Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
Davlat muassasalariga aylantirilayotgan aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi Respublika markazlari RO‘YXATI

2-ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilayotgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari etib qayta nomlanayotgan respublika davolash-profilaktika muassasalari RO‘YXATI

3-ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari — tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning tegishli ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlari bo‘yicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlari RO‘YXATI

4-ILOVA
Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish SXEMASI

5-ILOVA
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish ChORA-TADBIRLARI DASTURI

1-ILOVA
2017 — 2021-yillarda respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari obyektlari qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning ASOSIY PARAMETRLARI

1a-ILOVA
2017 — 2021-yillarda hududiy ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari obyektlari qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning ASOSIY PARAMETRLARI

2-ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash PARAMETRLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ShARH

Hujjat 30.10.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari 3-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning tegishli ixtisoslashgan yo‘nalishlari bo‘yicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlari etib belgilansin.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Summasi

Moliyalashtirish manbalari

Taqdim etiladigan hujjat shakli

Bajaruvchilar

I. Aholining sifatli va samarali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan foydalanishini kengaytirishga yo‘naltirilgan huquqiy bazani takomillashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son va “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007 �il 19-sentabrdagi PF-3923-son farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining markazlarning nomlarini o‘zgartirishni, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tashkilotlarida tibbiy yordam ko‘rsatiladigan shaxslar imtiyozli toifasining yagona ro‘yxatini yuritishni nazarda tutuvchi tegishli qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish.

2017-yil

1-sentabr, III chorak

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Vazirlar Mahkamasining qarori

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

B. Xodjayev

Moliya vazirligi,

G. Saidova

Iqtisodiyot vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namunaviy ustavini tasdiqlash.

2017-yil

1-avgust, III chorak

-

-

Vazirlar Mahkamasining qarori

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

B. Xodjayev

Moliya vazirligi

G. Saidova

Iqtisodiyot vazirligi

3.

Yuqori texnologik diagnostika va davolash xizmatlari ko‘rsatishda murakkablikdan, tig‘izlikdan, hajmdan kelib chiqib mehnatga haq to‘lash tizimiga tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish yo‘li bilan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish va qabul qilish.

2017-yil

1-sentabr, III chorak

-

-

Vazirlar Mahkamasining qarori

A. Shadmanov

Sog‘liqni �aqlash vazirligi,

B. Xodjayev

Moliya vazirligi,

G. Saidova

Iqtisodiyot vazirligi, A. Abduxakimov

Mehnat vazirligi,

4.

2017 — 2021-yillarda aholiga ko‘rsatilayotgan neyroxirurgik yordamni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish.

2017-yil

1-sentabr, III chorak

-

-

Vazirlar Mahkamasining qarori

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi

B. Xodjayev

Moliya vazirligi

G. Saidova

Iqtisodiyot vazirligi

5.

Oliy tibbiyot ta’lim muassasalari klinikalari to‘g‘risidagi nizomlarni qayta ko‘rib chiqish va yangilangan namunalarini tasdiqlash.

2017-yil

1-sentabr, III chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov
Sog‘liqni saqlash vazirligi

6.

Davolash-diagnostika xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy ilmiy asoslangan usullari va texnologiyalarini joriy etishni hisobga olgan holda davolashning ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishning standartlarini zaruriyatga ko‘ra qayta ko‘rib chiqish va majburiy joriy etish.

2017 — 2021-yillar

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi

II. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish

7.

Moddiy-texnika bazani doimiy yangilash, dori vositalari va zarur sarflash materiallari, tibbiyot uskunasiga ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, shuningdek quyidagilar yo‘li bilan xodimlar mehnatiga haq to‘lash shartlari uchun zarur bo‘lgan pulli asosda tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan mablag‘lar tushumi darajasini yanada oshirish:

rentabellikning tegishli darajasi ta’minlanishi hisobga olingan holda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarga tariflarni shakllantirishning yangilangan umumiy qoidalari va metodikasini tasdiqlash;

norezidentlarga erkin muomaladagi valyutada tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tartibini joriy etish.

2017-yil

1-sentabr, III chorak

-

-

Qo‘shma qaror

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

B.Xodjayev

Moliya vazirligi,

R. Gulyamov

Davlat raqobat qo‘mitasi,

G. Saidova

Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng qo‘llanilishi hisobga olingan holda zamonaviy talablarga va ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq tibbiyot tashkilotlarida hisob va hisobot hujjatlari yuritilishi tizimini takomillashtirish.

2017-yil

1-noyabr, IV chorak

-

-

Chora-tadbirlar kompleksi

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

B. Xodjayev

Moliya vazirligi

G. Saidova

Iqtisodiyot vazirligi

III. Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

9.

1-ilovaga muvofiq respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan:

Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish Jamg‘armasi mablag‘lari

Investitsiya dasturi

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

B. Xodjayev

Moliya vazirligi

G. Saidova

Iqtisodiyot vazirligi

yangi obyektlar qurish;

2017-2018-yillar

38 700,0 mln so‘m

obyektlarni rekonstruksiya qilish;

2017-2018-yillar

37 000,0 mln so‘m

mukammal ta’mirlash yo‘li bilan mustahkamlash.

2018-2019-yillar

15 000,0 mln so‘m

10.

1a-ilovaga muvofiq hududiy ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan:

Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish Jamg‘armasi mablag‘lari

Investitsiya dasturi

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

B. Xodjayev

Moliya vazirligi

G. Saidova

Iqtisodiyot vazirligi

yangi obyektlar qurish;

2017 — 2019-yillar

120 500,0 mln so‘m

obyektlarni rekonstruksiya qilish;

2017 — 2020-yillar

84 800,0 mln so‘m

mukammal ta’mirlash yo‘li bilan mustahkamlash.

2018 — 2020-yillar

52 500,0 mln so‘m

11.

1-ilovaga muvofiq respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, kadriologiya, dermatologiya va venerologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, endokrinologiya, ko‘z mikroxirurgiyasi, urologiya va travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini yuqori texnologik tibbiyot uskunasi bilan jihozlash.

2017-2018-yillar

24 883,5 ming AQSh dollari

Xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari

Investitsiya dasturi

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi

12.

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini va viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini, viloyat onkologiya markazlarini, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarini yuqori texnologik uskuna — kompyuter tomograflari, magnitorezonans tomograflari, ko‘chma mammografik komplekslar, rentgen apparatlari, UTT apparatlari, LOR-kombaynlar, laparoskoplar va boshqalar bilan jihozlash.

2017-2018-yillar

72 367,7 ming AQSh dollari

Xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari

Investitsiya dasturi

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi

13.

Har bir hisobga olinadigan birlikning texnik holatini pasportlashtirgan holda tibbiyot uskunasidan foydalanish samaradorligi bo‘yicha yagona axborot ma’lumotlar bazasini tashkil etish.

2017-yil

1-sentabr, III chorak

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi

IV. Tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

14.

Magistraturada, klinik ordinaturada tor mutaxassislar tayyorlash, shuningdek birlamchi ixtisoslashuvdan o‘tish yo‘li bilan respublika tibbiyot tashkilotlari, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash.

2017 — 2020-yillar

-

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Qo‘shma qaror

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

R. Qosimov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

15.

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari va oliy tibbiyot ta’lim muassasalari negizida tor ixtisosli mutaxassislarning malakasini uzluksiz oshirish tizimini takomillashtirish.

2017 — 2020-yillar

-

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi

16.

Markaziy tuman (shahar) tibbiyot muassasalari vrachlari-mutaxassislari malakasini uzluksiz oshirish tizimini yaxshilash.

2017-yil

1-avgust, III chorak

3 500,0 ming AQSh dollari

Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi

17.

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand tibbiyot instituti va Andijon davlat tibbiyot instituti negizida o‘quv-simulatsiya laboratoriyalari tashkil etish.

2017-2018-yillar

-

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Chora-tadbirlar kompleksi

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

B. Xodjayev

Moliya vazirligi

G. Saidova

Iqtisodiyot vazirligi

V. Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, profilaktika, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish

18.

Kasalliklarni oldini olish, o‘z vaqtida tashxislash va davolashga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni olib borish.

2017 — 2021-yillar

-

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi

19.

Imtiyozli toifalarni va bolalarni alohida hisobga olgan holda tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar,
shu jumladan, yuqori texnologik tibbiy yordamga muhtoj bemorlarning doimiy yangilab boriladigan yagona elektron ma’lumotlar bazasini tashkil etish.

2017-yil
1-noyabr, IV chorak

-

Bajaruvchilar mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari

Chora-tadbirlar kompleksi

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi

20.

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari yetakchi mutaxassislarining aholining ijtimoiy nochor qatlamlari yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamdan foydalanilishini kengaytirish maqsadida mamlakatning barcha mintaqalariga muntazam ravishda chiqishlarini tashkil etish.

Har yili kelishilgan ishlab chiqarilgan dasturlarga muvofiq (kitob shaklida)

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi

21.

“Sog‘liqni saqlash” axborot tizimi kompleksi doirasida barcha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida vrach qabuliga masofadan turib yozilish imkonini beruvchi elektron dasturni ishlab chiqish va joriy etish.

2017-2018-yillar, kompleks chora-tadbirlarga muvofiq

Bajaruvchilar mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va xalqaro moliya institutlari hamda donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

B. Xodjayev

Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan joylarga chiqib, sog‘liqni saqlash tizimining viloyat, shahar va tuman darajalaridagi ixtisosli tibbiyot tashkilotlari (bo‘linmalari) faoliyatini tashkil etishga samarali metodik rahbarlik qilish tizimini shakllantirish.

Har yili kelishilgan tasdiqlangan jadvallarga muvofiq

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A.Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi

23.

Oliy tibbiyot ta’lim muassasalari, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining yetakchi mutaxassislarini jalb etgan holda diagnostika va davolashning yangi usullarini joriy etish bo‘yicha viloyat, shahar va tuman darajalari tibbiyot tashkilotlari vrachlari uchun mahorat darslarini tashkil etish.

Har yili tasdiqlangan jadvallarga muvofiq (kitob shaklida)

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov
Sog‘liqni saqlash vazirligi

24.

Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga davolashning quyidagi yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

F. Nazirov

Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

mitral klapanni (qopqani) kichik invaziyali usulda protezlash operatsiyalari;

2018-yil

aortal klapanni (qopqani) kichik invaziyali usulda implantatsiyalash, qizilo‘ngach-me’da kollektorini batamom ajratish, yumshoq to‘qimalarning keng ko‘lamli nuqsonlarini plastika qilish, mitral yetishmovchiligida qayta tiklovchi aralashuvlar, distal spleno-renal (qora taloq va buyrak venalari) anastomozini qo‘yish bo‘yicha operatsiyalar.

2019-yil

25.

Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Sh. Muxtarov

Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

yuqori va pastki peshob yo‘llarining faoliyat buzilishiga tashxis qo‘yishda urodinamik tekshiruvlarni, peshob yo‘lining (uretra) davomli torayishlarida rekonstruksiyalovchi-qayta tiklovchi operatsiyalarni, prostata bezi kasalliklarida endourologik transuretral operatsiyalarni;

2017-yil

buyrak hosilalariga tashxis qo‘yishda ultratovush (doplerografik) tekshiruvlarni qo‘llash;

2018-yil

buyrak hosilalarida a’zo saqlovchi endoskopik operatsiyalarni, radiologik tekshiruvlarni (MSKT, MRT) qo‘llash.

2019-yil

26.

Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning zamonaviy yuqori texnologik usullarini joriy etish:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Z. Siddiqov

Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

eksimerlazerli xirurgiya, korneotopografiya, kontaktsiz tonometriya-paximetriya;

2017-yil

to‘r pardani elektrofiziologik tekshirish, to‘r pardaning vitrektomiyasi, lazerli dakriotsistorinostomiya, shoh parda kross-linkingi, to‘r pardaning lazerkoagulatsiyasi;

2018-yil

ultratovushli biomikroskopiya, ko‘zning optik kogerent tomografiyasi, shoh pardaning konfokal mikroskopiyasi.

2019-yil

27.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

R. Qurbonov

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

75 yoshdan oshgan bemorlarda aortal qopqani kateter orqali implantatsiyalash;

2017-yil

chap bo‘lmacha quloqchasini kateter orqali berkitish, yurak tug‘ma nuqsonlarini endovaskulyar davolash, qizilo‘ngach orqali exokardiografiya qilish;

2018-yil

mitral qopqani kateter orqali plastika qilish, aorta ko‘tariluvchi qismini suprakonoral protezlash, aorta ko‘tariluvchi qismini protezlash.

2019-yil

28.

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

D. Najmutdinova Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

laparoskopik gisterektomiya (bachadonni olib tashlash), bachadonni ballonli tamponada qilish, operatsiyadan oldingi va keyingi davrda multimodal og‘riqsizlantirish, katta miqdorda qon yo‘qotishda “Damadge control” — “Jarohat nazorati” usulini tatbiq qilish;

2017-yil

stressli peshob ushlamaslikni kichik invaziyali usulda takomillashtirilgan operatsiyali izga solish, tug‘ruq yoshidagi ayollarda konservativ mioektomiya;

2018-yil

bachadon bo‘yni saraton oldi holatlarini skrininglash; homila rivojlanishining anomaliyalarida bachadon ikkinchi fetal xirurgiyasi.

2019-yil

29.

Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

U. Kamilova

Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

aniq ko‘rinib turgan nafas yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni yuqori chastotali o‘pka sun’iy ventilatsiyasi yordamida respirator qo‘llab-quvvatlash;

2017-yil

surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda buyraklar faoliyatining buzilishini prognozlashtirish mezonlarini aniqlash;

2018-yil

antibiotiklarga chidamli shtammlarni molekulyar-genetik usullar bilan aniqlash.

2019-yil

30.

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

U. Sabirov

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

allopetsiyani davolashda sochlarni ekish usulini;

2017-yil

ozonoterapiyadan foydalangan holda dermatozlarni davolash;

2018-yil

eksimer nurdan foydalangan holda moxov va vitiligoning har xil shakllarini davolash, dermatologik kasalliklar terapiyasida lazer texnologiyalarini joriy etish.

2019-yil

31.

Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

N. Parpiyeva

Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

o‘pka va o‘pkadan tashqari silni davolashda videotorakoskopik operatsiyalar;

2017-yil

torakomioplastika, beta-laktamaza faolligini aniqlash usullari, yirik bo‘g‘imlarni batamom endoprotezlash;

2018-yil

infravezikulyar (pufak ichi) torayishlarda kichik invaziyali operatsiyalarni qo‘llash, traxeya va bronxlarning plastik operatsiyalari, o‘pka va plevrada video-yordamchi va videotorakoskopik operatsiyalarni qo‘llash;

2019-yil

bosh bronxni to‘sh orqali (transsternal) berkitish (okklyuziyasi), nefropeksiya, sigmotsistoplastika, umurtqa pog‘onasi patologiyalarida radikal-qayta tiklovchi operatsiyalar.

2020-yil

32.

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

D. Axmedova

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

chaqaloqlarda audioskrining o‘tkazishni ham o‘z ichiga oluvchi og‘ir shakldagi qulog‘i og‘ir va kar bolalarni reabilitatsiya qilish, bolalarni tanlab olish va operatsiyagacha reabilitatsiya qilish, koxlear implantatsiya operatsiyasi, operatsiyadan keyingi tibbiy- ijtimoiy va pedagogik reabilitatsiya;

2018-yil

bolalardagi safro yo‘llari va peshob chiqaruvchi yo‘llarning tug‘ma nuqsonlari hamda orttirilgan usullarda tashxis qo‘yish va izga solish.

2019-yil

33.

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

A. Alimov

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

markaziy asab tizimi va orqa miya hosilalarida kontrastli magnit-rezonans tomografiyani qo‘llash;

2017-yil

glyukoza miqdori va insulin pompasini kecha-kunduzi monitorlash, bosh miya o‘smasiga tashxis qo‘yishda stereotoksik biopsiya usulini qo‘llash, markaziy asab tizimi o‘smalarida operatsiya ichi fluoressent spektroskopiyani qo‘llash;

2019-yil

bosh miya qutisi asosining o‘smalarida kengaytirilgan transnazal (burun orqali) yo‘llarni qo‘llash, qalqonsimon oldi bezlarining endoskopik xirurgiya usullari, optik kogerent tomografiya, autoflyuoressent a’zosi kasalliklarini lazer yordamida davolash usullari.

2020-yil

34.

Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga stenozlar i anevrizmalarda yurak tomirlari va bosh miyani stentlash bo‘yicha davolashning zamonaviy usullarini joriy etish.

2017-yil

9 772,0 mln so‘m

Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish Jamg‘armasi mablag‘lari, Yapo�iya Hukumati grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

R. Qurbonov

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,

F. Nazirov

Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, G. Kariyev

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

35.

Andijon va Samarqand davlat tibbiyot institutlari klinikalari, Buxoro va Farg‘ona viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga katta yoshdagilarga yurakning og‘ir kasalliklariga nisbatan ochiq yurakda operatsiyalarni joriy etish.

2018-yil

9 158,0 mln so‘m

Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlan-tirish Jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A.Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

R. Qurbonov

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, F. Nazirov

Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

36.

Xorazm, Namangan va Samarqand viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga bolalarda og‘ir yurak kasalliklariga nisbatan ochiq yurakda operatsiyalarni joriy etish.

2018-yil

6 114,9 mln so‘m

Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish Jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

R. Qurbonov

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, F. Nazirov

Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

37.

Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining jarrohlik amaliyotiga quyidagilarni joriy etish:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

F. Nazirov

Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

distal spleno-renal (qora taloq va buyrak venalari o‘rtasida) anastomozlarni laparoskopiya usulda qo‘llash;

2017-yil

qizilo‘ngach orqali (operatsiya vaqtida) exokardiografiya qilish, qizilo‘ngach varikoz kengaygan venalaridan faol qon ketayotgan bir paytda stentlash;

multifokal (ko‘p o‘choqli) arterioskleroz bilan og‘rigan bemorlarda toj hamda uyqu arteriyalarining qo‘shilib shikastlanishida bir vaqtning o‘zida angioplastika va stentlash usulini ishlab chiqish va tatbiq etish;

2018-yil

protez oldi churralari bo‘lgan bemorlarda sanografik mezonlarni aniqlash.

2019-yil

38.

Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining urologiya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Sh. Muxtarov

Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

quyi siydik yo‘llari funksiyalari buzilishini baholashning zamonaviy diagnostika kompleksini (urofloumetriya), yuqori va pastki siydik yo‘llarini kam jarohatli drenirlash maqsadida endoskopik operatsiyalarning zamonaviy kompleksi;

2018-yil

buyrak va yuqori siydik yo‘llaridagi toshlarni masofadan turib maydalashning zamonaviy usuli (EUVL);

2019-yil

urologik kasalliklar diagnostikasi uchun radiologik tadqiqotlarning zamonaviy kompleksi, buyrakning yakka-yolg‘iz, asoratsiz toshlarini olib tashlashning zamonaviy endoskopik usuli (MSKT, MRT).

2020-yil

39.

Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining oftalmologik amaliyotiga:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Z. Siddiqov

Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

katarakta fakoemulsifikatsiyasini;

2017-yil

to‘r parda lazerkoagulatsiyasini joriy etish.

2018-yil

40.

Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining kardiologiya amaliyotiga:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

R. Qurbonov

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

toj tomirlari angiografiyasi, toj tomirlarida angioplastika bilan kechuvchi teri orqali aralashuvlar (operatsiyalar), ko‘p o‘choqli (multifokal) arterioskleroz bilan og‘rigan bemorlarda toj va uyqu tomirlarining qo‘shilgan torayishi kuzatilganda bir vaqtning o‘zida angioplastika va stentlash, ishemik insultda ichki uyqu arteriyasini stentlash, aorto-koronar shuntlash;

2018-yil

yurak ishemik kasalligining turli shakllarida Absorb bioeruvchi karkaslarni o‘rnatish, yurak-qon tomir kasalliklariga tashxis qo‘yishda zamonaviy radiologik tekshiruvlar majmuasini (MSKT) qo‘llash.

2019-yil

41.

Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining akusherlik va ginekologiya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

D. Najmutdinova

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklari skriningini o‘tkazish;

2018-yil

tug‘ruqdan keyingi qon ketishlarida bachadonni ballonli tamponada qilish;

2019-yil

operatsiyadan oldingi va keyingi davrda multimodal og‘riqsizlantirish, katta miqdorda qon yo‘qotishni davolashda “Damadge control” usulini qo‘llash.

2020-yil

42.

Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining terapiya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

U. Kamilova

Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiyot reabilitatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida pankreatik yetishmovchilikka tashxis qo‘yish uchun fekal elastazmani aniqlashda IFA metodika bo‘yicha tashxis qo‘yish;

2017-yil

bronxomotor test o‘tkazish metodikasi, buyrak funksiyalarini hisobga olgan holda surunkali yurak yetishmovchiligiga chalingan bemorlarda terapiyani tanlashni optimallashtirish, qon tomirlari kasalliklariga chalingan bemorlarda UTD va magnit maydonlarining kompleks ta’siri.

2018-yil

43.

Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining dermatologiya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

U. Sobirov

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

gipergidrozga chalingan bemorlarda Minor namunasini moxovga va vitiligoga chalingan bemorlarga PUVA-terapiyasini, virusli kasalliklarni davolashda elektrokoagulatsiya va krioterapiyani joriy etish (VPCh).

2018-yil

2019-yil

2020-yil

44.

Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining ftiziatriya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

N. Parpiyeva

Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

1 va 2-qator silga qarshi vositalarga nisbatan chidamlilikni aniqlashning tezlashtirilgan tashxisi test usullari;

2018-yil

davolashning yangi qisqartirilgan usullari va statsionarning o‘rnini bosuvchi texnologiyalar, o‘pka va plevrada radikal-rezeksion operatsiya usullari (atipik va segmentar rezeksiyalar, lobektomiyalar, pulmonektomiyalar, plevrektomiya va dekortikatsiyalar), torakoplastik operatsiyalar;

2019-yil

infravezikulyar torayishlarda kichik invaziyali operatsiyalar (siydik nayini stentlash, teri orqali nefrostoma va tsistostoma quyish), umurtqa pog‘onasi patologiyalarida orqa miya tuzilmalarini tiklash bilan bajariluvchi radikal-qayta tiklash operatsiyalari, umurtqa pog‘ona ustunida turli xil metall tuzilmalarni qo‘llash bilan bajariluvchi qayta tiklash operatsiyalari, umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘imlar kasalliklarida kichik invaziyali operatsiyalar (abssessonekrektomiya, churralarni olib tashlash, bo‘g‘imlar faoliyatini qayta tiklash).

2020-yil

45.

Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining pediatriya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

D. Axmedova

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

barcha perinatal markazlarda va viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida chaqaloqlarning neyroaudiskriningi;

2017-yil

siydik chiqarish tizimi organlarining tug‘ma va orttirilgan kasalliklari diagnostikasi va davolashda endoskopik usullar;

2018-yil

koxlear implantatsiyasi operatsiyasidan keyin kar va 4-darajali qulog‘i og‘ir bolalarni operatsiyadan keyin kompleks tibbiy-ijtimoiy va pedagogik reabilitatsiya qilish.

2019-yil

46.

Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining endokrinologiya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish:

-

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

A. Alimov

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

buqoqning tugunli shakllarida IFA-diagnostika, nozik igna aspiratsion biopsiya usuli va jarrohlik operatsiyalari;

2017-yil

yod tanqisligi holatining og‘irlik darajasini baholash maqsadida yod tanqisligi holatlari monitoringini olib borish (buqoqning tarqalganligi, yoduriya, tuzdagi yod miqdoriga qarab);

2018-yil

glyukoza va insulin pompasini kecha-kunduz davomida monitoring qilish.

2019-yil

47.

Mavjud umumiy jarrohlik o‘rin fondini qayta ixtisoslashtirish yo‘li bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida jarrohlik yo‘nalishidagi ixtisoslashtirilgan bo‘limlarini (travmatologiya, otolaringologiya, oftalmologiya va boshqalar) tashkil etish.

2017 — 2021-yillar

-

Budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi

48.

Mavjud umumterapevtik o‘rin fondini qayta ixtisoslashtirish yo‘li bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida terapiya yo‘nalishidagi ixtisoslashtirilgan bo‘limlarini (kardiologiya, nevrologiya, endokrinologiya va boshqalar) tashkil etish.

2017 — 2021-yillar

-

Byudj�tdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Obyektning nomi

Quvvati

Qiymati
(mlrd so‘m)

Ishga tushirish muddati

Mas’ul bajaruvchilar

I. Yangi qurilish obyektlari

1.

Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qabul qilish-diagnostika bo‘limi bilan birgalikda statsionarining yangi binosini qurish.

45 o‘rin

Umumiy qiymati
11,3;
shu jumladan, 2017-yil — 5,0

2017-2018-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

2.

Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi poliklinikasining yangi binosini qurish.

bir smenada 250 tashrif

Umumiy qiymati
14,2;
shu jumladan, 2017-yil — 5,0

2017-2018-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

3.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 40 o‘rinli yangi binosi va ma’muriy binosini qurish.

40 o‘rin

6,0

2017-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

4.

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi poliklinikasining yangi binosini qurish.

bir smenada 250 tashrif

7,2

2018-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Jami quri�ish:

Umumiy qiymati
38,7;
shu jumladan, 2017-yil — 16,0

II. Rekonstruksiya qilish obyektlari

5.

Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar bo‘limi binosining texnik qavatini rekonstruksiya qilish, bolalar oshxonasining 80 o‘rinli oshxonasini rekonstruksiya qilish.

Obyekt

4,0

2017-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

6.

Respublika ixtisoslashtirilgan travmotologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 90 o‘rinli davolash korpusini va diagnostika bo‘limini rekonstruksiya qilish.

90 o‘rin

Umumiy qiymati
18.0,
shu jumladan, 2017-yil — 10,0

2016-2017-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

7.

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi poliklinikasi binosini rekonstruksiya qilish.

bir smenada 100 tashrif

3,0

2017-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

8.

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi poliklinikasini rekonstruksiya qilish.

bir smenada 250 tashrif

12,0

2017-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Jami rekonstruksiya qilish:

Umumiy qiymati
37,0;

shu jumladan, 2017-yil — 29,0

III. Mukammal ta’mirlash obyektlari

9.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining oziq-ovqat bloki binosini mukammal ta’mirlash.

Obyekt

1,5

2018-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

10.

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 1-davolash korpusi binosini mukammal ta’mirlash.

40 o‘rin

3,5

2018-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

11.

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining davolash korpusi poliklinikasi binosini mukammal ta’mirlash.

100 o‘rin,
bir smenada 240 tashrif

10,0

2018-2019-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Jami mukammal ta’mirlash:

15,0

T/r

Obyektning nomi

Quvvati

Qiymati (mlrd so‘m)

Ishga tushirish muddati

Mas’ul bajaruvchilar

I. Yangi qurilish obyektlari

1.

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Nukus filialining yangi binosini qurish.

50 ta o‘rin

6,0

2019-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2.

Jizzax viloyat endokrinologiya dispanserining yangi binosini qurish.

100 ta o‘rin, bir smenada 100 tashrif

5,0

2018-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi

3.

Navoiy viloyat endokrinologiya dispanserining yangi binosini qurish.

85 ta o‘rin

12,0

2017-2018-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

4.

Toshkent shahar endokrinologiya dispanserining yangi binosini qurish.

bir smenada 200 tashrif

2,5

2017-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahri hokimligi

5.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali klinikasini qurish.

120 ta o‘rin

Umumiy qiymati 45,0;
shu jumladan, 2017-yil — 25,0

2017-2018-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

6.

Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasini qurish.

200 ta o‘rin

Umumiy qiymati 50,0;
shu jumladan, 2018-yil — 30,0

2018-2019-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi

Jami qurilish:

Umumiy qiymati
120,5;
shu jumladan, 2017-yil — 32,5

II. Rekonstruksiya qilish obyektlari

7.

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat filialini rekonstruksiya qilish.

120 ta o‘rin, bir smenada 200 tashrif

10,0

2017-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi

8.

Navoiy viloyat perinatal markazini rekonstruksiya qilish.

120 ta o‘rin

7,0

2017-2018-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

9.

Surxondaryo viloyat perinatal markazini rekonstruksiya qilish.

160 ta o‘rin

5,5

2017-2018-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

10.

Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Termiz filialini rekonstruksiya qilish.

40 ta o‘rin

4,5

2017-2018-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

11.

Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Termiz filialini rekonstruksiya qilish.

70 ta o‘rin

4,5

2017-2018-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

12.

Urganch shahrida Xorazm viloyat kardiolog�ya dispanseri hududida bolalar kardioxirurgiya korpusini qurish.

15 ta o‘rin

3,5

2017-2018-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

13.

Toshkent viloyat teri-tanosil dispanserini rekonstruksiya qilish.

50 ta o‘rin

5,0

2020-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi

14.

Surxondaryo viloyat teri-tanosil dispanserini rekonstruksiya qilish.

80 ta o‘rin

3,0

2018-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

15.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish.

100 ta o‘rin, bir smenada 100 tashrif

5,0

2019-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

16.

Andijon viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish.

120 ta o‘rin, bir smenada 150 tashrif

6,0

2019-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Andijon viloyati hokimligi

17.

Buxoro viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish.

120 ta o‘rin, smenada 100 tashrif

7,0

2019-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi

18.

Namangan viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish.

160 ta o‘rin, bir smenada 150 tashrif

5,0

2019-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Namangan viloyati hokimligi

19.

Samarqand viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish.

90 ta o‘rin, bir smenada 100 tashrif

4,0

2018-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi

20.

Sirdaryo viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish.

60 ta o‘rin, bir smenada 100 tashrif

5,0

2019-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi

21.

Toshkent viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish.

70 ta o‘rin, bir smenada 150 tashrif

5,0

2019-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi

22.

Farg‘ona viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish.

120 ta o‘rin, bir smenada 100 tashrif

4,8

2019-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi

Jami rekonstruksiya qilish:

84,8

III. Mukammal ta’mirlash obyektlari

23.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi kardiologiya dispanseri binolarini mukammal ta’mirlash.

125 ta o‘rin

3,0

2019-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

24.

Andijon viloyat kardiologiya dispanseri binolarini mukammal ta’mirlash.

70 ta o‘rin

3,0

2018-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Andijon viloyati hokimligi

25.

Buxoro viloyat kardiologiya dispanseri binolarini mukammal ta’mirlash.

110 ta o‘rin

3,0

2020-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi

26.

Sirdaryo viloyat kardiologiya dispanseri binolarini mukammal ta’mirlash.

65 ta o‘rin

3,0

2020-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi

27.

Toshkent viloyat kardiologiya dispanseri binolarini mukammal ta’mirlash.

90 ta o‘rin

3,0

2019-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi

28.

Farg‘ona viloyat kardiologiya dispanseri binolarini mukammal ta’mirlash.

75 ta o‘rin

3,0

2020-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi

29.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal ta’mirlash.

80 ta o‘rin

3,0

2019-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

30.

Buxoro viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal ta’mirlash.

50 ta o‘rin

3,0

2019-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi

31.

Jizzax viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal ta’mirlash.

70 ta o‘rin

3,0

2019-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi

32.

Samarqand viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal ta’mirlash.

130 ta o‘rin

3,0

2019-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi

33.

Farg‘ona viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal ta’mirlash.

100 ta o‘rin

3,0

2019-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi

34.

Toshkent viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal ta’mirlash.

40 ta o‘rin

3,0

2019-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi

35.

Qashqadaryo viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal ta’mirlash.

75 ta o‘rin

3,0

2019-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi

36.

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialini mukammal ta’mirlash.

210 ta o‘rin

4,5

2018-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

37.

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax filialini mukammal ta’mirlash.

165 ta o‘rin

4,5

2019-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi

38.

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialini mukammal ta’mirlash.

200 ta o‘rin

4,5

2020-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi

Jami mukammal ta’mirlash:

52,5

“Fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilishning asosiy tamoyillari, aynan: sog‘liqni muhofaza qilish sohasida inson huquqlariga rioya qilish; aholi barcha qatlamlarining tibbiy yordamdan foydalanishi; profilaktika choralarining ustuvorligi; sog‘lig‘ini yo‘qotgan taqdirda fuqarolarning ijtimoiy himoyalanganligi; tibbiyot fani va amaliyotining birligi belgilangan.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan shu yil 5-yanvar va 7-fevralda sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan uchrashuvlarda aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etishning holatiga tanqidiy baho berildi, bu esa to‘planib qolgan muammolarni hal etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Mamlakatimizda bugungi kunda yuqori malakali va yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning yaxlit tizimi shakllantirilgan. Ushbu xizmatlar aniq tashxis qo‘yish va davolashning samarali usullarini, shu jumladan, yuqori texnologik diagnostik va tezkor aralashish usullarini qo‘llash imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan respublika va hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladi.

Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli choralar tufayli faqat oxirgi 5 yilda ixtisoslashtirilgan markazlarda 150 mingdan ortiq tezkor aralashuvlar, shu jumladan, 80 mingdan ortiq yuqori texnologik operatsiyalar amalga oshirildi, davolashning 80 dan ortiq yangi murakkab va noyob usullari amaliyotga joriy etildi.

Shu bilan birga, mazkur sohada aniq va tezkor chora-tadbirlar ko‘rishni talab etadigan qator tizimli masalalar mavjud.

Xususan, sog‘liqni saqlash tizimining viloyat va tuman darajalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni rivojlantirishda sezilarli darajada qoloqlik kuzatilmoqda. Mintaqalarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga tashkiliy-metodik rahbarlikning samarali vertikalini �akllantirishda respublika ixtisoslashtirilgan muassasalarining roli pastligicha qolmoqda. Diagnostika va davolashning respublika muassasalarida sinovdan o‘tgan ilg‘or yuqori texnologik usullar viloyat va tuman darajasidagi tibbiyot muassasalari faoliyatiga sust joriy etilmoqda. Tibbiyotning ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘lga kiritilgan mahalliy va xorijiy ilmiy yutuqlarni viloyat va tuman tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etish darajasi past.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida respublikaning ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamini yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlarini belgilash, uning geografiyasini tuman (shahar) darajasigacha kengaytirish, hududiy ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining mas’uliyatini oshirish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.

Qaror bilan barcha darajalarda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yanada isloh qilish, respublika miqyosida ixtisoslashgan yo‘nalishlar bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, viloyat darajasida ixtisoslashgan yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, tuman (shahar) darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yangidan tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan bo‘limlar negizida ko‘rsatish nazarda tutilgan. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tashkilotlariga esa maxsus tasdiqlangan jadval bo‘yicha tuman (shahar) va viloyat darajasidagi tashkilotlarning tor ixtisoslashgan mutaxassislari tomonidan maslahatlar berilishi, shuningdek, davolash va maslahat-diagnostika yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning ayrim turlarini ko‘rsatishi nazarda tutilgan.

Qarorda, shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimida respublika bo‘yicha va har bir mintaqada kasalliklar tendensiyalarini o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlaydigan zamonaviy tahliliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini keng qo‘llash nazarda tutilgan.

Etakchi respublika ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika tashkilotlari respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga aylantirilib, ularning asosiy vazifalari belgilandi.

O‘z ixtisosligi bo‘yicha yagona metodik, texnologik, davolash va profilaktika siyosatini amalga oshirish, zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnologiyalariga, dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, klinik protokollarni, shu jumladan, tegishli tibbiyot hujjatlarini ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarini nashr etish, sayyor maslahat berishlarni, mahorat darslarini, shuningdek, birinchi navbatda eng murakkab holatlarda hududiy ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlarida operatsiyalarni muntazam ravishda o‘tkazish orqali mintaqalarda zarur profilaktika ishlari olib borilishiga ko‘maklashish markazlarning asosiy vazifalari etib belgilangan. Bundan tashqari, markazlar Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tibbiyot xodimlarining, ixtisoslashgan hududiy tibbiyot tashkilotlari xodimlarining malakasini tizimli ravishda oshiradi, shuningdek, klinik ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada tor mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni tayyorlaydi, yetakchi xalqaro tibbiyot markazlari, klinikalar va yuqori malakali xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan, maslahatlashuvlar va mahorat darslari o‘tkazish uchun ularni respublikaga taklif etadi, sog‘liqni saqlash tizimi mahalliy mutaxassislarining chet elda ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va klinikalarida tajriba orttirishini ta’minlaydi.

Qaror bilan aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sxemasi va aholining sifatli va samarali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan foydalanishini kengaytirishga, Respublika markazlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirishga, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot kadrlari tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga, aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirishga, profilaktika, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy etishga yo‘naltirilgan huquqiy bazani takomillashtirishga yo‘naltirilgan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlanadi.

Qarorga muvofiq, 2018-yil 1-yanvargacha imtiyozli toifa alohida hisobga olingan holda tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan, shu jumladan, yuqori texnologik tibbiy yordamdan foydalanishga muhtoj bo‘lgan bemorlarning doimiy yangilanadigan yagona elektron ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. 2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda barcha ixtisoslashtirilgan markazlarda, viloyat filiallarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida vrach qabuliga masofadan yozilish imkonini beradigan elektron dastur joriy etiladi.

2022-yil 1-yanvargacha aholiga pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) sog‘liqni saqlash tizimi davlat tibbiyot tashkilotlarini soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan, shuningdek, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha chetdan olib kelinadigan yangi tibbiyot uskunasi, butlovchi buyumlar, tibbiyot uskunasiga ehtiyot qismlar va sarflash materiallari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etish nazarda tutilgan. Bo‘shagan mablag‘lar tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiy, muhandislik-texnika uskunasi bilan jihozlashga hamda unga servis va texnik xizmat ko‘rsatishga, ehtiyot qismlar, sarflash materiallari, inventar va boshqa tibbiy buyumlarni xarid qilishga, yangi binolar va inshootlar qurishga, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga yo‘naltiriladi.

Qarorda davolanish uchun chet elga jo‘nab ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning ta’sirchan mex�nizmlarini ishlab chiqish, mahalliy mutaxassislarning amaliy va nazariy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida xorijiy yetakchi olimlar, vrachlar va mutaxassislarni shartnoma asosida respublikaga jalb etishga alohida e’tibor qaratilgan.

Dastur doirasida 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yanada rivojlantirish maqsadida 373,5 milliard so‘m va 100 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 60 milliard so‘m mablag‘ Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga va 97 million AQSh dollari respublika va hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarini jihozlashga yo‘naltiriladi.

Qaror va Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar respublikada, ayniqsa, viloyat va tumanlar darajasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan oshirishga, aholining keng qatlamlarini yuqori texnologik tibbiy yordamdan bahramand qilishga, yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sohasidagi ilm-fan yutuqlari va ilg‘or xorijiy tajribani amaliyotga faol joriy etishga xizmat qiladi.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi