriyent tomonidan havo rang pastasi bo‘lgan sharikli ruchka bilan to‘ldiriladi.
Javoblar varaqasini to‘ldirishga test sinovi uchun belgilangan vaqt me’yoriga qo‘shimcha 20 daqiqa ajratiladi.
Javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir. Javoblar varaqasidagi tegishli doirachalarni noto‘g‘ri belgilagan abituriyentlarning e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi.
Abituriyent tomonidan uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish qat’iy man etiladi.
Test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan bo‘lsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, test materiallarini auditoriyadan tashqariga chiqarsa, abituriyent test sinovlarini o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va Davlat test markazi vakili yoki auditoriya rahbari va kuzatuvchilari tomonidan dalolatnoma tuzilib, u test jarayonidan chetlashtiriladi.
Test sinovi jarayonida abituriyent tomonidan savollar kitobi varag‘i yirtib olinganligi aniqlansa, test sinovlarini topshirish qoidalari buzilgan hisoblanadi va test sinovidan chetlashtiriladi.
Belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.
Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyent test sinovlari natijasi e’lon qilingan kundan boshlab o‘n besh kun davomida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellatsiya komissiyasiga yozma tartibda apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish, o‘qish uchun to‘lov tartibi va miqdori
17. Abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida test sinovlarining ballar reytingi bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat komissiyasi tomonidan abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin oliy ta’lim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar o‘rtasida belgilangan tartibda kontraktlar rasmiylashtiriladi.
Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaxslar uchun rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat komissiyasi tomonidan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov har yili kontrakt shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularning amalga oshirilishi tartibi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Oliy ta’lim muassasalarining takliflariga muvofiq, ularning imkoniyatlari, tanlov va to‘plangan ballar miqdoridan kelib chiqib, Davlat komissiyasi qarori asosida abituriyentlar to‘lov-kontrakt bo‘yicha belgilangan kvotadan tashqari qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinishi (keyingi o‘rinlarda qo‘shimcha qabul deb ataladi) mumkin.
Qo‘shimcha qabulni amalga oshirish takliflari oliy ta’lim muassasalari tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15-oktabrga qadar Davlat komissiyasiga kiritiladi.
Davlat komissiyasi oliy ta’lim muassasalarining imkoniyati, tanlov va to‘plangan ballar miqdoridan kelib chiqib, oshirilgan to‘lov-kontrakt sharti bilan abituriyentlarni qo‘shimcha qabul qilish ko‘rsatkichlari yuzasidan 20-oktabrga qadar qaror qabul qiladi.
ballar ketma ketligi bo‘yicha ro‘yxatdagi oldingi abituriyent qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni arizasi bilan rad etgan holda yoki test sinovi natijalari e’lon qilingan kunidan boshlab bir oy muddatda ariza bermaganda ro‘yxatdagi keyingi abituriyent qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish oliy ta’lim muassasasining bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holdagi takliflariga (qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha) binoan Davlat komissiyasi qarori asosida oliy ta’lim muassasalarining imkoniyati inobatga olinib amalga oshiriladi.
19. Oliy ta’lim muassasalari qo‘shimcha qabulni Davlat komissiyasi qarori bilan belgilangan ko‘rsatkichlarga muvofiq to‘plagan ballari eng yuqori ballning 30 % (68,0 ball)dan kam bo‘lmagan va asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar orasidan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt shartlari birinchi o‘quv yili uchun to‘liq bajarilgandan so‘ng abituriyent oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.
20. Kirish sinovlarida to‘plagan natijalari eng yuqori ballning 30% (68,0 ball)dan kam bo‘lmagan, asosiy kvotalar doirasida va Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qo‘shimcha o‘rinlarga qabul qilinmay qolgan va o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi o‘quv yiliga amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobardan ortiq oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorida to‘lov to‘lash sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi va ushbu abituriyent Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lov-kontrakt shartlarini bajargandan so‘ng, oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.
Bunda, birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori ta’lim yo‘nalishi xususiyatidan kelib chiqib, Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Oliy ta’lim muassasalari qo‘shimcha oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan abituriyentlar haqida ma’lumotni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markaziga 1-noyabrga qadar taqdim etadilar.
Oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt bo‘yicha belgilangan kvotadan tashqari qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilishni tashkil etish mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Respublika oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha qabul qilingan talabalar birinchi o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi o‘quv yilidan boshlab amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori asosida o‘qishini davom ettiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomlar asosida xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ta’sis etadigan maxsus guvohnomani olganlar Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy ta’lim muassasalarining mos ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va tegishli vazirliklar, idoralar tomonidan har yili o‘tkaziladigan pedagogika o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilari va ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining “Tarbiyachi” respublika tanlovi g‘olibi, tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi g‘olibi, Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari mazkur vazirliklar, idoralar va jamg‘armalar taqdimnomalariga muvofiq Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy ta’lim muassasalariga, mos ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish maqsadida tavsiyanomalar berish bo‘yicha respublika komissiyasi taqdimnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining qarori bilan doimiy yashash joyidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar;
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 914-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/914/0255-son)
Olimpiada fani, tanlovlar bilan oliy ta’lim yo‘nalishlari o‘rtasidagi kasbiy muvofiqlik Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblarining arizalari haqidagi ma’lumotlarni, ta’lim yo‘nalishi, o‘quv shakli va tili ko‘rsatilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga 22-iyulgacha bo‘lgan muddatda taqdim etadilar. Davlat komissiyasi 31-iyulgacha g‘olib bo‘lganlar bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralarning taqdimnomasi asosida alohida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tasdiqlangan nizom asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat komissiyasining abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori asosida oliy ta’lim muassasalari 25-avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari bo‘yicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi buyruqlari rasmiylashtiriladi.
To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar (hujjat topshirgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosidagi qabul kvotalari doirasida belgilangan o‘tish ballini to‘plagan bo‘lsa) va I guruh ko‘zi ojiz nogironlar qabuli alohida davlat granti ajratilib Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
To‘lov-kontrakt asosida abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan o‘qish uchun kontraktda belgilangan mablag‘ miqdori 15-sentabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng, oliy ta’lim muassasasining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni 2-sentabrdan boshlab darslarga qatnashishga ruxsat etish to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasining buyrug‘i rasmiylashtiriladi.
Qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt shartlari birinchi o‘quv yili uchun to‘liq bajarilgandan so‘ng abituriyent oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
1. Oliy ta’lim muassasalarida yagona ko‘p balli baholash tizimi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar (keyingi o‘rinlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlar deb ataladi) test sinovlari o‘tkazilishiga qadar 11-iyuldan 25-iyulgacha o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Test sinovlariga qo‘shimcha tarzda nazarda tutilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar Davlat komissiyasi tasdiqlagan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bo‘yicha o‘tkaziladi.
3. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning bosh maqsadi abituriyentlarning tanlangan mutaxassislik bo‘yicha o‘qish va keyinchalik ishlab ketish imkoniyatlarini aniqlash, ularning tanlangan fanlar bo‘yicha bilimlari va malakalari darajalarini, kasbiy ko‘nikmalarini, ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini baholashdir.
4. Kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha dastur, imtihonlar savollari va topshiriqlarining mazmuni umumiy o‘rta (11-sinf negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari dasturlariga qat’iy muvofiqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Sport fanlari bo‘yicha imtihonlar topshiriqlari abituriyentlarning alohida toifalari uchun (jinsi va yoshi bo‘yicha) belgilangan me’yoriy talablarga muvofiq tuziladi.
5. Abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul qilish uchun oliy ta’lim muassasasida fan bo‘yicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi.
Oliy ta’lim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin rektorning buyrug‘i bilan oliy ta’lim muassasasida tegishli fanlar bo‘yicha imtihonlarni tashkil etish va qabul qilish masalalari bo‘yicha tajribali, malakali va mas’uliyatli o‘qituvchilar tarkibidan fan bo‘yicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi;
ayrim hollarda oliy ta’lim muassasasi fan bo‘yicha imtihon komissiyasi tarkibiga boshqa ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining asosiy ish joyi ma’muriyatining tavsiyalariga binoan kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi;
oliy ta’lim muassasasi idoraviy bo‘ysunishiga qarab vazirlik (idora) bilan kelishgan holda fan bo‘yicha imtihon komissiyasining raisligiga nomzodni o‘z vaqtida tasdiqlash uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi;
“Oliy hamshiralik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha imtihon komissiyalarining raislari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi;
abituriyentlarning yozma shaklda bajargan imtihon ishlarini tekshirish va baholash kirish yozma imtihonlarini tekshirish va baholash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. Imtihonlar test sinovlari majmualaridagi fanning egallagan o‘rniga qarab belgilangan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizgacha bo‘lgan oralig‘ida, yagona ko‘p balli tizim bo‘yicha baholanadi.
Imtihonlarni baholash mezonlari har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida, abituriyentlarga qo‘yilgan talablarning xususiyatlari hisobga olingan holda, oliy ta’lim muassasasining fan imtihon komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha dastur va baholash mezonlari tasdiqlanadi.
Agar imtihon ta’lim yo‘nalishi doirasidagi qator mustaqil fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan bo‘lsa, unda uni baholash uchun belgilangan ballarning umumiy miqdori, har bir fanning xususiyatlari hisobga olingan holda, differensial tartibda, uning tarkibidagi fanlarga bo‘linadi.
Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlar e’tiboriga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan imtihon olinadigan fanlar dasturini, ularni baholash mezonlarini, maslahatlar va imtihonlar jadvalini ma’lum qiladi. “Oliy hamshiralik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha ushbu tadbirlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
7. Imtihonlar yakunlari ballar miqdori sifatida, tanlov tartibida imtihon varaqasiga va imtihon ro‘yxatiga kiritiladi. Bu hujjatlarning har biri fan bo‘yicha imtihon komissiyasi raisi va oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi.
Imtihon qaydnomalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan o‘z vaqtida Davlat test markaziga taqdim etiladi.
8. Jadval bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga kelmagan abituriyentlar uchun qayta kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilmaydi va ular test sinovlariga qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oliy ta’lim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellatsiya) arizalarini ko‘rib chiqish uchun apellatsiya komissiyasi ishi tashkil etiladi.
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
1. Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish tojik, qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida olib boriladigan oliy ta’lim muassasalarida, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) bilan kelishgan holda, qabul ko‘p balli tizim bo‘yicha kasbiy imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oshiriladi.
Bu ta’lim yo‘nalishiga arizalar faqat umumiy o‘rta ta’lim muassasasini yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini ko‘rsatilgan tillarda bitirgan abituriyentlardan qabul qilinadi.
2. Ko‘p balli tizim bo‘yicha kasbiy imtihonlar va test sinovlari asosida qabulni amalga oshiruvchi oliy ta’lim muassasalari ko‘rsatilgan holda o‘qitish tojik, qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxatini, kasbiy (ijodiy) imtihonlar va test sinovlari fanlarini Davlat komissiyasi belgilaydi.
3. Imtihon dasturi, savollar mazmuni va imtihonlar topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlari dasturlariga qat’iy muvofiq bo‘lishi lozim.
4. Abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni qabul qilish uchun oliy ta’lim muassasasida belgilangan tartibda fanlar bo‘yicha imtihon komissiyalari tashkil etiladi.
Oliy ta’lim muassasasi idoraviy bo‘ysunishiga qarab vazirlik (idora) bilan kelishilgan holda fanlar bo‘yicha imtihon komissiyalarining raisligiga nomzodlarni o‘z vaqtida tasdiqlash uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.
Imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi.
5. Imtihonlar test sinovlari majmualaridagi fanning egallagan o‘rniga qarab (tegishli ravishda 111,6 ball, 75,6 ball yoki 39,6 ball) belgilangan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizgacha bo‘lgan oralig‘ida, yagona ko‘p balli tizim bo‘yicha baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Imtihonlarni baholash mezonlari, har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida, oliy ta’lim muassasasining imtihon komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin, abituriyentlar e’tiboriga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan imtihon olinadigan fanlar dasturi, ularni baholash mezonlari, maslahatlar va imtihonlar jadvalini ma’lum qiladi.
6. Imtihonlar yakunlari ballar miqdori sifatida, tanlov tartibida imtihon varaqasiga va imtihon ro‘yxatiga kiritiladi. Bu hujjatlarning har biri fan bo‘yicha imtihon komissiyasi raisi va oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi.
Imtihonlar natijalariga ko‘ra, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi belgilangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tasdiqlangan o‘rinlar kvotasiga tanlov o‘tkazadi.
Test sinovlari topshirilmaydigan ta’lim yo‘nalishlarining kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi majlisining bayonnomasi va oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan belgilangan kvota doirasida davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadilar.
7. Jadval bo‘yicha imtihonga kelmagan abituriyentlar navbatdagi imtihonni topshirishga kiritilmaydi.
8. Oliy ta’lim muassasasida kasbiy imtihonlar o‘tkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellatsiya) komissiyasining ishi tashkil etiladi.
9. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar adolatli va xolisona o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat oliy ta’lim muassasasi rektori va qabul komissiyasi mas’ul kotibi zimmasiga yuklanadi.
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
maxsus maktab-internatlar tomonidan ko‘zi ojizlar uchun berilgan o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yetuklik attestatiga ega shaxslar;
imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari tomonidan ko‘zi ojizlar uchun berilgan diplomga ega shaxslar;
9 yillik ko‘zi ojizlar maxsus maktab internatida o‘qigan va 3 yillik o‘rta maxsus, kasb hunar ta’lim muassasasi diplomiga ega bo‘lgan shaxslar;
umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) hujjati yoki akademik litsey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega bo‘lgan ko‘zi bo‘yicha 1-guruh nogironligi to‘g‘risida belgilangan tartibda berilgan shakldagi ma’lumotnomasiga ega bo‘lgan shaxslar.
2. Ko‘zi ojiz abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga kirish chog‘larida kirish imtihonlarini ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan test sinovlari uchun belgilangan fanlar majmuasiga mos keluvchi ko‘p balli yoki ularga keltirilgan besh balli baholash tizimi bo‘yicha, an’anaviy uslubda topshiradilar.
3. Fanlar bo‘yicha kirish imtihonlarini o‘tkazish shakli (yozma yoki og‘zaki) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
4. Ko‘zi ojiz abituriyentlar bilan tushuntirish ishlarini olib borish uchun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan maxsus mas’ul xodim ajratiladi.
5. Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi kirish imtihonlarini o‘tkazish uchun fanlar bo‘yicha komissiyalarni tashkil etadi.
6. Fan bo‘yicha kirish imtihonlarining dasturlari umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlari dasturlariga to‘la muvofiq holda tuziladi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlanadi.
7. Kirish imtihonlarini o‘tkazuvchi komissiya tarkibiga ko‘zi ojizlar yoki nogironlar jamiyatining vakili kiradi.
8. Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihonlari fanlari bo‘yicha maxsus tuzilgan jadvalga binoan maslahatlar tashkil etadilar.
9. Ko‘rsatilgan abituriyentlar toifasi uchun kirish imtihonlari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 26-iyulga qadar o‘tkaziladi.
10. Mazkur toifaga kiradigan abituriyentlar va kirish imtihonlari natijalari haqidagi ma’lumotlar 27-iyulga qadar Davlat komissiyasiga va Davlat test markaziga topshiriladi.
11. Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan (ko‘p balli tizimda baholanganda—maksimal ballning 55 foizidan yuqori ball olgan, besh balli baholash tizimida baholanganda — “3”, “4” yoki “5” baho olgan) abituriyentlar Davlat komissiyasi qarori asosida tanlovsiz, alohida ajratilgan o‘rinlarga davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga (keyingi o‘rinlarda magistratura deb ataladi) talabalarni qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom harbiy ta’lim muassasalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga hamda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markaziga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Magistraturaga qabul oliy ta’lim muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Magistraturaga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan kirish sinovlari natijalariga ko‘ra, to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Magistraturaga qabul tegishli ta’lim yo‘nalishi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan turdosh (magistraturaga qabul bo‘yicha) oliy ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bo‘yicha bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tanlov asosida amalga oshiriladi.
Bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega bo‘lgan shaxslar turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatidagi ixtisosliklarning birida tanlovda qatnashish huquqiga egalar.
Magistraturaga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kirish sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar ballar reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Tanlov har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha magistrlik mutaxassisligi, o‘qitish tili va shakliga ko‘ra alohida o‘tkaziladi. Ayrim magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud (oliy ta’lim muassasasi) bo‘yicha alohida o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Kirish sinovlari uch tilda — o‘zbek, rus, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Magistraturada o‘qitish tili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qabul ko‘rsatkichlari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
5. Abituriyentlar magistraturaga kirish sinovlarini oliy ta’lim muassasasida o‘qiydigan tilda topshiradi.
6. Magistraturaga qabul qilish ishlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq joriy o‘quv yili uchun tayinlangan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi va magistraturaga qabul qilish ishlari bo‘yicha qabul komissiyasi mas’ul kotibining o‘rinbosari tayinlanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yo‘nalishiga mos mutaxassisliklarga tanlovdan tashqari davlat granti asosida qabul qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Magistraturaga xorijiy fuqarolarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
9. Magistraturaga kirish imtihonlari boshlanishidan bir oy avval, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi magistraturaga qabul qilish muddatlari, mutaxassisliklar nomlari va ajratilgan o‘rinlar haqidagi axborotni belgilangan tartibda e’lon qiladi.
10. Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo‘lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bo‘lgan holda);
Keyingi tahrirga qarang.
12. Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini shaxsan ko‘rsatadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
magistraturaga kirishda tanlagan mutaxassislik bo‘yicha bilim darajasini belgilovchi maxsus fanlardan sinov o‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 100 ballgachani tashkil etadi);
magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbatdan o‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha sinov o‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);
chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili) fani bo‘yicha sinov o‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha sinov o‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi).
Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining umumiy reytingi yoki o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (o‘zlashtirish tegishli ravishda 55 balldan 100 ballgacha bo‘lgan diapazonda ifodalanadi) aniqlanadi.
Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 58 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida B2) yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi B2 yoki C1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.
Magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 400 ni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Abituriyentlar quyidagi fanlardan yozma (yoki ijodiy) kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) topshiradilar:
chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili).
16. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) o‘tkazish shakli va fanlar bo‘yicha sinov dasturlari hamda abituriyentlarning bilimlarini baholash mezonlari oliy ta’lim muassasasining rektori tomonidan tegishli vazirliklar, idoralar va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi va kirish sinovlari boshlanishidan bir oy avval abituriyentlar e’tiboriga yetkaziladi.
Tanlangan mutaxassislik bo‘yicha maxsus fanlardan sinov uchun belgilangan ballning 30 — 50 foizi abituriyentning mutaxassislik bo‘yicha ijodiy qobiliyatini, shuningdek ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan mustaqil ishlash, tizimli mustaqil tahlil qilish, xulosalar chiqarish bo‘yicha bilimini aniqlashga ajratiladi.
Suhbatdan o‘tkazish uchun tanlangan mutaxassislikka mos abituriyentning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlashga qaratilgan savollar yetakchi mutaxassislar tomonidan tuziladi va bir oy oldin abituriyentlar e’tibori uchun qabul komissiyasi axborot doskasida e’lon qilinadi. Mazkur savollar asosida imtihon biletlari tuziladi va suhbat vaqtida abituriyent imtihon biletiga javoblarini komissiyaga yozma ravishda taqdim etib, savollarga og‘zaki javob beradi. Suhbat davomida abituriyentning ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) ko‘rib chiqilib, suhbat natijalarini baholashda inobatga olinadi.
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha yagona dastur va baholash mezonlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) o‘tkazilishiga qadar, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan sinov fanlari bo‘yicha maslahatlar tashkil etiladi. Maslahatlar jadvali oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va rektor tomonidan tasdiqlanadi.
19. Kirish sinovlarini o‘tkazish uchun rektorning buyrug‘i bilan har bir sinov fanlari bo‘yicha komissiyalar tashkil etiladi. Fanlar bo‘yicha komissiya raislari, oliy ta’lim muassasasining idoraviy bo‘ysunishiga qarab, vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
20. Sinov fanlari bo‘yicha komissiya tarkibi oliy ta’lim muassasasining yetuk va tajribali professor-o‘qituvchilari tarkibidan tashkil etiladi. Zarur hollarda uning tarkibiga boshqa oliy ta’lim muassasasining o‘qituvchilari ham jalb etilishi mumkin.
kirish sinovlari sifatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida komissiya tarkibiga malakali, talabchan va adolatli professor-o‘qituvchilarni jalb etish;
komissiya a’zolarining vazifalarini belgilash (maslahatlar berishni tashkil etish, imtihon savollarini tuzish, javoblarni baholash mezonlarini ishlab chiqish va boshqalar);
22. Fanlar bo‘yicha sinovlarni o‘tkazish tartibi (o‘qituvchilarni auditoriyalarga taqsimlash, javoblarni shifrlash hamda tekshirish va hokazolar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
23. Kirish sinovlarining natijalari, baholash mezonlariga muvofiq ball bilan belgilanadi va qaydnomalarga kiritiladi. Qaydnomalar fan bo‘yicha imtihon komissiyasining a’zolari, qabul komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi va qabul komissiyasining raisiga taqdim etiladi.
24. Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning sinov ishlari ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlariga tikib qo‘yiladi.
O‘qishga qabul qilinmaganlarning sinov ishlari 6 oy davomida saqlanadi, so‘ng belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
Magistraturaga mutaxassislik bo‘yicha maxsus fandan kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plaganlar, shuningdek, belgilangan muddatlarda kirish sinovlariga kelmaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi.
26. Oliy ta’lim muassasasida belgilangan tartibda apellatsiya (norozilik) komissiyasining ishi tashkil etiladi.
Abituriyent sinov natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, sinov natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida sinov ishini apellatsiya qilish haqidagi ariza bilan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi raisi yoki apellatsiya (norozilik) komissiyasi raisiga murojaat etishi mumkin. Apellatsiya haqidagi arizani ko‘rib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi lozim.
27. Magistraturaga ko‘zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
28. Magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida kirish sinovlarining ballar reytingi bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida magistraturaga tavsiya etish to‘g‘risida Davlat komissiyasining qarori qabul qilingandan keyin oliy ta’lim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar o‘rtasida belgilangan tartibda kontrakt rasmiylashtiriladi.
Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan sinov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaxslar uchun rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
Davlat komissiyasi tomonidan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov har yili kontrakt shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Davlat komissiyasining oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori 20-avgustdan kechikmay qabul qilinadi va u oliy ta’lim muassasalarida 25-avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari bo‘yicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining buyruqlarini rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi.
Davlat komissiyasining oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan o‘qish uchun belgilangan mablag‘ miqdori 15-sentabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng, oliy ta’lim muassasasining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va oliy ta’lim sohasidagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga va harbiy oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi hamda bu boradagi komissiyalar faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda oliy ta’lim muassasalarning saytlarida alohida ma’lumotlar bazasi tashkil etiladi.
Ushbu Nizomning 36-bandidagi holatlar bo‘yicha talabalar safidan chetlashtirilgan talabalarning akademik ma’lumotnomasi asosida (ma’lumotnomada o‘qigan fanlari va baholari ko‘rsatiladi) oliy ta’lim muassasalari va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash (keyingi o‘rinlarda Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash deb ataladi)da oliy ta’limning mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlarini (mutaxassisliklarini) belgilash quyidagi mezonlarga asoslanadi:
ta’lim yo‘nalishlarining (mutaxassisliklarining) nomlanishi bir xil bo‘lganda bunday ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) mos deb hisoblanadi;
oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash uchun o‘qishga kirishda sinov o‘tkaziladigan fanlari tarkibi va ta’lim sohasi hamda o‘qish muddati bir xil bo‘lganda bunday ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) turdosh deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi) qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Idoralararo komissiya O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi. Uning tarkibiga tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar vakillari kiritiladi.
Idoralararo komissiya “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi to‘g‘risida nizom” asosida faoliyat yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash (qayta tiklash — talabalar safidan chetlashtirilganligiga 5 yilgacha bo‘lgan muddatda) shu oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi:
oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha bir vazirlik (idora) doirasida boshqa oliy ta’lim muassasasiga;
oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga;
Keyingi tahrirga qarang.
8. Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash Idoralararo komissiya qarori bilan amalga oshiriladi:
xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga;
bir oliy ta’lim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik (idora) va turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga oliy ta’limning turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlariga (mutaxassisliklariga).
Keyingi tahrirga qarang.
9. Quyidagi holatlar fuqaroning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobini berilishiga asos bo‘ladi:
xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida yoki ularning filiallarida o‘qiganlarga;
respublika oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud ta’lim shaklidan o‘zga (boshqa) ta’lim shaklida o‘qiganlarga;
oliy ta’lim muassasalarining markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;
birinchi kursning birinchi semestriga birinchi semestr tugallanmagan holatda (talabaga kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar bundan istisno);
oliy ta’lim muassasasida mos (turdosh) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) yoki ta’lim shakli mavjud bo‘lmasa;
namunaviy o‘quv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;
to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;
oliy ta’lim muassasasiga davlat granti asosida ko‘chirish va qayta tiklash davlat granti asosida ta’lim oluvchilar soni (qabul kvotalari) doirasida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmasa;
Fuqaroning o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) bo‘yicha arizasiga rad javobi berilgan taqdirda, arizani ko‘rib chiqish uchun belgilangan muddatda, arizada ko‘rsatilgan manzilga, arizani ko‘rib chiqqan komissiya yoki komissiya vakolat bergan tashkilot tomonidan javob xati yo‘llanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Talabalarning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklashni rasmiylashtirishda oliy ta’lim muassasasi rektori belgilangan tartibda o‘quv rejalari va dasturlardagi mavjud akademik qarzlarni yoki farqlarni (namunaviy o‘quv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshmasligi lozim) topshirish tartibi va muddatlarini (joriy semestr davomida), o‘qitish kursi hamda o‘qishga qabul qilishning qonun hujjatlarida belgilangan boshqa shartlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan talabalar ikkinchi kursdan boshlab o‘qishning bir o‘quv yiligacha bo‘lgan muddatni xorijiy oliy ta’lim muassasasining yurisprudensiya yo‘nalishida o‘qish huquqiga ega. Talabaning xorijiy oliy ta’lim muassasasida o‘qigan davri va o‘zlashtirgan fanlari xorijiy oliy ta’lim muassasasi ma’lumotnomasi asosida universitet Kengashi tomonidan universitet o‘quv rejasi va dasturlarining tegishli qismlarini o‘zlashtirganligi sifatida qabul qilinishi va talabaga o‘qishini tegishli o‘quv semestridan davom ettirish huquqi berilishi mumkin.
12. To‘lov-kontrakt asosida talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklashda to‘lov-kontraktni tuzish tartibi va shartlari, jumladan, to‘lov mablag‘lari va muddatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.
14. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklashni amalga oshirish tartibi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
15. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘qishini ko‘chirish (keyingi o‘rinlarda Talabalar o‘qishini ko‘chirish deb ataladi) bo‘yicha arizalarni topshirish va ko‘rib chiqish quyidagicha amalga oshiriladi:
o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni taqdim etish — har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar amalga oshiriladi;
arizalarni oliy ta’lim muassasasi, tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 5-avgustdan 30-avgustga qadar amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Talabalar o‘qishini ko‘chirish uzrli sabablarga ko‘ra (bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda, turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda, yoxud ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda) bahorgi semestrda o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda:
Keyingi tahrirga qarang.
o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirish — har yili 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar;
o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.
ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan — oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga topshiriladi;
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhlarga topshiriladi.
Hududiy ishchi guruhlar qabul qilingan hujjatlarni umumlashtirib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalar o‘qishini ko‘chirish haqidagi arizalarni mazkur Nizomda belgilangan vakolatlar doirasida shakllantirib Idoralararo komissiyaga va vazirliklar (idoralar)ga qaror qabul qilish uchun yo‘llaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
ko‘chirish (qayta tiklash)ni istagan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada o‘qigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), ko‘chirish (qayta tiklash) sabablari, ko‘chirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
Keyingi tahrirga qarang.
18. Talabalar o‘qishini ko‘chirish haqidagi arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha ariza ko‘rib chiqilib, oliy ta’lim muassasasi rektorining tegishli qarori qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga shaxsan ma’lum qilinadi;
ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha arizalar tegishli vazirlik (idora) tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga ma’lum qilinadi;
ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha arizalar Idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha arizalar ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etilgan taqdirda, tegishli vazirlik (idora) oliy ta’lim muassasasiga belgilangan shaklda xat yo‘llaydi.
Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha arizalar ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etilgan taqdirda, Idoralararo komissiya oliy ta’lim muassasasiga belgilangan shaklda xat yo‘llaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiyaning xati asosida oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan o‘qishi ko‘chirilayotgan talaba darslarga qo‘yiladi hamda ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasiga uning shaxsiy yig‘ma jildini jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. So‘rovnoma olingandan so‘ng, talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasi rektorining talabalar safidan chetlashtirish haqida buyrug‘i asosida uch kun muddatda talabaning shaxsiy yig‘ma jildi (ro‘yxati bilan) uni o‘qishga qabul qilgan oliy ta’lim muassasasiga jo‘natiladi yoki ariza bilan o‘qishi ko‘chirilgan talabaga beriladi.
Shaxsiy yig‘ma jild jo‘natilishi mumkin bo‘lmagan hollarda (yopiq yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash) oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan akademik ma’lumotnoma talabani o‘qishga qabul qilgan oliy ta’lim muassasasiga jo‘natiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasida uning akademik ma’lumotnomasi, reyting daftarchasi, o‘quv kartochkasi, shuningdek jo‘natilayotgan hujjatlar ro‘yxatining nusxasi qoldiriladi.
22. O‘qishning barcha shakllari bo‘yicha oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisligi) bo‘yicha davlat grantlari o‘rinlariga ko‘chirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarida tegishli o‘quv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash istagini bildirgan fuqarolar tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarda tashkil qilingan komissiyalarda o‘zlari ta’lim olgan xorijiy oliy ta’lim muassasasidagi o‘qitish tili bo‘yicha muayyan ta’lim yo‘nalishidagi o‘qishga kirish fanlari bo‘yicha maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) (turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi xorijiy davlatdagi davlat xizmatini o‘tash joyi Tashqi ishlar vazirligi (vakolatli idoralar) tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazilgan, Hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda oliy ta’lim muassasalariga ega vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilganlar bundan mustasno) topshiradi.
Fuqaroning maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) natijasi Idoralararo komissiyaga taqdim etiladi. Maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) natijasidan kelib chiqib, fuqaro Idoralararo komissiya qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shaklidagi guruhlarga ko‘chiriladi.
Ko‘chirilayotgan oliy ta’lim muassasasida tegishli o‘qitish tili mavjud bo‘lmasa, o‘qitish tilini tanlash fuqaroning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Oliy ta’lim muassasasi rektorining talabani talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasidan uning shaxsiy yig‘ma jildi (shaxsiy yig‘ma jild jo‘natilishi mumkin bo‘lmagan hollarda — akademik ma’lumotnomasi) olinib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirgandan so‘ng 10 kun muddat ichida chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. O‘quv rejalardagi fanlari bo‘yicha farqlar aniqlanganda talaba akademik qarzdor sifatida o‘qishga qabul qilinadi.
Joriy semestr davomida akademik qarzdorlik (farqlar) bartaraf etilgan muddatdan boshlab, oliy ta’lim muassasasi rektorining talabaga o‘rnatilgan tartibda stipendiya berish haqidagi buyrug‘i chiqariladi. Stipendiya miqdorini belgilashda fanlar bo‘yicha farqlarni topshirish ko‘rsatkichlari ham hisobga olinadi.
26. Oliy ta’lim muassasasida yuridik shaxs bilan tuzilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini ko‘chirish ushbu yuridik shaxsning roziligi bilan amalga oshiriladi.
27. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘qishini qayta tiklash (keyingi o‘rinlarda Talabalar o‘qishini qayta tiklash deb ataladi) bo‘yicha arizalarni topshirish va ko‘rib chiqish bir yilda ikki marta amalga oshiriladi:
o‘qishini kuzgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish — har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar;
o‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish — har yili 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar davom etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qayta tiklash bo‘yicha arizalarni oliy ta’lim muassasasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik (idora) tomonidan ko‘rib chiqib qaror qabul qilish:
28. Talabalar safidan chetlashtirilgan fuqarolar o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasasiga mos (turdosh) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi)ga ko‘chirib tiklash to‘g‘risida ariza berish huquqiga ega. Bunda arizaga o‘qishni ko‘chirish tartibidagi hujjatlar taqdim etiladi.
29. Talabalar o‘qishini qayta tiklash haqidagi arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha ariza ko‘rib chiqilib, oliy ta’lim muassasasi rektorining tegishli qarori qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga shaxsan ma’lum qilinadi;
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha arizalar tegishli vazirlik (idora) tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga ma’lum qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Barcha o‘quv shakllari bo‘yicha talabalar safiga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida mazkur Nizom talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan yetimlar, I va II guruh nogironlar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shagan kunlaridan boshlab uch yil mobaynida), akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytgan shaxslar istisno tariqasida, o‘qishga davlat grantlari o‘rinlariga qayta tiklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Oliy ta’lim muassasasi rektorining talabani talabalar safiga qayta tiklash to‘g‘risidagi buyrug‘i (ko‘chirib tiklashda talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasidan uning shaxsiy yig‘ma jildi (shaxsiy yig‘ma jild jo‘natilishi mumkin bo‘lmagan hollarda — akademik ma’lumotnomasi) olingandan keyin, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng) 10 kun muddat ichida chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. O‘quv rejalardagi fanlari bo‘yicha farqlar aniqlanganda talaba akademik qarzdor sifatida o‘qishga qabul qilinadi.
Joriy semestr davomida akademik qarzdorlik (farqlar) bartaraf etilgan muddatdan boshlab, oliy ta’lim muassasasi rektorining talabaga o‘rnatilgan tartibda stipendiya berish haqidagi buyrug‘i chiqariladi. Stipendiya miqdorini belgilashda fanlar bo‘yicha farqlarni topshirish ko‘rsatkichlari ham hisobga olinadi.
33. O‘qishdan chetlashtirilgan (kursdan qoldirilgan) o‘quv yilida kursiga talabani o‘qishga qayta tiklashga (ko‘chirib tiklashga) yo‘l qo‘yilmaydi.
34. Talabani boshqa oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirib qayta tiklashda uning ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasi roziligi talab etilmaydi.
35. O‘qishdan chetlatilganligiga 5 yildan 10 yilgacha muddat (harbiy xizmatda bo‘lganlik, uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni parvarish qilish bilan bog‘liq mehnat ta’tili hamda sog‘liqni qayta tiklash vaqtlari ushbu muddatga kirmaydi) bo‘lgan hollarda talabalar o‘qishini qayta tiklash oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunuvidagi vazirlik va idoralar ruxsati bilan amalga oshiriladi.
e) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.
Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Kursdan qoldirilgan talaba ushbu Nizomning 36-bandidagi holatlar bo‘yicha talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Oliy ta’lim muassasasi ma’muriyati tashabbusi bilan ushbu Nizomning 36-bandi “e)” kichik bandiga ko‘ra talabalarni o‘qishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Nizomning 36-bandi “g)” kichik bandiga ko‘ra chetlashtirilayotgan holda, ta’lim muassasasining Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
39. Talaba oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilganda, unga (ota-onasi yoki huquqiy vasiysiga ularning arizasi bilan) shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yig‘ma jildga tikib qo‘yiladi.
40. Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash jarayonida shaxsiy yig‘ma jilddagi hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan yoki taqdim etilgan hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilganligi yoxud hujjatlar o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanmaganligi aniqlangan hollarda oliy ta’lim muassasasi rektori mazkur hujjatlarni tekshirish va buyruq chiqarmaslik huquqiga ega.
41. Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirgan yoki qayta tiklagan talabalarning shaxsiy yig‘ma jildiga tegishli buyruqdan ko‘chirma, ariza va akademik ma’lumotnoma tikib qo‘yiladi.
42. Oliy ta’lim muassasalari har yili Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga zarur miqdordagi akademik ma’lumotnoma blankalariga buyurtmalar beradilar.
Akademik ma’lumotnoma blankalarining oliy ta’lim muassasalarida saqlanishi, ro‘yxatga olinishi va berilishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
43. Talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi taqdim etilgan hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ularning qonuniyligi uchun javobgarlik oliy ta’lim muassasalariga yuklanadi.
Zarurat bo‘lganda rektor hujjatlarni yuborgan oliy ta’lim muassasalaridan rasmiy xat bilan ma’lumotlar to‘g‘riligini tasdiqlashni so‘rashi mumkin.
44. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish va tiklashiga asos bo‘lgan barcha hujjatlar vakolat doirasi bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida 3 yil davomida saqlanishi lozim.
45. Talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi qarorlardan norozi bo‘lganlar belgilangan tartibda, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
46. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Idoralararo komissiyasi deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini, vazifalari, funksiyalari va huquqlarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga, Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markaziga, harbiy oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
4. Idoralararo komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi qarorlariga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
5. Idoralararo komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar, oliy ta’lim muassasalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi, ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatib o‘tilganlar bundan mustasno.
6. Idoralararo komissiyaning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi. Idoralararo komissiyaning tarkibiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar vakillari kiradi.
“Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash masalalarini muvofiqlashtirish;
xorijiy davlatlar va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limining ta’lim sohalari bo‘yicha muvofiqlilik masalasi yuzasidan qaror qabul qilish;
xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolar arizalarini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari safidan chetlashtirilganligiga 10 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lib, o‘qishga tiklash istagini bildirgan fuqarolar arizalarini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasining bir oliy ta’lim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik (idora) va turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga oliy ta’limning turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlariga (mutaxassisliklariga) o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolar arizalarini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish;
fuqarolarning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha qabul qilingan qarorlarini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralarga yo‘llash;
fuqarolarning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha vakolat doirasida ko‘rib chiqilgan arizalarga rad javobi berilgan taqdirda, ariza muallifiga javob xati yo‘llash yoki ushbu masalani Ishchi organ (idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar)ga yuklash;
vakolat doirasida ko‘rib chiqiladigan talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalarni topshirish va qaror qabul qilish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritish.
xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolar arizalarini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish jarayonida zarur bo‘ladigan idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralardan qo‘shimcha ma’lumotlar olish;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar rahbarlarining talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va talabalar safidan chetlashtirish ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish va qabul qilingan qarorlarini izchil amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish huquqiga ega.
9. Idoralararo komissiyaning raisi va mas’ul kotibi Davlat komissiyasi qarori bilan tayinlanadi. Idoralararo komissiyaga rais boshchilik qiladi, uning vakolatlariga:
Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish kiradi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti Idoralararo komissiyaning Ishchi organi (keyingi o‘rinlarda Ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
Idoralararo komissiyaning qarorlari bajarilishi ustidan nazorat qilishni va monitoring olib borilishini tashkil etadi va ularning natijalarini ko‘rib chiqish uchun Idoralararo komissiyaga taqdim etadi;
Idoralararo komissiyaning bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Idoralararo komissiyaning a’zolariga tegishli qismi bo‘yicha tegishli Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralarga, oliy ta’lim muassasalariga yuboradi;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralardan o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot va materiallarni belgilangan tartibda oladi;
12. Idoralararo komissiya o‘z faoliyatini Idoralararo komissiyaning ish reglamentiga va kun tartibiga muvofiq majlislarni tizimli asosda o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Idoralararo komissiya majlislari manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari vakillari taklif etilgan holda, zaruriyatga ko‘ra, vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladi.
Majlisni Idoralararo komissiya raisi, u bo‘lmaganda Idoralararo komissiya raisining o‘rinbosari o‘tkazadi.
Idoralararo komissiya a’zolari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar, oliy ta’lim muassasalarini talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha faoliyatining qonuniyligi, xolisonaligi, ochiq-oshkoraligini ta’minlash sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan Idoralararo komissiyaning ishiga ko‘maklashadilar, qonun hujjatlariga va Idoralararo komissiyaning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
13. Idoralararo komissiyaning qarorlari Idoralararo komissiyaning majlisda ishtirok etayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ko‘rib chiqilayotgan masalalarning xususiyatiga bog‘liq ravishda Idoralararo komissiyaning majlisiga ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
14. Istisno hollarda qarorlarni tezlikda qabul qilish maqsadida Idoralararo komissiyaning raisi ayrim masalalar bo‘yicha Idoralararo komissiyaning qarorlarini so‘rov yo‘li bilan tasdiqlashga haqlidir.
15. Idoralararo komissiyaning qarorlari uning majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Idoralararo komissiya majlisining bayonnomasiga uning barcha a’zolari tomonidan viza qo‘yiladi, mas’ul kotib tomonidan imzolanadi, Idoralararo komissiyaning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Idoralararo komissiya bayonnomasining asl nusxasi va unga tegishli materiallar Ishchi organda saqlanadi.
16. Idoralararo komissiya o‘z faoliyatini uning yangi tarkibi tasdiqlanguniga yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining uning faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinguniga qadar amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.