Ҳужжат рақами
26
Орган
Ўзбекистон Республикаси Олий суди
Имзоланган сана
27.12.2016
Кучга кириш санаси
27.12.2016
Қўшимча ахборот
Улашиш
Ёпиш
Hujjat 27.12.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Chunonchi, FK 14-moddasiga ko‘ra, zarar deganda, quyidagilar tushuniladi:
3. Jinoyat-protsessual kodeksining 82-moddasiga muvofiq surishtiruv, dastlabki tergov olib borish chog‘ida aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlardan biri jinoyat natijasida yetkazilgan zarar xususiyati va miqdori hisoblanadi, chunki yetkazilgan zarar turi va miqdorini aniqlash nafaqat uni qoplash masalasini hal etish, balki jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun ham ahamiyatlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda har bir muayyan holda xatlanayotgan mol-mulk JPK 293-moddasi talablariga rioya etilgan tarzda mutaxassis yoki baholovchi tashkilot jalb etilgan holda baholanishi va bayonnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Hukmning mulkiy ziyonni qoplashga oid qismi ijrosi samaradorligini oshirish maqsadida surishtiruv, dastlabki tergov organlari, shuningdek, JPK 280-moddasiga rioya etgan holda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, fuqaroviy javobgarning muayyan harakatlarni amalga oshirishini taqiqlash kabi FPK 249-moddasida nazarda tutilgan choralarni qo‘llashni amaliyotga kiritishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar mulkiy ziyon sudlanuvchi va jinoyat ishi JPK 84-moddasiga muvofiq tugatilgan boshqa shaxs bilan birgalikda yetkazilgan bo‘lsa, sud mulkiy ziyonni to‘la hajmda qoplash majburiyatini sudlanuvchiga yuklaydi va fuqaroviy da’vogarga ishi tugatilgan shaxsga nisbatan mulkiy ziyonni mahkum bilan solidar qoplash to‘g‘risida fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da’vo qo‘zg‘atish huquqini tushuntiradi.
8. Jinoiy hodisa yuz bermaganligi yoki shaxsning jinoyatga daxli bo‘lmaganligi, shuningdek, shaxs tomonidan harakat zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmagan holda sodir etilganligi munosabati bilan oqlov hukmi chiqarilayotganda, sud JPK 283-moddasi ikkinchi qismi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud hukmi to‘g‘risida”gi 2014-yil 23-maydagi 7-sonli qarori 10-bandi to‘rtinchi xatboshisiga binoan oqlangan shaxsga nisbatan fuqaroviy da’voni qanoatlantirishni rad etadi.
Shaxsga nisbatan jinoyat ishi JPK 84-moddasi birinchi qismining 1 — 8-bandlari, beshinchi qismining 1,3-bandlariga muvofiq tugatilgan holda unga nisbatan fuqaroviy da’vo ko‘rmay qoldiriladi va manfaatdor shaxslarga ularning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da’vo qo‘zg‘atish huquqi tushuntiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqaroviy da’voga oid masalasini hal etishda sud JPK 467-moddasiga muvofiq ayblov hukmining tavsif qismida da’voni to‘la yoki qisman qanoatlantirish yoxud rad etish asoslarini, jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyon xususiyati va miqdorini ko‘rsatishi, shuningdek, mulkiy ziyon miqdoriga tegishli hisoblash yakunlarini keltirishi hamda fuqaroviy da’voni hal qilish uchun asos qilib olingan qonun normasini qayd etishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Jinoyat-protsessual kodeksining 187-moddasiga muvofiq ekspert xulosasi surishtiruvchi, tergovchi, sud tomonidan ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar bilan birgalikda uning ilmiy asoslanganligi va ekspertiza o‘tkazish uchun qonunchilikda belgilangan barcha protsessual qoidalar, uslub va tartiblarga rioya etilganligi nuqtai-nazaridan baholanadi.
Jumladan, jinoyat obyekti bo‘lgan mol-mulkning bozor bahosini aniqlashda ekspert “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek, unga muvofiq ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mulk qo‘mitasining 2006-yil 14-iyundagi 01/19-19, 01/19-20, 01/19-21-sonli qarori bilan tasdiqlangan mol-mulkni baholash milliy standartlariga rioya etishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqarolik kodeksining 1000-moddasiga muvofiq jabrlanuvchining (fuqarolik da’vogarining) arizasiga ko‘ra, sud birgalikda mulkiy ziyon yetkazgan shaxslarga solidar emas, balki hissali javobgarlik yuklashga haqli, basharti bunday tartib da’vogarning manfaatlariga mos bo‘lib, mulkiy ziyon qoplanishini ta’minlasa.
17. Fuqarolik kodeksining 999-moddasiga muvofiq faoliyati tevarak — atrofdagilarga oshiqcha xavf tug‘diradigan yuridik shaxs va fuqarolar (transport tashkilotlari, sanoat korxonalari, qurilishlar, transport vositalari egalari va boshqalar) jabrlanuvchiga (fuqaroviy da’vogarga) oshiqcha xavf manbai yetkazgan mulkiy ziyonni, agar ziyon bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuch yoki jabrlanuvchining qasddan qilgan harakati oqibatida yuzaga kelganligini isbotlay olmasalar, to‘lashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Hukmning mulkiy ziyonni qoplashga oid qismi FPK 377-moddasida belgilangan muddatlar mobaynida ijroga topshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘tkazib yuborilgan muddat FPK 379-moddasida belgilangan hollarda hukm chiqargan yoki ijro qilinayotgan joydagi sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.