Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, budjet mablag‘laridan samarali va aniq foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2000-yil 1-yanvardan boshlab budjet tashkilotlari xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. U quyidagilarni nazarda tutadi:
Oldingi tahrirga qarang.
budjet mablag‘laridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet va smeta-shtat intizomini mustahkamlash uchun budjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini soddalashtirish va budjet mablag‘laridan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag‘larni oqilona taqsimlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning o‘rnashib qolishi uchun shart-sharoitlar yaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Budjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);
III. Kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro‘yxatlarga muvofiq);
Oldingi tahrirga qarang.
G‘azna ijrosiga o‘tgan budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari Moliya vazirligining G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan yagona g‘azna hisob raqamidan, shuningdek yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar guruhlarining har bir moddasi bo‘yicha hududiy g‘aznachilik hisob raqamidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-iyuldagi 148-sonli qarori asosida oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 306-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-iyuldagi 148-sonli qarori tahrirda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 306-modda)
budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga homiylik (beg‘araz) yordami berilishidan qo‘shimcha daromadlar olish hisobiga kengaytirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning 3-bandida ko‘rsatib o‘tilgan manbalardan qo‘shimcha daromad olayotgan budjet tashkilotlari 2000-yil 1-yanvardan boshlab 2023-yil 1-yanvargacha Davlat budjetiga undiriladigan soliqlar, Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod qilinsin, bo‘shab qolgan mablag‘lar moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlashga, shuningdek, ularning xodimlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltirilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoniga muvofiq tibbiyot muassasalariga berilgan soliq imtiyozlari natijasida bo‘shab qoladigan mablag‘lar tibbiyot muassasasini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash bilan bir qatorda, tibbiyot maqsadidagi ehtiyot qismlar, sarflash materiallari va boshqa buyumlarni sotib olishga yo‘naltirilishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 646-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Budjet tashkilotlariga Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish huquqi berilsin, jamg‘arma:
hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno;
faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlari tomonidan xodimlarning mehnat intizomini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 181-moddasining birinchi qismi 2-bandiga muvofiq qo‘llanilgan jarimalar budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish manbai bo‘lib hisoblanmaydi hamda jarimalar summasi tegishli budjet daromadiga o‘tkaziladi. Bu ish haqi xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan budjetdan mablag‘ oluvchilarga ham tatbiq etiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 79-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2019-y., 09/19/79/2560-son)
Oldingi tahrirga qarang.
avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarni va mavjud kreditorlik qarzlarni to‘lashga;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2019-y., 09/19/1030/4191-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
tijorat banklarida joriy hisobvaraqlar ochgan holda yuridik shaxs maqomi beriladigan budjet tashkilotlari ro‘yxatini 1999-yil 1-oktabrgacha belgilasin;
budjet tashkilotlari faoliyati turini hisobga olgan holda budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash normativlarini 1999-yil 1-noyabrgacha ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
LexUZ sharhi
Qarang: “Ijtimoiy soha tashkilotlari bo‘yicha 2000-yil uchun budjetdan moliyalashning Vaqtinchalik me’yorlari” (ro‘yxat № 850, 10.12.1999-y.)
budjet tashkilotlarini 2000-yil 1-yanvardan boshlab mablag‘ bilan ta’minlashning yangi shartlariga o‘tkazishga tayyorlash bo‘yicha zarur tadbirlarni amalga oshirsin.
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda — Budjet tashkilotlari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish tartibini, Budjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi nizomni;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda — Budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan davlat mol-mulkini boshqa korxonalar va tashkilotlarga ijaraga berish tartibni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasin, bunda:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
budjet mablag‘laridan, shu jumladan Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan noo‘rin foydalanilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
budjetdan ajratiladigan mablag‘larning xarajatlar guruhlari va moddalari bo‘yicha tasdiqlangan limitlardan oshib ketishi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-iyuldagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 306-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlashning belgilangan navbatiga, ularni to‘lash muddatlari va to‘liqligiga rioya qilmaslik hollarining oldini olsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya organlari, g‘aznachilik bo‘linmalari va budjet tashkilotlari rahbarlari budjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishi uchun budjet, mehnat, ma’muriy va jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda shaxsan javob berishlari to‘g‘risida ogohlantirilsin. Bunda budjet tashkilotlarining qo‘shimcha daromadlar olish bo‘yicha faoliyati budjet mablag‘lari hisobiga bajarilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifatiga zarar yetkazmasligi kerak.
(9-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ikki hafta muddatda kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-iyuldagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 306-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Tartib budjet tashkilotlariga tatbiq etiladi. Mustaqil ravishda xo‘jalik hisobi faoliyatini yurituvchi, maxsus kelishib olingan tadbirlar uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar oluvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, korxonalar va tashkilotlarga nisbatan mazkur Tartibni qo‘llash xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash)ning mazkur tartibi quyidagilarni nazarda tutadi:
Oldingi tahrirga qarang.
budjet mablag‘laridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet va smeta-shtat intizomini mustahkamlash uchun budjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) mexanizmini soddalashtirish va ushbu mablag‘lardan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag‘larni oqilona taqsimlash uchun imkoniyatlar yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Davlat budjetidan mablag‘ oluvchilarning mablag‘larni sarflashlari ustidan dastlabki va joriy nazoratni ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash)ni ularning faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish faoliyatini kengaytirish bilan birga qo‘shib olib borish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning o‘rnashib qolishi uchun shart-sharoitlar yaratish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-iyuldagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 306-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Budjet tashkilotlari tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yoki uning hududiy moliya organlariga moliyaviy yilning 10-martidan kechikmay taqdim etadilar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Budjet tashkilotlarining tasdiqlangan smetalari va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish tegishli moliya organlari tomonidan moliyaviy yilning 1-apreligacha amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan budjet tashkilotlari birinchi navbatda xarajatlarini moliyalashtiradi (to‘laydi). Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablag‘ o‘tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi (ish haqi uchun olingan avanslardan tashqari).
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona g‘azna hisob raqamida, shuningdek budjet tizimi budjetlarining darajalari bo‘yicha tegishli g‘azna hisobvarag‘ida birinchi va ikkinchi guruhlar bo‘yicha to‘lanmagan xarajatlar summasidan ortiq mablag‘lar mavjud bo‘lganda ortiqcha summa miqdorida uchinchi va to‘rtinchi guruhlar bo‘yicha xarajat qilishga ruxsat etiladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Budjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirishda (to‘lashda) yangi moliya yilida budjetdan ajratiladigan mablag‘lar budjet tashkilotlarining hisobot yilidan keyingi yilning 1-yanvaridagi holatiga ko‘ra tovar-moddiy boyliklarning normativdan ortiq qoldig‘i summasiga kamaytiriladi.
Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini sotishdan tushadigan mablag‘larni taqsimlash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan mablag‘lar Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi bo‘yicha) budjet tashkilotlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida (g‘azna ijrosiga o‘tmagan budjet tashkilotlari bo‘yicha — talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlarida) jamlanadi va budjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi (xalq ta’limi muassasalaridan tashqari):
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 344-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/344/3005-son)
Keyingi tahrirga qarang.
50 foizi — Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi bo‘yicha)budjet tashkilotlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida (g‘azna ijrosiga o‘tmagan budjet tashkilotlari bo‘yicha — talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlarida) qoladi.
Tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan budjet tashkilotlari ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lar ular tomonidan faoliyat sohasiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga yo‘naltiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xalq ta’limi muassasalarining mol-mulkini, jumladan asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‘larning 100 foizi Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 344-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/344/3005-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent davlat yuridik universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni sotishdan tushgan mablag‘lar universitet va yuridik texnikumlarning rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida 100 foiz qoladi va ular tomonidan mustaqil ravishda tasarruf qilinadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Budjet tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda mavsumiy yoki shoshilinch tadbirlar (birinchi sinf o‘quvchilari uchun maktab anjomlari, kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun qishki kiyimlar xarid qilish, epidemiyaga qarshi, yuqumli kasalliklarga qarshi tadbirlar va boshqa tadbirlar)ni mablag‘ bilan ta’minlash uchun mablag‘larni IV guruh mablag‘lari hisobiga tezkorlik bilan xarajat qilishlari mumkin.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 805-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/805/2013-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Xarajatlarning u yoki bu guruhida paydo bo‘lgan kreditorlik qarzlar joriy moliya yilida budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida ularning paydo bo‘lishi navbatiga ko‘ra har qaysi guruh bo‘yicha to‘lanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarni va mavjud kreditorlik qarzlarni to‘lashga;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
ijtimoiy rivojlantirish va budjet tashkilotlarining xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2019-y., 09/19/1030/4191-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Budjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalar muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarz mavjud bo‘lsa, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari tejab qolingan budjet mablag‘lari doirasida ushbu qarzlarni to‘lashga (ishlar, xizmatlar tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami xarajatlar o‘rni qoplangandan so‘ng) sarflanadi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
Agar kreditorlik qarzi budjet tashkilotining xarajatlari vaqtincha yetarli miqdorda mablag‘ bilan ta’minlanmaganligi munosabati bilan paydo bo‘lgan taqdirda, kreditorlik qarzning Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga to‘langan miqdori joriy moliya yiliga belgilangan xarajatlar limiti doirasida budjetdan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Budjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalar va kreditorlik qarz mavjud bo‘lmasa yoxud ushbu qarzlar mazkur Tartibda belgilangan doirada va shartlarda to‘langan taqdirda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami xarajatlarning o‘rni to‘ldirilgandan keyin Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasining qolgan mablag‘lari (homiylik yordami, beg‘araz yordam miqdori bundan mustasno):
(29-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
tushgan barcha mablag‘larning kamida 75 foizi (sog‘liqni saqlash va suv xo‘jaligi budjet tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlarida kamida 50 foizi) moddiy-texnika bazani mustahkamlashga;
ko‘pi bilan 25 foizi (sog‘liqni saqlash va suv xo‘jaligi budjet tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlarida kamida 50 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda) budjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanadi.
(29-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan idoraviy mansub tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga tushadigan mablag‘larning 10 foizi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqamiga o‘tkazilganidan so‘ng qolgan mablag‘larning kamida 75 foizi moddiy-texnik bazani mustahkamlashga hamda ko‘pi bilan 25 foizi budjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotiga ko‘rsatilgan homiylik mablag‘larining barcha summasi, agar homiy bilan maxsus o‘zgacha hol kelishilmagan bo‘lsa, budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
(29-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar ushbu qarorlarda nazarda tutilgan maqsadlarga sarflanadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2019-y., 09/19/1030/4191-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 344-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/344/3005-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Budjet tashkilotlari belgilangan tartibda hisobga turadilar va bunda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga moliya va statistika hisoboti taqdim etadilar.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Budjet tashkilotlari tomonidan mablag‘larning sarflanishini, shu jumladan Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi, uning hududiy organlari va hududiy moliya organlari, shuningdek vazirlik va idoralarning ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 344-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/344/3005-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanish ustidan dastlabki va joriy nazoratni amalga oshiradi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-iyuldagi 148-sonli qarori asosida xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 306-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
36. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari quyidagi huquqlarga ega:
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan rejalashtirish, moliyalashtirish (to‘lash), tegishli tashkilot tomonidan budjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan hisobot ma’lumotlarini so‘rash;
kredit muassasalaridan ularning ustavlariga muvofiq budjet tashkilotlarining operatsiyalari va hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
tashkilotlar tomonidan mablag‘lar g‘ayriqonuniy sarflanganda, budjet va smeta-shtat intizomi buzilishi hollari aniqlangan taqdirda, shuningdek moliyaviy hisobotlar va boshqa belgilangan hisobot taqdim etilmaganda, bu haqda tegishli vazirliklar (idoralar), hokimliklar rahbarlarini xabardor qilgan holda budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash)ni cheklash va zarur hollarda to‘xtatib qo‘yish;
jinoyat alomatlari bo‘lgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda tekshirish materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga berish.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Budjet tashkilotlarining rahbarlari budjet, mehnat, ma’muriy, jinoyat qonunchiligiga muvofiq budjet va smeta-shtat intizomi buzilishi, shu jumladan Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tejab qolingan budjet mablag‘lari summasining noto‘g‘ri aniqlanganligi uchun shaxsan javob beradilar.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
381. O‘z bo‘linmalari uchun markazlashtirilgan xaridni amalga oshiradigan budjet tashkilotlari rahbarlari davlat xaridlarini tashkil etish va samarali amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaxsan javob beradilar.
(381-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)