29.05.2017 yildagi PF-5059-son
Hujjat 15.02.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, elektr va gaz ta’minoti sohasida boshqaruv tizimini, nazorat va hisobga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, to‘lov intizomini mustahkamlash, javobgarlikni kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tugatilayotgan Sud departamentining O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari Byuroga o‘tkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablag‘larni hisob-kitob qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AK tomonidan belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin qarzdorlik mavjud bo‘lganda, iste’molchi — jismoniy shaxslar belgilangan tartibda elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan majburiy uziladi;
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilganlardan tashqari, iste’molchilarga energiya resurslarini yetkazib berish 100 foizlik oldindan haq to‘lash asosida amalga oshiriladi. Oldindan haq to‘lanmagan hollarda, mazkur iste’molchilarga nisbatan elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan to‘liq uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan vazirliklar va idoralar inventarizatsiya o‘tkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishini ta’minlaydilar va bunga har tomonlama ko‘maklashadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi

Mamlakat yoqilg‘i-energetika kompleksini modernizatsiya qilish hamda texnologik qayta jihozlash, elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida shartnoma majburiyatlariga so‘zsiz rioya etishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish — yurtimizda amalga oshirilayotgan, eng avvalo, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

So‘nggi yillarda elektr energiyasi va tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmini oshirish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq hamda uzluksiz ta’minlash, texnologik jihatdan va ma’naviy eskirgan infratuzilmalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillar davomida past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi doirasida 2,5 million nafardan ortiq iste’molchilarning energiya ta’minotini yaxshilash maqsadida 34 ming kilometr elektr tarmoqlari hamda 6,9 ming dona transformatorlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha 835,9 million AQSh dollari qiymatidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, sohada yuzaga kelgan ahvol va qonuniylik holatining tahlili o‘z yechimini kutayotgan jiddiy muammo hamda kamchiliklar mavjudligiga qaramasdan, mutasaddi idoralar tomonidan ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilmayotganligini ko‘rsatmoqda.

Jumladan, “O‘zbekenergo” va “O‘ztransgaz” kompaniyalari faoliyatini tashkil etishdagi xato hamda kamchiliklar, shuningdek, to‘lov intizomini mustahkamlash, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish va debitor qarzdorlikni kamaytirish bilan bog‘liq muammolar energiya ta’minoti so�asini yanada rivojlantirish borasida belgilangan maqsad va vazifalarni izchillik bilan amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.

Shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan iste’molchilarga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rilmayotgani, hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlarining oqsayotgani debitor qarzdorlikning keskin ortishi, talon-tarojliklar va iste’mol qilingan energiya resurslari uchun to‘lovlardan bo‘yin tovlash holatlariga olib kelmoqda.

Masalan, 2016-yilda elektr va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga shikast yetkazish va ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish kabi huquqbuzarliklar 2014-yilga nisbatan 48 foizga oshgan.

Shunga qaramasdan, mas’ul idoralar tomonidan bunday holatlarga nisbatan tegishli munosabat bildirilmagan.

Soha infratuzilmasini texnik jihatdan, shu jumladan, ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda yangilash yuzasidan qo‘yilgan vazifalarning bajarilmagani texnologik yo‘qotishlarning tobora ortishiga, energiya resurslarini yetkazishda surunkali uzilishlarga sabab bo‘lib, oqibatda iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda.

Elektr va gaz ta’minoti korxonalari tomonidan iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish hamda to‘lovlarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratilmagan, zamonaviy elektron to‘lov tizimlari yetarli darajada joriy etilmagan, xizmat ko‘rsatish madaniyati bugungi kun talablariga javob bermaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga elektr va gaz ta’minoti masalalari bo‘yicha kelib tushgan 43 mingdan ortiq shikoyatlar ham bundan dalolat beradi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti (keyingi o‘rinlarda Sud departamenti deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etishda yuzaga kelgan jiddiy kamchiliklar fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlari himoya qilinishi hamda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida undirilishini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

So‘nggi yillarda ushbu tizimda ish hajmining sezilarli darajada ortgani, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdagi sustkashliklar undiruvlarning pasayishiga hamda ijro ishi yuritishni asossiz to‘xtatish va tamomlashga olib kelmoqda.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining amaldagi ijrosi 2016-yilda amalda atigi 45 foizga bajarilgani ham shundan dalolat beradi.

Shu bilan birga, ko‘rsatib o‘tilgan sohalarda suiiste’molchilik holatlariga chek qo‘yilmagan. Oqibatda 2016-yil va 2017-yilning birinchi choragida “O‘zbekenergo” hamda “O‘ztransgaz” kompaniyalari tizimidagi 665 nafar, Sud departamentining 36 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Ko‘rsatib o‘tilgan muammolar, xato va kamchiliklar energiya resurslari uchun to‘lovlarni undirish hamda ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rishni taqozo etmoqda.

Bayon etilganlarga asosan hamda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, Farmonda elektr va gaz ta’minoti sohasida boshqaruv tizimi, nazorat qilish hamda hisobga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga, to‘lov intizomini mustahkamlash va javobgarlikni kuchaytirishga, shuningdek, ijro ishi yuritishning samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Xususan, mazkur Farmon bilan:

1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida energiya resurslari uchun to‘lovlarning o‘z vaqt�da va to‘liq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga, shuningdek, sud hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan Majburiy ijro byurosi tashkil etildi.

Energiya resurslarini yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasidagi vazifalarni amalga oshirishda Majburiy ijro byurosiga quyidagi vakolatlar berildi:

– energiya resurslari yetkazib berilishi va iste’molini hisobga olishning to‘liqligi hamda haqqoniyligi, ular uchun hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tekshirishlar o‘tkazish;

– yetkazib berilgan energiya resurslari uchun qarzdorlikni iste’molchilar — yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobraqamlaridan so‘zsiz undirish;

– yetkazib berilgan energiya resurslari uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi qarzdorlikni iste’molchilarning ish haqidan ushlab qolish to‘g‘risida ish beruvchilarga talabnomalar yuborish;

– energiya resurslarini yetkazib berish va foydalanish sohasidagi qoidalarni buzganlik uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash;

– hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan hollarda, iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzish;

– energiya resurslaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish.

2. Sud departamenti tugatildi, “O‘zbekenergo” va “O‘ztransgaz” kompaniyalarining iste’molchilar bilan ishlash bo‘yicha elektromontyor hamda tabiiy gazni hisobga olish va realizatsiya qilish bo‘yicha nazoratchi shtat birliklari qisqartirildi.

Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilar�ga — sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari ijrosini, davlat inspektorlariga esa — yetkazib berilgan energiya resurslari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirishni amalga oshirish yuklatiladi.

“O‘zbekenergo” va “O‘ztransgaz” kompaniyalarida tuzilgan shartnomalarga asosan iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish vazifa hamda funksiyalari saqlanib qolmoqda.

3. O‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek, energiya resurslari uchun qarzdorlik mavjud bo‘lganda iste’molchilarni tarmoqdan uzish tartibi aniqlashtirildi. Unga muvofiq, 2017-yil 1-iyuldan boshlab iste’molchi — jismoniy shaxslar har oyning 10 sanasiga qadar o‘tgan oyda foydalanilgan energiya resurslari uchun to‘liq hisob-kitob qilishlari shart.

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga energiya resurslari oldindan 100 foizlik haq to‘lash asosida yetkazib beriladi.

To‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, iste’molchilar tarmoqdan majburiy uziladi, bunda qayta ulash uchun jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining ikki barobari, yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining o‘n barobari miqdorida to‘lov undiriladi.

Bundan tashqari, Farmonda elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini hamda boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar nazarda tutildi.

Xususan, iste’molchilar bilan o‘zaro hisob-kitoblarning holati haqidagi haqqoniy ma’lumotlarni beradigan va elektron to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilingan Uy-joy kommunal, elektr va gaz ta’minoti xizmatlari ko‘rsatishning yagona billing tizimi tashkil etiladi.

Mazkur tizim iste’molchilarga qarzdorlik mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron shaklda olish hamda to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Shu bilan birga, Qarzdorlikni undirish masalalari bo‘yicha idoralararo elektron hamkorlikning yagona tizimi ham yaratiladi. Ushbu tizim jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy holati haqidagi ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda qarzdorlikni undirish samaradorligini oshiradi.

Farmon ijrosi doirasida manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan energiya resurslari iste’molchilari xatlovdan o‘tkaziladi. Bunda kadastr hamda loyiha hujjatlari, shartnomalar, tarmoqlarga ulanish sxemalari, hisobga olish asboblari va ularning sozligi o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatish hamda ushbu sohada qonuniylikni ta’minlash choralari ko‘riladi.

Jamiyatda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhitini hamda energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan, Bosh prokuraturaga energiya resurslarini yetkazib berish, iste’mol qilish va o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan nazorat samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishi — elektr energetika va gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilishga, iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlashga, mamlakat iqtisodiyotini, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirishga, sud qarorlari ijrosining samaradorligini, aholining turmush darajasi va farovonligini oshirishga hamda jamiyatda qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qiladi.