Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 16.03.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
moddiy-texnik va o‘quv-pedagogik bazasi nisbatan past darajali 1-ilovaga muvofiq to‘rtta akademik litseyni tugatish, tugatilayotgan akademik litseylarning 1-bosqichlariga o‘quvchilarni qabul qilishni 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab to‘xtatish;
faoliyati ko‘rsatkichlari eng past bo‘lgan 2-ilovaga muvofiq 54 ta akademik litseyni bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantirish;
3-ilovaga muvofiq o‘quv jarayoni samaradorligini yanada oshirish va akademik litseylar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi ko‘rsatkichlarini oshirish chora-tadbirlari dasturi haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
akademik litseylarning bitiruvchilariga 4-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassisliklar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi

T/r

Tadbirning nomi

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochi

1.

Akademik litseylarga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarida ish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tayyorlash va belgilangan tartibda tasdiqlash. Nizom quyidagilar bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining funksiyalarini qayta ko‘rib chiqish va kuchaytirishni nazarda tutadi:

akademik litseylar o‘quvchilari va o‘qituvchilarining biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarining moddiy va axborot resurslaridan keng foydalanishini ta’minlash (aniq mexanizmi);

oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibini akademik litseylarda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga keng jalb etish;

akademik litseylardagi o‘quv jarayonini ilmiy-metodik olib borish;

har bir akademik litseyda o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirishga ko‘maklashuvchi, har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlar olish bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘nikmasini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ta’lim sifatini tubdan yaxshilashni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, elektron ta’lim resurslarini va multimedia o‘qitish tizimlarini keng joriy etishni nazarda tutuvchi ta’lim muhitini yaratish;

akademik litseylar o‘qituvchilarini oliy ta’lim muassasalarining kafedralariga va tajribali o‘qituvchilariga biriktirish yo‘li bilan ular ustidan patronajni tashkil etish;

oliy ta’lim muassasalari Kengashlari majlislarida o‘quvchilarning o‘zlashtirishi masalalarini tanqidiy tahlil qilish va akademik litseylarda ta’lim jarayonini takomillashtirish.

2017-yil aprel

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazi, oliy ta’lim muassasalari

2.

O‘quv jarayonini tashkil etishda oliy ta’lim muassasalarining akademik litseylarga ko‘maklashishi samaradorligi monitoringini olib borish va baholash mezonlari tartibini quyidagilarni hisobga olgan holda ishlab chiqish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlash, bunda:

biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari moddiy va axborot resurslarining akademik litseylar ta’lim jarayoniga jalb etilganligi darajasi;

oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibining akademik litseylarning o‘quv jarayonida ishtiroki darajasi;

akademik litseylar o‘qituvchilarining sifat tarkibini takomillashtirish;

ta’lim jarayonining sifatini oshirish;

o‘quvchilarning joriy o‘zlashtirishi hamda pirovard natijalari (olimpiadalar, tanlovlarda qatnashish natijalari, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi ko‘rsatkichi va shu kabilar).

2017-yil aprel

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazi, oliy ta’lim muassasalari

3.

Akademik litseylar o‘qituvchilarining professional va pedagogik mahoratini oshirish va ularning faoliyatini rag‘batlantirish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlash, bunda:

ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xorijiy tillarni qo‘llash asoslari bo‘yicha trening va seminarlar o‘tkazish;

oliy ta’lim muassasalarining yetakchi professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan mahorat darslari o‘tkazilishi;

akademik litseylarning o‘qituvchilariga amaliy ilmiy-metodik yordam berish;

yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish — 2017-yil may

Amalga oshirish 2017 — 2021-yillar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazi, oliy ta’lim muassasalari

4.

Akademik litseylarda ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini takomillashtirishga va o‘quvchi yoshlar orasida olib boriladigan tarbiyaviy tadbirlarning natijalarini oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlash.

Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish — 2017-may

Amalga oshirish 2017 — 2021-yillar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazi
, manfaatdor vazirlik va idoralar, “Kamolot” YIH, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Respublika Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi

5.

Hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolli ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda 54 ta akademik litseyni bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantirish bo‘yicha takliflar kiritish:

2017/2018 o‘quv yilida 18 ta akademik litsey;

2018/2019 o‘quv yilida 18 ta akademik litsey;

2019/2020 o‘quv yilida 18 ta akademik litsey.

Har yili 10-martgacha

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

6.

Akademik litseylarni oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qayta taqsimlash va akademik litseylarni nomlashni (raqamlashni) har yili ularning bir qismini kasb-hunar kollejiga aylantirgandan keyin muvofiq holatga keltirish.

Har yili 1-sentabrgacha

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazi

7.

Tugatilayotgan 4 ta akademik litseyning binolari, inshootlari va yer uchastkalaridan keyinchalik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ehtiyojlari uchun foydalanish yuzasidan takliflar kiritish.

Har yili 1-avgustgacha

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Andijon, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari hayotga izchil joriy etilishi natijasida yurtimizda 1 ming 500 dan ziyod o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari barpo etildi.

Mamlakatimizdagi 1411 ta kasb-hunar kollejlarida yoshlarimiz bir nechta ixtisoslik bo‘yicha zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallab kelmoqda.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari qoshida 144 ta akademik litsey tashkil etilgan bo‘lib, ularda aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar hamda madaniyat va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha, yangi pedagogik va informatsion texnologiyalar asosida zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlangan kabinetlarda yosh avlodga puxta bilim berilmoqda. Ushbu maskanlarni har yili o‘rtacha 35 ming nafar yigit-qiz bitirib chiqmoqda.

Akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik, iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi ishlarning qoniqarli emasligini ko‘rsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik litseylar sonini optimallashtirish, ulardagi ta’lim sifatini oshirish va mazmunini yangilash, ularni bitirib chiqayotgan yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo bo‘lm�qda.

Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror akademik litseylarda o‘quv jarayonining sifati va samaradorligini oshirish, bu maskanlarda ta’lim berish uchun umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini saralab olish, yoshlarning o‘zlari tanlagan kasb va mutaxassisliklarni egallashga bo‘lgan orzu-intilishlariga erishmog‘i uchun yanada keng sharoitlar yaratish kabi aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:

bugungi kunda moddiy-texnik va o‘quv-metodik bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan 4 ta akademik litsey faoliyati tugatiladi hamda oliy ta’lim muassasalaridan uzoqda joylashgan, ta’lim sifati va bitiruvchilarining institut va universitetlarga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan 54 ta akademik litsey bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantiriladi;

investitsiya dasturi loyihasi va qurilishlarning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirishda akademik litseylar negizida tashkil etiladigan kasb-hunar kollejlari uchun yangi o‘quv ustaxonalari qurish uchun mablag‘lar ajratishga alohida e’tibor qaratiladi;

kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning 2 va 3-bosqich o‘quvchilari o‘qishni tugatgach, yaqin hududda joylashgan, ta’lim yo‘nalishi o‘xshash bo‘lgan akademik litseylarda yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi va davlat namunasidagi akademik litsey bitiruvchisi diplomini oladi;

oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali professor-o‘qituvchilarini akademik litseylarda dars berishga kengroq jalb qilish maqsadida akademik litseylardagi o‘qituvchilik faoliyatiga soatbay haq to‘lash miqdori oliy ta’lim muassasalarida mehnatga soatbay haq to‘lash miqdoriga tenglashtiriladi;

ta’limning uzluksizlik va uzviylik tamoyillariga rioya qilgan holda iqtidorli o‘quvchilar bilan ish olib borish doirasida ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari bilan akademik litseylar o‘rtasida o‘zaro ta’sirchan hamkorlik mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.

Akademik litseylarda ta’lim sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va multimedia taqdimotlarini keng tatbiq qilish va buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:

o‘quv guruhlari tarkibi 26 nafar o‘quvchidan ortiq bo‘lmagan tarzda shakllantiriladi;

chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlar (ta’lim yo‘nalishlari) bo‘yicha amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari guruhlarga bo‘lingan tarzda, ya’ni ikkita kichik guruhda o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi;

pedagoglar tarkibi oliy ma’lumotli va kamida 5 yillik uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan malakali o‘qituvchilar orasidan tanlov asosida shakllantiriladi.

Yana bir muhim yangilik shundan iboratki, akademik litseylar direktorligi uchun nomzodlar akademik litseylar biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan tavsiya etilishi belgilanmoqda.

2017/2018 o‘quv yilidan boshlab akademik litseylar o‘quvchilarini umumta’lim fanlari bo‘yicha darsliklar bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan ijara tizimi asosida amalga oshiriladi. Kam ta’minlangan oilalar farzandlari umumta’lim fanlari bo‘yicha darsliklar bilan budjet mablag‘lari hisobidan bepul ta’minlanadi.

Yana bir muhim jihati shundaki, qarorda akademik litseylar bitiruvchilariga aniq mutaxassisliklar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ta’lim jarayoni yakuniga yetganidan so‘ng ularga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Qarorda ta’lim jarayoni sifatini oshirish va akademik litseylar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishi uchun alohida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Unda:

akademik litsey o‘quvchilarining biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlari va boshqa moddiy-texnik bazasidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish;

har bir akademik litseyda o‘quvchilarning individual qobiliyatidan kelib chiqib, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari, o‘quvchilarning ijodiy va mustaqil izlanishlariga yo‘naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish;

oliy ta’lim muassasalarining tajribali professor-o‘qituvchilarini akademik litseylarning pedagog kadrlariga patronaj sifatida biriktirish;

oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga baho berishda ular tomonidan ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha akademik litseylar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratish nazarda tutilgan. Bu borada seminar-treninglar tashkil etish, ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, xorijiy tillarni o‘zlashtirish, tajribali professor-o‘qituvchilar ishtirokida doimiy mahorat darslarini o‘tkazish, akademik litsey o‘qituvchilariga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni baholash mezonlarini ishlab chiqish kabi masalalar qamrab olingan.

Bundan tashqari, qarorda akademik litseylar negizida bosqichma-bosqich tashkil etilayotgan kasb-hunar kollejlari uchun zarur ustaxonalarni barpo etish va jihozlash, shuningdek, soatbay asosida akademik litseylarda faoliyat ko‘rsatuvchi professor-o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish uchun Davlat budjetidan zarur mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, qarorda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida akademik litseylarda o‘qitish sifati va samaradorligini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va maqsadli ta’limga yo‘naltirish, farzandlarimizning tanlangan mutaxa?sisliklarni puxta egallashlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga keng imkoniyatlar ochiladi.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi