18.04.2017 yildagi PF-5017-son
Hujjat 20.04.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan o‘zaro munosabatlariga oid vakolatlari qismi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi takliflarni taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) I bo‘lim quyidagi mazmundagi 16-band bilan to‘ldirilsin:
b) III bo‘limning 3-bandi chiqarib tashlansin.

Aholining barcha qatlamlari turmush darajasi va jamiyatimizdagi ijtimoiy muhit muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan uy-joy kommunal sohasining samarali faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy bozorni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.

Yaratilgan mustahkam me’yoriy-huquqiy bazaga muvofiq tarkibiy islohotlarning izchil amalga oshirilishi uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanishning mutlaqo yangi tizimini shakllantirish imkonini berdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 4 mingdan ziyod xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati 32,4 mingdan ortiq ko‘p xonadonli uylarga xizmat ko‘rsatmoqda. Uy-joylarni, avvalo, ipoteka krediti asosida qurish va rekonstruksiya qilish ko‘lami kengaymoqda. Bu o‘tgan davr mobaynida aholi nufusi muttasil o‘sib borishiga qaramasdan, aholini uy-joy bilan ta’minlash darajasini kishi boshiga 1991-yildagi 12,4 kvadrat metr o‘rniga o‘rtacha 15,2 kvadrat metrga yetkazish imkonini berdi.

Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish maqsadida markazlashtirilgan davlat kapital qo‘yilmalarini yo‘naltirish va xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan taqdim etilayotgan xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali suv ta’minoti, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti tizimlarini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, uy-joy kommunal sohasining bugungi holatini tahlil qilish asosida zudlik bilan hal etilishi lozim bo‘lgan qator muammolar mavjudligi aniqlandi.

Joylardagi ijro hokimiyati organlari xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari faoliyatini yetarlicha muvofiqlashtirmayapti. Ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanish borasida kompleks yondashuvning yo‘qligi aholiga sifatli va kafolatli kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini yanada �akomillashtirishga to‘siq bo‘lmoqda va uy-joy mulkdorlarining haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

Ko‘p xonadonli uy-joy fondini tegishli darajada saqlashni nazorat qilish tashkil etilmagan, ko‘p hollarda uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va unda aholining xavfsiz yashashi bo‘yicha belgilangan talablar buzilishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Bino va inshootlarni ta’mirlash-tiklash ishlarini bajarishga oid qoida va muddatlarga rioya etilmayapti, eski uylarni buzish bo‘yicha ishlar olib borilmayapti, ko‘p xonadonli uylarga tutash hududlarning holati sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena me’yorlariga to‘liq javob bermaydi.

Aholi sifatli ichimlik suvi va markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti bilan yetarli darajada ta’minlanmayapti.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik asosida ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, ko‘p xonadonli uylarni saqlash qoidalariga rioya etilishini texnik nazorat qilish bo‘yicha samarali tizimni shakllantirish, aholiga sifatli uy-joy kommunal xizmatlari ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, shuningdek, uy-joy mulkdorlari shirkatlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va uning tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi hamda uning tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etildi.

Quyidagilar davlat boshqaruv organi sifatida mazkur vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosati yuritish va idoralararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;

ko‘p xonadonli arzon uy-joylar qurish davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishini ta’minlash, bunday uy-joylarni, suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti obyektlarini barpo etish bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajarish, eski va avariya holatidagi uylarni buzishni tashkil etish;

uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ekspluatatsiya xarajatlarini belgilash talablariga, ko‘p xonadonli uylardan texnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya etilishini nazorat qilish, ko‘p xonadonli uylarga tutash hududlarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq holatda saqlash;

aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog‘liq holda, suv ta’minoti hamda kanalizatsiya obyektlarini rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli amalga oshirilishini tashkil etish, soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni ta’minlash;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiya hamda uskunalarni joriy etish, jumladan, uy-joy kommunal xo‘jalik obyektlarini zamonaviy hisobga olish-o‘lchash priborlari bilan ta’minlash, qurilish-montaj ishlari tannarxini kamaytirish imkonini beradigan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy, sifatli qurilish materiallari va buyumlaridan keng foydalanish;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga oid me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi hisobga olingan holda, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishning zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;

O‘zbekiston Respubli�asi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga doir kompleks tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan tarif siyosatini shakllantirish;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish, ularni, jumladan, xorijda o‘quv stajirovkalarini o‘tkazish orqali qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini joriy etish.

Shuningdek, Vazirlik tarkibida Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida uning hududiy inspeksiyalari tashkil etildi.

Quyidagilarni nazorat qilish Inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

ko‘p xonadonli uy-joy fondi va unga tutash hududlar tozaligini tegishli ravishda saqlash hamda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi, ko‘chmas mulk egalarining binolarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishiga yo‘l qo‘ymaslik;

umumiy foydalaniladigan joylar, fasadlar, uylar ichidagi muhandislik-kommunikatsiyalarni ta’mirlash-tiklash ishlarini tizimli amalga oshirish qoidalariga rioya etish;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining tegishli kommunal xizmatlar ko‘rsatishda texnik tartibga solish sohasiga oid me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etishi;

ko‘chmas mulk egalarining ko‘p xonadonli uylarni kapital ta’mirlash uchun to‘planadigan mablag‘idan maqsadli foydalanish.

Shuni ta’kidlash kerakki, Farmonda vazirlik tarkibida Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘larini, birinchi navbatda, ko‘p xonadonli arzon uy-joy fondi, suv ta’minoti, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish, kapital hamda joriy ta’mirlash, maxsus texnika va uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan ta’minlash hamda boshqa maqsadlarga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish uchun jalb etiladigan kreditlar, jumladan, xalqaro moliya institutlari va banklarning imtiyozli kreditlari, Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushgan mablag‘lar, ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda belgilaydigan maxsus ustamalar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamg‘arma manbalari hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga, xizmat ko‘rsatuvchi banklarda suv ta’minoti tashkilotlariga ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama mablag‘larini to‘plash uchun maxsus hisob raqam ochishni va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga mablag‘lar yo‘naltirishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, Farmonda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar hokimliklari uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari, Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi huzurida “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari va ularning shahar va tuman filiallarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Tashkil etiladigan ushbu unitar korxonalar zimmasiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki turar joy va noturarjoy inshootlari mulkdorlari bilan shartnoma asosida ko‘p xonadonli uy-joy fondi va unga tutash hududlardan foydalanish hamda ularni saqlash bo‘yicha tizimli ishlarni samarali tashkil qilish, ko‘p xonadonli uy-joy fondini mavsumiy foydalanishga o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash, ko‘p xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy ta’mirlash hamda unga tutash hududlarni obodonlashtirish vazifalari yuklatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu Farmon va qarori amalga oshirilishi:

birinchidan — uy-joy kommunal xizmatining sifatini tubdan oshirish, maqbul narxlarni ta’minlash uchun uy-joy kommunal sohasini davlat tomonidan boshqarishning yagona tizimini shakllantirish maqsadida zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;

ikkinchidan — iste’molchilarga sifatli va kafolatli kommunal xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va muhandislik infratuzilma obyektlarini boshqarish hamda ulardan foydalanish borasida samarali hamkorlik uchun respublika va mahalliy darajadagi barcha boshqaruv bo‘g‘inlarining mas’uliyatini oshirish;

uchinchidan — arzon uy-joylar qurish, ko‘p xonadonli uylarni rekonstruksiya qilish, suv ta’minoti, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti obyektlarini barpo etish hamda rekonstruksiya qilish sohasida maqsadli davlat dasturlarini amalga oshirish uchun mablag‘larni maqsadli va ishonchli yo‘naltirishni ta’minlaydigan kompleks tadbirlar ko‘rish;

to‘rtinchidan — ko‘p xonadonli uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, ko‘chmas mulk egalarining xonalarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishiga yo‘l qo‘ymaslik;

beshinchidan — ko‘p xonadonli uy-joy fondidan sifatli foydalanish va ta’mirlash-tiklash ishlari o‘tkazilishini ta’minlash;

oltinchidan — uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

yettinchidan — aholini zamonaviy va sifatli kommunal xizmatlar bilan ta’minlash darajasini oshirish imkonini beradi.