Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 22.05.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli (mexanizmi)

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etish nazoratini kuchaytirish

1.

Loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida mualliflik va texnik nazoratni ta’minlash bo‘yicha davlat arxitektura-qurilish nazoratining qilish mas’uliyatini kuchaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil
29-iyuldagi 222-son qarori va ShNQ 1.03.07-2010 “Qurilish obyekti ustidan mualliflik va texnik nazorat to‘g‘risida Nizom”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kirit�sh

2017-yil, iyul

Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi,
vazirlik va idoralar

2.

Qurilish obyektlarining murakkablik (xatarlilik) darajasiga ko‘ra qurilish-montaj ishlarini bajarish jarayonida davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari tomonidan tekshirishlar o‘tkazish tartibini o‘rnatish, bunda:

murakkablik (xatarlilik) darajasiga ko‘ratekshirishlarni tayinlashning mezonlarini aniqlash;

tekshirishlar o‘tkazish (nazorat funksiyalarini amalga oshirish) muddatlarini nazarda tutish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil, iyun

Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

3.

Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasining qurilish-montaj ishlari sifa�ini nazorat qilishdagi roli va mas’uliyatini oshirish.

“Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan, tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (Adliya vazirligi tomonidan
2006-yil 6-mayda 1573-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan)

2017-yil, iyul

Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi,Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi

4.

Obyekt foydalanishga topshirilgandan so‘ng, bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmlarini kafolat muddati davomida nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish tartibi o‘rnatilishini nazarda tutuvchi reglamentni ishlab chiqish.

Reglament ishlab chiqish

2017-yil, sentyabr

Markaziy bank, Davarxitekqurilish

5.

Qonunchilikda belgilangan jarima stavkalarini ko‘tarish orqali shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan jismoniy va mansabdor shaxslar javobgarligini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish

2017-yil, dekabr

Davarxitektqurilish,
Adliya vazirligi

II. Hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish

6.

Markazlashtirilgan manbalar va mahalliy budjet hisobiga moliyalashtiriladigan hududlarni rivojlantirishni va rejalashtirish ularda qurilish ishlarini olib borishni bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda buyurtmachi funksiyalariniQoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilishi qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga topshirish.

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qaroriga o‘zgart�sh va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil, sentyabr

Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi

7.

Shaharlarva shaharposyolkalarining bosh rejalari va mufassal rejalashtirish loyihalari, shuningdek, barcha toifadagi qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarining arxitektura-rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari doirasida respublika budjeti mablag‘lari hisobidan o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash.

Davarxitektqurilish, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maydoni 1 gektardan ortiq yer uchastkalarini taqdim etishning amaldagi tartibini qayta ko‘rib chiqish, bundan kuzatilgan maqsad, yer uchastkalarini tanlash va ajratishga oid materiallarni tayyorlash hamda vakolatli organlar bilan kelishish jarayonlarini tartibga solish va amaldagi mexanizmning shaffofligi va avtomatlashtirilishini ta’minlab, ushbu xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatish tartibini joriy etishdan ibora�dir.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish

2017-yil, iyun

Davarxitekqurilish,

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi,
Davlat raqobat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

III. Shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishning normativ bazasini takomillashtirish

9.

Shaharsozlik, loyihalashtirish, qurilish hamda qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida ilmiy-texnik tadqiqotlarni o‘tkazish.

Mavzular bo‘yicha ilmiy-texnik tadqiqotlar dasturini ishlab chiqish

Dasturni amalga oshirish

2017-yil, noyabr

2017 — 2020-yillar

Davarxitektqurilish,

“O‘zqurilishmateriallari” AK,
loyiha-qidiruv tashkilotlari,
vazirlik va idoralar

10.

Innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribani har tomonlama o‘rganish asosida loyihalashtirish va qurilishda qo‘llaniladigan shaharsozlik norma, qoida va standartlarni yangilash.

Shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlarini xatlovdan o‘tkazish

Shaharsozlik norma va qoidalarini yangilash dasturini ishlab chiqish

2017-yil,

iyun 2017 — 2020-yillar

Qurilish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, loyiha-qidiruv tashkilotlari,
vazirlik va idoralar

11.

Loyihalashtirish davomiyligi normalari va loyiha-qidiruv ishlari qiymatini aniqlash tartibini normalarini ishlab chiqish.

Shaharsozlik norma va qoidalarini ishlab chiqish

2018-yil, mart

Davarxitektqurilish, loyiha-qidiruv tashkilotlari

12.

Vazirlik va idoralar huzurida texnik jihatdan tartibga solishning normativ hujjatlarini tizimli yangilash, qayta ishlash va tasdiqlash masalalari bo‘yicha tarmoq ilmiy-texnik kengashlarini tashkil qilish.

Vazirlik va idoralar buyrug‘i

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida idoraviy normativ hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish

2017-yil, may

2017-yil, iyun

Davarxitektqurilish, vazirlik va idoralar, loyiha-qidiruv institutlari

Vazirlik va idoralar tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasida loyihalashtirish va qurilishda qo‘llaniladigan idoraviy normativ hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish va Davarxitektqurilishga kelishish uchun taqdim qilish.

IV. Ishlab chiqarilayotgan loyiha mahsulotlarining sifatini yaxshilashga mo‘ljallangan yangi metodika va texnologiyalarni joriy etish

13.

Avtomatlashtirilgan loyihalashtirishni va zamonaviy litsenzion dasturiy mahsulotlarni, istiqbolli texnik va texnologik yechimlarni, energiya va resurs tejaydigan yuqori texnologiyali materiallar va texnologiyalarni amaliyotga joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish

Kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish

2017-yil, iyul

2017 — 2019-yillar

Qurilish vazirligi,
loyiha-qidiruv tashkilotlari,
vazirlik vaidoralar

14.

Loyihalarni ishlab chiqishda texnik vazifalarni shakllantirish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish, bunda:

buyurtmachi tomonidan loyiha tashkilotiga texnik vazifani ishlab chiqishning aniq va asoslangan muddatlarini belgilash;

loyihalarni ishlab chiqishda tegishli tarmoq texnik kengashining qarorisiz va tasdiqlovchi hujjatlarsiz texnik vazifalarni vakolatli organlarga kiritish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqa boshlashni man qilish.

Shaharsozlik norma va qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil, avgust

Davarxitektqurilish, loyiha-qidiruv tashkilotlari

15.

Elektron tashuvchi vositalarda berilgan (elektron formatda) loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibini amaliyotga joriy etish.

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2017-2018-yillar

Qurilish vazirligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, loyiha-qidiruv institutlari,
vazirlik va idoralar

V. Arxitektura-qurilish sohasiga mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash

16.

Oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari tomonidan loyihalashtirish va qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish Konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, qurilish mutaxassisliklari ishchilarini o‘qitish va malakasini oshirish, bunda quyidagilar inobatga olinadi:

oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni o‘rganish kursini kiritish;

Toshkent arxitektura va qurilish instituti hamda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini qayta ko‘rib chiqish;
kasb-hunar kollejlarining ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini qayta ko‘rib chiqish.

Ko‘shma qaror

2017-yil, oktyabr

Davarxitektqurilish,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi

17.

Oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari talabalarining ishlab chiqarish amaliyotlarini bevosita ishlab chiqarishda – loyiha tashkilotlarida, qurilayotgan obyektlarda va qurilish industriyasi korxonalarida o‘tash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik mexanizmini nazarda tutgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish

doimiy

Qurilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi,
loyiha-qidiruv tashkilotlari,
vazirlik va idoralar

18.

Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti qoshida Arxitektorlar, loyihalovchilar, muhandis-quruvchilar va buyurtmachi tashkilotlarning mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish markazini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil, iyul

Davarxitektqurilish,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

19.

Etakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari negizida loyihalovchi — mutaxassislar malakasini oshirishni tizimli ravishda tashkillashtirish.

“O‘zGAShKLITI” DUK, “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ, “Qishloqqurilishloyiha” MChJning yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari huzurida o‘quv-maslahat markazlarini tashkil qilish.

Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish

doimiy

Qurilish vazirligi, loyiha-qidiruv tashkilotlari, vazirlik va idoralar

20.

Oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchi-professorlari, ilmiy xodimlari va talabalari uchun xalqaro tajriba almashishni tashkillashtirish, iqtidorli talabalarni xorijiy yetakchi ta’lim muassasalariga o‘qish va stajirovkaga yuborish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish

doimiy

Qurilish vazirligi,
Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

21.

Xorijda stajirovkalar tashkillashtirish va chet eldagi ta’lim muassasalari hamda loyiha tashkilotlarining yetakchi mutaxassislarini jalb qilish orqali loyiha- qidiruv tashkilotlari arxitektorlari, loyihalovchilari va texnik xodimlarining malakasi, kasbiy mahorati va ijodiy faolligini oshirish.

Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish

doimiy

Qurilish vazirligi,
Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

VI. O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo‘mitasi tarkibi bo‘linmalarining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash

22.

Davarxitektqurilish tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etib, qo‘mitaning barcha tarkibiy bo‘linmalarini to tuman bo‘g‘inlarigacha korporativ tarmoqqa ulagan holda shaharsozlik faoliyati sohasida yagona axborot resursini yaratish.

Quyidagilarga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish:

qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalarini kompyuter uskunalari, tashkiliy texnika va litsenzion dasturiy mahsulotlar bilan moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash;

qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalarida tegishli dasturiy ta’minotni o‘rnatish va interfaol xizmatlar tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;

aholi va tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” yagona markazlari orqali interfaol xizmatlar ko‘rsatish.

Davarxitektqurish tizimida AKTni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish

2017-yil may-iyunda ishlab chiqish

2017-2018-yillarda amalga oshirish

Qurilish vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
vazirlik va idoralar

23.

Davlat arxitetura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalarini:

zamonaviy laboratoriya-sinov uskunalari;

qurilish materiallari va konstruksiyalarini putur yetmaydigan usullar bilan ekspress-tahlil qilish bo‘yicha nazorat-o‘lchov priborlari bilan jihozlash;

qurilish maydonlarida qurilish konstruksiyalariniputur yetmaydigan usullar bilan tekshirish bo‘yicha mobil laboratoriyalar tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish

2017-yil may-iyunda ishlab chiqish

2017-2018-yillarda amalga oshirish

Qurilish vazirligi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi