O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-son qarorini bajarish yuzasidan, yo‘lovchilar tashish xavfsizligini va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyatining zarur darajasini, yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida transport vositalari harakati maromini, belgilangan jadvallar va intervallarni, shuningdek tashuvchilarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi bilan birgalikda — avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish, yangi avtobuslar va mikroavtobuslar sotib olish, yo‘lovchilar avtovokzallari, avtostansiyalarini, to‘xtash bekatlarini qurish va rekonstruksiya qilish tadbirlarini amalga oshirish tarmoq jadvallarining bajarilishi yuzasidan muntazam monitoringni ta’minlasinlar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
yangi avtostansiyalar, oxirgi to‘xtash bekatlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratishda ularni yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan joylarda, yo‘lovchilar to‘planadigan yirik punktlarda (temir yo‘l vokzallari, aeroportlar, bozorlar va boshqalarda), asosan xususiy investorlarni jalb etib, ularga yo‘lovchilar harakati xavfsizligiga to‘sqinlik qilmaydigan faoliyatning boshqa turlarini tashkil etish imkoniyatini bergan holda, joylashtirishni nazarda tutsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi bilan birgalikda — har yili faoliyat ko‘rsatib turgan va yangidan tashkil etilayotgan avtobus yo‘nalishlarida yo‘l sharoitlarining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirsinlar, zarurat bo‘lganda, ta’mirlash ishlari o‘tkazilishini ta’minlasinlar;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
yo‘lovchi tashishning amalda vujudga kelayotgan xarajatlarini qoplashni ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqqan holda shahar yo‘lovchi transportida yurish tariflarini o‘z vaqtida qayta ko‘rib chiqsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi bilan birgalikda — tadbirlarni amalga oshirish natijalarini har tomonlama tahlil qilish asosida, zarurat bo‘lganda, 2017 — 2021-yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan yangi avtobuslar va mikroavtobuslar sotib olish, avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish, yo‘lovchilar avtovokzallari va avtostansiyalarini qurish va rekonstruksiya qilish parametrlariga tuzatishlar kiritish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklar tashuvchi avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalari mavjud bo‘lishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida (O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridan tashqari) xalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
tadbirkorlar tomonidan tegishli davlat xizmatlarini olishda ruxsat beruvchi va litsenziya tartib-taomillarini maksimal soddalashtirishni, so‘raladigan hujjatlar sonini, ularni taqdim etish muddatlarini qisqartishni nazarda tutuvchi yagona-axborot-integratsiya tizimi joriy etilishini 2017-yilning birinchi yarim yilligida tugallasin;
fuqarolarning Internet tarmog‘i, “ishonch telefoni”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali tushayotgan murojaatlariga tezkor munosabat bildirilishini ta’minlasin;
yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish transportida xizmat ko‘rsatish yuzasidan namunaviy kontraktlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin, ularda yo‘lovchilar huquqlariga rioya etilishini ta’minlash va tender kontrakt shartlari bajarilmasligi yoki zarur tarzda bajarilmasligining har bir aniq holati uchun avtomobilda yo‘lovchilar tashuvchilarga nisbatan choralarni nazarda tutsin hamda yo‘lovchi tashishni tashkil etish bo‘yicha barcha hududiy komissiyalar tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi uchun yetkazsin;
Avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklar tashuvchi avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalari mavjud bo‘lishini, O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni, shuningdek Agentlikning nazoratni amalga oshiruvchi xodimlariga nisbatan malaka talablarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Agentlik xodimlarini formali kiyim-bosh bilan ta’minlash yuzasidan ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari (transportda chiptasiz yurish), 145-moddaning ikkinchi qismi bilan (yo‘lovchilarni chiptasiz tashish), 1461-moddasida (tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha qonunda belgilangan majburiyatini bajarmasligi), 165-moddasida (faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish), 1763-moddasida (avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish), 1764-moddasida (taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga, yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yo‘lga chiqarmaslikka doir talablarni buzish,), 198-moddasida (hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish) nazarda tutilgan avtomobillarda tashuvlar sohasida huquqbuzilishlar to‘g‘risidagi protokollar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boshqarmalarining inspektorlari tomonidan tuziladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
undiriladigan jarimalar summasining 84 foizi O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining Avtomobil transportini rivojlantirish jamg‘armasining maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
yetkazib berish va moliyalashtirishning tasdiqlangan tarmoq jadvallariga qat’iy muvofiq ravishda avtobuslarning xaridorlarga belgilangan muddatlarda yetkazib berilishini ta’minlasin;
respublikada yo‘lovchilar tashish mikroavtobuslari ishlab chiqarishni tashkil etishni yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan ishlab chiqishni jadallashtirsin va takliflar kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin, shuningdek ba’zilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-avgustdagi 350-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharda yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandida:
“bo‘lib o‘tmagan tendyer munosabati bilan yo‘nalish tashuvchining xizmatisiz qoladi. Komissiya yo‘nalishga (yo‘nalishlar paketiga yoki jadvaliga) takroriy tender natijalarigacha bo‘lgan davrga kontraktning amalda bo‘lishini uzaytiradi yoxud istalgan tashuvchiga ushbu davrda mazkur yo‘nalishga xizmat ko‘rsatishni yuklaydi”;
sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-iyuldagi 368-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Shahar atrofi, shaharlararo (viloyat ichida, viloyatlararo) va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomda:
2-banddagi “Har bir transport vositasini bittalab ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha belgilangan namunadagi, Davlat avtomobil nazorati boshqarmasining muhri bilan tasdiqlangan ijobiy dalolatnomaning mavjud bo‘lishi qatnashchi uchun majburiy shart hisoblanadi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
“bo‘lib o‘tmagan tendyer munosabati bilan yo‘nalish tashuvchining xizmatisiz qoladi. Komissiya yo‘nalishga (yo‘nalishlar paketiga yoki jadvaliga) takroriy tender natijalarigacha bo‘lgan davrga kontraktning amalda bo‘lishini uzaytiradi yoxud istalgan tashuvchiga ushbu davrda mazkur yo‘nalishga xizmat ko‘rsatishni yuklaydi”;
sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin.
“16. Tender takliflari Komissiyaning har bir a’zosi tomonidan quyidagi tartibda ko‘rib chiqiladi va baholanadi:
a) qatnashchi tomonidan yo‘nalishdagi 1 nafar yo‘lovchi km. uchun tavsiya etilayotgan tarif darajasi uchun — Komissiya talab etadigan tashish tarifi o‘rniga darajani pasaytirishning har bir punkti uchun ortib boradigan koeffitsiyentni qo‘llagan holda besh balli tizim bo‘yicha;
b) transport vositasining rusumi, ishlab chiqarilgan yili uchun — tabaqalashtirilgan ballar bo‘yicha. Bunda transport vositasi rusumi uchun olingan ballarga 1.15 miqdorda oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llanadi, agar transport vositasi tender qatnashchisining mulki bo‘lsa;
v) tashish uchun tavsiya etilayotgan avtotransport vositalarining umumiy sig‘imi uchun — tabaqalashtirilgan ballar bo‘yicha.
Komissiya yo‘nalishda ishlash uchun talab qilinadigan avtomobil rusumini va uning bo‘yicha tabaqalashtirilgan ballarni mustaqil ravishda belgilaydi;
e) yo‘nalishlarda ishlashda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasi — besh balli tizim bo‘yicha. Bunda tashuvchi besh ballni quyidagi majburiy shartlarni bajargan taqdirda oladi:
Komissiya, yo‘nalishga aniq talablarni hisobga olgan holda, ishtirokchilarning tender takliflarini baholashga qo‘shimcha talablarni tavsiya etishga haqlidir.
Tender takliflarini baholashni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan yo‘riqnoma-metodik hujjatlar va ularning shakllari O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 10-martdagi 118-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 27-modda):
“avtomobil va daryo transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatini oshirish, avtotransport xizmatlari servisini kengaytirish”;
“avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklar tashiydigan avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalarining mavjudligini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomobilda xalqaro tashuvlar shartlariga rioya etilishini nazorat qilish (O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridan tashqari);
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 53 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 43 nafar etib belgilansin.
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga agentlik boshlig‘i o‘rinbosarining bir nafar o‘rinbosari hamda shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan besh kishidan iborat bo‘lgan hay’ati bo‘lishiga ruxsat etilsin.
Agentlik boshlig‘iga markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalar tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan soni va ta’minoti xarajatlari smetasi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin”;
“avtomobil va daryo transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatini oshirish, avtotransport xizmatlari servisini kengaytirish”
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomobilda xalqaro tashuvlar shartlariga rioya etilishini nazorat qilish (O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridan tashqari);
avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklar tashiydigan avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalarining mavjudligini nazorat qilish;
birinchi xatboshiga “yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatini oshirish, avtotransport xizmatlari servisini kengaytirish” so‘zlari qo‘shilsin;
“tashuvlar yo‘nalishlarini tender bo‘yicha amalga oshirish mexanizmlarini joriy etadi, yo‘lovchilarining sifatli va xavfsiz tashilishini ta’minlash uchun maqbul sharoitlarni nazarda tutadigan shahar, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish huquqiga namunaviy kontraktlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, tenderlar tashkilotchilari ishini muvofiqlashtiradi”;
“avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashuvlar qoidalariga hamda O‘zbekiston Respublikasida avtobuslarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarga rioya etilishi, yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlariga xizmat ko‘rsatish huquqiga tender kontraktlari shartlarini bajarish, tashuvchilar tomonidan belgilangan grafiklar, jadvallar, tashish tariflariga rioya etilishini tizimli nazorat qilishni tashkil etadi”;
“j) davlat bojxona xizmati organlari vakillari bilan o‘zaro hamkorlikda xalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirishda ruxsat berish tizimiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
z) avtomobillarda tashuvlar sohasida O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 1461, 165, 1763-moddalarida, 1764, 198-moddalarining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida belgilangan tartibda protokol tuzadi”;
“avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashuvlar qoidalariga hamda O‘zbekiston Respublikasida avtobuslarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarga rioya etilishi yuzasidan nazoratda qatnashish uchun shartnoma asosida mutaxassislarni jalb etish”;
“yo‘lovchilar tashishni tashkil etish bo‘yicha hududiy komissiyalardan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklarining yo‘lovchilar tashish transportining barcha turlari harakatlarini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlaridan hamda shahar yo‘lovchilar tashish transportini boshqarish bo‘yicha maxsus vakolatli organlardan yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlari ishi masalalari bo‘yicha axborotlarni so‘rash va olish”;
yettinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-yanvardagi 11-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomning 2-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“bo‘lib o‘tmagan tendyer munosabati bilan yo‘nalish tashuvchining xizmatisiz qoladi. Komissiya yo‘nalishga (yo‘nalishlar paketiga yoki jadvaliga) takroriy tender natijalarigacha bo‘lgan davrga kontraktning amalda bo‘lishini uzaytiradi yoxud istalgan tashuvchiga ushbu davrda mazkur yo‘nalishga xizmat ko‘rsatishni yuklaydi”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomda:
“yo‘lovchilar va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo tashishlar bo‘yicha (Toshkent shahrida, Toshkent viloyati shaharlarida va shaharlari atrofida yo‘lovchilarni tashish bundan mustasno) — Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan”;
“Litsenziat litsenziyalovchi organga murojaat qilganda bir ariza bo‘yicha ushbu litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan litsenziya turlarining bir necha qismini olish huquqiga ega”;
“Litsenziya kartochkasi — litsenziya talablari va shartlariga majburiy tarzda rioya qilingan holda yo‘lovchilar va yuklarni tashishda foydalaniladigan har bir avtotransport vositasiga litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan ruxsatnoma (litsenziya)”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“Tijorat tashuvlarida litsenziya kartochkalari bilan ta’minlanmagan avtomobil transporti vositasidan foydalanish noqonuniy hisoblanadi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashga olib keladi”;
“ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan holatlarda, shuningdek avtotransport vositasining davlat raqami belgisi o‘zgarganda, avtotransport vositasining yuk ko‘tarish yoki yo‘lovchi sig‘imi ko‘payganda (kamayganda), bir avtotransport vositasi shu klassdagi boshqa avtotransport vositasiga almashtirilganda ushbu avtotransport vositasiga mavjud litsenziya kartochkalari asosida litsenziya talabgorining litsenziya kartochkalarini qayta rasmiylashtirish bo‘yicha arizasiga ko‘ra — qayta rasmiylashtirilgan litsenziya kartochkalari beriladi”;
d) 9-bandning “j” kichik bandiga “yo‘lovchilarni” so‘zidan keyin “yo‘lovchilar huquqlariga, harakatlanishning belgilangan jadvallariga, transportda yurish tariflariga rioya etgan, yo‘lovchilarning belgilangan toifalarini tekin va imtiyozli tarzda tashishni ta’minlagan, qoida buzish, antisanitariya hollariga xizmat ko‘rsatishning sifatining past bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan holda” so‘zlari qo‘shilsin;
j) 12 va 13-bandlardagi “litsenziya” so‘zi “litsenziya/litsenziya kartochkasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 15-banddagi “litsenziya blankalarining” so‘zlari “litsenziya va litsenziya kartochkasi blankalarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“17. Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya bitimi ilova qilingan va bank hisob raqamining rekvizitlari, davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma yoki elektron shaklda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi)”;
k) 23-bandning birinchi xatboshidagi “ta’sis hujjatlariga kiritilgan ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
l) VII bo‘lim nomidagi “litsenziyaning” so‘zi “litsenziyaning/litsenziya kartochkasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi — uchinchi xatboshilardagi va beshinchi xatboshidagi “litsenziyaning” so‘zi “litsenziyaning/litsenziya kartochkasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining” amal qilishini to‘xtatishda litsenziyalovchi organ litsenziatdan litsenziya talablari va shartlari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan avtotransport vositasiga berilgan litsenziya kartochkasini olib qo‘yadi”;
birinchi — uchinchi xatboshilardagi, yettinchi, sakkizinchi, o‘ninchi — o‘n uchinchi xatboshilardagi “litsenziyaning” so‘zi “litsenziyaning/litsenziya kartochkasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“291. Quyidagilar litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining qo‘pol tarzda buzilishi hisoblanadi:
litsenziatning shtatida Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tegishli lavozimni egallash uchun attestatsiyadan o‘tgan, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning bo‘lmasligi;
litsenziat tomonidan ishlatish uchun belgilangan tartibda ruxsat etilmagan va yo‘lga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tmagan avtotransport vositalaridan foydalanilishi;
davriy tibbiy ko‘rikdan va yo‘lga chiqishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan haydovchilarning ishlashiga yo‘l qo‘yilishi;
litsenziya kartochkalari bilan ta’minlanmagan avtotransport vositalariga yo‘l varaqalarining berilishi”;
“Litsenziyani/litsenziya kartochkasini bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan tartibda va holatlarda amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyani/litsenziya kartochkasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma (elektron) shaklda, asoslangan holda qaror qabul qilingan kunidan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyani/litsenziya kartochkasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi”;
to‘rtinchi xatboshidagi “litsenziyaning” so‘zi “litsenziyaning/litsenziya kartochkasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Avtotransport vositasining yuk ko‘tarish yoki yo‘lovchi sig‘imi ko‘payishi munosabati bilan litsenziya kartochkasini qayta rasmiylashtirishda davlat boji undirilmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 23-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ | 23. | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi | Avtomobil’ transportida yo‘lovchilar va yuk tashishga litsenziyalar berilganligi, shuningdek avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashishga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji | 25 | ”. |
Avtomobillarda tashuvlar sohasida ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarimalar summasi | 25 |
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 5-yanvardagi 2-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 1-son, 4-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.