Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-mayda qabul qilingan 142-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2013 — 2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturidagi hamda 2015-yilda respublika baliqchilik sohasini rivojlantirish va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturidagi tadbirlarni bajarish yuzasidan vazirliklar, idoralar hamda tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrda qabul qilingan 286-sonli va 287-sonli qarorlari bilan ekologik nazorat sohasidagi namunaviy qoidalar va jamoat ekologik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha namunaviy nizomlar tasdiqlandi.
Shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 315-sonli qarori talablari ijrosi yetarli darajada ta’minlanmagan. 2015-yilda respublika bo‘yicha chiqindilarni to‘plashga mo‘ljallangan qo‘shimcha 2120 ta punkt qurilishi rejalashtirilgani holda atigi 808 tasi yoki 38% qurilgan.
Bundan tashqari, Oliy Majlis Senatining 2015-yil 16-mayda qabul qilingan SQ-36-III-sonli Qarori bilan Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi zimmasiga boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘simlik va hayvonot olami xilma-xilligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish, o‘simlik va hayvonot olami obyektlarining davlat hisobi va kadastrini yuritish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani tahlil qilish hamda amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish topshirig‘i yuklatilgan edi.
Xususan, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi, “O‘rmon to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi amaldagi qonunlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmaganligi huquqni qo‘llash amaliyotida muammolarga olib kelmoqda.
“Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarining so‘zsiz ijro etilishini ta’minlasin;
“Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni normalarini ro‘yobga chiqarishga doir qonun hujjatlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin;

Координировалась деятельность министерств, ведомств и организаций по выполнению мероприятий Программы действий по охране окружающей среды Республики Узбекистан на период 2013 — 2017 годы, утвержденной постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 27 мая 2013 года № 142, и Программы мер по развитию рыбной отрасли республики и увеличению объемов производства рыбной продукции на 2015 год.
Постановлениями Кабинета Министров Республики Узбекистан от 8 октября 2015 года №№ 286 и 287 утверждены типовые положения в области экологического контроля и типовые положения по осуществлению общественного экологического контроля.
Анализ правоприменительной практики показывает, что не на должном уровне обеспечено исполнение требований постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 3 декабря 2013 года № 315 «О мерах по развитию и совершенствованию системы санитарной очистки в населенных пунктах республики». В 2015 году по республике планировалось строительство 2120 дополнительных мусоросборочных пунктов. Построено всего 808 единиц или 38%.
Постановлением Сената Олий Мажлиса от 16 мая 2015 года № ПС-36-III Госкомприроде совместно с заинтересованными организациями поручено разработать соответствующие меры, направленные на совершенствование механизма обеспечения разнообразия растительного и животного мира, провести анализ нормативно-правовой базы, регулирующей вопросы ведения государственного учета и кадастра объектов растительного и животного мира и разработать предложения по совершенствованию действующего законодательства.
В частности, до настоящего времени не внесены изменения и дополнения в Законы «О недрах», «О лесе», «О воде и водопользовании» в связи с принятием Закона «Об экологическом контроле» что приводит к проблемам в правоприменительной практике.
обеспечить безусловное исполнение требований Закона Республики Узбекистан «Об экологическом контроле»;
обеспечить исполнение постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 3 декабря 2013 года № 315 «О мерах по развитию и совершенствованию системы санитарной очистки в населенных пунктах республики»;

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi