LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Aholiga xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatini oshirish, yo‘lovchilar tashuvchi avtomobil transporti bilan xizmatlar ko‘rsatish sohasida raqobat muhitini yaratish, yo‘lovchilar tashuvchi avtomobil transporti faoliyatini tartibga solish hamda Olmaliq, Buxoro, Namangan, Nukus va Samarqand shaharlarida shaharda yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishning ijobiy tajribasini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi shahar atrofi, shaharlararo (viloyat ichida, viloyatlararo) va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun respublikada ochiq tenderlar o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasi doirasidagi yo‘nalishlarda — shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari komissiyalari;
Keyingi tahrirga qarang.
shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o‘rtasidagi yo‘nalishlarda, shuningdek xalqaro yo‘nalishlarda — Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishni tashkil etish masalalari bo‘yicha idoralararo komissiya ochiq tenderlar tashkilotchilari bo‘ladilar.
Shahar atrofi, shaharlararo (viloyat ichida, viloyatlararo) va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazishga oid chora-tadbirlar dasturi 1-ilova*ga muvofiq;
Shahar atrofi, shaharlararo (viloyat ichida, viloyatlararo) va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq;
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishni tashkil etish masalalari bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibi 4-ilova*ga muvofiq;
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishni tashkil etish masalalari bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishni tashkil etish masalalari bo‘yicha idoralararo komissiya qarori asosida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tender g‘olibi bilan shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish yuzasidan kontrakt tuzadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Shahar atrofi, shaharlararo (viloyat ichida, viloyatlararo) va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda Idoralararo komissiyani va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining tegishli komissiyalarini ular bilan ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
o‘n kun muddatda shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyalarini tuzsinlar va ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasinlar;
yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyalari rahbarlarining hisobotlarini yilning har choragida eshitib borsinlar va ularga har tomonlama ko‘maklashsinlar.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
7. Ommaviy axborot vositalari shahar atrofi, shaharlararo (viloyat ichki, viloyatlararo) va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishning borishini muntazam yoritsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom shahar atrofida, shaharlararo va shaharlararo-viloyatlar ichida yo‘nalishlarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi doirasida yo‘nalishlarni, shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o‘rtasidagi yo‘nalishlarni, shuningdek xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilab beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ochiq tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, davlat soliq xizmati organlarida hisobda turadigan avtomobil transportida tegishli ravishda shahar atrofida shaharlararo, xalqaro yo‘lovchilar tashishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga hamda tender takliflarida tavsiya etilayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya kartochkalariga ega bo‘lgan har qanday yuridik shaxs qatnashishi mumkin. Har bir transport vositasini bittalab ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha belgilangan namunadagi, yo‘l harakati xavfsizligi hududiy boshqarmasi muhri bilan tasdiqlangan, ijobiy xulosali dalolatnomaning mavjud bo‘lishi qatnashchi uchun majburiy shart hisoblanadi. Tender qatnashchisi aynan bitta avtotransport vositalarini har xil yo‘nalishlarga tavsiya etishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Tugatish yoki bankrotlik bosqichida turgan yoxud mulkiga arest solingan talabgorlarning tenderda qatnashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 58-modda)
shahar atrofidagi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi doirasidagi yo‘nalishlarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining shahar atrofidagi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishlarni tashkil etish bo‘yicha komissiyalar (bundan keyin matnda — “Komissiya” deb ataladi);
Keyingi tahrirga qarang.
shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o‘rtasidagi yo‘nalishlarda, xalqaro yo‘nalishlarda — shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishni tashkil etish masalalari bo‘yicha Idoralararo komissiya (bundan keyin matnda— “Komissiya” deb ataladi).
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tenderga alohida yo‘nalishlar ham, yo‘nalishlar paketlari ham qo‘yilishi mumkin shuningdek uzunligi kamida 400 km bo‘lgan ushbu yo‘nalishlarning alohida jadvallari.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 58-modda)
Yo‘nalishlar paketlarini shakllantirishda yo‘nalishlarning ahamiyati va rentabelligi hisobga olinadi. Paketga rentabelli yo‘nalishlar bilan bir qatorda aholiga xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan rentabelsiz yo‘nalishlar ham kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashuvchiga tender o‘tkazilmasdan yo‘nalishda ishlash huquqining birkitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
yangi yo‘nalish ochilgandan keyin uch-to‘rt oy mobaynida yangi yo‘nalishda avtotransport vositalarining muntazam sinov ishlari bajarilishi;
ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida oldindan kutilmagan vaziyatlarda, ayrim uchastkalar, transport uzellari va maydonlari yopilganda vaqtinchalik yo‘nalishlar joriy etilishi;
dam olish zonalari, sport-sog‘lomlashtirish komplekslari, yarmarkalarning faoliyat ko‘rsatish davrida mavsumiy yo‘nalishlarning tashkil etilishi;
maxsus yo‘nalishlar (tashkilotlar xodimlarini ishga olib borish va ishdan olib ketish kabilar uchun) tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Tenderda qatnashish uchun buyurtmanomalar mavjud bo‘lmaganda yoxud unda atigi bir nafar tashuvchi qatnashganda Komissiya ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda takroriy tender tashkil etishi kerak, bunda yo‘nalishga (yo‘nalishlar paketiga yoki jadvalga) yo‘nalishga qo‘yiladigan talablarning qayta ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Agar takroriy tenderni o‘tkazishda yo‘nalishga (yo‘nalishlar paketiga) yana atigi bir nafar tashuvchi talabgor bo‘lsa, Komissiya ushbu tashuvchiga yo‘nalishda (yo‘nalishlar paketida yoki jadvalida) ishlash huquqini mazkur tashuvchining tender takliflari qo‘yilayotgan talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda biriktirib qo‘yish huquqiga egadir.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 58-modda)
yo‘nalishlarni mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilar o‘rtasida haqqoniy, xolisona taqsimlash;
tashuvchini tanlash masalalarining subyektiv hal etilishi imkoniyatiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik uchun g‘olibni tanlash tender qatnashchilari, matbuot vakillari ishtirokida o‘tkazilishi kerak;
tashuvchilar tender hujjatlarida qayd etilgan yagona talablar va yo‘lovchilar tashish qoidalari asosida raqobatlashishi kerak;
yo‘lovchilar tashish huquqini tashuvlarning eng foydali shartlarini (avtobuslarning qulay rusumlari, qatnov oralig‘i katta bo‘lgan yo‘nalishda xizmatlar ko‘rsatish, yo‘nalishlarda ishlash chog‘ida qatnov xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarining samarali tizimi va shu kabilarni) taklif etgan tashuvchi oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Komissiya tenderga qo‘yiladigan yo‘nalishlar (yo‘nalishlar paketlari yoki jadvali) ro‘yxatini tayyorlaydi, tender hujjatlari paketini shakllantiradi, tender predmetini, uni o‘tkazishning asosiy shartlarini, tartibini, vaqtini, joyini, shu jumladan tender qatnashchilari tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini tender o‘tkazilishidan kamida 30 kun oldin ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 58-modda)
8. Ochiq tenderda qatnashishni xohlovchilar tender hujjatlari paketini olish yuzasidan Komissiyaga yozma buyurtmanoma berishlari kerak. Buyurtmanomalar berish va tender hujjatlarini olish uchun belgilangan muddat tender o‘tkaziladigan sanadan 5 kun oldin tugaydi. Barcha buyurtmanomalar Komissiyaning tartib raqami qo‘yilgan va ip o‘tkazib bog‘langan maxsus daftarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
9. Komissiya tashuvlarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan qatnashchilardan tushgan barcha buyurtmanomalarni istisnosiz qabul qilishga majbur.
Ochiq tenderda qatnashish uchun belgilangan muddatdan kechikib tushgan buyurtmanomalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qatnashchi tender hujjatlari bahosini e’lonlarni chop etish xarajatlarini hisobga olgan holda ularni tayyorlashning haqiqiy tannarxi bo‘yicha to‘lashi kerak. Tushgan mablag‘lar viloyat hokimligining (O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining) maxsus schyotiga o‘tkaziladi va ulardan faqat tenderlar o‘tkazishni tashkil etish uchun foydalaniladi. Faqat komissiya raisi Komissiya a’zolari bilan kelishgan holda ushbu mablag‘larni tasarruf etish huquqiga ega.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 58-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
shahar atrofida, shaharlararo (viloyat ichida, viloyatlararo) va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish yuzasidan ochiq tenderlar tashkil etish bo‘yicha nizom;
Oldingi tahrirga qarang.
yo‘nalishda (yo‘nalishlar paketida, yo‘nalishning alohida jadvalida) yo‘lovchilar tashish transportida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha kontraktning namunaviy shakli;
Konvertga tenderga qo‘yilayotgan yo‘nalishning (yoki yo‘nalishlar paketining, yo‘nalishning alohida jadvalining) nomi yoziladi.
Agar tenderga bittadan ortiq yo‘nalish (yo‘nalishlar paketi, yo‘nalishning alohida jadvali qo‘yilgan bo‘lsa), u holda har qaysi yo‘nalish (yoki yo‘nalishlar paketining, yo‘nalishning alohida jadvali) uchun alohida konvert ajratilgan bo‘lishi kerak. Tenderning u yoki bu qatnashchisini ajratib olish mumkin bo‘lmasligi uchun konvertlarda hech qanday chiziqchalar yoki farqlovchi belgilar bo‘lmasligi kerak. Tenderda qatnashishga talabgorga tender hujjatlari paketini berish maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(11-bandning yettinchi—o‘n birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 34-sonli qaroriga asosan yettinchi — o‘ninchi xatboshilarga almashtirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 58-modda)
12. Tender bo‘yicha takliflarni qabul qilish tender o‘tkazilishidan bir kun oldin tugaydi. Tender bo‘yicha takliflarni qabul qilishning tugash sanasi va vaqti Komissiya tomonidan o‘tkaziladigan tender to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
13. Tender bo‘yicha takliflar topshirilgandan keyin qatnashchilar ularga biron-bir tuzatishlar kiritish huquqiga ega emas.
e) yo‘nalishlarda ishlayotganda harakatlanish xavfsizligini va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasi.
15.2. Viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha ham 15.1-bandda qayd etilgan mezonlar qo‘llanadi, “g” va “d” kichik bandlaridagi ko‘rsatkichlardan tashqari.
Qatnashchi tender bo‘yicha takliflarning barcha bandlariga doir to‘liq va mufassal axborot taqdim etishga majbur.
16. Tender bo‘yicha takliflar Komissiyaning har bir a’zosi tomonidan quyidagi tartibda ko‘rib chiqiladi va baholanadi:
a) yo‘nalishdagi 1 yo‘lovchi — km uchun tarifning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan darajasi uchun — tashish tarifi darajasini Komissiya talab qilayotganga nisbatan pasaytirishning har bir punkti uchun oshib boruvchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda besh balli tizim bo‘yicha;
b) transport vositasining rusumi (klassi), ishlab chiqarilgan yili uchun — tabaqalashtirilgan ballar bo‘yicha;
v) avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy yo‘lovchi o‘rinlari soni uchun — tabaqalashtirilgan ballar bo‘yicha.
Komissiya yo‘nalishda ishlash uchun talab qilinadigan avtomobillar rusumini va ular bo‘yicha tabaqalashtirilgan ballarni mustaqil ravishda belgilaydi.
g) avtobuslar ish tartibining taklif etilayotgan varianti uchun — ish tartibini oshirishning har bir punkti uchun oshib boruvchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda besh balli tizim bo‘yicha;
d) yo‘nalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni uchun — talab qilinayotgan miqdordan ortiqcha taklif etilayotgan har bir qatnov uchun oshib boruvchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda besh balli tizim bo‘yicha;
e) yo‘nalishlarda ishlayotganda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasi — besh balli tizim bo‘yicha. Bunda tashuvchi besh ballni quyidagi majburiy shartlarni bajargan taqdirda oladi:
har kuni qatnovga chiqishdan oldin transport vositalarini texnikaviy nazoratdan o‘tkazishni ta’minlash;
Agar talabgor qayd etilgan shartlarni bajara olmasa, u holda 5 ballga nisbatan kamayib boruvchi koeffitsiyent qo‘llanadi, u amalda bajariladigan shartlarning uchta majburiy talabga bo‘lgan nisbati sifatida aniqlanadi.
Komissiya, yo‘nalishga nisbatan aniq talablarni hisobga olgan holda, qatnashchilarning tender bo‘yicha takliflarini baholashga qo‘shimcha talablarni taklif etishga haqli.
Tender bo‘yicha takliflarni baholashni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlar va ularning shakllari O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Komissiya tender bo‘yicha takliflarni baholashning yakuniy balini har bir qatnashchi bo‘yicha aniqlaydi.
18. Agar tanlab olish natijalariga ko‘ra bir nechta talabgor teng ballar olgan bo‘lsa, u holda g‘olib Komissiya a’zolarining yopiq ovoz berishi yo‘li bilan aniqlanadi.
19. Komissiyaning tender g‘olibini aniqlash bo‘yicha majlisi natijalari protokol bilan rasmiylashtiriladi, uni Komissiya a’zolari, raisi va mazkur yo‘nalish yoki yo‘nalishlar paketi bo‘yicha tender g‘olibi imzolaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Tender g‘olibiga tender bo‘yicha yutib chiqilgan mazkur yo‘nalishda (yo‘nalishlar paketida, yo‘nalishning alohida jadvalida) ishlash huquqini tasdiqlovchi guvohnoma beriladi. Guvohnomani Komissiya raisi imzolaydi hamda u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi muhri bilan tasdiqlanadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 58-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
20. Kontraktni imzolash muddati qatnashchi tender g‘olibi deb e’lon qilingandan keyin 20 kundan oshmasligi kerak. Komissiya kontrakt imzolangungacha oldindan (tender o‘tkazilgandan keyin 15 kun mobaynida) g‘olibning tender bo‘yicha takliflarining to‘g‘riligini tekshirishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Tender g‘olibining tender bo‘yicha uning tender takliflarining haqiqiyligi Komissiya tomonidan aniqlanishi kerak bo‘lgan takliflarining noto‘g‘ri ekanligi aniqlangan taqdirda eng ko‘p ballar miqdori bo‘yicha keyingi talabgor g‘olib deb e’tirof etiladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimligi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tender g‘olibi bilan yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish transporti bilan xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan kamida 1 yil muddatga kontrakt tuziladi.
(20-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Tashuvchi tomonidan kontrakt bo‘yicha ishlarning barcha shartlariga rioya qilingan taqdirda kontraktni imzolagan organ Komissiya qarori asosida kontraktning amal qilish muddatini uzaytirishga haqlidir.
21. Tenderning istalgan qatnashchisi Komissiyadan tender bo‘yicha takliflarning baholash natijalarini yozma shaklda olish huquqiga ega.
1. Shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasi doirasidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi (bundan keyin matnda “Komissiya” deb ataladi) shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashish ishlarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, ular ko‘rsatayotgan xizmatlar hajmlari va turlarini kengaytirish, transport xizmatlari ko‘rsatish bozorida raqobat muhitini yaratishga oid kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, ushbu chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
2. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Namunaviy nizomga amal qiladi.
shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashuvchi avtomobil transportining bir maromda ishlashini ta’minlashga oid ishlarni muvofiqlashtirish;
transport xizmatlari ko‘rsatish bozorida mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilar uchun teng shart-sharoitlar yaratish va sog‘lom raqobatni rivojlantirish;
shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida yo‘nalishlarni joylashtirish uchun tenderlarni tashkil etish va o‘tkazish;
yo‘lovchilar tashish avtomobil transportini rivojlantirishga, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmlari va turlarini kengaytirishga oid kompleks chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
4. Komissiya O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Davlat avtomobil nazorati, soliq organlari, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi organlari va joylardagi boshqa manfaatdor organlar vakillaridan shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat hokimining transport va aloqaga mutasaddilik qiluvchi o‘rinbosari Komissiya raisi hisoblanadi.
Komissiya tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
davlat boshqaruvi organlaridan va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olish;
Keyingi tahrirga qarang.
vakolatli organlar tomonidan yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini, tashuvchilar tomonidan belgilangan grafiklarga, jadvallarga, tashish tariflariga rioya qilinishini, tekin va imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilarning tekin va imtiyozli yurishi ta’minlanishini nazorat qilishga oid tadbirlarni uyushtirish;
tenderda yutib chiqilgan yo‘nalishlarda qonunga zid ravishda ishlovchi tashuvchilar aniqlanganda Davlat avtomobil nazorati, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi organlariga tegishli choralar ko‘rish to‘g‘risida takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
shahar atrofida va shaharlararo-viloyat ichida yo‘lovchilar tashishning amaldagi tariflarini o‘zgartirish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklariga takliflar kiritish.
tender bo‘yicha joylashtirilgan yo‘nalishlardagi ish natijalarini muntazam ravishda (bir oyda kamida bir marta) yakunlab borishga;
shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘lovchilar tashish transporti ishi yuzasidan tushgan shikoyatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish ishlarini tashkil qilishga va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rishga;
yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning sifati va madaniyatining u yoki bu masalalari, grafiklar va yo‘nalishlar bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishni tashkil etishga;
aholini va davlat boshqaruvi mahalliy organlarini shahar atrofi, shaharlararo-viloyat ichki yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarida ishlash huquqini beruvchi tenderda yutib chiqqan yo‘lovchi tashuvchilar bilan tuzilgan kontraktlar bajarilishi to‘g‘risida har oyda xabardor qilib turishga, yo‘lovchilar tashish avtomobil transportini rivojlantirish, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmlari va turlarini kengaytirishga;
tashuvchilar o‘tkazilgan tender yakunlari bo‘yicha Komissiya yoxud uning tartibotlaridan norozi bo‘lganlarida ularga tushuntirishlar berishga majburdir.
7. Komissiya majlislari zaruratga qarab, lekin bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Komissiya majlisi unda Komissiya a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi qatnashganda vakolatli bo‘ladi.
Komissiya qarorlari ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokollar bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda Komissiya raisining (u bo‘lmaganda — rais o‘rinbosarining) ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
8. Komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishni tashkil etish masalalari bo‘yicha idoralararo komissiya (bundan keyin matnda — Komissiya deb ataladi) shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlar ishini takomillashtirish, transport xizmatlari ko‘rsatish bozorida sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash va ushbu vazifalarning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
2. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga amal qiladi.
shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish transportining bir maromda ishlashini ta’minlashga oid ishlarni muvofiqlashtirish;
transport xizmatlari ko‘rsatish bozorida mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilar uchun teng shart-sharoitlar yaratish va sog‘lom raqobatni rivojlantirish;
shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar tashkil etish va o‘tkazish;
yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirish, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning hajmlari va turlarini kengaytirishga oid kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;
Oldingi tahrirga qarang.
4. Komissiya O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “O‘zavtotrans” korporatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa manfaatdor idoralarning rahbar xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olish;
Keyingi tahrirga qarang.
vakolatli organlar tomonidan yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini, tashuvchilar tomonidan belgilangan grafiklarga, jadvallarga, tashish tariflariga rioya qilinishini, tekin va imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilarning tekin va imtiyozli yurishi ta’minlanishini nazorat qilinishiga oid tadbirlarni uyushtirish va boshqalar;
tenderda yurib chiqilgan yo‘nalishlarda qonunga zid ravishda ishlayotgan tashuvchilar aniqlanganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rish.
tender bo‘yicha joylashtirilgan yo‘nalishlardagi ish natijalarini muntazam ravishda (yilning har choragida kamida bir marta) yakunlab borishga;
shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish transporti ishi yuzasidan tushgan shikoyatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish ishlarini tashkil etish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rishga;
jadvallar va yo‘nalishlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatishning sifati, madaniyati va bir maromda bo‘lishining u yoki bu masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishni tashkil etishga;
aholini va davlat hokimiyati mahalliy organlarini shaharlararo, xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarida ishlash uchun tenderlarda yutib chiqqan tashuvchilar bilan tuzilgan kontraktlarning bajarilishi to‘g‘risida har oyda xabardor qilib turishga;
tashuvchilar o‘tkazilgan tender yakunlari bo‘yicha Komissiya qaroridan yoxud uning tartibotlaridan norozi bo‘lganlarida ularga tushuntirishlar berishga majburdir.
7. Komissiya majlislari zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta o‘tkaziladi. Komissiya majlisi unda Komissiya a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi qatnashganda vakolatli bo‘ladi.
Komissiya qarorlari ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokollar bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda Komissiya raisining (u bo‘lmaganda — rais o‘rinbosarining) ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
8. Komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik ta’minlash O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.