16.08.1999 yildagi 390-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2020
Hujjat 16.08.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 13-maydagi 203-son qarori bajarilishini ta’minlash, ta’lim mazmuniga islohotlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda zarur tuzatishlar kiritish, uning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlarni yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari bilan faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlasin.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tarkibiy qismi bo‘lib, u ta’lim sohalarini me’yorlashga hamda maktabning moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bo‘ladigan davlat hujjatidir (1, 2-jadvallar). Tayanch o‘quv rejasi o‘quv predmeti bo‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining minimum hajmdagi miqdorini ifodalaydi. U har bir sinfda muayyan o‘quv predmeti bo‘yicha davlat standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashga asos bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.