A.N. Aripov | — | O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi |
A.I. Ikramov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari |
lavozimi bo‘yicha | — | madaniyat vaziri |
lavozimi bo‘yicha | — | O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi |
B.A. Xodjayev | — | moliya vaziri |
G.K. Saidova | — | iqtisodiyot vaziri |
A.A. Abduhakimov | — | mehnat vaziri |
U.I. Inoyatov | — | xalq ta’limi vaziri |
B.R. Parpiyev | — | Davlat soliq qo‘mitasi raisi |
D.A. Xidoyatov | — | Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi |
E.B. Iskandarov | — | O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori |
R.J. Usmonov | — | Toshkent shahri ho�imi |
Sh.M. Sodiqov | — | Vazirlar Mahkamasining yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalariaxborot-tahlil departamenti mudiri |
B.K. Yusupaliyev | — | Vazirlar Mahkamasining sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalariaxborot-tahlil departamenti mudiri |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 15.02.2017 yildagi PF-4956-son
Кучга кириш санаси
17.02.2017
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2023
|
Hujjat 06.03.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli “Madaniyat va san’at sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qayd etib o‘tilsinki, mustaqillik yillarida xalqimizning boy madaniy merosini qayta tiklash, yuksak ma’naviyat, milliy o‘ziga xoslik va xalq an’analarining mavjud ko‘p asrlik sarchashmalarini butun choralar bilan rivojlantirish, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va har tomonlama barkamol shaxslar jamiyatini barpo etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Aholining madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to‘la qondirishga, teatr, musiqa, tasviriy san’at hamda boshqa san’at turlarini rivojlantirishga, xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratildi. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha tizimli va aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Nufuzli xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilish va yuksak marralarni zabt etishga qodir mahoratli sportchilar tayyorlashning samarali tizimi yaratildi.
Shu bilan birga, mavjud davlat boshqaruvi tizimi madaniyat va sportni rivojlantirish muammolarini kompleks hal etish, shuningdek mazkur sohalarda davlat siyosatini samarali amalga oshirishni to‘liq darajada ta’minlash imkonini bermaydi. Zimmasidagi vazifalar ko‘lami kengligi va ahamiyati kattaligiga qaramay, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari bilan faol hamkorlik ta’minlanmayapti, uning faoliyati esa ko‘pincha madaniy-ommaviy va sport tadbirlarini o‘tkazish bilangina cheklanib qolmoqda.
Madaniy-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, obyektlari va inshootlarining moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari hamon o‘z yechimini topgan emas. Madaniyat va sport sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi.
Madaniyat va sport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, mazkur sohada O‘zbekiston xalqining boy va o‘ziga xos madaniyati, san’ati va ijodiyotini yanada rivojlantirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini tubdan yuksaltirish, aholi keng qatlamlari orasida ma’naviy-axloqiy kamolot va sog‘lom turmush tarziga intilishni kuchaytirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/18/5368/0851-son)
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatining asosiy vazifa va yo‘nalishlari etib belgilansin:
madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, milliy madaniy va ma’naviy merosni asrab-avaylash va ko‘paytirish, san’at va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish, xalqimizning ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni rag‘batlantirish, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholi keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar qalbi va ongiga mustaqillik, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik an’analariga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, radikalizm va ekstremizmdek yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash, jamiyatning muttasil ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni o‘tkazishga qaratilgan ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
badiiy ijod, shu jumladan, teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy san’atini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish, xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga, ayniqsa, ijodkor yoshlarga har tomonlama ko‘maklashish;
madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, muzeylar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning faoliyat samaradorligini oshirish, ma’naviy yetuk, intellektual barkamol va yuksak madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishida ushbu muassasalar imkoniyatlaridan yanada to‘liq foydalanish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jumladan, mahalliy hokimiyat idoralari, jamoat tashkilotlari, o‘quv yurtlari, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan faoliyatning asosiy vazifa hamda yo‘nalishlarini, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirishda, madaniyat va ijodiy muassasalar ishining samaradorligini ta’minlashda mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida takomillashtirish, bunda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, ilg‘or xalqaro tajribalardan foydalanish, madaniy-ma’rifiy muassasalar va o‘quv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash;
davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, mamlakatimizning madaniy merosini, mamlakatimiz ijodiy jamoalari va mualliflari asarlarini, jumladan, konferensiyalar va ko‘rgazmalar, madaniy tadbirlar va anjumanlar o‘tkazish yo‘li bilan chet ellarda keng targ‘ib qilish, madaniyat sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlar jalb etish, shuningdek madaniyat sohasiga oid ommaviy adabiyotlarni chop etish, video va kino materiallar tayyorlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchinin yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/18/5368/0851-son)
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi negizida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi;
Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha kengash huzuridagi Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi negizida budjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilinsin.
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya olish uchun to‘lanadigan davlat boji ajratmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari va daromadlaridan ajratmalar Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi daromadlarining manbalari etib belgilansin, Jamg‘arma mablag‘lari “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ta’minotiga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga va xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilsin.
5. Faoliyatni o‘rganib chiqish natijalarini hisobga olib, “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, “Artmadad” maxsus jamg‘armasi va “O‘zbekmuzey” jamg‘armasi tugatilsin hamda mazkur tashkilotlarning funksiyalari va mol-mulki O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga topshirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tuzilmasidagi R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi, V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi, bolalar musiqa va san’at maktablari, shuningdek, “Istiqlol” va “Turkiston” san’at saroylari — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimiga;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tuzilmasidagi O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro apparati, sport maktablari hamda sport yo‘nalishidagi maktab-internatlar, Bolalar-o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi — O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tizimiga topshirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi 2002-yil 24-oktabrdagi PF-3154-sonli Farmoni bilan unga taqdim etilgan asosiy vazifalar, huquqlar, imtiyozlar va moliyalashtirish manbalari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzuridagi O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasida saqlab qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini qayta tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishga doir barcha masalalar hal etilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi markaziy apparatiga malakali mutaxassislar har tomonlama tanlab olinishi va kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
8. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining barcha majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalarning o‘ziga tegishli qismi bo‘yicha uning huquqiy vorislari hisoblanadi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish yuzasidan Hukumat qarorlarini qabul qilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-yilning 1-iyuliga qadar madaniyat xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini taqdim etsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblansin.
12. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi
LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 5-apreldagi PF-1419-sonli Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish to‘g‘risida” 1997-yil 8-yanvardagi PF-1695-sonli Farmoni 1 — 4-bandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 12-yanvardagi PF-1913-sonli Farmoni 1 — 3 va 7-bandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida” 1998-yil 26-martdagi PF-1980-sonli Farmoni 1 — 4, 7 — 8, 10 — 13-bandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 29-avgustdagi PF-3481-sonli Farmoni.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 27-sentabrdagi PF-3491-sonli Farmoni.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 14-martdagi PQ-2146-sonli qarori.