LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi idoraviy normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2001-yil 13-fevraldagi PF-2810-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2001-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (keyingi o‘rinlarda matnda Vazirlik deb yuritiladi) mehnat, aholini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy muhofaza qilish va aholining ijtimoiy ta’minoti sohasida davlat boshqaruvining markaziy organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
Vazirlik o‘z ishini davlat boshqaruvining boshqa organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari hamda jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlisning qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mehnat, aholini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy muhofaza qilish va aholining ijtimoiy ta’minoti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlari vazirliklar, idoralar, joylardagi hokimiyat va boshqaruv organlari, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va muassasalar, shuningdek fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limlari, ijtimoiy ta’minot tuman (shahar) bo‘limlari, shuningdek vazirlikka va uning hududiy bo‘linmalariga qarashli boshqa tashkilotlar mehnat va respublika aholisini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining yagona tizimini tashkil etadi. Vazirlik o‘ziga tegishli masalalarni hal etishda ushbu barcha organlar faoliyatini yo‘naltiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
6. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob raqamlariga va boshqa hisob raqamlariga (shu jumladan valyuta va maxsus hisob raqamlariga), O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shuningdek tegishli muhrlar va shtamplarga ega bo‘ladi.
7. Vazirlik Vazirlikning, uning hududiy bosh boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlarining maxsus maqsadli budjetdan tashqari hisob raqamlarida jamlanadigan O‘zbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining va Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘larini bevosita boshqaradi.
xalqning moddiy farovonligi barqaror izchil o‘sishini ta’minlashga qaratilgan yagona ijtimoiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sharoitlarida aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish;
demografik rivojlanish prognozlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, mehnat bozorini shakllantirishga doir faol siyosat yuritish va mehnatga yaroqli aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta’minlash, mehnat resurslari balanslari asosida ish o‘rinlari barpo etish va kadrlar tayyorlashning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish;
mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnatni muhofaza qilish va normallashtirishning shartlari, tashkil etish tizimlarini takomillashtirish yuzasidan bozor sharoitlariga muvofiq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
pensionyerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarni amalda ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini aniq muhofaza qilishning samarali mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ijtimoiy ta’minotni tashkil etish va boshqarish, nogironlarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish xizmatlari faoliyatiga rahbarlik qilish, aholiga protez-ortopediya yordami ko‘rsatilishini tashkil etish;
mehnat, ish bilan ta’minlash, pensiya ta’minotini va aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari, korxonalar va tashkilotlarga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
aholini ish bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish va uning ijtimoiy muhofaza qilinishini kuchaytirishda joylardagi hokimiyat organlariga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga har tomonlama ko‘maklashish.
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda respublika va hududlarning demografik rivojlanish prognozlarini, aholini ish bilan samarali ta’minlash chora-tadbirlari kompleksini asoslagan holda mehnat resurslarining prognoz balanslarini ishlab chiqadi;
(9.1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
respublika va hududlarning mehnat resurslari miqdori va tarkibini o‘rganadi hamda uni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
migratsiya jarayonlarini o‘rganadi, tashqi mehnat migratsiyasini va xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi mehnat faoliyatini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
hududlarning demografik rivojlanish prognozlari asosida yangi korxonalarni joylashtirish va ishlab turganlarini kengaytirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlari bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanishini tadqiq etadi hamda ular asosida ishchi kadrlar va o‘quv yurtlarida mutaxassislarning kasb tayyorgarligi yo‘nalishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi;
tegishli mutaxassislarga talab va taklif balansi asosida hamda iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlar va bozor qayta o‘zgartirishlarini hisobga olgan holda professional ishchi kadrlar va mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
aholini ish bilan ta’minlash, yoshlarni, ishdan bo‘shatilgan xodimlarni va aholining boshqa toifalarini ishga joylashtirish, shuningdek bo‘sh ish joylari bo‘yicha axborot shakllantirilishi va tahlil etilishini tashkil etadi;
yoshlarning va ish bilan mashg‘ul bo‘lmagan aholining kasb-kor ustunliklari va mehnat yo‘nalishlarini aniqlash uchun sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkil etadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar, joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan birgalikda ish o‘rinlari tashkil etish dasturlarini ishlab chiqishda va ularni amalga oshirishni muvofiqlashtirishda qatnashadi;
aholini ish bilan ta’minlash va ish o‘rinlari barpo etish hududiy dasturlarini ishlab chiqishda hokimliklarga metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;
iqtisodiyotni isloh qilish va tarkibiy qayta tashkil etish davomida, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bankrotga uchrashi va tugatilishi natijasida ishdan bo‘shatilgan xodimlarni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
aholining o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlanishini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
ishsizlarning kasb o‘quvini, ularni qayta tayyorlashni va ularning malakasi oshirilishini tashkil etadi.
pensionyerlar, nogironlar, yolg‘iz keksa fuqarolar, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning aniqligi va samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashda qatnashadi;
davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirish va ijtimoiy muhofaza qilish mexanizmi ishlashi bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda pensionyerlar, nogironlar va yolg‘iz keksa fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, sanatoriy-kurortda davolanishga yo‘llanmalar va maxsus harakat qilish vositalari berilishida qatnashadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda muhim ijtimoiy-mehnat normalari va normativlari ro‘yxatini belgilaydi va ularning ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda aholi turmush darajasi va farovonligini tadqiq etadi, uni oshirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
(9.2-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
manfaatdor vazirliklar va idoralar, joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari ishtirokida pensionyerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarni, davlatning qo‘llab-quvvatlashiga ehtiyojmand bo‘lgan aholining boshqa ijtimoiy nochor guruhlarini ijtimoiy muhofaza qilishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
turmush darajasini tahlil etish va prognozlashtirish asosida aholining ko‘rsatib o‘tilgan toifalarini ijtimoiy muhofaza qilishga doir respublika dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi, maqsadli mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish uchun metodik tavsiyalar tayyorlaydi;
ishsizlar va ularning oila a’zolari Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobiga ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini tashkil etadi;
Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘liq tushishini ta’minlash, mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish ishlarini tashkil etadi;
eng kam ish o‘rinlarining ajratilishi va ularning ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar bilan butlanishi masalalarini o‘rganadi va tahlil etadi;
dehqon va fermer xo‘jaliklarida ishlovchi fuqarolar, shuningdek tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy muhofaza chora-tadbirlari ro‘yobga chiqarilishini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlashda qatnashadi;
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi ishtirokida narxlar o‘zgarishiga qarab ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalarning eng kam miqdorini belgilashga doir takliflar tayyorlaydi
(9.2-bandning o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
9.3. Mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnatni tashkil etish, uning shart-sharoitlarini va uni muhofaza qilishni takomillashtirish sohasida:
aholi daromadlarini ko‘paytirish va iste’mol darajasini oshirish rag‘batlari va shart-sharoitlarini oshirish yo‘nalishida mehnatga haq to‘lash fondini tartibga solishning amaldagi mexanizmini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishida qatnashadi;
mehnatni normalashtirish hamda ishchi kasblari va mutaxassislar va xizmatchilarning lavozimlari tarif-malaka tavsifnomalarini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar va korxonalar ishini muvofiqlashtiradi;
mehnatga haq to‘lashni, yagona tarif setkasini, ish haqini rayonlar bo‘yicha tartibga solishni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
tegishli kasaba uyushmalari organlarining (xodimlarning boshqa vakillik organlarining) hamda ish beruvchilarning (ularning birlashmalarining) takliflariga ko‘ra tarmoq bitimlari tuzishda qatnashadi;
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda mehnat shart-sharoitlarini baholash uchun normativ baza ishlab chiqilishini tashkil etadi, ish o‘rinlari mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilishiga metodik yordam ko‘rsatadi;
mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan belgilangan tartibda davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi;
vazirliklar va idoralarning Imtiyozli pensiya ta’minoti, qo‘shimcha ta’til, qisqartirilgan ish kuni huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, ishlar va kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflari yuzasidan xulosalar beradi;
noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun beriladigan imtiyozlar va kompensatsiyalarning amaldagi ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish uchun Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi;
manfaatdor idoralar va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi ishtirokida mehnat huquqlari, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlari va normativ-metodik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
mehnat, uning shart-sharoitlari va unga haq to‘lash, ish bilan ta’minlash, keksalar, pensionyerlar, nogironlar va boquvchisini yo‘qotgan, davlatning qo‘llab-quvvatlashiga ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi.
9.4. Pensiya xizmati va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar bilan ta’minlash sohasi bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy badallar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha ajratmalar to‘liq tushishini ta’minlash, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy to‘lovlar o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlanishi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan pensiyalar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar to‘lashga xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlaydi;
demografik prognozlar asosida qisqa muddatli va uzoq muddatli davrda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining moliyaviy ahvolini aktuar hisob-kitob qiladi;
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining budjeti loyihasini ishlab chiqadi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda Moliya vazirligiga kiritadi;
Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ijtimoiy sug‘urtaga majburiy badallar va ajratmalar tariflari miqdorlari hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining moliyaviy ahvolini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining budjeti ijrosi to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi;
ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan pensiyalar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar to‘g‘ri tayinlanganligi va to‘langanligini tekshirish bo‘yicha nazorat-taftish ishlarini amalga oshiradi va tashkil etadi;
pensiya va nafaqalar tayinlash va to‘lash ishlarini tashkil etadi va ularga metodik rahbarlik qiladi;
imtiyozli pensiya ta’minoti olish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha respublika organlari, tarmoq uyushmalari, konsernlar va birlashmalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, ularni takomillashtirish yuzasidan kelishilgan takliflar tayyorlaydi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda pensiya ta’minotining nodavlat tizimini barpo etish va rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda qatnashadi.
ijro etuvchi hokimiyat respublika, viloyat, tuman, shahar organlari ishtirokida keksa fuqarolar, nogironlar va davlatning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lgan aholining boshqa guruhlariga ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etadi;
ijtimoiy ta’minot muassasalarida (“Muruvvat”, “Sahovat” uylarida, pansionatlarda, sanatoriylarda) yashayotgan keksa fuqarolar va nogironlarga maishiy, tibbiy va madaniy xizmat ko‘rsatishni, bu muassasalarning moddiy-texnika negizi mustahkamlanishini tashkil etadi;
yolg‘iz keksa fuqarolarga ijtimoiy yordam xizmatining kompleks tarmoqlarini yaratadi va ularning ishi ustidan nazorat qiladi;
aholiga ijtimoiy yordam berish dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun mablag‘ jalb etish ishida davlat, jamoat, diniy va xayriya tashkilotlarining, muassasalar va korxonalarning o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlaydi;
yolg‘iz keksa fuqarolar, pensionyerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam beruvchi davlatga qarashli bo‘lmagan xizmatlar tashkil etishga ko‘maklashadi va ular ishi nazorat qilinishini ta’minlaydi;
o‘ziga qarashli muassasalar va tashkilotlarning aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilayotgan ishlarini, shu jumladan tijorat faoliyatini muvofiqlashtiradi.
nogironlarning kasb-hunar-texnika ta’limi va ularni qayta o‘qitish bo‘yicha idoraviy o‘quv yurtlariga rahbarlik qiladi;
infratuzilma obyektlarining nogironlar va keksa fuqarolar uchun qulayligini ta’minlovchi shaharsozlik sohasida davlat siyosatini shakllantirishda qatnashadi;
nogironlar uchun ish joylari tashkil etishda va ularni ishga joylashtirishda nogironlarning jamoat tashkilotlariga yordam beradi;
nogironlarning mehnatidan foydalanish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar tashkil etilishi va rivojlantirilishiga, mehnatning kasanachilik turlarini va ish bilan ta’minlashning boshqa shakllarini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
nogironlarni ijtimoiy sog‘lomlashtirish bosqichi sifatida ularning jismoniy tarbiya va sport harakati rivojlantirilishiga ko‘maklashadi;
maxsus harakat qilish vositalari, ishlab chiqarish va maishiy tusdagi moslamalar, nogironlarni sog‘lomlashtirish va ularni parvarish qilishning boshqa texnik vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi va ularni ishlab chiqarish uchun buyurtmalar beradi;
aholiga protez-ortopediya yordami ko‘rsatishni tashkil etishni, boshqa vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda protez-ortopediya buyumlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish, tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish, ularning yangi turlarini ishlab chiqarish ishlari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
nogironlarni protez-ortopediya buyumlari va harakat qilish vositalari bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.
Vazirlik tizimida reja-moliya ishlarini, tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarni hamda bu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni mablag‘ bilan ta’minlashni belgilangan tartibda tashkil etadi;
aholiga ijtimoiy yordam berishning har xil turlarini tashkil etishni iqtisodiy jihatdan asoslab beradi;
o‘z vakolati doirasida Vazirlik tizimi xodimlari mehnatini normalashtirish va ular mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish tadbirlarini amalga oshiradi;
tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar moliya-xo‘jalik faoliyatiga doir balanslar va hisobotlarni ko‘rib chiqadi;
tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar tomonidan davlat markazlashtirilgan sarmoya mablag‘laridan samarali foydalanilishini ta’minlaydi, Vazirlik tizimida obyektlar qurilishi va rekonstruksiya qilinishi bo‘yicha istiqbolli dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirish va rivojlantirish, mehnat va ijtimoiy ta’minot organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ular uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish;
Vazirlik oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni vazirliklar va idoralardan, joylardagi boshqaruv va davlat hokimiyati organlaridan, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
hay’at majlislarida vazirliklar va idoralarning, joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mas’ul xodimlarining Vazirlik vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitish;
mehnat va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlariga qonunda belgilangan tartibda ma’muriy jazolar berish;
ilmiy muassasalarni, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy olimlar va mutaxassislarni o‘ziga tegishli masalalarni hal etishga shartnoma asosida jalb etish;
vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va muassasalarning mehnat, ish bilan ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish, pensiya ta’minoti, nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan buyruqlari va boshqa normativ hujjatlarini bekor qilish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tegishli xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
11. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Vazir boshchilik qiladi.
Vazirning Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Vazirlik, uning tasarrufidagi muassasalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlari faoliyatiga rahbarlik qiladi;
o‘z vakolatlari doirasida tasarrufidagi barcha tashkilotlar va muassasalar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, ko‘rsatmalar va topshiriqlar beradi;
Vazirlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
vazir o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining, shuningdek tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar rahbarlarining ular zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun mas’uliyati darajasini belgilaydi;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, tasarrufidagi muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning nizomlari va ustavlarini tasdiqlaydi;
Vazirlik markaziy apparati xodimlarini va Vazirlikka bevosita bo‘ysunuvchi muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning rahbarlarini, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga ko‘ra mehnat va ijtimoiy muhofaza bo‘yicha hududiy bosh boshqarmalar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi, shuningdek tuman (shahar) bo‘limlari va boshqa tasarrufidagi muassasalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishga rozilik beradi;
alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni belgilangan tartibda davlat faxriy unvonlari, yorliqlar va mukofotlar berishga taqdim etadi;
13. Vazirlikda Vazir hay’at raisi, lavozimiga ko‘ra vazir o‘rinbosarlaridan, shuningdek Vazirlik va uning tizimining boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’at a’zolari, Vazir va uning o‘rinbosarlaridan tashqari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at mehnat, ish bilan ta’minlash, ijtimoiy muhofaza qilish, pensiya ta’minoti va aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, markaziy apparat, mahalliy organlar, tasarrufidagi tashkilotlar, muassasalar va korxonalarning faoliyatini takomillashtirish, kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qo‘yish, muhim hujjatlar loyihalarini tayyorlash, qabul qilingan qarorlar ijrosini tekshirishning muhim masalalarini ko‘rib chiqadi, tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi.
Vazir bilan hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda Vazir kelib chiqqan kelishmovchiliklar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikrini Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.
(14-band qarori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 23-dekabrdagi 560-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2003-y., 24-son, 239-modda)
Nogironlarni ekspertizadan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha respublika inspeksiyasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-maydagi 89-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 178-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-maydagi 89-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 178-modda)
O‘zbekiston mehnat, ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muammolarini o‘rganish respublika markazi;
Nogironlar uchun respublika kasb-hunar-texnika bilim yurti (2004-yilda kasb-hunar kollejiga aylantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 13-maydagi 235-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 5-son, 18-modda)ning 2, 3 va 6-bandlaridagi, shuningdek ushbu qarorga 5-ilovaning yettinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “Mehnat vazirligi”, “Mehnat vazirligiga”, “Mehnat vazirligi tomonidan” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi”, “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga” “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomni va Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 29-iyuldagi 378-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 7-son, 29-modda):
qarorning nomi va matnidagi, nizomlar va ularga ilovalar matnlaridagi Mehnat vazirligiga ko‘rsatmalar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi to‘g‘risidagi Nizomning 6-bandidagi “viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bosh boshqarmalari, tuman va shahar mehnat organlari tomonidan” so‘zlari “hududiy bosh boshqarmalar, mehnat, ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomning I bo‘limi 5 va 6-bandlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining davlat huquq mehnat inspektorlariga xizmat guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan beriladi.
6. Mehnat, ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limlarining davlat huquq mehnat inspektorlariga xizmat guvohnomalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan beriladi”;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomning IV bo‘limi 1, 2, 3-bandlaridagi “Mehnat vaziri” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomning V bo‘limining nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“V. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari inspeksiyalarining vakolatlari”;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomning V bo‘limining 4-bandidagi “mehnat bo‘yicha tuman organlari” so‘zlari “mehnat, ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomning VI bo‘limining nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mehnat, ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limlari davlat huquq inspektorlarining huquq va majburiyatlari”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan O‘R QHT, 2005-y., 5-6-son, 35-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1994-yil 11-maydagi 249-son qaroridagi:
12-ilovaning 31-bandidagi “ijtimoiy ta’minot organi” so‘zlari “ijtimoiy ta’minot bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
15-ilovaning 2, 3, 8, 12 va 13-bandlaridagi “ijtimoiy ta’minot organlari” so‘zlari “ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
XXV bo‘lim nomidagi va 1754 b-bandining “g” kichik bandidagi “va ijtimoiy ta’minot”, “ijtimoiy ta’minot” so‘zlari tegishlicha “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
VIII qismning 3-bandi nomidagi va IX qism nomidagi “ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
IX qism “mutaxassislari” so‘zi oldidan “ijtimoiy ta’minot tuman va shahar bo‘limlari” so‘zlari qo‘shilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-iyundagi 319-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 6-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizomning:
7-bandidagi “ijtimoiy ta’minot organi” so‘zlari “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-bandning birinchi xatboshidagi va 12-bandning ikkinchi xatboshidagi “ijtimoiy ta’minot organlari”, “ijtimoiy ta’minot organi” so‘zlari tegishlicha “ijtimoiy ta’minot bo‘limlari”, “ijtimoiy ta’minot bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-iyundagi 319-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 6-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizomning:
6-bandiga izohdagi va 16-bandning birinchi xatboshidagi “ijtimoiy ta’minot organlari” so‘zlari “ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
28-bandining birinchi xatboshidagi “Ijtimoiy ta’minot vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 2-ilovaning IV bo‘limiga izohning 1-bandi ikkinchi xatboshidagi va 2-bandidagi “Ijtimoiy ta’minot vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibi II bo‘limi 4-bandidagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-iyuldagi 268-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 14-son, 112-modda)
11. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-iyuldagi 291-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 7-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga Biznes-fond tomonidan kredit berishning asosiy shartlari I bo‘limining 1 va 3-bandlaridagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimcha kiritish haqida” 1995-yil 8-avgustdagi 311-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 8-son, 27-modda)ning to‘rtinchi xatboshidagi “ijtimoiy ta’minot organlari” so‘zlari “ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi hamda xorijiy fuqarolarning respublikadagi kasb faoliyati to‘g‘risida” 1995-yil 19-oktabrdagi 408-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995y., 10-son, 41-modda)ning:
1) 1-bandidagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2) 3-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi” so‘zlari “Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning uchinchi kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 23-dekabrdagi 560-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2003-y., 24-son, 239-modda)
4) O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom (qarorga 2-ilova)ning:
“5. Ruxsatnoma berish Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi”;
7, 8, 9 va 16-bandlardagi mehnat bo‘yicha hududiy organlarga ko‘rsatmalar Agentlikka ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
13 va 14-bandlardagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga ko‘rsatmalar Agentlikka ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
16-banddagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Teleradiokompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari” haqida 1996-yil 24-maydagi 190-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 6-son, 18-modda)ning 3-bandidagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri aholisiga yo‘lovchi tashish transporti xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 19-avgustdagi 291-son qarorining 10 va 12-bandlaridagi “Mehnat vazirligi” hamda “Mehnat vazirligi va Ijtimoiy ta’minot vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibining:
6-bandi “v” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi” so‘zlari “Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligining hududiy organlari tomonidan” so‘zlari “Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 35-modda):
2-bandning to‘rtinchi xatboshidagi, 3, 5 va 7-bandlardagi Mehnat vazirligiga ko‘rsatmalar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Moliya vaziri B.S. Hamidovning, Mehnat vaziri” so‘zlari “Makroiqtisodiyot va statistika vaziri R.S.Azimovning, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
18. Vazirlar Mahkamasining “Kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1996-yil 11-dekabrdagi 439-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996y., 12-son, 36-modda)ga 1-ilovaning VII bo‘limi 2-bandidagi, 3-ilovaning VII bo‘limi 2-bandidagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997y., 3-son, 11-modda)ga 4-ilovaning 10-bandidagi “va ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “mehnat va ijtimoiy ta’minot” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
21. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi Nizomda:
III va IV bo‘limlar matnidagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, viloyat (Toshkent shahar) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasiga”;
III bo‘limning 3-bandi birinchi xatboshidagi “viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar) mehnat boshqarmasi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyat (Toshkent shahar) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“maxsus tekshirishning barcha materiallari nusxalarini viloyat (Toshkent shahar) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, shuningdek tegishli vazirlikka (korporatsiya, uyushma, konsernga), korxonaga va uning yuqori turuvchi xo‘jalik organiga, jabrlangan xodimni yuborgan tashkilotga yuboradi”;
IV bo‘limning 6-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi hay’atida, viloyat (Toshkent shahar) mehnat boshqarmasi kengashida”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi hay’ati, viloyat (Toshkent shahar) mehnat boshqarmasi kengashi” so‘zlari tegishli ravishda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hay’atida, viloyat (Toshkent shahar) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi kengashida”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hay’ati, viloyat (Toshkent shahar) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi kengashi”, so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-oktabrdagi 486-son qarori bilan tasdiqlangan Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomning VI bo‘limi birinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qarori (Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 344-son qarori tahririda)ga 2-ilova 5-bandidagi “Ijtimoiy ta’minot organlarining” so‘zlari “Ijtimoiy ta’minot bo‘limlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qaroriga 2-ilovadagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2006-y., 42-son, 417-modda)
26. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni va Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998y., 12-son 44-modda):
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bandning ikkinchi xatboshidagi va 22-bandning ikkinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
11-bandda, 13-bandning ikkinchi xatboshida, 14-bandning uchinchi xatboshida, 15-bandda, 16-bandning ikkinchi xatboshida va 22-bandning birinchi xatboshidagi shahar (tuman) mehnat bo‘limi va mehnat organlariga ko‘rsatmalar mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limlariga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
2-ilovaning 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va uning mahalliy organlari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 4-avgustdagi 185-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2005-y., 30-31-son, 235-modda)
28. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy sug‘urtaga badallar miqdorlari to‘g‘risida” 1999-yil 30-iyuldagi 372-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
3-bandda “ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatining 1-bandidagi “ijtimoiy ta’minot muassasalari” so‘zlari “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
31. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorining 2-bandidagi, 4-bandining ikkinchi xatboshidagi va 5-bandidagi, shuningdek 1-ilovaning II bo‘limi 3-bandidagi, V bo‘limning ikkinchi xatboshidagi, VI bo‘limning 16-18-bandlaridagi, 2-ilovaning 22-bandi to‘qqizinchi xatboshidagi, 23-bandidagi Mehnat vazirligiga ko‘rsatmalar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida” 2000-yil 21-sentabrdagi 360-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 60-modda)ning 9-bandidagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 410-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy tijorat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati to‘g‘risidagi Nizomning 31-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi” so‘zlari “Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-oktabrdagi 490-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 42-son, 447-modda)
35. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy tadqiqotlarni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-noyabrdagi 464-son qarorining 7-bandidagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-oktabrdagi 490-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 42-son, 447-modda)
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1993-yil 18-maydagi 233-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 5-son, 18-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishchi kuchlarini chetdan keltirish va chetga chiqarish masalalarini boshqarish to‘g‘risida” 1993-yil 14-iyuldagi 353-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 7-son, 27-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni, hududiy ijtimoiy ta’minot boshqarmasi, tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 1993-yil 30-sentabrdagi 476-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 9-son, 35-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish to‘g‘risida” 1994-yil 7-noyabrdagi 538-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 50-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-fevraldagi 74-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 3, 4 va 5-bandlari.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 4-bandi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan qarorlari ro‘yxatining 3-bandi.