14.02.2017 yildagi F-4849-son
Hujjat 20.02.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarning ekspertlik va jamoatchilik muhokamasini samarali tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish, ularni har tomonlama mukammallashtirish va amalga oshirish, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarini, ekspertlar va olimlarni mamlakatni demokratlashtirish hamda modernizatsiya qilish jarayonlariga faol jalb etish maqsadida:
Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (bundan buyon matnda Dastur deb yuritiladi).
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) bilan uzviy hamkorlikda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash;
Harakatlar strategiyasi va Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba, xalqaro standartlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning baholari, fikr-mulohazalarini o‘rganish;
Harakatlar strategiyasi va Dastur doirasidagi amalga oshiriladigan tadbirlarning ekspertlar hamda jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama etilishini tashkil qilish;
Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirish, shuningdek Dasturda nazarda tutilgan qonun, qonunosti va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir har yillik dasturlar loyihalarini tayyorlashga ko‘maklashish;
Harakatlar strategiyasi va Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha aholining fikr va takliflarini to‘plash va o‘rganish, ular yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;
Harakatlar strategiyasini amalga oshirib borilishining tizimli jamoatchilik monitoringini o‘tkazish, uning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
Harakatlar strategiyasining amalga oshirib borilishi to‘g‘risida aholini, tadbirkorlik subyektlarini, fuqarolik jamiyati institutlarini va xalqaro jamoatchilikni keng xabardor qilish.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun taklif etilgan milliy va xorijiy ekspertlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilsin.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun xorijiy ekspertlarni taklif etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Murodov O.B.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi, Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari

Davletov R.K.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari o‘rinbosari

Istamov M.Sh.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni sho‘ba mudiri

Rixsiyev A.G.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh inspektori

Rustambekov N.M.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh inspektori

Xanayev U.U.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh konsultanti

Mavlonov B.M.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni yetakchi inspektori

Ne’matov A.I.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni yetakchi konsultanti

Kuchkarov B.T.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘rinbosari

Shermatov Sh.X.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi

Muxamedov F.E.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori

Abdukarimov G.O.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori

Axmedov R.T.

O‘zbekiston Advokatlar palatasi raisi

Shayxov A.E.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi

Abduxalikov F.F.

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi

Kuchkarov J.A.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

Bekenov S.X.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari

Jo‘rayev N.S.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari

Shoaxmedov Sh.Sh.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari

Keyingi tahrirga qarang.