07.02.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1668-4
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Qarori, 07.02.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1668-4
Кучга кириш санаси
13.02.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2019
Hujjat 13.02.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi, “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF–4483-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-noyabrdagi 322-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi, 2012-yil 30-dekabrdagi 374-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2013-yil 11-iyundagi 165-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, auditorlik tashkilotlarini ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalarda tashqi auditni o‘tkazadigan auditorlik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish tartibini belgilaydi.”;
b) 1-banddan “ochiq” degan so‘z chiqarib tashlansin;
v) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 4 va 5-bandlardagi “hujjatlarini” va “hujjatlarni” degan so‘zlar tegishlicha “arizalarini” va “arizalarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
d) 6-banddagi “internet-saytlarida” degan so‘zlar “veb-saytlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
e) 10-banddagi “hujjatlarni taqdim etish” degan so‘zlar “ariza berish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
j) 11-bandda “axborot vositalarida” degan so‘zlardan keyin “, shuningdek, Davlat raqobat qo‘mitasi, Markaz va Moliya vazirligining rasmiy veb-saytlarida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
z) 12 va 13-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
k) V bob o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
l) mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda ilova bilan to‘ldirilsin.

Davlat aktivlarini boshqarish markazi

______________________________
________________________________________________________ dan

ARIZA

Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalarda tashqi auditni o‘tkazadigan auditorlik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritishga.
Ariza beruvchi: __________________________________________________________________________________

(auditorlik tashkilotining ustaviga asosan to‘liq nomi ko‘rsatiladi)

Ariza beruvchining pochta manzili: _____________________________________________________
__________________________________________________________________________________
Telefon: _______________, Faks:________________ E-mail ________________________________
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning raqami va sanasi:
Seriya:_________, raqami:__________, “___”_______ 20__y.
Auditorlik tashkiloti rahbarining F.I.O., malaka sertifikati raqami, sanasi:
_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
Auditorlik tashkilotining shtatidagi auditorlarning F.I.O., malaka sertifikati raqami, sanasi:
_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
Auditorlik tashkilotining shtatidagi qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining F.I.O., malaka attestati raqami, sanasi:
_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
Ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:
1. Qimmatli qog‘ozlar bozori ixtisosligi bo‘yicha ma’lumoti to‘g‘risida diplom nusxasi yoxud qimmatli qog‘ozlar bozori sohasida malakaga ega ekanligini tasdiqlovchi mehnat daftarchasidan ko‘chirma.
2. Auditorlik tashkiloti javobgarligining sug‘urta polisining nusxasi.
3. Ichki standartlar ro‘yxati
_____________________
Auditorlik tashkiloti rahbarining F.I.O., imzo va imzolangan sana (muhr bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda).”.