LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1017-sonli “Ommaviy axborot va kommunikatsiyalar sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining Noshirlik faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 352-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining rahbari hamda uning Maslahatchisining funksional vazifalari, shuningdek Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan yangi tahrirda tasdiqlangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Noshirlik faoliyatini litsenziyalash komissiyasi hamda ekspert xulosalarni tayyorlash ishchi guruhi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin va ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ hujjatlar to‘plamlari va boshqa hujjatlarni nashr etishda;
korxonalar, tashkilotlar, o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalar tomonidan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan va qo‘lyozma huquqlari bilan ommaviy ravishda tarqatish yoki ko‘paytirish uchun mo‘ljallanmagan materiallarni nashr etishda;
mazkur ommaviy axborot vositalari tahririyatlari tomonidan ommaviy axborotning matbaa vositalarini nashr etishda talab qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining Noshirlik faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) Komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalar berish to‘g‘risidagi materiallarni ko‘rib chiqish, tayyorlash va Komissiya majlisiga kiritish uchun Agentlikda ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruhning shaxsiy tarkibi Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Noshirlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
7. Quyidagilar noshirlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
noshirlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, normativ-texnik va boshqa talablarga majburiy rioya etish;
urushni targ‘ib qilish, davlat tuzumini konstitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirish, mamlakatda xavfsizlikni va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslarini, fuqarolar totuvligini, millatlararo va dinlararo totuvlikni buzish, O‘zbekiston to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlarni tarqatish hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarini buzib ko‘rsatish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan matbaa mahsulotlarini nashr etish va tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tegishli moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnika vositalarining mavjudligi;
litsenziat tomonidan tayyorlangan matbaa mahsulotlarining (shu jumladan mazkur mahsulot tarkibiga kirgan asarlarning) nusxalari, tayyorlangan nusxalar soni, shuningdek litsenziat yoxud buyurtmachining nashr etishga huquqini (litsenziat tomonidan mualliflik huquqlariga rioya qilinishi) tasdiqlovchi hujjatlar hisobining yuritilishi;
litsenziat tomonidan noshirlik faoliyatining yong‘in xavfsizligi qoidalari, sanitariya-gigiyena normalari, mehnatni (ishlab chiqarishni) muhofaza qilish talablariga javob beradigan bino va xonalarda amalga oshirilishi;
litsenziat tomonidan xonalar, texnologik asbob-uskunalar va boshqa texnika vositalarini, shuningdek noshirlik faoliyatida foydalaniladigan sarflanuvchi materiallarni ishonchli qo‘riqlashning ta’minlanishi;
yuridik shaxs shtatida tegishli oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga va noshirlik ishida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan kamida bir nafar xodimning mavjudligi.
8. Litsenziya bitimida ushbu Nizomning 7-bandida qayd etilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami;
familiyasi, ismi, otasining ismi, litsenziya talabgori — yuridik shaxs rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
v) ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
g) faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mavjud moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnika vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
d) yuridik shaxs xodimlarida tegishli oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotning va noshirlik ishida kamida 3 yillik ish tajribasining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning va mehnat daftarchasining nusxasi).
10. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan Agentlikka bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar ishchi guruhning rahbari tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda arizachiga yuboriladi (topshiriladi). Ishchi guruh rahbari vaqtincha joyida bo‘lmagan taqdirda uning funksiyasini ishchi guruh rahbari belgilaydigan shaxs bajaradi.
12. Ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan to‘lov kunidagi eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
14. Noshirlik faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markaziy xulosasini hisobga olgan holda litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.
(14-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y.,32-33-son, 255-modda)
Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab o‘n besh kundan oshmaydigan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birga Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Ishchi guruh zarur hollarda litsenziya talablari va shartlarining litsenziya talabgori tomonidan bajarilishi imkoniyatini joyiga borgan holda o‘rganish huquqiga ega.
Komissiya ishchi guruh taklifi olingandan keyin o‘n besh kundan oshmaydigan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya qabul qilgan qaror protokolini Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tasdiqlaydi. Zarur hollarda Komissiya qarori so‘rov yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Agentlik litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilingani to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda jo‘natiladi (taqdim etiladi).
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini Agentlik tomonidan nazorat qilish tartibi.
16. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari namunalari Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va Agentlik buyurtmasi bo‘yicha bosmaxona usulida “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi. Agentlik rahbari litsenziya blankalarini hisobga olish, saqlash va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
18. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Agentlikka litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek ishchi guruh va Agentlik mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
21. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishning rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda ishchi guruh hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular bo‘yicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birga Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya ishchi guruh taklifi olingandan keyin to‘rt kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya qabul qilgan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(V bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Litsenziat — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda Agentlikka ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
23. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
24. Agentlik litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish Agentlik tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi Agentlikning bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi Agentlikning bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
27. Litsenziat tomonidan litsenziya shartlari va talablariga rioya etilishini nazorat qilish Agentlik tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirishda Agentlik o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziatdan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoxud litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi takliflarni Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan noshirlik faoliyatining litsenziyasiz amalga oshirilishining aniqlangan faktlari to‘g‘risidagi materiallarni qonunchilikda nazarda tutilgan choralar ko‘rish uchun soliq organlariga belgilangan tartibda jo‘natish.
29. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda Agentlikning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi Agentlikda qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda, shuningdek tegishli faoliyat turlari bo‘yicha Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markaziy xulosasi asosida Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
(30-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y.,32-33-son, 255-modda)
Agentlikning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziya amal qilishining to‘xtatib turilishi sud tomonidan asossiz deb e’tirof etilgan taqdirda, Agentlik litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
31. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatishning asossizligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida uning ko‘rgan zarari miqdorida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyani bekor qilishning asossizligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida uning ko‘rgan zarari miqdorida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, ularning to‘xtatib turish va amal qilishini tiklashning asoslari va sanasi;
(33-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq bo‘ladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Noshirlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish uchun to‘lov kunida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(36-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Bolalar adabiyotlari, normativ ma’lumotnomalar, ilmiy-texnika adabiyotlari, ma’lumotnoma-qomusiy kitoblar, shuningdek nogironlar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar nashr etishga ixtisoslashayotgan nashriyotlar davlat bojini belgilangan miqdorning 50 foizi miqdorida to‘laydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanishni tartibga solish to‘g‘risida” 1997-yil 11-avgustdagi 393-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 28-avgustdagi 305-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 49-modda) ilovaning 2-bandi.
II. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-iyuldagi 241-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi to‘g‘risidagi nizomda: