Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 27.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarining mustahkam kafolati sifatida yurtimizda bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashi borasida asosiy poydevor bo‘lib kelmoqda.
Mamlakatimizda Konstitutsiyamizda belgilab berilgan qoida va tamoyillar negizida samarali milliy qonunchilik tizimi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllanib, hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalib, xalqimizning ongu tafakkuri tobora o‘sib borayotgani ayniqsa ahamiyatlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda Asosiy Qonunimiz qabul qilinganining yigirma besh yillik sanasini keng nishonlash maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining norma va tamoyillari hayotga tatbiq etilishini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarga huquqiy zamin bo‘lib xizmat qilayotgan Asosiy Qonunimizning ahamiyatini hayotiy misollar bilan ochib berishga bag‘ishlangan turkum tadbirlarni tashkil etish va bu borada amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash.

T/r

Bajariladigan tadbirlar

Bajarish muddati

Bajarish uchun mas’ullar

I. Tantanali tadbirlar

1.

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanali yig‘ilishni hamda mamlakatimiz san’at ustalari va yosh ijrochilar ishtirokidagi badiiy dasturni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish.

2017-yil 7-dekabr

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Davlat mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimni o‘tkazish.

2017-yil 7-dekabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar xizmati

3.

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlarga vazirliklar, idoralar va hududiy hokimliklarda mukofotlarni tantanali vaziyatda topshirish tadbirlarini o‘tkazish.

2017-yil 4 — 6-dekabr

QR Jo‘qorg‘i Kenesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika vazirlik va idoralari

4.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish hamda san’at ustalari, yosh ijrochilar ishtirokidagi badiiy va konsert dasturlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish.

2017-yil 4 — 7-dekabr

QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi

5.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoida va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiada g‘oliblarini taqdirlash va ushbu marosimlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish.

2017-yil 6-7-dekabr

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, TDYU, “Kamolot” YIH, MTRK

6.

Harbiy qism va bo‘linmalarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali saflanish tadbirlarini o‘tkazish, harbiy va o‘quv tayyorgarlikda alohida namuna ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarni rag‘batlantirish va taqdirlash.

2017-yil 4 — 6-dekabr

Mudofaa vazirligi, IIV, MXX

7.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 16 yoshga to‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga fuqarolik pasportini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimlarni o‘tkazish.

2017-yil 5 — 8-dekabr

IIV, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Xalqaro tadbirlar

8.

O‘zbekistonning chet eldagi muassasalarida va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari yoki xalqaro tashkilotlar shtab-kvartiralarida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali qabul va ko‘rgazmalar tashkil etish.

2017-yil noyabr — dekabr

Tashqi ishlar vazirligi, “Jaxon” AA

9.

Demokratik huquqiy davlat barpo etish va �onun ustuvorligini ta’minlashda Konstitutsiyaning o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy nazorat organlari vakillari ishtirokida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish.

2017-yil noyabr

Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlis palatalari, Adliya vazirligi, DBA

10.

O‘zbekistonning chet eldagi muassasalari veb-saytlarida hamda xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan materiallarni joylashtirish.

2017-yil oktyabr — dekabr

Tashqi ishlar vazirligi, “Jaxon” AA

III. Esdalik nishonlarini ta’sis etish

11.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishonini ta’sis etish.

2017-yil avgust-sentyabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar hamda OAV, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmatlari

12.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan pochta markasini chop etish.

2017-yil oktyabr

“O‘zbekiston pochtasi” AJ

IV. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot ishlari

13.

Aholining keng qatlamlari o‘rtasida, mehnat jamoalari, mahallalar, o‘quv maskanlarida ma’rifiy uchrashuvlar, jonli muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy- ma’rifiy tadbirlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot guruhlarini tashkil etish hamda ularning belgilangan reja asosida faoliyat olib borishini ta’minlash.

2017-yil sentyabr — dekabr (alohida reja asosida)

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Madaniyat vazirligi, Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2017-yil 6-apreldagi O‘RQ-426-sonli va 2017-yil 31-maydagi O‘RQ-430- sonli qonunlar bilan kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni o‘z ichiga olgan nashrini (o‘zbek tilida kirill va lotin yozuvlarida, qoraqalpoq, rus, ingliz tillarida) nashrga tayyorlash va chop etish.

2017-yil, oktyabr

Oliy Majlis palatalari, Konstitutsiyaviy sud, Tashqi ishlar vazirligi, QR Jo‘qorg‘i Kenesi, Matbuot va axborot agentligi, “O‘zbekiston” NMIU

15.

Ko‘zi ojizlar uchun brayl alifbosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini nashr etish.

2017-yil oktyabr

Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati

16.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ilmiy-amaliy sharh tayyorlash va nashr etish.

2017-yil oktyabr

Konstitutsiyaviy sud, TDYU, AQHMI, DBA, JIDU, Bosh prokuraturaning Oliy o‘quv kurslari, IIV Akademiyasi

17.

Konstitutsiyaviy komissiyaning ayrim a’zolari bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan intervyular tayyorlash hamda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida yoritish.

2017-yil avgust — dekabr

MTRK, O‘zA, O‘zEOAVMA, Konstitutsiyaviy sud

18.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlarining ko‘rgazmasini tashkil etish va maxsus hujjatli film tayyorlash.

2017-yil sentyabr — dekabr

Oliy Majlis palatalari, Konstitutsiyaviy sud, “O‘zarxiv” agentligi, MTRK, “O‘zbekkino” milliy agentligi

19.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida ma’lumot beruvchi maxsus Internet resurs — “constitution.uz” veb-saytini Asosiy Qomusimizning yaratilish tarixiga oid, uning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib beruvchi turli ma’lumotlar bilan to‘ldirgan holda yanada takomillashtirish hamda muntazam yangilab borish.

2017-yil sentyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlis palatalari, AQHMI

20.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini maktab o‘quvchilari orasida ommalashtirishga qaratilgan qiziqarli nashrlar, media-darslar tayyorlash va nashr qilish.

2017-yil avgust- sentyabr

Xalq ta’limi vazirligi, TDYU

21.

“Barkamol avlod” bolalar markazlarida “Konstitutsiya o‘quvchilar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va ko‘rgazmalarini tashkil etish.

2017-yil noyabr- dekabr

Xalq ta’limi vazirligi,

QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

22.

Ta’lim muassasalarida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida “Konstitutsiyani o‘rganamiz”, “Konstitutsiya — mening taqdirimda” mavzularida uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, huquqiy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish.

2017-yil noyabr- dekabr

“Kamolot” YIH,

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

23.

Umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiadalar tashkil etish va OAVda keng yoritish.

2017-yil sentyabr — noyabr

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, “Kamolot” YIH, MTRK, O‘zEOAVMA,

24.

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan talabalar konferensiyasini o‘tkazish.

2017-yil noyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

25.

Umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish” kurslarini olib borayotgan professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy-nazariy va amaliy seminarlar tashkil etish.

2017-yil noyabr- dekabr

Adliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

26.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi g‘oya va asosiy tamoyillarning mazmunini o‘zida aks ettiruvchi shiorlar, fotolavhalar, plakatlar, pannolar va boshqa ko‘rgazmali vositalarni tayyorlash va viloyat, shahar, tuman markazlari shoh ko‘chalari, xiyobonlar, tadbirlar o‘tadigan joylarga o‘rnatish.

2017-yil avgust — dekabr

QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi

27.

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida aholining barcha qatlamlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini targ‘ib etish ma’rifiy oyligini o‘tkazish.

2017-yil noyabr- dekabr

Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Adliya vazirligi, MTRK, O‘zEOAVMA, Fanlar Akademiyasi

28.

Joylarda Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bag‘ishlangan sport musobaqalarini (marafon, yengil atletika, voleybol, basketbol, futbol bo‘yicha) uyushtirish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportning ommalashuvini ta’minlash maqsadida jahon, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari, ishtirokchilari bilan uchrashuvlar tashkil etish.

2017-yil noyabr- dekabr

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, “Kamolot” YIH, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi

29.

“Konstitutsiya — mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlarining muhim poydevori” shiori ostida shahar, tuman markazlarida mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga o‘quvchi va talabalarning sayohatlarini tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida ularning taassurotlari haqida maqolalar berib borish.

2017-yil noyabr- dekabr

“Kamolot” YIH, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zA

30.

“Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya mening hayotimda”, “Konstitutsiya menga nima berdi” mavzusida maxsus ijtimoiy roliklar tayyorlash, fotoko‘rgazmalar tashkil etish hamda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2017-yil, sentyabr — dekabr

Matbuot va axborot agentligi, MTRK, O‘zEOAVMA, “Kamolot” YIH

31.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qonuniylikni ta’minlashdagi ahamiyati borasida aholi o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish.

2017-yil, noyabr- dekabr

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi

32.

Markaziy va hududiy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan ruknlar tashkil etish, huquqiy jurnallarning maxsus sonlarini chop etish.

2017-yil iyul — dekabr

Matbuot va axborot agentligi, Adliya vazirligi, IIV, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Bosh prokuratura

33.

Aholining ta’lim bilan qamrab olinmagan qatlamlari orasida “Konstitutsiya va milliy qadriyatlarimiz” mavzusida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish.

2017-yil noyabr- dekabr

Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamg‘armalari

34.

Bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini, Asosiy Qonunimiz hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar va qo‘lga kiritilayotg�n yutuqlarning bosh omili ekanini targ‘ib etish, shu mavzuda telemuloqotlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish.

2017-yil, sentyabr — dekabr

Matbuot va axborot agentligi, MTRK, O‘zEOAVMA, Adliya vazirligi, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, “Kamolot” YIH

Keyingi tahrirga qarang.

Aripov A.N.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tashkiliy qo‘mita raisi

Yo‘ldoshev N.T.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari (kelishuv asosida)

Ismoilov N.M.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari (kelishuv asosida)

Ismoilov U.S.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

Sultonov X.M.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

Murodov O.B.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

Rahmonqulov M.H.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori o‘rinbosari, Oliy Majlis Senati a’zosi

Abdullayev I.B.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi

Kamilov K.F.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi

Usmonov M.A.

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi

Komilov A.X.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

Ikramov M.M.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

Azizov A.A.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

Muratov M.M.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

Qosimov R.S.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

Inoyatov U.I.

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri

Shermatov Sh.X.

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b.

Usmonov R.J.

Toshkent shahar hokimi

Saidov A.X.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi direktori

Hazratqulov M.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

Mirzohidov X.M.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

Yuldashev B.S.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti

Nuriddinov A.V.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi

Rafikov Q.M.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Javlonov Sh.S.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi

Jalilov Sh.I.

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi raisi

Tadjiyev O.P.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi

Ahmedov M.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi