1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aloqa to‘g‘risida”gi 512–XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 3, 159-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) 5-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
birinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi 734–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan 78-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 149-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 9, 417-modda; 2009-yil, № 9, 330-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 23-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qayta tashkil etilishi natijasida auditorlik tashkilotining faoliyati tugatilganda, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan auditorlik tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan auditorlik tashkilotlarida litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib yuborilishi mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 863–XII-sonli O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 350-modda; 2012-yil, № 9/2, 246-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 13-moddaning uchinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 59-moddadagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 81-moddaning uchinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarning hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda olib borish, basharti bu harakatlar to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqning yoki boshqa majburiy to‘lovlarning summasini kamaytirishga olib kelsa, shuningdek budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlarni, boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun zarur bo‘lgan soliq hisobotlarini, hisob-kitoblarini hamda boshqa hujjatlarni, debitorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalarini yoxud to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi yozma bildirishni taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki belgilanmagan shaklda taqdim etish, xuddi shuningdek kameral nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan tafovutlarning asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik”;
nomidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
“Tovar belgisidan oxirgi besh yil davomida uzrli sababsiz uzluksiz foydalanilmagan taqdirda, uning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi istalgan manfaatdor shaxsning talabi bo‘yicha bekor qilinishi mumkin”;
Bevosita tovar belgisining egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishi mazkur tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi bo‘lmaydi”.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi 483–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“sanitariya-epidemiologik xulosa — oziq-ovqat mahsulotining va uni tayyorlash hamda undan foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalarning sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat”;
“sanitarno-epidemiologicheskoye zaklyucheniye — dokument, udostoveryayuщiy sootvetstviye piщevoy produksii i oborudovaniya, prednaznachennogo dlya eye izgotovleniya i ispolzovaniya, sanitarnim pravilam, normam i gigiyenicheskim normativam”;
2) 6-moddaning ikkinchi qismidagi “gigiyena sertifikati” degan so‘zlar “sanitariya-epidemiologik xulosa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-598-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 27-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son)
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi 725–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 16-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 7-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 19-moddaning birinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi 813–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 91-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib yuborilishi mustasno”.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi 71–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 142-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 9, 245-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
birinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “qayta tuzilgan” degan so‘zlar “o‘zgartirilgan” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxslar bo‘lmish litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun tugatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi”;
“Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi, tegishli hujjatlar ilova qilingan holdagi arizani olgan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida amalga oshiriladi”;
“Litsenziyani qayta rasmiylashtirish tartibi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi”;
“yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib yuborilishi mustasno”;
3) 24-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “to‘qqizinchi” degan so‘z “o‘n birinchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi 267–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 19-moddadagi “Agentlikning rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar “Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “rasmiy axborotnomada” degan so‘zlar “Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “rasmiy axborotnomada” degan so‘zlar “Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran istalgan besh yil” degan so‘zlar “amal qilgan oxirgi besh yil” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Tovar belgisining mazkur Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan holda ishlatilishi tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalil hisoblanadi. Tovar belgisining egasi tomonidan taqdim etiladigan, tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalillar arizada ko‘rsatilgan vaqt davriga taalluqli bo‘lishi kerak”;
ikkinchi qismidagi “Agentlikning rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar “Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Bevosita tovar belgisining egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishi mazkur tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi bo‘lmaydi”;
reklamada, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda, peshlavhalarda, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda eksponatlarni namoyish etish vaqtida, ishlab chiqarilayotgan, sotuvga taqdim etilayotgan, sotilayotgan yoki boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritilayotgan yoxud shu maqsadda saqlanayotgan va (yoki) tashilayotgan yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning etiketkalarida, o‘rovlarida;
“Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, o‘rovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular soxtalashtirilgan bo‘ladi”;
6) 322-moddaning uchinchi qismidagi “Agentlikning rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar “Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi 358–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4–5, 68-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 9, 415-modda; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 635-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 12, 467-modda; 2012-yil, № 4, 107-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) 18-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
“Qo‘shib yuborish shaklida qayta tashkil etilayotganda litsenziyani qayta rasmiylashtirishga qayta tashkil etilayotgan sug‘urtalovchilarda yangidan vujudga kelgan sug‘urtalovchini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-sentabrda qabul qilingan “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–53-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 495-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 12-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
“Litsenziyani qayta rasmiylashtirishga yangidan vujudga kelgan mikrokredit tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida litsenziyasi mavjud bo‘lgan mikrokredit tashkilotlari qo‘shib yuborilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi”;
Keyingi tahrirga qarang.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 21-sentabrda qabul qilingan “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi O‘RQ–55-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 497-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2012-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 12-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“mijozga (ishonch bildiruvchiga) uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar yetkazilganligi haqida dalolat beruvchi faktlar, shuningdek qonun hujjatlarining buzilganligi aniqlangan taqdirda, bu haqda mijozga (ishonch bildiruvchiga) ma’lum qilishi;
vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda soliq maslahati bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi soliq maslahatchilari to‘g‘risida va soliq maslahatchilarining malaka oshirishdan o‘tishi haqida axborot taqdim etishi;
soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilish qoidalarini belgilashi va unga amal qilishi shart. Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga doir talablar milliy standartlar bilan belgilanadi”;
Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi soliq maslahatchilari tashkiloti mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq maslahati bo‘yicha hisobotni va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini milliy standartlarda belgilangan tartibda taqdim etadi.
Soliq maslahati bo‘yicha hisobot soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan soliq maslahati predmeti haqidagi axborotni o‘z ichiga oladi.
Soliq maslahati bo‘yicha hisobotning har bir sahifasi soliq maslahatini amalga oshirgan soliq maslahatchisi tomonidan imzolanadi, hisobot soliq maslahatchilari tashkiloti rahbarining imzosi va mazkur tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
Soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasi — soliq maslahatchilari tashkilotining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash, soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarni aniqlash va hisobini yuritish to‘g‘risidagi fikrini o‘z ichiga oluvchi yozma shaklda ifodalangan hujjatdir.
Soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasi soliq maslahatchisi (soliq maslahatchilari), soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari tomonidan imzolanishi va mazkur tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanishi kerak”;
3) 17-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “ikki martadan ko‘p” degan so‘zlar “ikki marta” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘RQ–319-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 1, 5-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 13-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektga zarar keltirishi yoki uning ishchanlik obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri taqqoslashlar. Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektning tovarini xolisona tasdiqqa ega bo‘lgan tavsiflarni yoki taqqoslash parametrlarini ko‘rsatmagan holda tovarning ustunligi haqida taassurot hosil qiluvchi so‘zlardan yoki belgilardan foydalanish orqali boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) o‘zga tovari bilan taqqoslash yoxud ko‘rsatilgan so‘zlarni yoki belgilarni o‘z ichiga olgan tasdiqlar yolg‘on, noaniq bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan hollar noto‘g‘ri taqqoslashdir;
yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalaridan, tovarni individuallashtirish vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanilgan holda tovarni realizatsiya qilish, shu jumladan tovarni xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovar belgisiga, firma nomiga o‘xshash bo‘lgan yoxud adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan uni tovarlarda, etiketkalarda, o‘rovlarda joylashtirish yo‘li bilan yoki sotilayotgan yoxud fuqarolik muomalasiga o‘zgacha tarzda kiritilayotgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqacha tarzda foydalanish yo‘li bilan, shuningdek ushbu belgidan domen nomida foydalanish orqali qonunga xilof ravishda foydalanilgan holda realizatsiya qilish;
tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, iste’mol xossalari, narxi, sifati, ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat majburiyatlari xususida iste’molchilarni chalg‘itish, xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) tomonidan fuqarolik muomalasiga kiritiladigan tovarni uning tashqi bezatilishi va shaklini, nomini, tamg‘alanishini, etiketkasini, o‘rovini, ranglar uyg‘unligini, tovar belgisini takrorlash, reklama materiallaridan yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovarini individuallashtiruvchi boshqa elementlardan nusxa ko‘chirish orqali qalbakilashtirish”;
“Yuridik shaxsni individuallashtirish vositalariga, tovarni individuallashtirish vositalariga bo‘lgan mutlaq huquqni olish, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) tomonidan avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovarga nisbatan belgi bilan aynan o‘xshash yoki adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 20-dekabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ–341-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 332-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
“yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda ayni bir harakatni va (yoki) faoliyatni bajarish va (yoki) amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib yuborilishi mustasno”;
“Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ayni bir harakatni va (yoki) faoliyatni bajarish va (yoki) amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud yuridik shaxslar bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari qo‘shib yuborilgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatdagi mavjud ma’lumotlar ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgargan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish tadbirkorlik subyektining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi”;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonun ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda aholi o‘rtasida mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlasin.
Ushbu Qonun 4-moddasining 1-bandi mazkur Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
LexUZ sharhi