Mirziyoyev Sh.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy komissiya rahbari |
Yo‘ldoshev N.T. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi |
Ismoilov N.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri |
Aripov A.N. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri |
Inoyatov R.R. | — | O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi |
Abdullayev I.B. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori |
Maxmudov V.V. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi |
Ismoilov U.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi |
Sultonov X.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi |
Golishev V.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi |
Axmedbayev A.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi |
Xudaybergenov T.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi |
Yunusxodjayev A.N. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi |
Murodov O.B. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi |
Murodov O.B. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi, Komissiya rahbari |
Davletov R.K. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari, Komissiya rahbarining o‘rinbosari |
Muxamedov F.E. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori |
Madumarov T.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari (kelishuvga asosan) |
Hakimov R.R. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati (kelishuvga asosan) |
Djurayev Q.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati (kelishuvga asosan) |
Husanova M.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati (kelishuvga asosan) |
Istamov M.Sh. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni sektor mudiri |
Rustambekov N.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh inspektori |
Xodjayev B.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri |
Qosimov R.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri |
Inoyatov U.I. | — | O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri |
Axmedov B.M. | �� | O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri |
Shermatov Sh.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi |
Parpiyev B.R. | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi |
Toxiriy M.V. | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi |
Isakov B.T. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining birinchi o‘rinbosari |
Abduazimov F.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari |
Sunnatov U.J. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari |
Bekenov S.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari |
Jo‘rayev N.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari |
Nishanbayev S.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari |
Niyazxodjayev S.P. | — | O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari |
Tulyaganov Sh.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirining o‘rinbosari |
Nizomov B.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirining o‘rinbosari |
Gafarov S.X. | — | Davlat raqobat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
Fayzullayev A.N. | — | O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori |
Mansurov K.T. | — | O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi bosh direktorining o‘rinbosari |
Yusupov A.T. | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi raisi |
Mirzaxidov X.M. | — | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
Yuldoshev B.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti |
Aliyev M.G. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori |
Saidov A.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi direktori |
Nurullayeva Sh.F. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tahlil instituti direktorining o‘rinbosari |
Usmonov R.J. | — | Toshkent shahar hokimi |
Kanyazov E.S. | — | Toshkent davlat yuridik universiteti rektori |
Abdukarimov G.O. | — | Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori |
Shayxov A.E. | — | O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi |
Javlonov Sh.S. | — | “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi |
lavozimi bo‘yicha | — | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi |
Karimov A.M. | — | O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi |
Abdullayev A.A. | — | O‘zbekiston bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoatchilik fondi direktori |
Abduholiqov F.F. | — | Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi |
Ismoilov B.I. | — | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra professori |
Ismoilov N.T. | — | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi Ilmiy kengash ilmiy kotibi |
Abdullayev I.B. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Komissiya rahbari |
Gaziyev Sh.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Komissiya rahbarining o‘rinbosari |
Kamilov K.F. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisi |
Matmuratov B.J. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi (kelishuvga asosan) |
Polvonov Sh.T. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati (kelishuvga asosan) |
Muxtorov N.I. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati (kelishuvga asosan) |
Mamadjonov Sh.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati (kelishuvga asosan) |
Azizov A.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri |
Ikramov M.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri |
Shermatov Sh.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi |
Toxiriy M.V. | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi |
Mavlonov B.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni yetakchi inspektori |
Qo‘chqorov J.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
Madjidov I.U. | — | O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari |
Nizomov B.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirining o‘rinbosari |
Kenjayev D.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari |
Gadoyev E.F. | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari |
Kamilov A.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasining Sud inspeksiyasi rahbari |
Mirzaxidov X.M. | — | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
Mansurov K.T. | — | O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi bosh direktorining o‘rinbosari |
Muxamedov U.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari |
Raximov D.F. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarmasining katta prokurori |
Mirzayev A.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi |
Djumanov A.A. | — | Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori |
Gayipnazarov B.K. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi birinchi prorektori |
Axmedov R.T. | — | O‘zbekiston Advokatlar palatasi raisi |
lavozimi bo‘yicha | — | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi |
Allayev D.X. | — | “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisining birinchi o‘rinbosari |
Ikramov A.M. | — | O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi |
Tuxtasheva U.A. | — | Toshkent davlat yuridik universitetining kafedra mudiri |
Mirazov D.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kafedra boshlig‘i |
Aripov A.N. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Komissiya rahbari |
Golishev V.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, Komissiya rahbarining o‘rinbosari |
Azimov R.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari |
Mirzayev Z.T. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri |
Mullajonov F.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi |
Safoyev S.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari (kelishuvga asosan) |
Shadmanov A.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi (kelishuvga asosan) |
Asamov D.D. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh konsultanti |
Saidova G.K. | — | O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri |
G‘aniyev E.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vaziri |
Ikramov M.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri |
Shermatov Sh.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi |
Parpiyev B.R. | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi |
Tog‘ayev Q. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari |
Ergashxodjayev I.Dj. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari |
Sharapov A.K. | — | O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi |
Abdusamatov B.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi |
Xidoya�ov D.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi raisi |
Arabov S.A. | — | “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi |
Ko‘chqorov J.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
Vaxabov J.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari |
Xadjibayev A.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari |
Mirzoraximov A.Sh. | — | O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari |
Raimov B.Y. | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
Mirzabayev M.K. | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari |
Ismailov V.V. | — | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i |
Mahkamov I.R. | — | “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktori |
Xaitov A.A. | — | “O‘zstandart” agentligi bosh direktori |
Pak V.Y. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamenti boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari |
Askarxodjayev F.T. | — | O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi |
Rahimov S.B. | — | O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi |
Musayev O.M. | — | ATIB “Ipoteka-bank” boshqaruvi raisi |
Axmedxodjayev A.I. | — | ATB “Asaka-bank” boshqaruvi raisi |
Mirsoatov A.K. | — | ATB “O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi |
Tyan V.N. | — | “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bosh direktori |
Sultanov A.S. | — | “O‘zbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisi |
lavozimi bo‘yicha | — | “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi |
Iminov E.K. | — | “O‘zeltexsanoat” AK boshqaruvi raisi |
Xaydarov I.U. | — | “O‘zbekyengilsanoat” AK boshqaruvi raisi |
Dusmuratov M.M. | — | “O‘zfarmsanoat” AK boshqaruvi raisi |
Salomov F.I. | — | “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi |
Rustamov O.B. | — | “O‘zbekoziqovqatxolding” XK raisi |
Ayxodjayev I.R. | — | “O‘zqurilishmateriallari” AJ raisi |
Mansurov M.D. | — | “O‘zbekcharmpoyabzali” assotsiatsiyasi raisi |
Yusupov R.F. | — | “O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisining o‘rinbosari |
Begalov B.A. | — | Toshkent moliya instituti rektori |
Shayxov A.E. | — | O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi |
Abdullayev A.A. | — | O‘zbekiston bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoatchilik fondi direktori |
Javlonov Sh.S. | — | “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi |
Xafizov E.B. | — | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘quv markazi boshlig‘i |
Safoyev S.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Komissiya rahbari (kelishuvga asosan) |
Ikramov A.I. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — sog‘liqni saqlash vaziri, Komissiya rahbarining o‘rinbosari |
Azizov U.U. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi o‘rinbosari |
Nizomxo‘jayev Z.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mit�si raisi (kelishuvga asosan) |
Umarov Y.D. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi (kelishuvga asosan) |
Qosimov R.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri |
Abduxakimov A.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi mehnat vaziri |
Inoyatov U.I. | — | O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri |
Axmedov B.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri |
Xodjayev S.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari |
Xadjibayev A.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari |
Mirzayev M.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari |
Turdiyev D.R. | — | O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari |
Tulyaganov Sh.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining o‘rinbosari |
Usmonov A.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari |
Toxtayev A.R. | — | O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
Maxkamov I.R. | — | “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktori |
Ismailov V.V. | — | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i |
Parpiyev O.R. | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi ijro apparati boshlig‘i — rais o‘rinbosari |
Tyan V.N. | — | “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bosh direktori |
Shoismatov E.R. | — | “O‘ztransgaz” AK raisi |
Abduvaliyev A.A. | — | “O‘zavtoyo‘l” AK boshqaruvi raisi |
Pulatov Sh.A. | — | “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori |
Raimov R.O. | — | “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari |
lavozimi bo‘yicha | — | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi |
Rafikov K.M. | — | O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisi |
Javlonov Sh.S. | — | “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi |
Jalilov Sh.I. | — | O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi raisi |
Marufova G.M. | — | O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari |
Babayev Sh.X. | — | Toshkent viloyati hokimi |
Turayev J.T. | — | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘qituvchisi |
Maxmudov V.V. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Komissiya rahbari |
Quronboyev Q.Q. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi o‘rinbosari, Komissiya rahbarining o‘rinbosari |
Kamilov A.H. | — | O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri, Komissiya rahbarining o‘rinbosari |
Safoyev S.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari (kelishuvga asosan) |
Umarov Z.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari (kelishuvga asosan) |
G‘aniyev E.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vaziri |
Berdiyev Q.R. | — | O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri |
lavozimi bo‘yicha | — | O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri |
Shermatov Sh.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi |
Toxiriy M.V. | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi |
Nazarmuxamedov D.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari |
Azimov M.B. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari |
Usmonov A.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari |
Abdusamatov B.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi |
Eminjanov R.O. | — | O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi raisi |
Mansurov K.T. | — | O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktorining o‘rinbosari |
Tursunov B.E. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tahlil instituti direktori |
Yusupov A.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi |
Gulyamov X.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi |
Alimov U. | — | O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi |
Muxammadiyev N.M. | — | Respublika baynalminal madaniyat markazi direktori |
T/r | Amalga oshiriladigan tadbir | Bajarish muddati | Ijro uchun mas’ullar | Sarf-xarajatlar (mln. so‘m) | Moliyalashtirish manbalari | Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija |
I. DAVLAT VA JAMIYAT QURILIShI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI | ||||||
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palata�ari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish | ||||||
1. | “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil II chorak | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Ombudsman, AQHMI, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, IIV | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada parlament nazoratining yangi shakli sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati va Senat a’zosi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilish hamda uning natijalari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish nazarda tutiladi. |
2. | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning holatini o‘rganish va xalq bilan muloqot qilishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil I chorak | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida) | - | - | Oliy Majlis palatalari qo‘shma qarori loyihasi. Loyihada: hududlardan saylangan deputat va senatorlar har oyda 10 — 12 kun davomida bir tumanda bo‘lib, davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilishi, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritishi hamda tegishli xulosalar berishi; Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi ishtirokida o‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarini o‘tkazish; Oliy Majlis Senati tomonidan har bir viloyatda navbatma-navbat namunaviy xalq deputatlari Kengashlari ishini tashkil etish nazarda tutiladi. |
3. | “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil II chorak | Oliy Majlis palatalari(kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ombudsman, AQHMI, Oliy sud, Moliya vazirligi, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada qonun normalarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “Davlat h�kimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunlarga moslashtirish; ombudsman mintaqaviy vakillarining huquqiy maqomi, vakolat va majburiyatlarini belgilash nazarda tutiladi. |
4. | Davlatning tashqi siyosatini amalga oshirishda Oliy Majlis palatalarining roli va mavqeyini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), AQHMI, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Bunda Oliy Majlis palatalarining: davlatning tashqi siyosati amalga oshirilishi, xalqaro huquq normalarining milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi ustidan nazorat vakolatlari mustahkamlanadi; xorijiy davlatlar parlamentlari bilan parlamentlararo hamkorlik guruhlari ishini tashkil etishning huquqiy mexanizmi takomillashtiriladi; O‘zbekistonning milliy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchun parlament diplomatiyasidan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi. |
5. | Aholining senatorlar va deputatlar bilan o‘zaro munosabatlarini, Oliy Majlisning xalq bilan muloqotini takomillashtirish maqsadida “Elektron parlament” tizimini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2017-yil IV chorak | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari vazirligi | - | - | Ijrochilarning qo‘shma kompleks chora-tadbirlar dasturi. Bunda parlament faoliyati samaradorligi va shaffofligini oshirish, uning faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali xalq bilan muloqotni takomillashtirish, deputatlarga saylangan saylov okruglaridan mahalliy hokimiyat idoralarining qarorlarini majburiy yuborish orqali hududdagi ahvoldan xabardorligini oshirish imkoniyati yaratiladi. |
6. | Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazoratini kuchaytirish maqsadida siyosiy partiyalar deputatlik guruhlarining huquq va vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Adliya vazirligi, AQHMI, FJShMQMI | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada quyidagilarni tartibga solish nazarda tutiladi: partiya guruhlari tomonidan mahalliy xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini ko‘rib chiqish, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish haqidagi takliflarni kiritish; tuman (shahar) hokimi nomzodini viloyat hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish; xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga tegishliligi bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining, shuningdek, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining qoniqarsiz faoliyati haqida xulosalarni taqdim etish huquqini berish; Qonunchilik palatasi deputatlarining joylardagi jamoatchilik vakillari sifatida tegishli siyosiy partiya hududiy bo‘limlarining vakillarini biriktirib qo‘yish. |
7. | Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining ijrochi kotiblari lavozimini ta’sis etish. | 2017-yil II chorak | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, siyosiy partiyalar (kelishuv asosida) | 80,0 | Siyosiy partiyalar mablag‘lari | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kengashi qarori loyihasi. Loyihada Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining ijrochi kotiblari o‘z partiyalari siyosatini parlament quyi palatasida himoya qilish ishini tashkil etishga, ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan fraksiyaning yagona pozitsiyasini ishlab chiqishga, fraksiya a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirishga ko‘maklashish nazarda tutiladi. |
8. | Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi doimiy vakili lavozimini ta’sis etish. | 2017-yil II chorak | Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi | 50,0 | Davlat budjeti mablag‘lari | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Parlament va ijroiya hokimiyati organining qonun ijodkorligi sohasidagi, shuningdek, ijro organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini tashkil etishda o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. |
9. | Oliy Majlis palatalarining axborot-tahlil va tadqiqot faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan tarkibiy bo‘linmalarini tuzish. | 2017-yil I chorak | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), AQHMI | 200,0 | Davlat budjeti mablag‘lari | Oliy Majlis palatalarining qarori loyihasi. Oliy Majlis palatalarining qonunlarni qabul qilish va nazorat faoliyati sifatini oshirishga, qonunlarni chuqur tahlillar asosida ishlab chiqishga xizmat qiladi. |
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish | ||||||
10. | O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar Konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihalarini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. Bunda davlat boshqaruvi organlarining faoliyati samaradorligini oshirish va tuzilmasini takomillashtirish, davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, takrorlanuvchi funksiyalarni bajaradigan davlat organlari, turli komissiyalarni bekor qilish yoki bir-biriga qo‘shish orqali davlat boshqaruvi va xizmatini tubdan isloh etish nazarda tutiladi. |
11. | Yangi tahrirdagi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, AQHMI, DBA, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: mahalliy davlat hokimiyati organlarining tuzilmasini takomillashtirish va qonunlar ijrosini ta’minlash borasidagi vakolatlarini aniqlashtirish; viloyat, tuman, shahar hokimlarining va boshqa mansabdor shaxslarning o‘z faoliyati yuzasidan tegishli hududdagi aholi oldida hisobot berish va hisobotga oid ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tartibini joriy etish; xalq deputatlari Kengashlari tomonidan mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish shakllari va mexanizmlarini aniqlashtirish; xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini tashkiliy va texnik jihatdan ta’minlaydigan ijrochi kotiblar lavozimini ta’sis etish. |
12. | Davlat mulkidan samarali foydalanishda boshqaruvning eng zamonaviy turlarini joriy etishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: davlat mulkidan samarali foydalanishda boshqaruvning eng zamonaviy turlarini joriy etish; davlat unitar korxonalarini boshqarishga biznes boshqaruv usullarining eng ilg‘or shakllarini (benchmarking) joriy etish; ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda korporativ boshqaruvning ilg‘or usullarini joriy etish nazarda tutiladi. Bunda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasining eng ilg‘or usullarini qo‘llagan holda davlat mulkidan foydalanish samaradorligi keskin oshiriladi. |
13. | Davlat va xususiy sheriklik (hamkorlik) shakllarini kengaytirishga qaratilgan “Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy xo‘jalik sudi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada davlat va xususiy sheriklik tushunchasi, vazifalari va asosiy yo‘nalishlari, ishtirokchilari doirasi, ularning huquq va majburiyatlari, bu boradagi loyihalar amalga oshiriladigan ustuvor sohalar tartibga solinadi. |
14. | “Davlat boshqaruvi asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, DBA, vazirlik va idoralar | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada davlat boshqaruvi asoslari, davlat boshqaruvi organlari turlari (vazirlik, davlat qo‘mitasi, agentlik, inspeksiya, markaz), ularning vazifa va vakolatlar�ni belgilash mezonlari tartibga solinadi. |
15. | “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil II chorak | Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, DSQ, DBQ, vazirlik va idoralar | - | - | Loyihada davlat organlarining o‘z vakolatlari doirasida fuqarolarning talabiga ko‘ra, muayyan yuridik faktni belgilash, o‘zgartirish, to‘xtatish, saqlash, o‘tkazish yoki tugatish bilan bog‘liq faoliyat tartibga solinadi. |
16. | “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Vazirlar Mahkamasi, AQHMI, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada davlat xizmati tizimini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishining asosiy tamoyillari, davlat xizmatining kadrlar tarkibini shakllantirish, davlat xizmatiga ishga o‘tish, xizmatni o‘tash va xizmatdan ketish masalalari, bu boradagi kafolatlar tartibga solinadi. |
17. | O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga davlat organlari va tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash va mehnatni normalashni tartibga soluvchi o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada davlat xizmatini moliyalashtirish, davlat xizmatchilarini moddiy rag‘batlantirish, mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy ta’minlash tartibini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish nazarda tutiladi. |
18. | Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash, inson huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik shaxslarga aloqador axborotni taqdim etishning zamonaviy shakllarini amalga kiritish. | 2017-yil IV chorak | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirlik va idoralar | - | - | “Davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonun normalarini tanqidiy o‘rganish va ularni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish. Shu jumladan: rasmiy idoraviy veb-saytlarga davlat xizmatlari ko‘rsatishni, ma’muriy tartib-taomillarini qo‘llashga oid masalalar yuzasidan barcha qaror va hujjatlarni joylashtirish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining muhim masalalarini muhokama qilishga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish. |
19. | Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining faoliyati samaradorligini oshirish. | 2017-yil IV chorak | Matbuot va axborot agentligi, EOAVMA, vazirlik va idoralar | - | - | Chora-tadbirlar dasturi. Dastur: Axborot xizmatlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari faoliyatining muhim jihatlari bo‘yicha tizimli asosda matbuot-anjumanlari, “brifinglar” tashkil etib borish; Axborot xizmatlari xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etishga qaratilgan. |
20. | Respublika iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirish. | 2017-yil II chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi | - | - | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyiha: iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishda davlat ishtirokini cheklab borish: davlat unitar korxonalarining sonini qisqartirish va davlat xizmatlarining ayrim turlarini amalga oshirishda xususiy sektorni jalb etish; boshqaruvning bilvosita usullarini keng qo‘llashga oid mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni nazarda tutadi. |
21. | Davlat boshqaruvida ruxsat beruvchi tartibotlar va qoidalarni maqbullashtirish. | 2017-yil II chorak | Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zstandart agentligi, vazirlik va idoralar | - | - | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyiha davlat boshqaruvida ruxsat berish normalarini qayta ko‘rib chiqish va qisqartirish, litsenziyalashning ayrim turlarini ruxsatnomalarga, mahsulotlarni sertifikatlashni — ularning muvofiqligini deklaratsiya qilish turiga o‘tkazishni nazarda tutadi. |
22. | Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy hokimiyat organlarining faoliyati shaffofligini ta’minlash. | Yil davomida | Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman va shahar hokimliklari | - | - | Chora-tadbirlar dasturi. Dastur vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda hokimlarning tegishli ishlar yoki hisobot davrlari yakunlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari, rasmiy idoraviy internet saytlari yoki videokonferensaloqa tizimi orqali hisobot berishni tashkil etishni nazarda tutadi. |
23. | Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash. | Har chorak yakuni bo‘yicha | Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ijtimoiy tadqiqotlar instituti, DBA, SMTI, FJShMQMI, “Ijtimoiy fikr” markazi | 100,0 | Ijrochilarning mablag‘lari | Chora-tadbirlar dasturi. Dastur: davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tizimini ishlab chiqish, aholi o‘rtasida sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish; sotsiologik so‘rovlar orqali aholining vazirlik, idoralar va mahalliy hokimiyat organlarining faoliyati natijalariga, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifatiga baho berish tizimini joriy etish; ishchi indikatorlar tizimi va sotsiologik so‘rovlar orqali davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholashni nazarda tutadi. |
24. | Davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta’minotini tubdan takomillashtirish. | 2017-yil, III chorak | Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, vazirlik va idoralar | 187 400,0 | Davlat budjeti mablag‘lari | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga ish haqi to‘lashning yagona tarif setkasini takomillashtirish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari faoliyati samaradorligi natijasidan kelib chiqib, rag‘batlantirish choralarini ko‘rish; davlat idoralarida ko‘p yillik xizmat qilgani uchun oylik ish haqiga ustamalar to‘lash tizimini qayta ko‘rib chiqish; davlat xizmatchilari uchun davlat uy-joy fondini shakllantirish; idoraviy uy-joylar qurish dasturini ishlab chiqish nazarda tutiladi. |
25. | Davlat xizmatiga zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor, mas’uliyatli, kasbiy tayyorlangan kadrlarni jalb etish. | 2017-yil III chorak | Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, DBA, TIV, OvaO‘MTV, Fan va texnologiyalar qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar | - | - | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyiha quyidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlashni nazarda tutadi: kadrlar xizmati to‘g‘risida; vakant lavozimlarni to‘ldirish tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida; kadrlar zaxirasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida; kadrlar rotatsiyasi to‘g‘risida; kadrlar malakasini va kasbiy mahoratini oshirish to‘g‘risida. |
26. | Davlat boshqaruvi va ijroiya organlarida kadrlar hisobini yurituvchi tizimni takomillashtirish. | 2017-yil IV chorak | Axborot texnologiyalari vazirligi, Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, vazirlik va idoralar | - | - | Yagona idoralararo “Kadrlar” zamonaviy axborot tizimini yaratish va joriy etish. Ushbu axborot tizimida: davlat boshqaruvi va mahalliy ijroiya organlaridagi kadrlarning kasbiy tavsiyanomasi, malaka oshirganligi va stajirovkadan o‘tganligi; kadrla� tarkibining hisobi yuritiladi, kadrlar zaxirasi to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar qamrab olinadi. |
27. | Viloyat, tuman va shaharlar hokimlarini lavozimga tayinlash tartibini takomillashtirish. | 2017-yil IV chorak | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar | - | - | “Viloyat, tuman va shaharlar hokimlarini saylash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasining konsepsiyasi. Hududlar rahbarlarini lavozimga qo‘yishda oshkoralik, samaradorlik, xolislik va haqqoniylik ta’minlanadi, mahalliy hokimiyat organlarining aholi oldida mas’uliyati va hisobdorligi oshadi. |
28. | Yuqori malakali kadrlarni chet elga ketib qolishining oldini olish, ularni davlat xizmatiga, iqtisodiyot tarmoqlariga keng jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, TIV, OvaO‘MTV, Fan va texnologiyalar qo‘mitasi, DBA, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar | - | - | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada: mutaxassislarning kasbiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishdagi to‘siqlarni bartaraf etish, ularning mansab pillapoyalarida o‘sishi uchun sharoitlar yaratish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash; rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarini tugatgan milliy kadrlarni ishga joylashtirish va ularning salohiyatidan samarali foydalanish; xorijiy o‘quv yurtlari tomonidan berilgan diplomlarni nostrifikatsiya qilish tartibini soddalashtirish; iqtidorli yoshlarni ilm-fanga jalb etish, yosh olimlar tomonidan o‘tkaziladigan istiqbolli tadqiqotlarni moliyalashtirish, ularning natijalaridan keng foydalanish masalalari nazarda tutiladi. |
29. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi faoliyatini takomillashtirish. | 2017-yil I chorak | OvaO‘MTV, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, TIV, DTM, DBA, vazirlik va idoralar | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. Loyiha tinglovchilar davlat boshqaruvini tashkil etish, boshqaruvning huquqiy asoslari va zamonaviy usullari, bozor iqtisodiyoti, psixologiya, axborot-kommunikatsiya va “Elektron hukumat” sohalarida mustahkam bi�imlarni egallashlari, shuningdek, tahliliy fikrlash va strategik rejalashtirish, turli masalalarning maqbul yechimini topish, tashabbuskorlik va yetakchilik ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarini ta’minlashga qaratilgan. |
30. | 40 ta turdagi faoliyat bo‘yicha litsenziya olish uchun onlayn ariza yuborish, arizani ko‘rib chiqish holatini kuzatib borish, litsenziyalovchi organ va ekspert komissiyalari ishini avtomatlashtirish, litsenziyalar reyestridan onlayn foydalanish imkoniyatlarini beruvchi Elektron litsenziyalash portalini yaratish va ishga tushirish. | 2017-yil aprel | Axborot texnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 80,0 | AKTni rivojlan-tirish jamg‘armasi | “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksini barcha litsenziyalovchi organlarda joriy qilish jarayonlarini avtomatlashtirish yo‘li bilan l�tsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatlari tartibotlari takomillashtiriladi. |
31. | “Yagona darcha” markazlarida murojaat mualliflari bilan o‘zaro munosabatni boshqarish axborot tizimi va davlat boji hamda davlat xizmatlari uchun to‘langan yig‘imlar qiymati hisobini yuritish bo‘yicha billing tizimini yaratish. | 2017-yil aprel | Axborot texnologiyalari vazirligi, | 1 296,0 | Jalb qilingan mablag‘lar | “Yagona darcha” markazlari faoliyatini avtomatlashtirish axborot tizimi joriy qilinadi. “Yagona darcha” markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari tartibotlari takomillashtiriladi. |
32. | Import-eksport operatsiyalari bo‘yicha beriladigan sertifikat va ruxsatnoma hujjatlarini unifikatsiyalashtirilgan bojxona axborot tizimi orqali taqdim etishni yo‘lga qo‘yish. | 2017-yil may | Davlat bojxona qo‘mitasi, | 5,5 mln. doll. | KOICA xalqaro hamkorlik agentligi granti | Idoralararo elektron hamkorlikni ta’minlagan holda, bojxona faoliyatiga taalluqli bo‘lgan ruxsatnoma hujjatlarini axborot tizimi orqali masofadan turib olish imkoniyati yaratiladi. |
33. | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilarga yanada qulay tashkiliy, texnologik va iqtisodiy sharoitlar yaratish maqsadida Innovatsiya markazini tashkil etish. | 2017-yil II chorak | Axborot texnologiyalari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, DSQ, DBQ, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. Loyiha AKT va dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilarga yanada qulay tashkiliy, texnologik va iqtisodiy sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent shahrida xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, “erkin iqtisodiy hudud” maqomiga ega bo‘lgan, ya’ni barcha soliq AKT yo‘nalishidagi mahalliy kompaniyalar sonining oshishiga, raqobatdosh mahsulotlar yaratilishiga hamda yalpi ichki mahsulotdagi AKT ulushining oshishiga erishiladi. |
34. | “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil II chorak | Axborot texnologiyalari vazirligi, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Loyiha fuqaroning va tadbirkorning shaxsiy kabinetini yaratish orqali personallashtirilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatishni hisobga olgan holda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini takomillashtirish hamda davlat organlari axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining Yagona portal bilan muntazam integratsiyalashgan holda o‘zaro munosabatini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilashni nazarda tutadi. |
35. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 — 2021-yillarda “Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Axborot texnologiyalari vazirligi, vazirlik va idoralar | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada: 2021-yilgacha elektron shaklga o‘tkaziladigan asosiy davlat xizmatlarni va davlat organlari funksiyalarini xatlovdan o‘tkazish; davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoralararo elektron hamkorlik yordamida jo‘natiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini belgilash; davlat organlari tomonidan qabul qilinadigan va yuboriladigan ma’lumotlarni tahlil qilish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibotini takomillashtirish; axborot tizimlari va ular o‘rtasida uzatiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini hamda elektron shaklga o‘tkaziladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan “Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlash nazarda tutiladi. |
36. | Elektr energiyasi iste’molchilarini mobil aloqa orqali elektr energiya iste’moli bo‘yicha ma’lumot bilan ta’minlash va xizmat ko‘rsat?sh. | 2017-yil III chorak | “O‘zbekenergo”, “EnergoABT-sozlash” | 5 000,0 | “O‘zbekenergo” mablag‘lari | Elektr energiyasi iste’molchilarini mobil aloqa orqali ma’lumot bilan ta’minlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha dasturiy ta’minot ishlab chiqish |
37. | Kompyuter qurilmalariga | 2017-yil III chorak | Axborot texnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi | 5 220,0 | AKTni rivojlan-tirish jamg‘armasi | Hududlardagi “Yagona darcha” markazlari va “O‘zbekiston pochtasi” AJ bo‘linmalarida 250 ta infokioskani o‘rnatish. Kompyuter, planshet yoki smartfon qurilmalariga hamda Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga |
38. | Notarial idoralar faoliyatini avtomatlashtirish, barcha notarial bitimlar hisobini markazlashgan holda yuritish va idoralararo elektron hamkorlikni hisobga olgan holda, aholi va tadbirkorlarga notariat sohasida interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish. | 2017-yil IV chorak | Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, vazirlik va idoralar | 12,0 | Jalb qilingan mablag‘lar | “Notarius” axborot tizimlari kompleksini barcha notarial idoralarda joriy qilish. O‘zaro munosabat jarayonlarini avtomatlashtirish yo‘li bilan notariat sohasida aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi takomillashtiriladi. |
39. | Ehtiyoj yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat idoralarida elektron navbatga qo‘yish tizimini joriy qilish. | 2017-yil IV chorak | Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Alohida hisob-kitoblarga muvofiq | Ijrochilar mablag‘lari | Xizmat ko‘rsatish punktlarida elektron navbatga qo‘yish tizimini joriy qilish. Davlat xizmatlaridan foydalanishda aholi vaqtining tejalishi natijasida xalqning davlat boshqaruvi organlariga ishonchi oshadi. |
40. | Aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimini yaratish. | 2017-yil IV chorak | “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi | 13,6 mln. doll. | Koreyaning EDCF jamg‘armasi mablag‘lari | Geografik muhit bo‘yicha erkin fo?�alanishdagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimini yaratish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish. Geografik axborotlardan erkin foydalanish hisobiga ko‘chmas mulk, yer resurslari, manzil, yo‘l, muhandislik infratuzilmasi, turizm sohalarida GPS texnologiyalaridan foydalangan holda tezkor ma’lumot yig‘ish va elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda foydalanish imkoniyatlari yaratiladi. |
41. | “Elektron hukumat” tizimi doirasida ishlab chiqilayotgan axborot tizimlarining axborot xavfsizligi yuzasidan monitoring qilish tizimini yaratish. | Yil davomida | Axborot texnologiyalari vazirligi | 554,8 | AKTni rivojlantirish jamg‘armasi | Chora-tadbirlar. “Elektron hukumat” tizimi doirasidagi axborot tizimlarining axborot xavfsizligi ta’minlanadi. |
42. | Respublika hududlarida aholi va tadbirkorlik subyektlarining kompyuter savodxonligini oshirish va ularga elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish. | Yil davomida | Axborot texnologiyalari vazirligi, | 500,0 | Jalb qilingan mablag‘lar | Axborot texnologiyalari vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining qo‘shma qarori. Aholi va tadbirkorlarning kompyuter savodxonligi, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalari oshadi. |
43. | Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining fuqarolar murojaatlarining ko‘rib chiqilishi uchun mas’ul xodimlari malakasini oshirish tizimini joriy etish. | 2017-yil III chorak | DBA, | Ishlab chiqilgan smetaga muvofiq | Davlat | Chora-tadbirlar dasturi. Dastur: mas’ul xodimlar uchun fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning zamonaviy usul va shakllarini o‘zlashtirishga qaratilgan o‘quv kurslarini tashkil etish; fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazishni nazarda tutadi. |
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish | ||||||
44. | “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017 yil II chorak | Oliy Majlis palatalari | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihani qabul qilinishi davlat organlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish samaradorligining oshishiga, ular tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishiga, fuqarolarning murojaatlarini, ularda ko‘tarilgan muammolarni joyida hal etishda davlat organlari rahbarlari tomonidan qay darajada munosabat bildirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga imkon beradi. |
45. | Har bir tuman (shahar)da jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha “Xalq qabulxonalari”ni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2017-yil I chorak | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, | Hisob kitoblarga asosan | Davlat budjeti mablag‘lari | Amaliy chora-tadbirlar dasturi. Jismoniy va yuridik shaxslarning taklif, ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqishni, aholi bilan doimiy va ochiq muloqotni, ularning muammolarini atroflicha o‘rganish va hal etishni, shuningdek, aholining davlatga bo‘lgan ishonchi ortishini ta’minlaydi. |
46. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek, tuman va shaharlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etilganligi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish. | 2017-yil II chorak | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar | - | - | Qonun hujjatlari loyihalari. Xalq qabulxonalarining huquq va majburiyatlari, ommaviy axborot vositalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlari, shu jumladan, jamoatchilik fikrini tizimli o‘rganib borish mexanizmi ishlab chiqiladi. |
47. | “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Oliy Majlis palatalari Adliya vazirligi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Bosh prokuratura, O‘zNNTMA, AQHMI | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: muhim ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy ahamiyatga ega qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishning barcha bosqichida ushbu loyihalarni Internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarga joylashtirishning majburiyligi; qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasida fuqarolik jamiyati institutlari va tegishli ilmiy tadqiqot muassasalari vakillarining keng ishtirokini ta’minlash nazarda tutiladi. |
48. | Qonun hujjatlariga huquqni muhofaza qiluvchi va davlat boshqaruvi organlari huzurida ushbu organlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi jamoatchilik kengashlari tuzishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish. | 2017-yil III chorak | Adliya vazirligi, | - | - | Qonun hujjatlari loyihalari. Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro samarali hamkorligi ta’minlanadi. |
49. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar | 2017-yil III chorak | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, | - | - | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari loyihalari. Hududlarda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy sheriklik loyihalari bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladi. |
50. | “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, FJShMQMI, O‘zNNTMA | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish uchun Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondidan tashqari nodavlat notijorat tashkilotlariga ham bevosita ijtimoiy buyurtma berish tartibi belgilanadi. |
51. | “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi va “Jurnalistning kasbiy faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish. | 2017-yil III chorak | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Matbuot | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning aniq mexanizmlari; ommaviy axborot vositalari tomonidan jamoatchilik nazoratini (jurnalistik tekshiruvi) amalga oshirish tartibi va jurnalistning erkin faoliyat yuritishi uchun qo‘shimcha kafolatlar nazarda tutiladi. |
52. | Jurnalistlarning amaliy kasbiy malakasi va amaliy ko‘nikmalarini oshirish Dasturini ishlab chiqish. | 2017-yil I chorak | Matbuot va axborot agentligi, | - | - | Ijrochilarning qo‘shma qarori. Jurnalistlarni xorijiy davlatlarga malaka oshirish uchun stajirovkaga yuborish, xorijiy jurnalist va ekspertlarning O‘zbekistonda seminar-trening va mahorat darslarini (master-klasslarini) o‘tkazish. |
53. | 2018-2020-yillarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish va rivojlantirish Dasturini ishlab chiqish. | 2017-yil I chorak | “Mahalla” jamg‘armasi, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. Loyihada: “Mahalla” jamg‘armasi tuzilmasi va faoliyatini yanada takomillashtirish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlarini amalga oshirish mexanizmlarini tartibga solish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari moddiy-texnika bazasini yaxshilash nazarda tutiladi. |
II. QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASh VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI | ||||||
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish | ||||||
54. | Sudya lavozimida bo‘lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o‘n yillik muddatini va shundan so‘ng muddatsiz davrini belgilash. | 2017-yil I chorak | Oliy malaka komissiyasi, | - | - | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi. Ushbu o‘zgartishlar sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashga, sud tizimida yetuk va professional sudyalik korpusining shakllanishiga, sud hokimiyatini boshqa hokimiyat organlari ta’siridan xoli bo‘lishiga xizmat qiladi. |
55. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi negizida sud hokimiyati organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, kengash tarkibining kamida yarmini sudyalar hisobidan shakllantirish va unga quyidagi vakolatlarni berish masalalarini ko‘rib chiqish: sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish; sudyalarning intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish, shuningdek, sudyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish; sudyalik lavozimlariga tayinlash (tasdiqlash) uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga nomzodlarni taqdim etish. | 2017-yil I chorak | Oliy malaka komissiyasi, | - | - | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi. Sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda sudyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasiga vakolat berish sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash, odil sudlovga erishishni, sudyalarni muayyan mansabdor shaxs ta’siridan xoli bo‘lishiga, sud tizimida yetuk va professional sudyalik korpusining shakllanishiga xizmat qiladi. |
56. | Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mexanizmini, shu jumladan, uning asoslarini aniqlashtirish orqali takomillashtirish va sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atishga oid vakolatini tugatish. | 2017-yil IV chorak | Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Oliy malaka komissiyasi, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mexanizmini, uning asoslarini aniqlashtirish va sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atishga oid vakolatini tugatish sudyalarning sud raislari ta’siridan xoli tarzda mustaqil faoliyat yuritishini ta’minlaydi. |
57. | O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini, shuningdek, tegishli shtat birligini o‘tkazish. | 2017-yil I chorak | Oliy sud, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Ushbu choralar sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi. |
58. | Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash. Shu jumladan: | Oliy sud, | - | - | Qonun hujjatlari loyihalari. Ushbu choralar xo‘jalik, birinchi navbatda, ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish sifatini oshirishga, sudyalarni odil sudlov bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan vazifalardan ozod qilishga xizmat qiladi. | |
xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellatsiya sudlarini tashkil etish; | 2017-yil I chorak | |||||
fuqarolik, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va xo‘jalik sudlarining vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan ma’muriy sudlarni tashkil etish; | 2017-yil III chorak | |||||
sudlar tizimida sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etish bo‘yicha takliflar tayyorlash (asosan, umumiy shtat birligi doirasida). | 2017-yil III chorak | |||||
59. | Sudyalarning alohida maqomini inobatga olgan holda, ularning mehnatiga haq to‘lash normalari va pensiya ta’minoti mexanizmini belgilash, shu jumladan, sudlar faoliyatini faqat budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini, har yili respublika budjetida qonunchilik va ijro hokimiyati organlaridan ajratilgan holda alohida qatorda belgilash tizimini joriy etish. | 2017-yil II chorak | Oliy sud, | - | - | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi. Ushbu chora sudlarning mustaqilligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib, ularning faoliyatiga aralashmaslikning qo‘shimcha kafolatlarini yaratadi. |
60. | Sudya lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini belgilash, | 2017-yil IV chorak | Oliy sud, | - | - | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi. Ushbu chora sudyaning mustaqilligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. |
61. | Sud hokimiyati nufuziga | 2017-yil II chorak | Oliy sud, | - | - | Dastur loyihasi. Dastur sud hokimiyati nufuzi va odil sudlov vazifalari samarali amalga oshirish, aholiga qulaylik yaratish |
62. | 2017-yil II chorak | Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Oliy sud, | - | - | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchala� kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi. Ushbu chora taraflarning tortishuvi prinsipini ta’minlash orqali jinoyat va fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirishda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. | |
63. | Advokat vakolatlarini tergov va sud jarayonlarining barcha bosqichida kengaytirish, shu jumladan, advokat tomonidan ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqish tashabbusi mexanizmlarini belgilash. | 2017-yil II chorak | Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Oliy sud, | - | - | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi. Ushbu chora advokatura institutini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishn� ta’minlashda advokatning rolini kuchaytiradi. |
64. | Quyi instansiyalar miqyosida ixtisoslashuvni amalga oshirgan holda, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi negizida yagona oliy instansiya sudini tashkil etish masalasini o‘rganib chiqish va xalqaro standartlarni inobatga olgan holda ushbu masala yuzasidan takliflar tayyorlash. | 2017-yil IV chorak | Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Konstitutsiyaviy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi | - | - | Ushbu chora sudlarda yagona amaliyotni ta’minlash, sud tizimini soddalashtirish va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. |
65. | Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish. Xususan: sudyalar o‘rtasida ishlarni avtomatik ravishda taqsimlash tartibini joriy qilish; sudlarda o‘z vaqtida elektron tarzda axborot almashuvini ta’minlovchi korporativ aloqani joriy etish, sud faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimini kiritish; sud qarorlarining axborot-huquqiy elektron bazasini yuritish, shaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlagan holda va sud ishtirokchilarining roziligi bilan barcha sud qarorlarini chop etish tartibini joriy qilish (yopiq sud jarayonida ko‘rib chiqilganlaridan tashqari). | 2017-yil III chorak | Oliy sud, | - | - | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi. Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini �a’minlash, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg‘or ilmiy-texnika vositalari va axborot texnologiyalarini, shuningdek, ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etishga xizmat qiladi. |
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash | ||||||
66. | “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Mazkur Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi: murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishning interaktiv usullarini kengaytirish; murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalarini nashr etib borish; takroriy murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal etish, fuqarolarni sayyor qabul qilish xususiyatlari; videokonferensaloqa yordamida fuqarolarni masofaviy qabul qilishni tashkil etish; “Xalq qabulxonasi” institutining umumiy qoidalarini belgilash; “Ishonch telefonlari” orqali murojaatni qabul qilish, ko‘rib chiqishning huquqiy asoslari. | 2017-yil II chorak | Oliy Majlis palatalari Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, IIV, Axborot texnologiyalari vazirligi | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyiha bilan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi samarali mexanizmlari va usullari joriy etiladi. |
67. | Barcha huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlarining virtual qabulxonalarini tashkil etish. | 2017-yil I chorak | Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, | Hisob-kitoblarga asosan | Ijrochilar mablag‘lari | Chora-tadbirlar rejasi. Chora-tadbirlarning amalga oshirilishi davlat organlari faoliyatida oshkoralikni ta’minlashga xizmat qiladi. |
68. | Har bir davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘lim (bo‘linma, guruh) tashkil etish. Davlat organlari va muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutadigan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil II chorak | Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirlik va idoralar | - | - | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada quyidagilar belgilanadi: murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘limlarni tuzish tartibi; murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘limlarning vakolatlari va majburiyatlari; murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘limlar xodimlarining huquqiy holati; murojaatlar bilan ishlash bo‘yi?a alohida bo‘limlarning faoliyati ochiqligini ta’minlash choralari. |
69. | “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini mas’ul ijrochilar va sohalar bo‘yicha taqsimlanishi hamda tizimlashtirilishini nazarda tutuvchi murojaatlarning yagona klassifikatori”ni ishlab chiqish va tasdiqlash, murojaatlarni ro‘yxatga olish tizimi bo‘yicha yagona elektron dasturni tatbiq etish. | 2017-yil I chorak | Bosh prokuratura, | - | - | Yagona klassifikator. Murojaatlarning kelib tushish manzili, quyi tizimlarga yuborilganligi, ularning mazmuni, turi va ko‘tarilgan masalalar klassifikatsiyasi hamda takroriy va anonim murojaatlar hisobi, ko‘rib chiqish natijasi, belgilangan tartib va muddatlarda rioya qilinishi, intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik masalalari bo‘yicha tahlillar olib boriladi. |
70. | Davlat organlari va jamoat tashkilotlari veb-saytlari orqali o‘z soha faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha “Onlayn maslahat” ruknini tashkil etish. | 2017-yil I chorak | Advokatlar palatasi, vazirlik va idoralar | - | - | Veb-saytlar sahifalari. Aholiga huquqiy masalalar bo‘yicha tushuntirish ishlari faollashadi, huquqiy maslahatlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida keng targ‘ib qilinadi. |
71. | Har bir davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida murojaatlar bilan ishlash ahvolini har chorakda umumlashtirish. Davlat va �o‘jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati bo‘yicha aholining fikrini ijtimoiy so‘rov o‘tkazish, shu jumladan, Internet tarmog‘i orqali aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish tartibini kiritish. | 2017-yil I chorak | Bosh prokuratura, | 100,0 | “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi mablag‘lari | Amaliy chora-tadbirlar dasturi loyihasi. Fuqarolarning murojaatlari eng ko‘p tushadigan sohalar, ulardagi to‘siqlar, fuqarolarni o‘ylantiradigan boshqa ehtiyojlar aniqlanib, muammolar bartaraf etiladi. |
72. | Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilish jarayonida to‘lanadigan davlat boji miqdorini kamaytirish. | 2017-yil II chorak | Moliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura | - | - | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Fuqarolarning o‘z huquqlarini himoya qilishni so‘rab, sudlarga murojaat qilish imkonini oshiradi. |
73. | Elektron tartibda sud ishini yuritishning zamonaviy shakl | 2017-yil IV chorak | Bosh prokuratura, Oliy sud, | - | - | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi. Elektron tartibda sud ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, shu jumladan, protsess ishtirokchilari bilan o‘zaro elektron hamkorlikni amalga oshirish, videokonferensaloqadan foydalanishni, shuningdek, protsessual harakatlarni video, audio qayd etishni, sud-tergov jarayonlarini stenogramma qilishning yangi turlarini kengroq joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi. |
74. | Sudlar faoliyatiga oid ma’lumot bilan fuqarolarni ta’minlashni nazarda tutuvchi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil IV chorak | Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy malaka komissiyasi, Adliya vazirligi | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada sud tizimi va jarayoniga oid ma’lumotlar hamda sud hujjatlari oshkoraligini ta’minlash choralari nazarda tutiladi. |
75. | Fuqarolarning xususiy mulk huquqi kafolatlarini mustahkamlash. Xususan: jinoyat quroli yoki ma’muriy huquqbuzarlik predmeti sifatida mulkdan foydalanishda mulkdorning aybi bo‘lmagan hollarda mulkni olib qo‘yish (vaqtinchalik olib qo‘yishdan tashqari) va musodara qilishni taqiqlash; O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqi 2 ming baravaridan kam bo‘lmagan, norezidentlar tomonidan qiymati 100 ming doll�rdan kam bo‘lmagan yangi qurilgan ko‘chmas mulkni Toshkent shahri va viloyatida sotib olganlik uchun 5-10 foiz miqdorda davlat boji to‘lagan holda, ko‘chmas mulkni erkin sotib olish va egalik qilish. | 2017-yil II chorak | Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, IIV | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihaning qabul qilinishi fuqarolarning xususiy mulk huquqini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlashga, Toshkent shahri va viloyatida uy-joy qurish sohasini jadal rivojlanishiga xizmat qiladi. |
76. | Pasport-viza, xorijga chiqish va kirish tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda tak�millashtirish: ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, chegara nazorati organlariga yo‘lovchilar haqida dastlabki ma’lumotlarni taqdim etish amaliyotini, avtomatlashtirilgan pasport nazorati kabinasini, chegarani kesib o‘tayotganlarni qidiruvda bo‘lgan shaxslar fotobazasi bilan solishtirish tizimini joriy etgan holda, aeroport va temir yo‘l vokzallarida pasport nazorati tizimini soddalashtirish; pasport tizimini takomillashtirish orqali xorijga chiqish uchun ruxsatnoma (stiker) rasmiylashtirish tartibini bekor qilish; alohida asoslar bo‘yicha xorijga chiqish huquqini sud tomonidan cheklash tartibini kiritish; jismoniy shaxslar uchun bojxona hududiga kirib kelish va uni tark etish bo‘yicha “yashil” va “qizil” yo‘lak tizimini amaliyotga tatbiq etish. | 2017-yil III chorak | IIV, TIV, MXX, DBQ, Bosh prokuratura, | - | - | Mazkur choralarni amalga oshirish xorijga chiquvchi fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning huquq va erkinliklari kafolatlarini mustahkamlash, chegara nazorati organlari faoliyatini takomillashtir�sh va samarasini oshirish, shuningdek, turizm sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi. |
2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish | ||||||
77. | Inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning shaffofligi hamda samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning rivojlanishi holati, zamonaviy talablardan, xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etishni nazarda tutgan holda Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillash-tirish bo‘yicha 2018 — 2021-yillarga mo‘ljallangan Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil IV chorak | Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, | - | - | Konsepsiya loyihasi. Alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish va jinoiy jazolarni insonparvarlashtirish bo‘yicha jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberalizatsiya qilish, ularning ijrosini ta’minlashga olib keladi. |
78. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish: | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, bozor munosabatlari asoslariga mos kelmaydigan hamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iqtisodiy o‘sishiga to‘siq bo‘ladigan ayrim iqtisodiy jinoyatlarni dekriminallashtirish nazarda tutiladi. | ||
ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil jazo turlarini qo‘llashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazoni tugatish; | 2017-yil I chorak | Bosh prokuratura, IIV, MXX,Oliy sud, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi | ||||
voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual harakatlarni o‘tkazishda ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish; | 2017-yil II chorak | Oliy sud, Bosh prokuratura, | ||||
qilmishning jinoiyligini istisno etadigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo‘llash tartibini belgilash; | 2017-yil II chorak | Oliy sud, Bosh prokuratura, | ||||
sudlanganlik holatining tugallanishi va olib tashlanishining amaldagi muddatlarini qisqartirish; | 2017-yil II chorak | Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, Advokatlar palatasi | ||||
yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini kengaytirish; | 2017-yil II chorak | Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, Advokatlar palatasi | ||||
ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan “majburiy jamoat ishlari” jinoiy jazosini kiritish; | 2017-yil IV chorak | Bosh prokuratura, Oliy sud, | ||||
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, bozor munosabatlari asoslariga muvofiq kelmaydigan hamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iqtisodiy aylanmani to‘xtatib turuvchi ayrim iqtisodiy jinoyatlarni dekriminallashtirish. | 2017-yil IV chorak | Bosh prokuratura, Oliy sud, | ||||
79. | Sudgacha fuqarolik va xo‘jalik nizolarini hal etishning asosiy tushunchalari, maqsadlari, vazifalari, mexanizmlarini belgilovchi “Yarashtiruv jarayonlari (mediatsiya) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Adliya vazirligi, Oliy sud, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihaning qabul qilinishi ma’muriy, jinoiy, fuqarolik va xo‘jalik protsessida odil sudlovni ta’minlashning samaradorligi va sifatini oshirishga olib keladi. |
80. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish: tergovning to‘liq emasligini sud muhokamasi jarayonida to‘ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritishga qaytarish institutini bekor qilish; jinoyat protsessiga ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudgacha va sudda ish yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish; xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilishd�n avval e’tirozni majburiy taqdim etish tartibini o‘rnatish; fuqarolik va xo‘jalik, shu jumladan, shartnomaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini qo‘llashni kengaytirish; da’vogar tomonidan javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan bo‘lsa, agar qonun yoki shartnomada mazkur toifadagi nizolar uchun bunday tartib nazarda tutilgan bo‘lsa, da’voni qabul qilishni rad etish tartibini kiritish; hakamlik sudlari faoliyatini tashkil qilishning qonuniy asoslarini va ular tomonidan qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirish, hakamlik sudlariga qo‘yiladigan talablarni aniqlashtirish. | 2017-yil I chorak | Oliy sud, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihaning qabul qilinishi tergovning to‘liq emasligini sud muhokamasi jarayonida to‘ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritishga qaytarish institutini bekor qilishga, ushbu sohaga oid boshqa masalalarda kelib chiqayotgan muammolarni hal etishga, nizolarni sudgacha hal etish mexanizmlarini va advokatura instituti faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi. |
81. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish: fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish muddatini viloyat miqyosidagi sudlar tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlarini nazorat tartibida ko‘rib chiqish institutini tugatib, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish bo‘yicha vakolatlarini bekor qilish; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha biri-birini takrorlovchi vakolatlarini bekor qilish; ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqadigan sudning ishni birinchi instansiya sudiga yoxud apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborishga oid vakolatlarini aniqlashtirish; moddiy va protsessual qonun normalarini buzganlik holatlarni aniqlash holatlaridan tashqari, quyi instansiya sudlari tomonidan tayinlangan jazolarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha kassatsiya xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, shuningdek, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish asoslari tartibini takomillashtirish, shu jumladan, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik ishlari bo‘yicha yangi ochilgan holatlar yuzasidan qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi ariza berish mumkin bo‘lgan eng ko‘p muddatni aniqlashtirish va qisqartirish. | 2017-yil I chorak | Oliy sud, Oliy xo‘jalik sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihaning qabul qilinishi fuqarolik va xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqishni takomillashtirish, biri-birini takrorlovchi majburiyat va instansiyalarni qisqartishga, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik ishlari bo‘yicha yangi ochilgan holatlar yuzasidan qayta ko‘rib chiqish mexanizmlarini aniqlashtirishga xizmat qiladi. |
82. | Elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, shu jumladan, protsess ishtirokchilari bilan o‘zaro elektron hamkorlikni amalga oshirish, videokonferensaloqadan foydalanish, shuningdek, protsessual harakatlarni video, audio qayd etishni, sud-tergov jarayonlarini stenogramma qilishning yangi turlarini kengroq joriy etish. | 2017-yil IV chorak | Bosh prokuratura, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sud, Adliya vazirligi, IIV, MXX, | 25 000,0, shundan, 9 000,0 davlat budjeti mablag‘lari | Davlat budjeti | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyiha bilan elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullari joriy etiladi. |
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish | ||||||
83. | Diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish. | 2017-yil IV chorak | IIV, MXX, DBQ, Mudofaa vazirligi | - | - | Chora-tadbirlar dasturi. Diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish amaliyotini o‘rganib, ushbu yo‘nalishda tashkiliy-amaliy tadbirlarni yanada kuchaytirish yuzasidan takliflar tayyorlash va kiritish. Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ushbu sohada�i jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha samarali usullarni ishlab chiqish imkonini beradi. |
84. | Davlat organlari xodimlari, ta’lim muassasalari o‘quvchilari va jamoatchilik o‘rtasida terrorizm, ekstremizm va boshqa jinoiy faoliyatni oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik-tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish. Ushbu mavzularda bir qator radio va teledasturlar tashkil etish. | Yil mobaynida | IIV, OvaO‘MTV, | - | - | Kompleks profilaktik-tushuntirish tadbirlari. Ushbu hujjatning qabul qilinishi jamiyatda terrorizm, ekstremizm va boshqa jinoiy faoliyatni oldini olishga qaratilgan ishlarning samarali tizimi yaratilishiga, ushbu sohada davlat organlari va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligi mexanizmini yanada takomillash�irishga imkon beradi. |
85. | “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil I chorak | Bosh prokuratura, MXX, IIV, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihaning qabul qilinishi amaldagi qonunchilikni yangi qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun normalariga muvofiqlashtirish imkonini beradi. |
86. | Ichki ishlar organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari va samaradorligini kompleks o‘rganish, tahlil qilish va baholash, birinchi navbatda, quyidagi sohalarda: fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish; huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergovni olib borish; faoliyatning shaffofligini, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlikni, ish natijalari to‘g‘risida aholini xabardor qilishni ta’minlash; axborot-tahliliy ishlarni tashkil etish va faoliyatni normativ-huquqiy ta’minlash; jazoni ijro etish, xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish, yo‘l harakati xavfsizligini, yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda qo‘riqlash tuzilmalari faoliyati; ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish. | 2017-yil I chorak | Vazirlar Mahkamasi, IIV, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi | - | - | Kompleks o‘rganish. O‘rganish natijasida ichki ishlar organlariga qonun bilan yuklatilgan vazifa va vakolatlarning amaliyotda samarali bajarilayotganligi holati, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, jamoat xavfsizligi ta’minlanayotganligi darajasi tahlil qilinib, ushbu yo‘nalishda tegishli takliflar ishlab chiqiladi. |
87. | Quyidagi loyihalarni ishlab chiqish va kiritish: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni; profilaktika inspektorlari faoliyatini tashkil etish prinsiplari, ular faoliyatini baholashning mezonlari, profilaktika inspektori lavozimiga tayinlanadigan shaxslarga qo‘yiladigan talablar, ularning vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, o‘zaro hamkorlikni, shu jumladan, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va aholi bilan hamkorlikni amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi Ichki ishlar organlari tayanch punktlari to‘g‘risidagi nizom; ichki ishlar organlari xodimi lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar, kadrlarni tanlov asosida olish jarayonlari, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyati samar�dorligini baholashning aniq mezonlarini nazarda tutuvchi Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom; ichki ishlar organlari xodimlari xulq-atvorining yangilangan qoidalari, xodimlarni tarbiyalash va xizmat vazifalari lozim darajada bajarilishini ta’minlash maqsadida tuzilmalar rahbarlarining xodimlar bilan yakka tartibda ish olib borganligi uchun shaxsiy javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi Ichki ishlar organlarining Intizom ustavi. | 2017-yil I chorak | Vazirlar Mahkamasi, IIV, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. Loyiha bilan Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy organlari, shu jumladan, tayanch punktlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi, amaliyotda mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha tegishli mexanizmlar ishlab chiqiladi. |
88. | Tuman (shahar) ichki ishlar organlari tuzilmasida quyidagilarni ta’sis etish: belgilangan shtatlar soni doirasida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari — voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimi; axborot-tushuntirish, targ‘ibot ishlarini amalga oshirishga, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni ta’minlashga va jamoatchilik bilan aloqa o‘rnatishga mas’ul bo‘lgan matbuot kotibi lavozimi; faoliyatga yuridik xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi, xodimlarni huquqiy himoya qiluvchi yuridik xizmat tuzilmasi yoki yuriskonsult lavozimi. | 2017-yil I chorak | IIV | - | - | Qonun hujjatlari loyihalari. Ushbu hujjatning qabul qilinishi tuman (shahar) ichki ishlar organlari tuzilmasini takomillashtirish, ularning voyaga yetmaganlar, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, yuridik xizmat ko‘rsatishga oid faoli�tini kuchaytirish imkonini beradi. |
89. | Ichki ishlar organlari huquqiy bazasi va norma ijodkorligi faoliyatining shaffofligi va erkinligini quyidagi yo‘llar bilan ta’minlash: jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor maxfiy tusdagi normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlarning sonini qisqartirish; vazirlikning maxfiy bo‘lmagan idoraviy hujjatlari (buyruqlar, nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar) elektron bazasini, shu jumladan, Internet tarmog‘i orqali erkin kiriladigan bazani yaratish. | 2017-yil III chorak | IIV, | - | - | Aniq chora-tadbirlar. Mazkur chora-tadbirlarning ko‘rilishi vazirlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, bu haqdagi mavjud axborotlardan erkin foydalanish imkonini beradi. |
90. | Barcha darajadagi hokimlarning, prokuratura va ichki ishlar organlarining aholi oldida hisobot berish tizimini joriy etish maqsadida “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi, “Prokuratura to‘g‘risida”gi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Oliy Majlis palatalari Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyiha: huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash holati yuzasidan Oliy Majlis palatalari tomonidan ichki ishlar vazirining yillik hisobotini eshitish tartibini joriy qilishni; barcha darajadagi hokim, prokuratura va ichki ishlar organlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, shuningdek, aholi oldida hisobotlarini eshitish tartibi va mexanizmlarini huquqiy tartibga solishni nazarda tutadi. |
91. | “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. Unda quyidagi munosabatlarni tartibga solish nazarda tutiladi: normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning amaliy tashkiliy-huquqiy mexanizmlari; huquqiy axborotni tarqatishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va ularning vakolatlari; normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan so‘ng ularning foydalanuvchigacha yetkazish bosqichlari; qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlarining konsepsiyalari, tushuntirish xatlarini e’lon qilish tartibi va boshqalar. | 2017-yil II chorak | Oliy Majlis palatalari Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Bunda qabul qilingan qonun hujjatlarini aholi va ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazishning yaxlit tizimi yaratiladi. |
92. | Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi loyihasini tayyorlash. | 2017-yil III chorak | Oliy Majlis palatalari Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, DBA, TDYU, MTRK, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” YIH | - | - | Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori loyihasi. Fuqaro, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini yanada yuksaltirish, davlat organlari xodimlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish samaradorligini ta’minlovchi mexanizmlarni takomillashtirish va bu boradagi munosabatlarni tartibga solish imkonini beradi. |
93. | Aholining faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, jamiyatda huquqiy madaniyat | Yil davomida | Oliy Majlis palatalari Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ombudsman | - | - | Chora-tadbirlar. Huquqiy axborotni o‘z vaqtida hamda sifatli yetkazishning mazkur vazifa yuklatilgan davlat organlari axborot xizmatlarining hamkorlikda faoliyat yuritishlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu sababli mazkur faoliyatni reja asosida, muvofiqlashtirilgan tarzda amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. |
94. | Barcha davlat organlari tomonidan mahallalarda, o‘quv muassasalarida, korxona, tashkilot va idoralarda jamiyat hayotidagi dolzarb muammolar muhokamasi, qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida tizimli ravishda uchrashuvlar o‘tkazish amaliyotini joriy etish. | Yil davomida | Oliy Majlis palatalari Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ombudsman, O‘zNNTMA | - | - | Uchrashuvlar targ‘ibot tadbirlarining samarador shakli bo‘lib, bevosita joylarga chiqqan holda aholining turli qatlamlari bilan o‘tkaziladigan jonli muloqot hisoblanadi. Shu sababli davlat organlari OAVdan qilinadigan chiqishlardan tashqari asosiy e’tiborni mazkur turdagi targ‘ibot tadbirlariga qaratishlari maqsadga muvofiqdir. |
95. | “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil I chorak | Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Qarorda quyidagilar taklif etiladi: qonun hujjatlarini tarqatish tizimini takomillashtirish nuqtai nazaridan Adliya vazirligi tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish; qonun hujjatlari milliy elektron bazasini qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldirish va aholiga erkin foydalanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish. |
96. | Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish. | 2017-yil IV chorak | Bosh prokuratura, MXX, IIV, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi |
97. | Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirish va kuchaytirish mexanizmini o‘z ichiga olgan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash. | 2017-yil iyun | Xalq ta’limi vazirligi, | - | - | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Qaror asosida: huquqiy ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqiladi; uzluksizlik va uzviylik tamoyillari asosida huquqiy ta’lim modeli ishlab chiqiladi; oila, maktabgacha ta’limdan boshlab huquqiy ta’lim-tarbiya tizimining sifati yaxshilanadi. |
98. | Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan aholining huquqiy faolligini, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish darajasini oshirishga qaratilgan “Men har qanday huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashda faol ishtirok etaman”, “Mahallamiz jinoyatchilikka qarshi turadi” aksiyalarini o‘tkazish. Bunda, birinchi navbatda, mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyat sodir etgan fuqarolarning xatti-harakatlarini muhokama qilish amaliyotini keng joriy etish. | Yil davomida | “Mahalla” jamg‘armasi, IIV, | 960,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Maxsus reja ishlab chiqish. Jamiyatda qonunlarga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasiz munosabatda bo‘lish borasida fuqarolik pozitsiyasining kuchayishiga hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga erishiladi. |
99. | Aholini, ayniqsa, yoshlarni diniy ekstremizm, aqidaparastlik kabi buzg‘unchi harakatlar ta’siridan asrash maqsadida mahallalarda hamda ta’lim muassasalarida “Islom ma’rifati aqidaparastlikni qoralaydi”, “Diniy ekstremizm va terrorizm — yoshlar kelajagiga tahdid” mavzularida uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqish. | Yil davomida | Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, OvaO‘MTV, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, “Kamolot” YIH, “Mahalla” jamg‘armasi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, O‘zNNTMA | - | - | Maxsus dastur loyihasi. Yoshlarda dinlar bo‘yicha to‘g‘ri va haqqoniy ma’lumotlar shakllanishiga, ularning savollariga mutaxassislar tomonidan haqqoniy faktlarga asoslanilgan javoblar berilishiga, milliy an’analarga, boy madaniy merosiga tayangan holda, ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tizimli olib borishga erishiladi. |
100. | Ta’lim muassasalari o‘quvchi | Yil davomida | Xalq ta’limi vazirligi, “Kamolot” YIH, Adliya vazirligi, OvaO‘MTV, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, FJShMQMI | 25,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Ko‘rik tanlovlarini o‘tkazish rejasi loyihasi. Tanlovlar orqali o‘quvchi-talabalarda huquqiy bilimlarni yanada oshirish va mustahkamlashga erishiladi hamda bu sohada iqtidorli yoshlar aniqlanadi. Shuningdek, tanlov ishtirokchi jamoalari bilan birga, tinglovchi sifatida jalb qilingan keng yoshlar qatlamini ham huquqiy ongini oshirishga erishiladi. |
101. | Huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan hayotiy misollarga asoslangan, huquqiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi “Jinoyatdan saqlaning!” ruknida ommabop risolalar tayyorlash va nashr etish, ularning taqdimotlarini o‘tkazish. | 2017-yil II-III chorak | Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, IIV, “Kamolot” YIH, “Mahalla” jamg‘armasi | 10,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Mazkur adabiyotlar “Kamolot” YIH orqali yoshlarga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali esa keng aholi ommasiga yetkaziladi. Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlari samaradorligini oshirishga erishiladi. |
102. | Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari hamda aholining huquqiy ongi | 2017-yil fevral (keyinchalik har haftaning juma kunlari) | “Mahalla” jamg‘armasi, IIV, | - | - | O‘quv-mashg‘ulotlarining yillik reja va dasturi loyihasi. Aholiga amaldagi qonun hujjatlarining, ayniqsa, yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarning maqsadi, mazmun-mohiyatini o‘z vaqtida yetkazishga erishiladi. |
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash | ||||||
103. | Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari xodimlari malakasini oshirish, qayta tayyorlash, tanlash, o‘qitish va ichki rotatsiya tizimini takomillashtirish. | 2017-yil II chorak | Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, MXX, | - | - | Idoraviy hujjatlar. Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qodir bo‘lgan xodimlarni tanlash va tayyorlashga qaratilgan. |
104. | Faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda e’tiborni, avvalo, huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish. | 2017-yil I chorak | Bosh prokuratura, IIV, MXX, Adliya vazirligi, DBQ, DSQ | - | - | Idoraviy hujjatlar. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning asosiy vazifasi qonun buzilishi holatlarini fosh etish |
105. | “Xizmat faoliyatini samarali tashkil etish” mavzuida huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida o‘quv-seminarlarini tashkil etish. | Yil davomida | Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, MXX, DBQ, DSQ | - | - | Amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati, avvalo, uning ijrosini ta’minlaydigan davlat organlari xodimlari e’tiboriga yetkazilishi, shu orqali ularning dunyoqarashi yanada takomillashtirilishi lozim. |
106. | Yuksak axloqiy-irodaviy | 2017-yil II chorak | Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, DBQ, DSQ | - | - | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Islohotlarni to‘liq va ko‘zda tutilganidek ro‘yobga chiqarish sud, huquqni muhofaza qiluvchi va davlat nazorati organlarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. |
107. | Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan, masofaviy ta’limni amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy videokonferensaloqa tizimi bilan jihozlangan uning hududiy filiallarini tashkil etish. | 2017-yil II chorak | Adliya vazirligi, Oliy malaka komissiyasi, | Hisob-kitoblarga asosan | Davlat budjeti, Sudlar | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. Markazning faoliyatini takomillashtirish yuridik kadrlar tayyorlash sifatining oshirilishiga olib keladi. |
108. | Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha davlat talablarini ishlab chiqish. | 2017-yil II chorak | Adliya vazirligi, | - | - | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Qaror asosida yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini |
109. | Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini idoralararo rotatsiya qilish tartibini yanada takomillashtirish. Xususan, quyidagilarni nazarda tutgan holda, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini idoralararo rotatsiya qilish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bir idoradan boshqasiga o‘tishda maxsus (harbiy) unvonlar nisbatini belgilash, maxsus (harbiy) unvonlar uchun to‘lanadigan ustamalar miqdorini unifikatsiyalash; rotatsiya qilingan xodimlarning ko‘p yillik xizmati, pul ta’minoti va pensiyasini hisoblashning optimal tartibini belgilash. | 2017-yil II chorak | Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Ushbu chora-tadbirlar sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida rotatsiya qilishda yagona mexanizmni shakllantiradi. |
110. | Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslari faoliyatini takomillashtirish. | 2017-yil III chorak | Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi | Hisob-kitoblarga asosan | Davlat budjeti va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Unda prokuror-tergov xodimlari malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlashning samarali tizimi joriy etiladi va Oliy o‘quv kurslarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi. |
111. | Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qayta tayyorlash, sudyalar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish. | 2017-yil II chorak | Adliya vazirligi, Oliy malaka komissiyasi, | - | - | Xorijiy amaliyot va xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda, o‘qish va amaliyot o‘tash davrini uzaytirish orqali sudyalikka nomzodlarni tayyorlashga yangi talablar qo‘yiladi. Shuningdek, sud amaliyotining dolzarb masalalarini muhokama qilish bo‘yicha muntazam ravishda tadbirlar o‘tkazish shaklida sudyalarning malakasi oshiriladi. |
112. | Yuridik kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish. | 2017-yil IV chorak | Adliya vazirligi, OvaO‘MTV, TIV, | - | - | Tegishli qaror loyihasi. Loyihada quyidagilar aks ettiriladi: Toshkent davlat yuridik universitetining o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha vakolatlarini kengaytirish; universitetning jamoatchilik boshqaruv organi — Homiylik kengashini tasdiqlash, uning tarkibiga sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rahbar xodimlarini, NNT, ta’lim va tadqiqot muassasalarining vakillarini kiritish, uning zimmasiga universitetni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga, xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga, o‘quv jarayoni shakllari xalqaro sud va arbitrajlarida ishtirok eta oladigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini himoya qila oladigan yuridik kadrlarni tayyorlash; |
113. | Huquqni ��hofaza qiluvchi | 2017-yil II chorak | Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, DBQ, DSQ, vazirlik va idoralar | - | - | Idoraviy hujjatlar. Ularda: fuqarolarga huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish va OAV bilan hamkorlik mexanizmlari; huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tarkibiy tuzilmalarining faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlarni ularning rasmiy veb-saytlarida (veb-sahifalarida) joylashtirish nazarda tutiladi. |
2.6. Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish | ||||||
114. | Jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik ishlarining ko‘rilishida advokatning rolini kuchaytirish maqsadida: advokat tomonidan dalillarni to‘plash va ularni jinoyat ishi materiallariga qo‘shish mexanizmi; sudgacha va sudda ish yuritishda advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni, ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumot-maslahatlarini so‘rash va olish tartibini aniqlashtirish; fuqarolik va xo‘jalik nizolarini sudgacha hal qilish jarayonida, shuningdek jinoyat protsessida tomonlarni yarashtirish tartib-taomilida advokat ishtirokini kengaytirish; sud ishini yuritishda ishtirok etish uchun advokat orderini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibini qayta ko‘rib chiqish. | 2017-yil III chorak | Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Sudda ish yuritishda tomonlarning teng huquqliligi va tortishuvi to‘liq ta’minlanadi, yuridik yordam ko‘rsatish borasida advokatlarning vakolatlari kengaytiriladi, fuqarolik va xo‘jalik nizolarini sudgacha hal qilish jarayonida, shuningdek, jinoyat protsessida tomonlarni yarashtirish tartib-taomilida advokat ishtiroki kengaytiriladi. |
115. | Advokatura institutini yanada mustahkamlash maqsadida: advokatlarga hakamlik sudlarida hakam sifatida ishtirok etish huquqini berish; advokat so‘rovini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlarini aniqlashtirish; advokatlar va advokatlik tuzilmalari daromadlarini soliqqa tortish tizimini maqbullashtirish; advokatga litsenziya berish advokatlik litsenziyasi faoliyatini to‘xtatish, tugatishning sud tartibini bosqichma-bosqich joriy etish; advokatlik tuzilmalarining yangi tashkiliy-huquqiy shakllarini joriy etish, tadbirkorlik sub’ektlariga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi korporativ yuridik maslahatlar va yuridik konsaltinglarni rivojlantirish. | 2017-yil IV chorak | Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Advokatlik faoliyatining kafolatlari yanada kuchaytiriladi, advokatlik tuzilmalarining yangi tashkiliy-huquqiy shakllarini joriy etish orqali xalqaro-huquqiy, fuqarolik-huquqiy va xo‘jalik-huquqiy masalalar bo‘yicha hamda tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlarning sifati yanada oshiriladi. |
116. | Notariat va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlari tizimini isloh etish. Xususan: bosqichma-bosqich notariat�ing faol budjet�an tashqari modeliga o‘tish va uni fuqarolik-huquqiy va xo‘jalik nizolarini oldini olishga qaratilgan institut sifatida yanada rivojlantirish; notarius lavozimiga nomzodlar uchun stajirovka muddatini qisqartirish; notarius yordamchisiga hujjat nusxalari to‘g‘riligini tasdiqlash vakolatini berish; notariuslarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini joriy etish; majburiy notarial tasdiqlanadigan bitimlar turlarini maqbullashtirish; notarial idoralarga elektron murojaat qilish tartibini belgilash; davlat bojini elektron muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish; FHDY organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-texnologiyalarini joriy etish. | 2017-yil IV chorak | Adliya vazirligi, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari vazirligi, | Hisob-kitoblarga asosan | Budjetdan tashqari mablag‘lar | Qonun hujjatlariga va idoraviy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi. Kiritiladigan ushbu o‘zgartishlar fuqarolik-huquqiy va xo‘jalik nizolarini oldini olishga qaratilgan institut sifatida notarial idoralarni yanada rivojlantirishga, aholiga qulay va sifatli huquqiy yordam ko‘rsatilishiga, notarial idoralarni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishga, notarial idoralar va FHDY organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi. |
III. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISh VA LIBERALLAShTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI | ||||||
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish | ||||||
117. | Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, ayniqsa, valyuta bozori holati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug‘ilganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan qonunchilikni takomillashtirish. | har chorakda | Iqtisodiyot vazirligi, | - | - | Tahliliy ma’lumotnoma. Iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlarini, milliy valyuta va narxlar darajasining barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. |
118. | Milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ta’minlash. | 2017-yil I chorak | Markaziy bank, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada quyidagilar belgilanadi: inflatsiya darajasini aniqlashda tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari (tariflari) o‘zgarishini kuzatish metodikasini takomillashtirish; moliya bozorlarini va tijorat banklarining investitsiyaviy imkoniyatlarini barqarorlashtirishga qaratilgan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkalarini belgilash tizimini takomillashtirish; naqd pulsiz ko‘rinishda tovar va xizmatlar sotishda sun’iy yuqori narxlar o‘rnatganlik uchun javobgarlikni oshirish orqali ichki bozorda narxning shakllanish tartibini boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy qilish; mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga narxlarni deklaratsiya qilish tartibini bosqichma-bosqich qisqartirish hamda keyinchalik 2020-yilda uni bekor qilish. |
119. | Valyutani tartibga solishning ilg‘or bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish. | 2017-yil I chorak | Markaziy bank, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: valyuta bozoridagi xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, bozor mexanizmini hisobga olgan holda, ichki va tashqi bozorlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini ta’minlovchi va qo‘llab-quvvatlovchi valyuta kursi siyosatini takomillashtirish; tadbirkorlik subyektlarining o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf etish huquqini to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash; har qanday manipulatsiyalarning oldini oladigan mexanizmlarni joriy etgan holda, xorijiy valyutaning birjada erkin muomalada bo‘lishini ta’minlash; tijorat banklari tomonidan jalb qilingan va o‘z resurslari hisobidan xorijiy valyutani tegishli qoidalarga rioya qilgan holda erkin sotish tizimini joriy qilish; budjetga qo‘shimcha tushumlar, tijorat banklarining joriy kreditlari va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish |
120. | Davlat mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlashga, pul-kredit siyosati vositalarini yanada takomillashtirish hamda ularning samaradorligini oshirishga, naqd pul muomalasi mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, DSQ, DBQ | - | - | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda quyidagilar aks ettiriladi: davlat mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarni davlat sektorida hisobga olishning xalqaro standartlariga moslashtirish orqali ularning shaffofligini ta’minlash; pul-kredit siyosati vositalarini yanada takomillashtirish, shu jumladan, iqtisodiyotning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qayta moliyalashtirish stavkasini tartibga solish mexanizmlarining samaradorligini oshirish. |
121. | Bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy qilish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymayotgan to‘siqlarni bartaraf etish. | 2017-yil III chorak | Markaziy bank, | - | - | 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan bank faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar, shu jumladan: bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining talablariga asosan, tijorat banklarining mablag‘lari yetarliligi va likvidliligi darajasi ko‘rsatkichini qo‘llab-quvvatlash; boshqaruv va bank tavakkalchiligi tizimi, shu jumladan, ilg‘or xorijiy amaliyotlari asosida tijorat banklarida menejment tavakkalchiligi samaradorligini yanada oshirish; tijorat banklari faoliyatiga, tijorat banklarining kapitallashuvini oshirish, kredit portfeli miqdorini doimiy oshirib borish va uning sifatini yaxshilash, investitsiyaviy loyihalarni moliyalash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash ko‘lamini yanada oshirish; banklarga xos bo‘lmagan vazifalarni istisno etish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rishni nazarda tutuvchi Dastur loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
122. | Naqdsiz hisob-kitoblar hajmi va qamrovini oshirish, shu jumladan, iqtisodiyot sohalarida to‘lovlarning zamonaviy elektron shakllarini joriy etish va tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish, shuningdek, bankdan tashqari aylanishini qisqartirish. | 2017-yil mart | Markaziy bank, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi, | - | - | Kompleks chora-tadbirlar. Bunda quyidagilarni nazarda tutish taklif etiladi: aholiga muayyan vaqt davomida belgilangan limit doirasida bank mablag‘lari hisobidan to?ar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi kredit kartalarini muomalaga kiritish; bank plastik kartalari orqali hisob raqamlarga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlaridan (“SMS-banking”, “Internet-banking”, “Mobil-banking”) foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; bank plastik kartalari orqali jismoniy shaxslarning depozit hisob raqamlarini boshqarish imkoniyatini kengaytirish; to‘lov terminallaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi miqdorini ikki martaga qisqartirish; plastik kartadagi mablag‘larni boshqa kartaga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni kamaytirish; valyuta va soliq nazoratini soddalashtirishni o‘z ichiga olgan elektron tijoratni rivojlantirishni rag‘batlantirish, plastik kartalar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob qilish tizimida olinmagan tovar va foydalanilmagan xizmat uchun to‘lovni qaytarishni tartib-taomillari va texnologiyalarini joriy etish. |
123. | Bank kassalariga naqd pul tushumlarini rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish. | 2017-yil II chorak | Markaziy bank, Moliya vazirligi, DSQ | - | - | Tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
124. | Kreditorlarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida quyidagi tartiblarni belgilash: qarzdorning moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi axborotni har qanday kreditorga uning yozma so‘rovi olingan vaqtdan boshlab 10 kun ichida taqdim etish; kreditorga qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qarorga e’tiroz bildirish huquqini berish. | 2017-yil aprel | Davlat raqobat qo‘mitasi, DSQ, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Sanatsiya rejasi bilan rozi bo‘lmagan kreditorlarning huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, bankrotlik holatlaridan tikilgan mablag‘larni qaytarish darajasini oshirish, “Biznesni yuritish” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash imkonini beradi. |
125. | Kapitalni jalb qilish hamda korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag‘larini joylashtirishning muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Moliya vazirligi, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Prognozlashtirish | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: mustahkam moliyaviy institutlar (banklar, sug‘urta kompaniyalari, yirik davlat kompaniyalari, aksiyadorlik jamiyatlari)ga qimmatli qog‘ozlar (obligatsiyalar, veksellar va boshqalar) chiqarishga ruxsat berish; qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organning moliya bozorining zamonaviy vositalarini joriy qilinishdagi rolini kuchaytirish, ya’ni mazkur organni nazorat organi sifatida emas, balki qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi organ sifatida faoliyati samaradorligini oshirish; qimmatli qog‘ozlarni dastlabki sug‘urta va boshqa moliyaviy xizmatlarning yangi shakllarini joriy qilish, sug‘urta va boshqa turdagi moliyaviy xizmatlarning hajmini kengaytirish; alohida milliy korxonalar aksiyalarining xorijiy nufuzli fond bir�alarida dastlabki tarzda joylashtirilishiga erishish (IPO), ularning xorijiy kapital bozoriga chiqishini ta’minlash. |
126. | Tarmoqlar va mintaqalarni barqaror rivojlantirish hisobiga ijtimoiy muammolarning hal etilishini ta’minlovchi mahalliy budjetlarning daromad manbaini kengaytirish. | Yil davomida | Iqtisodiyot vazirligi, | - | - | Chora-tadbirlar dasturlari. Mintaqalarning ishlab chiqarish salohiyati kengaytiriladi, mahalliy budjetlar daromadlarini oshirish va alohida viloyatlar va tumanlarning subvensiyalanishini kamaytirish bo‘yicha 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan dasturlar amalga oshiriladi. |
127. | Budjet xarajatlarini yanada optimallashtirish, shaharlar | 2017-yil I chorak | Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, DSQ, TIAISV, Davlat raqobat qo‘mitasi, | - | - | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda quyidagilar aks ettiriladi: budjet xarajatlarini yanada optimallashtirish, mahalliy budjetlar tasarrufida qoladigan soliqlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining mintaqalar mablag‘larini boshqarish bo‘yicha mustaqilligini oshirgan holda fiskal nomarkazlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish. |
128. | Soliq ma’muriyatchiligi sifati va samaradorligini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida soliqqa tortishni takomillashtirish. | 2017-yil III chorak | Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, vazirlik va idoralar | - | - | Quyidagilar nazarda tutiladi: 1) soliq qonunchiligini tanqidiy o‘rganish va tahlil qilish, huquqni qo‘llashda ortiqcha va murakkab normalarni bartaraf etish, soliqqa tortish bazasini hisoblash jarayonini soddalashtirish, yagona bazadan undiriladigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan takliflar tayyorlash; 2) soliq yukini, shu jumladan: yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan qat’iy belgilangan soliq miqdorini, shu jumladan, faoliyat ko‘rsatish (masalan, uzoq va borish qiyin bo‘lgan) joylarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish; yirik korxonalarga bo‘lgan soliq yukini maqbullashtirish hisobiga izchil pasaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
129. | Imtiyozlarning individual tartibda berilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ularni maqbullashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, | - | - | Qonun hujjatlari loyihalari. Yakuni bo‘yicha biznes yu�itish uchun sharoitlar yaxshilanadi, samarali raqobat muhiti yaratiladi. |
130. | Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, yetakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirish orqali: | |||||
1. Xalqaro moliyaviy institutlar pul mablag‘larini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shu jumladan: | Yil davomida | Vazirlik va idoralar, investitsiyaviy loyiha tashabbuskorlari, Iqtisodiyot vazirligi, | Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish. | |||
- 2016-2020-yillar davomida 27 ta loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki kreditlarini jalb qilish; | 2017-2020-yillar | 3,0 mlrd. doll. | Jahon banki mablag‘lari | |||
- 2017-2019-yillar davomida 20 ta loyihani amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki kreditlarini jalb qilish. | 2017-2019-yillar | 2,97 mlrd. doll. | Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari | |||
2. Islom taraqqiyot bankining 1,0 mlrd. doll.dan kam bo‘lmagan miqdorda kreditlarini jalb qilishni ko‘zda tutadigan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalasini ishlab chiqish orqali 2017-2019-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish. | 2017-2019-yillar | Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar | 1,0 mlrd. doll. | Islom taraqqiyot banki mablag‘lari | ||
3. Ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy, infrastruktura va boshqa loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan chet el hukumat tashkilotlarining (Xitoy eksport-import banki, Koreya eksport-import banki, EDCF Fondi, Yapon xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA), Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (ShTHA), Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA), Yevropa hamkorlik komissiyalari va hokazo) imtiyozli kredit hamda grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish. | Yil davomida | TIAISV, TIV, | Kredit va grant mablag‘larini jalb qilish mobaynida aniqlash-tiriladi | Chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari mablag‘lari | Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan imtiyozli kredit va grant mablag‘larini jalb qilish. | |
131. | Yetakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish: jalb qilinayotgan tashqi sarmoya bo‘yicha yuzaga keladigan xarajatlarni kamaytirish maqsadida O‘zbekistonning kredit reytingini yaxshilash hamda yuqori suveren reyting ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida yetakchi xalqaro reyting va sug‘urta agentliklari (S&P, FITCN, MOODY’S va hokazo) bilan uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazish. | 2017-2018-yillar | Moliya vazirligi, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, | - | - | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Yetakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish. Suveren reyting ko‘rsatkichini va kredit reytingini yaxshilash. |
3.2. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish | ||||||
132. | Mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 40 mlrd. dollarga teng bo‘lgan 2017-yilda umumiy qiymati 1,0 mlrd. dollarlik 145 ta ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish, shu jumladan: meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 147 mln. dollarlik 63 ta loyiha; rangli va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 217 mln. dollarlik 6 ta loyiha; kimyoviy xomashyolarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 25 mln. dollarlik 2 ta loyiha; uglevodorod xomashyolarini qayta ishlashni chuqurlashtirish bo‘yicha 342 mln. dollarlik 6 ta loyiha; tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 6 mln. dollarlik 9 ta loyiha; farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo‘naltirilgan 24 mln.dollarlik 7 ta loyiha; qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha 151 mln. dollarlik 29 ta loyiha; tayyor to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha 178 mln. dollarlik 15 ta loyiha. | Yil davomida | O‘zbekoziqovqatxolding, OTMK, O‘zmetkombinat, O‘zkimyosanoat, O‘zbekneftgaz, O‘zbekcharmpoyabzali, O‘zfarmsanoat, O‘zqurilishmateriallari, O‘zbekyengilsanoat, | 116 827 000, | Korxonalarning mablag‘lari, O‘zTTJ, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiya va kreditlar | 2017-yilda ko‘zda tutilgan quvvatlarning tarmoq jadvallari o‘z vaqtida kechikmasdan foydalanishga topshirish bo‘yicha loyiha ishlarining tarmoq dasturlari. Kelgusi 5 yilda respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning YIMdagi ulushi — 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlovchi tarmoqlarning sanoatdagi ulushi — 80 foizdan 85 foizga o‘sadi. 2017-yilda 75 dan ortiq yangi turdagi raqobatdosh tayyor mahsulotlar o‘zlashtiriladi. |
133. | Ko‘mir qazib olish sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga ko‘mir qazib olishni yiliga 7,8 mln. tonnaga oshirish imkonini beruvchi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish. | 2017-2020-yillar | O‘zbekko‘mir, O‘zbekenergo, Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV, Moliya vazirligi, | Loyihaga asosan | O‘zbekko‘mir mablag‘lari va tijorat banklari kreditlari | Chora-tadbirlarni amalga oshirish. Aholining energiya ta’minoti yaxshilanadi. |
134. | Zargarlik sohasini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, TIAIS vazirligi, Markaziy bank, Davlat raqobat qo‘mitasi, DSQ, DBQ | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va ulardan ishlab chiqilgan mahsulotlar aylanmasini soddalashtirish, milliy zargarlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratish hamda tayyor mahsulotlarni eksport qilish; xorijlik buyurtmachilarning qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan O‘zbekiston Respublikasi hududida zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqish uchun tolling operatsiyalarining huquqiy mexanizmlarini joriy etish; qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni import qilishning litsenziyalanishini bekor qilish; mahalliy oltindan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarining eksportga chiqarish hajmi bo‘yicha belgilangan minimal normani (95%) qisqartirish. |
135. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish: | Ishlab chiqish: I chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, | - | - | Kompleks chora-tadbirlar. Korxonalarning rentabellik darajasi oshadi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish va ishchilar sonini ko‘paytirishga olib keladi. |
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonalarning rentabellik darajasini oshirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish; ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish asosida ishchilar sonini ko‘paytirish. | Amalga oshirish: 2017-2018-yillar | |||||
136. | 2017-yilda sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini o‘rtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishni nazard� tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Shu jumladan, ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash hamda modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish, texnologik jarayonlarni optimallashtirish. | Yil davomida | Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, O‘zdavenergonazorat, O‘zneftegazinspeksiya, vazirlik va idoralar | 602 000,0 | Korxonalarning mablag‘lari va tijorat banklar kreditlari | Mahalliy mahsulotlarning, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatdoshligini va tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. |
137. | Iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobat muhitini yaratish hamda mahsulotlar va xizmatlar bozorida bosqichma-bosqich monopoliyani qisqartirish. | 2017-yil III chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Unda quyidagilar aks etadi: korxonalarning birlashishi va qo‘shib olinishida monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish talablarini birxillashtirish; raqobatni cheklovchi kelishuvlar, bitimlar va kelishilgan harakatlarga qarshi kurash mexanizmlarini takomillashtirish; ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarning aksiya va ulushlarini sotib olishda tadbirkorlik subyektlarining hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibini soddalashtirish; manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish maqsadida shu’ba korxona tomonidan ta’sischining ustav fondidan ulush sotib olishini va shu’ba korxona vakillarining ta’sischi kuzatuvchilar kengashida a’zoligini taqiqlash. |
138. | O‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasini, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Konsepsiyani amalga oshirishga doir aniq chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish. | 2017-yil I chorak | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV, TIV, DBQ, vazirlik va idoralar | - | - | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Turizm sohasining tezkor rivojlanishi, uning iqtisodiyotdagi ulushining ortishi, turistik xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi. |
139. | “Turizm to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish. | 2017-yil I chorak | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV, TIV, DBQ, vazirlik va idoralar | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi. Turistik sohani rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari aniqlab beriladi, mazkur sohada tadbirkorlikning keng rivojlanishiga zamin yaratiladi. |
140. | Aeroport va vokzallarda xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash. | 2017-yil I chorak | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston temir yo‘llari, | - | - | Kompleks chora-tadbirlar. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: xorijiy turistlarni kutib olayotgan yoki kuzatayotgan turistik faoliyat subyektlari xodimlariga belgilangan tartibda rejim va himoya choralariga amal qilgan holda maxsus ruxsatnomalar berish orqali aeroport va vokzallar zallarida hozir bo‘lishiga ruxsat berish; aeroport va vokzallarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini tubdan yaxshilash; Davlat bojxona qo‘mitasi, chegara nazorati, aeroport va vokzal xodimlarini turistlar bilan muloqot qilishning zamonaviy shakllariga, shu jumladan, xorijiy tillarga o‘rgatish. |
141. | Turizm sohasida biznesni yuritish bo‘yicha qulay sharoitlarni yaratish, jahon tan olgan brendlarni, xorijiy investorlarni faol jalb etish. | 2017-yil I chorak | TIAISV, | Hisob-kitoblarga asosan | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalariga berilgan imtiyozlar tatbiq qilinadigan iqtisodiyot sohalari ro‘yxatiga turizm sohasi kiritiladi. Mehmonxonalarni qurish va rekonstruksiya qilish bilan shug‘ullanayotgan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnika, butlovchi qismlar va transport vositalarini import qilayotgan subyektlarga soliq va bojxona imtiyozlarini berish nazarda tutiladi. |
142. | Yangi turistik marshrutlarni yaratish, turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish, ularning jozibadorligini kuchaytirish. | Yil davomida | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, | Hisob-kitoblarga asosan | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va ijrochilar mablag‘lari | Chora-tadbirlar rejasi. Turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va yangi turistik marshrutlarni yaratish: mamlakat barcha hududining turistik imkoniyatini o‘rganish va yangi turistik mahsulotlar va marshrutlarni shakllantirish; aholi uchun turlar va ekskursiyalar o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish; ichki marshrutlar bo‘yicha yangi aviaaloqalar ochish; marketing tadqiqotlarini o‘tkazish asosida hududiy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha charter reyslarini tashkil etish. |
143. | “2018 — 2021-yillarga mo‘ljallangan eksport faoliyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”ni ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | TIAISV, TIV, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish; O‘zbekiston uchun savdo aloqalari rivojlantirish borasidagi maqsadli bozorlarni aniqlash; tashqi bozorlar konyunkturasini o‘rganish asosida katta hajmdagi eksportbop tovarlarni ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish; tashqi bozorlarni marketing o‘rganish usulini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash; belgilangan bozorlarni asosiy ishtirokchilar bilan uzviy o‘zaro hamkorlik o‘rnatish orqali ushbu bozorlarni milliy mahsulotlar bilan ta’minlash; xalqaro sifat standartlarni (ISO 9001) keng joriy etish, ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarda mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish. |
144. | Birinchi navbatda, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni yuqori darajada mahalliylashtirishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning istiqbolli sohalarini rivojlantirish dasturini tasdiqlash. | 2017-yil III chorak | Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV, | - | - | Ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish va modernizatsiya qilish, raqobatdosh, eksportbop mahsulot |
145. | Tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash va ularning xalqaro infratuzilmalari bilan integratsiyalashuviga qaratilgan dasturni ishlab chiqish. | 2017-yil II chorak | TIAISV, O‘zbekiston havo yo‘llari, Iqtisodiyot vazirligi, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Qarorda quyidagilar taklif etiladi: milliy transport logistika kompaniyalari o‘rtasida raqobat darajasini oshirish, eksport korxonalari uchun tariflarni pasaytirishni rag‘batlantirish, avtomobil parklarini kengaytiri�, eksportga mo‘ljallangan milliy mahsulotlar narxlarini raqobatdosh qilish maqsadida yuklarni bir transportdan boshqasiga qayta yuklash punktlari sonini oshirish; “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK veb-saytlarida temir yo‘l va havo transportlarida yuk tashish tariflarini optimallashtirish. |
146. | Intellektual mulkni va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni yanada rivojlantirish, shu jumladan: tovar belgilari, sanoat namunalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va patentlarni berish tartibotlarining shaffofligini oshirish; O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning xalqaro tan olinishini ta’minlash; kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish holatlariga qarshi harakat dasturlarini tasdiqlash; tovarlarning sifati va ingrediyentlar tarkibini ularning nomlanishi va markalariga muvofiqligi bo‘yicha standartlar (O'zDStlar)ni qayta ko‘rib chiqish. | 2017-yil iyun | Davlat raqobat qo‘mitasi, Intellektual mulk agentligi, O‘zstandart, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi. Intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni, jumladan, tashqi bozorlarda himoya qilishni kuchaytirish, insofsiz raqobatni bartaraf etish, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi. |
147. | Kapital qurilish sohasida bozor munosabatlarini joriy etishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish | 2017-yil III chorak | Davarxitektqurilish, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari. Unda quyidagilar nazarda tutiladi: qurilishda band bo‘lgan tashkilotlarni kichik tadbirkorlik subyektlari deb hisoblashda xodimlar cheklangan yillik sonini 50 tadan 200 taga ko‘paytirish; qurilishning boshlang‘ich bahosini qurilish tashkilotining rentabelligini hisobga olgan holda belgilash; smeta hujjatlarini tuzishda eskirgan va amaliyotda ishlatilmaydigan texnologiyalar va mashinalarni chiqarib tashlash, bozor mexanizmlarini joriy qilish nuqtai nazaridan qayta ko‘rish; tender savdolari o‘tkazish va qurilish shartlarini o‘zgartirish mexanizmini takomillashtirish; qurilish pudrat tashkilotlari faoliyatini tekshirishlarni tender narxlarini hisobga olib, ishlarni yakunlagandan keyingina amalga oshirish. |
148. | Bozor sharoitlarida erkin faoliyat yurita oladigan, respublikada amalga oshirilayotgan har qanday turdagi loyiha ishlarida qatnashishga imkon beruvchi ustav va aylanma kapitaliga ega bo‘lgan qurilish va loyihalash korxonalarini tashkil etish va joriylarini rivojlantirishga, sohada zamonaviy bozor munosabatlarini yaratishga qaratilgan “Kapital qurilishni yanada takomillashtirish va qurilish materiallari sohasida qulay muhitni yaratish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Davarxitektqurilish, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. Loyihada quyidagilar aks etadi: kapital qurilish sohasidagi normativ bazani bozor munosabatlarini joriy etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish; loyihalash va qurilish tashkilotlariga moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yangi qurilish texnologiyalarini joriy etishga yo‘naltirilgan soliq va boshqa turdagi imtiyoz va yengilliklar berish; milliy loyihalash va qurilish tashkilotlarini tashqi bozorlarga kirishiga keng jalb etishni ta’minlovchi kompleks tadbirlarni amalga oshirish; loyihalarni ekspertiza qilish tizimini takomillashtirish; loyihalarni moliyalashtirishning turli zamonaviy usullarini va boshqa moliyaviy vositalarini joriy etish; pudrat tashkilotlarida mavjud bo‘lgan mutaxassislarni saqlab qolish, malakali kadrlarni jalb etish imkonini beradigan sharoitlarni yaratish; qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish; loyihalash va qurilish tashkilotlari assotsiatsiyalarini tashkil etish. |
149. | Avtom�bil yo‘llari holatini yaxshilash va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida:umumfoydalanishdagi xalqaro, respublika va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish;xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llarni ta’mirlash;shahar ko‘chalari, aholi punktlariga kirish va ichki yo‘llarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;yo‘l xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash;qurilish materiallarini innovatsion turlaridan hamda zamonaviy ilg‘or texnologiyalar va usullardan foydalangan holda avtomobil yo‘llari sifatini yaxshilashni belgilovchi standartlarni takomillashtirish. | 2017-yil | Respublika yo‘l jamg‘armasi, O‘zavtoyo‘l, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davarxitektqurilish, vazirlik va idoralar | 1 550 000,0 | Investitsiya dasturi doirasida Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari | Chora-tadbirlarni amalga oshirish. Avtomobil yo‘llari holati yaxshilanadi va yo‘l-transport infratuzilmasi rivojlanadi. Aholi |
150. | “Talgo-250” rusumidagi 2 ta yuqori tezlikdagi yo‘lovchi poyezdini sotib olish loyihasini amalga oshirish. | 2017-yil 1-yarmi | O‘zbekiston temir yo‘llari | 42,0 mln.doll. | Ijrochi mablag‘lari — 26,0 mln.doll.; Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi – 16,0 mln.doll. | 1-elektropoyezdni keltirish — 2017-yil mart; 2-elektropoyezdni keltirish — 2017-yil may. |
151. | Qarshi-Termiz temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish. | Yil davomida | O‘zbekiston temir yo‘llari | 160,3 mln.doll. | Ijrochi mablag‘lari — 73,86 mln.doll.; boshqa manbalar — 86,4 mln.doll. | Qarshi-Termiz temir yo‘l liniyasi elektrlashtirish ishlari yakunlanadi. |
152. | Buxoro-Miskin yangi temir yo‘l liniyasini qurish. | Yil davomida | O‘zbekiston temir yo‘llari | 143,0 mln.doll. | Ijrochi mablag‘lari — 48,8 mln.doll. Tiklanish | Buxoro-Miskin temir yo‘l liniyasi quriladi va poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. |
153. | Pop-Namangan-Andijon temir yo‘l uchastkasini ele?trl�shtirish. | 2017 — 2019-yillar | O‘zbe�iston temir yo‘llari | 18,0 mln.doll. | Ijrochi mablag‘lari | Pop-Namangan-Andijon temir yo‘l uchastkasi elektrlashtiriladi. |
154. | Temir yo‘llarni qayta tiklash. | 2017 — 2019-yillar | O‘zbekiston temir yo‘llari | 51,1 mln.doll. | Ijrochi mablag‘lari | Temir yo‘llarning ahvoli yaxshilanadi. |
155. | Yo‘lovchi vagonlar tarkibini yangilash. | 2017 — 2019-yillar | O‘zbekiston temir yo‘llari | 8,1 mln.doll. | Ijrochi mablag‘lari | Yo‘lovchi vagonlar tarkibi yangilanadi. |
156. | “Toshkent shahar aeroporti yangi xalqaro yo‘lovchi terminalini (Toshkent-4) qurish” loyihasini amalga oshirish. | 2017 — 2019-yillar | O‘zbekiston havo yo‘llari, Moliya vazirligi, TIAISV, O‘zmilliybank, Toshkent shahar hokimligi | jami — 343,6 mln.doll. shundan, 2017-yilda — 152,9 mln.doll. | O‘zbekiston havo yo‘llari mablag‘lari — 11,9 mln.doll.; Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari — 81,7 mln.doll.; “EDCF” jamg‘armasi mablag‘lari (Koreya Resp.) — 200 mln.doll.; Koreya Resp. Eksimbanki mablag‘lari — 50 mln.doll. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, pudrat tashkilotini aniqlash, qurilish-montaj ishlarini boshlash masalalari hal qilinadi. |
157. | Respublika hududlarida | 2017-yil IV chorak | Axborot texnologiyalari vazirligi | 5,7 mln. doll. | Operator va provayderlar mablag‘lari | Respublika aholisining yuqori tezlikda Internetga ulanishi, multimedia va IP-TV xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi. |
158. | Kommutatsiya markazlarini IMS texnologiyasi asosida modernizatsiya qilish. | 2017-2018-yillar | Axborot texnologiyalari vazirligi | 44,7 mln. doll. | O‘zbektelekom mablag‘lari, xorijiy investorlar kreditlari | Shaharlararo avtomatik telefon stansiyalar sig‘imlari 17152 ta E1 portga oshiriladi. |
159. | Respublika hududlarida mobil aloqa operatorlarining 1843 ta baza stansiyalarini o‘rnatish. | 2017-yil IV chorak | O‘zbektelekom, mobil aloqa operatorlari | 115,2 mln.doll. | Operator va provayderlar mablag‘lari, xorijiy kreditlar | Mobil aloqa operatorlarining tarmoqlari qamrovi hududlarini kengaytirishga erish�ladi. |
160. | Respublika hududlarida 66 ta yuqori quvvatli va 328 ta kam quvvatli raqamli televideniye uzatkichlarini o‘rnatish va ishga tushirish. | 2017-yil IV chorak | Axborot texnologiyalari vazirligi | 62,5 mln. doll. | Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari mablag‘lari | Respublika aholisini, shu jumladan, tog‘li va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi aholini raqamli televideniye bilan qamrab olish darajasi 100 foizga yetkaziladi. |
3.3. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish | ||||||
161. | Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini maqbullashtirish, bunda: paxta ekin maydonlarini 49 ming gektarga va g‘alla maydonlarini 10 ming gektarga qisqartirish; qisqartirilgan ekin maydonlariga boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, jumladan, kartoshka — 8,1 ming gektar, sabzavot — 27,2 ming gektar, intensiv bog‘ — 5,9 ming gektar, tokzor — 2,9 ming gektar, ozuqa ekinlari — 10,9 ming gektar va moyli ekinlar — 4 ming gektar. | Yil davomida | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Yergeodezkadastr, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2015-yildagi PQ-2460-sonli va Vazirlar Mahkamasining 01.11.2016-yildagi 378-sonli qarorlarining ijrosini ta’minlash. Past rentabelli ekin maydonlarida paxta va g‘alla yetishtirishdan ko‘riladigan zararni 80 mlrd. so‘mga qisqartirish; qo‘shimcha 1 mln. tonnaga yaqin meva-sabzavot mahsulot�arini ishlab chiqarish; hududlarda 48,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish natijasida ushbu ekin maydonlarida band bo‘lgan aholi sonini 75,6 mingga yetkazish; meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini 2 barobar oshirish. |
162. | Zamonaviy agrotexnologiyalar asosida yuqori hosildorlikka ega bo‘lgan, ertapishar hamda shirin ta’mga ega pakana va yarim pakana daraxtlarni ekish orqali intensiv bog‘ va uzumchilikni rivojlantirish va dunyo bozorlarida xaridorgir eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, jumladan: | Yil davomida | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fermerlar kengashi, | 532 346,0 loyihaga asosan | fermer xo‘jaliklari mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari | Vazirlar Mahkamasi qarori va bayoni loyihasi. Bog‘ va tokzorlar maydonlarini kengaytirish va ularning eskirgan va yaroqsiz maydonlarini yangilash. Bog‘ va tokzorlar maydonlarini yangilash natijasida yer unumdorligi oshishi hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish; 2016-yildagi jami mevali bog‘lar maydonida intensiv bog‘larning 10 foiz ulushini 2020-yilga borib 30 foizga oshirish natijasida ularning hosildorligini kamida 3-4-martaga oshirish. Yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish, tomchilatib sug‘orish tizimi asosida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini kengaytirish, bevosita mahsulot yetishtirish hududida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish hisobiga qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish tizimini takomillashtirish. |
13 ming gektar maydonda yangi intensiv bog‘ va 7,3 ming gektar tokzorlar tashkil qilish hamda 15,4 ming gektar bog‘ va 9 ming gektar tokzorlarni rekonstruksiya qilish; mavjud past rentabelli bog‘ va tokzorlarni bosqichma-bosqich, yiliga 10 foizdan yoki 26,4 ming bog‘ va 14,1 ming tokzorlarni intensiv usulga o‘tkazish; yangi tashkil etilayotgan va mavjud intensiv bog‘ va tokzorlarga bosqichma-bosqich yiliga 5,7 ming gektardan tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish; respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos pakana va yarim pakana daraxt ko‘chatlari va payvantaklari yetishtirish hajmini kamida 7000 mingtaga oshirish; | Yil davomida | |||||
bevosita meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish uchun ajratilgan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish uchun suv havzalari, yirik suv o‘lchash sig‘imlari, birlamchi sovitish tizimlari va sovitkich kameralari hamda texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa obyektlar qurish tartibini ishlab chiqish hamda joriy qilish; | 2017-yil I chorak | |||||
istiqbolli va dunyo bozorlarida talab yuqori bo‘lgan eksportbop intensiv bog‘ mevalari ko‘chatlarining navlarini sinash va ularni respublika hududida ekishga tavsiya etiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reyestriga kiritish; | 2017-yil II chorak | |||||
tashkil etilayotgan intensiv bog‘larda zamonaviy mineral va organik o‘g‘itlardan hamda kasallik, zararkunandalar va begona o‘tlardan muhofaza qiluvchi kimyoviy vositalardan foydalanish tizimini ularni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ishlatilishi ruxsat etilgan pestitsidlar va agroximikatlar ro‘yxatiga kiritish orqali tashkil qilish. | 2017-yil II chorak | |||||
163. | Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini rivojlantirish, ularning xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona va tejamli foydalanish va shu asosda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish barqarorligiga erishish: | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Yergeodezkadastr, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, loyiha institutlari | 905 000,0, shundan 457 273,0 Davlat budjeti mablag‘lari | Davlat budjeti mablag‘lari, Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi, tashkilotlarning mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari | Tahliliy ma’lumot. Vazirlar Mahkamasi Rayosatida taqdimot. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. 270,5 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini barqaror saqlash, 276,2 ming gektar sug‘oriladigan yerlarni suv bilan kafolatli ta’minlash, pudrat tashkilotlarining texnik ta’minotini oshirishga erishiladi. | |
734,9 km magistral, tumanlararo, xo‘jaliklararo kollektorlarni, 348,3 km yopiq-yotiq drenaj tizimlarini, | Yil davomida | |||||
14537,2 km ochiq kollertorlarni, 1330,5 km yopiq-yotiq drenaj tarmoqlarini, 15 dona meliorativ nasos stansiyalarini, 791 dona meliorativ tik quduqlarni, 2277 dona meliorativ obyektlardagi tidrotexnik inshoatlarini ta’mirlash va tiklash; | Yil davomida | |||||
500 km kanallarni, 74 km sug‘orish lotok tizimini, 106 dona gidrotexnik inshootlarni, 10 km bosimli suv quvurlarini, sig‘imi 625 mln. metr kubga teng bo‘lgan suv omborlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda 0,5 km qirg‘oqbo‘yi mintaqasini himoyalash; | Yil davomida | |||||
142 dona meliorativ texnika va jihozlarni suv xo‘jaligida ixtisoslashgan pudrat tashkilotlariga lizing orqali yetkazish; | Yil davomida | |||||
2013-2017-yillar davomida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini tanqidiy o‘rganish; | 2017-yil III chorak | |||||
kollektor-drenaj va irrigatsiya tizimlarini, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini va suv bilan ta’minlanganlik darajasini kompleks o‘rganish natijasida 2018-2022-yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil IV chorak | |||||
164. | Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, meva-sabzavot, kartoshka va uzum ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, ichki bozorda ularga bo‘lgan narxlar keskin oshishining oldini olish: | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Yergeodezkadastr, | 234 342,0 | fermer xo‘jaliklari mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari | Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni mahsulotlar bilan to‘ldirish, aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash. | |
meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, jumladan, sabzavot — 105,7%, kartoshka — 106,3%, poliz — 106,1%, meva — 106%, uzum — 105,7%, go‘sht — 105,6%, sut — 108,1%, tuxum — 111,3%, baliq — 120% va asal — 118,2 %ga; | Yil davomida | |||||
394 gektar maydonga 503 ta issiqxona xo‘jaliklari va 6885 ta aholi shaxsiy tomorqalaridagi 176 gektar maydonda issiqxonalar qurish; | Yil davomida | |||||
aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklarida muqobil elektroenergiya manbalaridan foydalaniladigan yengil konstruksiyali issiqxonalar, kichik parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik xo‘jaliklarini tuzish va boshqa yuqori samarali va yuqori daromadli mahsulotlarni ishlab chiqarishda amaliy yordam ko‘rsatish hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish; | Yil davomida | Kompleks chora-tadbirlar. Aholi tomorqa va dehqon xo‘jaliklari mavjud imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, yangi ish o‘rinlarini shakllantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish hamda turmush darajasini yaxshilashga erishiladi. | ||||
shaxsiy tomorqalardan foydalanish, dehqon xo‘jaliklarini yuritish, mavjud yer uchastkalaridan �amarali va oqilona foydalanish va ulardan yuqori hosil va daromad olish bo‘yicha zamonaviy texnologiya va tajribalarni targ‘ibot qilish hamda tarqatish; | Yil davomida | |||||
ho‘l meva va qayta ishlangan mahsulotlarni saqlash va eksportga jo‘natish maqsadida umumiy hajmi 132,2 ming tonnalik 184 ta muzlatkichli omborlarini tashkil qilish va 1,4 ming tonnalik 4 ta muzlatkichli omborlarni modernizatsiya qilish; | Yil davomida | Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli dastur. Muzlatkichli omborlarning umumiy hajmini 632 ming tonnaga yetkazish va 1000 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish. | ||||
almashlab ekish tartibini qo‘llagan holda, uzoq muddatga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishni rejalashtirishga o‘tish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | 2017-yil II chorak | Kompleks chora-tadbirlar. Tuproq unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish. Har xil kasallik va zararkunandalarni bartaraf etish. Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirish. | ||||
165. | Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligini barqaror hamda samarali rivojlantirishni ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va sotish sohalarini, ularning iqtisodiy samaradorligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlash va zaruriy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan jihozlash, shu jumladan: ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyati uchun me’yoriy-huquqiy asoslarni yaratish, ularni davlat tomonidan, shu jumladan, imtiyozli kreditlash yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini kuchaytirish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va sotishda fermer xo‘jaliklari kooperatsiyasini rivojlantirish, qishloq joylarda mahsulotlarni ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha kichik korxona va ularning bo‘limlarini tashkil etish; qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish. | 2017-yil II chorak | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fermerlar Kengashi, Yergeodezkadastr, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Qishloq joylarda yangi moliyaviy barqaror, o‘zining ishlab chiqarishi yo‘nalishini ob-havo sharoiti va bozor talablaridan kelib chiqib, bozor talabiga mos ekinlarni yetishtirishga tez moslashuvchi hamda bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdan yuzaga kelgan yo‘qotishlarni boshqa turdagi ishlab chiqarishdan olingan daromad bilan to‘liq qoplaydigan subyektlarni tashkil etish imkonini beradi. |
166. | Chorvachilikni yanada rivojlantirish: | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fermerlar kengashi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot �azirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jalik ilmiy tadqiqot institutlari | - | - | Tahliliy ma’lumotlar. Vazirlar Mahkamasining Rayosatida taqdimot. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi. Kompleks dasturni amalga oshirish natijasida 2020-yilga kelib yirik shoxli qoramol bosh soni 21,8%ga, mayda shoxli qoramol bosh soni 18,3%ga va sut mahsulotlari 36,8%ga oshadi. | |
chorvachilik va veterinariya bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish; | 2017-yil I chorak | |||||
naslchilikni rivojlantirish, naslchilikda ilmiy tadqiqot ishlarini joriy etish; | Yil davomida | |||||
chorvachilikning ozuqa bazasini yaratish, ozuqa ekinlari yetishtiriladigan maydonlarni kengaytirish, ozuqa ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ularning urug‘chiligini tashkil qilish, chorvachilikni sifatli ozuqalar, bioqo‘shimchalar, vitaminlar, makro-mikro elementlar va boshqa ozuqa birliklari bilan ta’minlash; | Yil davomida | |||||
veterinariya xizmatlarini yaxshilash va epizotik holatning barqarorligini ta’minlash, veterinariya laboratoriyalarini moddiy-texnik jihozlash; | Yil davomida | 21 400,0 | Davlat budjeti mablag‘lari | |||
veterinariya me’yorlari va qoidalarini takomillashtirish hamda veterinariya preparatlarini va ozuqa qo‘shimchalarini sertifikatlashni bir xil qoidalarga keltirish. | 2017-yil I chorak | |||||
167. | 2017 — 2021-yillarda parrandachilikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish asosida parrandachilik sohasini rivojlantirish: | 2017-yil I chorak | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, | - | - | Tahliliy ma’lumot Vazirlar Mahkamasida taqdimot O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. 2020-yilga borib, parranda bosh soni 42,4%, go‘sht ishlab chiqarish 21,4% va tuxum — 39%ga o‘sishi kutilmoqda. |
zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish orqali yirik parrandachilik korxonalarining to‘liq ishlab chiqarish quvvatlari bilan ishlashini ta’minlash, ularni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash; | Yil davomida | |||||
parrandachilikning naslchilik bazasini rivojlantirish va naslchilik xo‘jaliklari asosida zamonaviy seleksiya-genetik markazlar tashkil qilish hamda ularning texnik va texnologik jihozlanish darajasini oshirish; | 2017-yil I — III chorak | |||||
parrandachilik mahsulotlari-ni qayta ishlash darajasini oshirish, yangi turdagi tayyor mahsulot ishlab chiqarish tizimini rag‘batlantirish; | Yil davomida | |||||
sifatli ozuqa, bioqo‘shimchalar, vitaminlar, makro-mikro elementlar va boshqa ozuqa qo‘shimchalari ishlab chiqarishni tashkil qilish, shuningdek, parrandachilik xo‘jaliklariga davlat resurslaridan bug‘doy yetkazib berish tizimini takomillashtirish yo‘li bilan ozuqa bazasini mustahkamlash; | 2017-yil I chorak | |||||
sohani yuqori malakali kadrlar, ayniqsa, zootexnik va veterinarlar bilan ta’minlash, shuningdek, malakali chet el mutaxassislarini jalb qilish. | Yil davomida | |||||
168. | Respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos, qurg‘oqchilikka, sho‘rlikka, issiqlikka va kasalliklarga chidamli qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari va hayvonot turlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish. Gennokaut biotexnologiyalari asosida iste’molchilar sog‘lig‘iga salbiy ta’sirchanligini isbotlagan holda, har xil tuproq-iqlim zonalariga mos ertapishar va yuqori hosilli qishloq xo‘jalik ekin navlarini yaratish. Yuqori mahsuldorlikka | Yil davomida | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, | Chora-tadbirlarni ishlab chiqish natijasida aniqlanadi | XMI grant mablag‘lari | Chora-tadbirlar dasturi. Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini va chorva mahsuldorligini oshirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarishdagi mavjud keng imkoniyatdan samarali foydalanish. |
169. | 2017-yilda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun Xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etish: Osiyo taraqqiyot bankining 150,0 mln.dollar mablag‘ini “Qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish” loyihasiga; Xalqaro taraqqiyot va tiklanish bankining 150,0 mln.doll. mablag‘ini “Chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasiga; Xalqaro qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti jamg‘armasining Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 14,0 mln.dollar mablag‘ini “Orol bo‘yi mintaqasida iqlim | Yil davomida | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekoziqovqatxolding, Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi | 337,8 mln.doll. | OTB, XTTB, XQXTJ, XTU | Tahliliy ma’lumotlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish. Chorvachilik sektorini rivojlantirish. Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta ishlashni rivojlantirish. Orol bo‘yi mintaqasida iqlim o‘zgarishga moslashish va oqibatlarini yumshatishga erishish. |
3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish | ||||||
170. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes ombudsman)ni tashkil etish. | 2017-yil I chorak | Adliya vazirligi, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. Loyihada yangi tashkil etiladigan ombudsmanga quyidagi vakolatlarni berish nazarda tutiladi: tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish; tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilayotganligini o‘rganish; davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish. |
171. | Xususiy mulkni himoya qilish va xususiy mulk obyektlaridan samarali foydalanishni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida quyidagi tartiblarni o‘rnatish: mulkdan jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli sifatida foydalanishda mulkdorning aybi bo‘lmagan hollarda mulkni musodara qilish yoki olib qo‘yishni (vaqtinchalik olib qo‘yish bundan mustasno) taqiqlash; davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni oldindan qoplab berish; tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan foydalanilma-yotgan, jumladan, ajratilgan yer uchastkalarida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari tomonidan olingan majburiyatlar bajarilmayotgan hollar yuzaga kelgan davrda yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkalarini uch baravar miqdorda qo‘llash. | 2017-yil iyun | Adliya vazirligi, | - | - | O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi. Xususiy mulk kafolatlari va uni himoya qilishni kuchaytirish, qurilishi tugallanmaga� obyektlar savdosini tartibga solish, tadbirkorlik faoliyati yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. |
172. | Foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini, jumladan, “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish jarayonlarini yanada soddalashtirish hamda bunday obyektlar tadbirkorlik subyekti tomonidan aniqlanganda, ularni sotib olish yuzasidan takliflarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibini belgilash. | 2017-yil mart | Davlat raqobat qo‘mitasi, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish, xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, davlat mulklarining real narxlarini shakllantirish. |
173. | Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish: bino va inshootlar maydonlaridan kelib chiqqan holda ularni xatlovdan o‘tkazishning differensiallashgan muddatlarini belgilash; kadastr organlarining Davlat soliq qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Adliya vazirligi va boshqa idoralar hududiy bo‘linmalari bilan real vaqt rejimida ma’lumot olish imkonini beradigan o‘zaro elektron axborot almashinuvi tizimini to‘liq joriy etish; ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda uni takroran xatlovdan o‘tkazishni taqiqlash. | 2017-yil II chorak | Yergeodezkadastr, Axborot texnologiyalari vazirligi, | 500,0 | Ijrochilarning o‘z mablag‘lari | O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari. Vako�atli organlar o‘rtasida axborot almashinuvi tartibini soddalashtirish, bino va inshootlarni xatlovdan o‘tkazish muddatlarini qisqartirish, vakolatli organlar tomonidan amalga oshirilayotgan kadastr ishlari sifatini yaxshilash imkonini beradi. |
174. | Nazorat qiluvchi organlarning kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvini va ular tomonidan o‘tkaziladigan rejali tekshirishlar sonini yanada qisqartirish, bunda: Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularni avtomatlashgan axborot tizimi orqali tahlil qilib, xavf-xatarlarni baholash asosida tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish bo‘yicha reja-jadvalni ishlab chiqish. | 2017-yil I chorak | DSQ, Moliya vazirligi, | - | - | Kompleks chora-tadbirlar. Tekshirishlar reja-jadvalini shakllantirishda avtomatlashtirilgan holda xavf-xatarlar baholanadi. |
175. | Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kafolatlash fondini tashkil etish, bunda: ustav kapitalining boshlang‘ich miqdorini O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi, davlat organlari va tijorat banklari — muassislar ulushlari hisobiga shakllantirish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlarga tijorat banklari tomonidan yangi texnologik uskunalarni sotib olishga beriladigan kreditlarning garov bilan qoplanmagan qismini ta’minlash. | 2017-yil I chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, | 100 000,0 | Ijrochilar va tijorat banklari mablag‘lari | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Tadbirkorlik subyektlarini kredit va boshqa moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlashni kengaytirish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda kredit olish uchun garov ta’minotini taqdim etish imkoniyati yaratiladi. |
176. | Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bir gektardan ortiq yer maydonlarini ajratish tizimini takomillashtirish maqsadida: Tadbirkorlik subyektlarining ishtirokisiz “yagona darcha” tamoyili asosida yer maydonlarini tanlash va ajratish materiallarini tayyorlash va vakolatli organlar bilan kelishish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish; tadbirkorlik subyektlariga arizani ko‘rib chiqish jarayonini interaktiv kuzatish imkoniyatini yaratish. | 2017-yil II chorak | Davarxitektqurilish, Yergeodezkadastr, | - | Ijrochilar mablag‘lari | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Tadbirkorlik subyektlariga yer maydonlarini ajratish tartibotlarining oshkoraligini ta’minlash, vakolatli davlat organlaridagi axborot almashinuvi tizimini yaxshilash, hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi. |
177. | Tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga tayyor holda ulash tizimini takomillashtirish maqsadida: muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiyalash. | 2017-yil I chorak | O‘zbekenergo, O‘ztransgaz, O‘zdavenergonazorat | - | - | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmog‘iga ulash tizimi yanada takomillashtiriladi, uning muddatlari va xarajatlari qisqaradi. |
178. | Tadbirkorlik subyektlarini xomashyo va materiallar bilan ta’minlashni takomillashtirish. | 2017-yil II chorak | Iqtisodiyot vazirligi, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: O‘z�ekistonda ishlab chiqarilmayotgan yoki ishlab chiqarish hajmi yetarli bo‘lmagan mahsulotlar importi dinamikasini tahlil qilish asosida bunday tovarlarga bojxona to‘lovlari miqdorini kamaytirish; ochiq birja savdolari orqali yuqori likvidli tovarlarni sotish hajmlarini 10 foizdan kam bo‘lmagan miqdorga oshirish. |
179. | Tijora� ba?klari tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va kengaytirish hamda ularning ishlab chiqarish faoliyati uchun xomashyo va materiallarni sotib olishda moliyaviy resurslarga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida iqtisodiyot hamda kichik biznes sohasi subyektlarini kreditlash hajmini 1,2 barobar oshirish. | Yil davomida | Markaziy bank, tijorat banklari | - | - | Kompleks chora-tadbirlar. Ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash |
180. | Yakka tartibdagi tadbirkorlikning rivojlanishini yanada qo‘llab-quvvatlash va mazkur sohadagi qonunchilikni takomillashtirish, bunda yakka tartibdagi tadbirkorlar, oilaviy tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklariga plastik kartalaridagi pul mablag‘laridan ishlab chiqarish, savdo faoliyati va boshqa ehtiyojlar uchun foydalanish imkonini berish va ularni tasarruf etishdagi asossiz cheklovlarni bekor qilish. | 2017-yil mart | Markaziy bank, DSQ, | - | - | Qonun hujjatlariga o‘zgartish Bank plastik kartalaridan foydalangan holda, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish hamda pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirishga xizmat qiladi. |
181. | Oilaviy biznes va hunarmandlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish. | Yil davomida | Markaziy bank, Tijorat banklari | 350 000,0 | Tijorat banklari kreditlari | Aholi tomonidan o‘z xonadonlarida milliy hunarmandlik asosida tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladi va qo‘shimcha daromad manbai yaratiladi. |
182. | Tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rag‘batlantirish va takomillashtirish, eksport-import operatsiyalarini tartibga solishni takomillashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari raqobatdoshligini oshirish, eksport hajmini ko‘paytirish va geografiyasini kengaytirish. | 2017-yil I chorak | TIAISV, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: tovarlarni ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlarni import qilishda muvofiqlik sertifikatini berish muddatini, ilgari xuddi shunday tovar uchun sertifikat olgan taqdirda 10 kundan uch kungacha qisqartirish; tovar va xizmatlar eksportidan (xomashyo tovarlari bundan mustasno) valyuta tushumining belgilangan qismini majburiy sotishni kamaytirish; o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qiluvchi korxonalarga belgilangan imtiyozlarni mahalliy tovarlarni eksport qiluvchi savdo-vositachilik korxonalariga ham tatbiq etish; barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga meva-sabzavot mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri eksport shartnomalari tuzish orqali eksport qilish huquqini berish; eksport qilish taqiqlangan ayrim tovarlarni (non va go‘sht mahsulotlari, tirik mol va parranda) ruxsatnoma asosida eksport qilish tizimini joriy etish; foydalanilgan mashina, jihoz va texnikalarni eksport qilishni soddalashtirish va tartibini aniqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasining amaldagi sanitariya normalari va karantin qoidalarini jahonning ilg‘or mamlakatlari standartlariga muvofiqlashtirish. |
183. | Raqobatdosh kompaniyalarni yaratish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari yiriklashishini rag‘batlantirish. | 2017-yil III chorak | Iqtisodiyot vazirligi, | - | - | Qonun hujjatlari loyihalari. Bunda o‘rta biznes subyekti toifasini joriy etish va unga imtiyozlarni belgilash. |
184. | Xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida investitsiyaviy jozibadorlikni yanada oshirish. | 2017-yil IV chorak | TIAISV, TIV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, | - | - | Investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini, shu jumladan, “Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida”gi, “Xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilish choralari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarni tanqidiy tahlil qilish, xorijiy mamlakatlarning bu sohadagi tajribasini o‘rganish natijasida to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan, investitsiya faoliyati, xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini qo‘llab-quvvatlaydigan, xorijiy investorlarning huquqlarini kafolatlaydigan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
185. | Faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish tartiblarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va tubdan soddalashtirish maqsadida quyidagi tartiblarni joriy etish: taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatidan bir-birini takrorlovchi va boshqa davlat organlarida mavjud bo‘lgan hujjatlarni qisqartirish; vakolatli organlar tomonidan tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqish va kelishish muddatlarini qisqartirish; tugatuvchilar tomonidan muassislari mavjud bo‘lmagan kichik korxona va mikrofirmalarning muhrlari, shtamplari va boshqa hujjatlarini vakolatli tashkilotlarga taqdim qilish talabini bekor qilish; moliyaviy faoliyat amalga oshirmayotgan korxonalarni soliq tekshiruvlarini o‘tkazmasdan kameral nazorat xulosasi asosida tugatishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish. | 2017-yil I chorak | Adliya vazirligi, DSQ, Davlat raqobat qo‘mitasi, | - | - | Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish. Faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar sonini qisqartirish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini takomillashtirish, korxonalarni tugatishda belgilangan muddat va talablarga amal qilish borasida mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish. |
186. | Jahon bankining “Doing Business” xalqaro reytingida respublikamizning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish. | Yil davomida | Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, | - | - | Quyidagilar nazarda tutiladi: tadbirkorlik subyektlari uchun to‘siqlarsiz kredit olishni ta’minlash; to‘lovga qobiliyatsizlikni hal qilish masalalarini takomillashtirish; qarzdorlar va kreditorlarning ta’minlangan bitimlar bo‘yicha huquqlarini kengaytirish, kredit ma’lumoti almashinuvi mexanizmlarini takomillashtirish; shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish; elektr ta’minotiga ulanish tizimini takomillashtirish; qurilishga ruxsat olish jarayonini soddalashtirish; tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish jarayonini yengillashtirish. |
187. | O‘zbekis�on?ing �byektiv reyting ko‘rsatgichlarini egallashi va ulardagi mavqeyini oshirish uchun talab qilinadigan statistik va boshqa ma’lumotlarning xalqaro hisobotlarda chop qilinishiga doir cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritish. | 2017-yil II chorak | Davlat statistika qo‘mitasi, | - | - | Turli reytinglarni egallash va ularni oshirish. |
188. | Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida yangi nominatsiyalarda tanlovlar o‘tkazish. | 2017-yil II chorak | Savdo-sanoat palatasi, TIAISV | - | - | Amaliy chora-tadbirlar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun “O‘zining savdo belgilarini yo‘naltirish va yangi bozorlarni egallaganlik uchun”, “Respublika ichki bozorlarida talab bo‘lgan yangi turdagi iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqqanlik uchun” nomli nominatsiyalarda tanlovlar joriy etiladi. |
3.5. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish | ||||||
189. | Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan Nurota, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Qiziriq, Muzrabot, Boyovut, Sardoba tumanlarini kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish. | 2017-yil I chorak | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo viloyati hokimliklari, tijorat banklari | Dastur asosida | Tijorat banklari kreditlari, tadbirkorlarning mablag‘lari | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Tumanlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, aholi bandligi, turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi. |
190. | Toshkent shahrining Yashnobod va Olmazor tumanlarida kichik biznesning innovatsion texnoparklarini tashkil etish. | 2017-yil I chorak | Iqtisodiyot vazirligi, Toshkent shahar hokimligi | Manzilli dasturlar asosida | Ijrochilar mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, xorijiy investitsiya | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Kichik biznes subyektlarining barcha qulayliklarga ega bo‘lgan hududda faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratiladi. |
191. | Yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarining samara-dorligini oshirish maqsadida: kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining zaruriy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish holatini tanqidiy o‘rgangan holda tegishli chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash; kichik sanoat zonalariga ularning ixtisoslashuvi, hududning resurs salohiyatini inobatga olgan holda, ishlab chiqarishning to‘liq siklini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish; investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va ishtirokchilarga yuklatilgan majburiyatlarning ijrosi yuzasidan tizimli monitoring olib borish; kichik sanoat zonalari hududida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini kengaytirish. | 2017-yil I chorak | Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, | - | - | Kompleks chora-tadbirlar. Foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan oqilona va samarali foydalanish, zamonaviy va raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi. |
192. | O‘zida sanoat-iqtisod ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlarni, tabiiy va mehnat resurslarini, shuningdek, hududning boshqa potensial imkoniyatlarini ifoda etgan respublikaning har bir tuman (shahar) pasportini tuzish. | 2017-yil IV chorak | Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV, | Hisob-kitoblarga asosan | Ijrochilar mablag‘lari | Tuman (shahar) pasportidan erkin foydalanishga qaratilgan zamonaviy tizim joriy etiladi. Hududlarga investitsiya jalb qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. |
193. | Tarmoqlar va xo‘jalik birlashmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda, birinchi navbatda, ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda amalga oshirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda yangi loyihalarni ishlab chiqish: Yengil sanoatda 85 ta, charmpoyabzal sohasida 31 ta, qurilish materiallari ishlab chiqarishda 16 ta, oziq-ovqat sanoatida 78 ta, farmatsevtika sohasida 18 ta, elektrotexnika sanoatida 17 ta loyiha. | 2017-yil I chorak | O‘zbekyengilsanoat, O‘zbekcharmpoyabzali, O‘zqurilishmateriallari, O‘zbek�ziqovqatxolding, O‘zdonmahsulot, O‘zvinosanoatxolding, O‘zfarmsonat, “Dori-Darmon” AK, O‘zeltexsanoat, tijorat banklari | Biznes rejalari | Ijrochilar mablag‘lari, tijorat banklari va xalqaro moliya institutlari kreditlari | Loyiha hujjati. Ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan tumanlarni sanoat salohiyatini oshirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish imkonini beradi. |
IV. IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI | ||||||
4.1. Aholining bandligi va real daromadlarini izchil oshirish | ||||||
194. | Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan tasdiqlangan Aholi bandligini ta’minlash dasturini so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlash: | Har oyda | Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari | 16 600 000,0 | Korxona va tashkilotlar mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, xorijiy investitsiyalar va kreditlar | Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari. 25 mingga yaqin investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 256,4 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etilishiga erishiladi. |
2017-yil davomida sanoatni (5440 ta �oyiha 131 mingta ish o‘rni bilan), qishloq xo‘jaligini (8430 loyihada 55,8 mingta ish o‘rni bilan) va xizmat ko‘rsatishni (11 mingta loyiha 69,5 mingta ish o‘rni bilan) rivojlantirish bo‘yicha viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining faoliyatini kuchaytirish. | Tarmoq jadvallar asosida | |||||
195. | Ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan va mehnat bozorida vaziyat murakkab bo‘lgan 34 ta tumanda 46,8 mingta ish o‘rni tashkil etish, jumladan: sanoatda — 14 mingta; xizmat ko‘rsatish va servis sohasida — 8,7 mingta; qurilishda — 12,5 mingta; qishloq xo‘jaligida — 11,5 mingta. | Yil davomida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar Mehnat vazirligi, | 4 300 000,0 | Korxonalar mablag‘lari va tijorat banklari kreditlari | Aholi bandligi hududiy dasturlari doirasida ijro etuvchilarning qarorlari. Qishloq joylarda barqaror ish o‘rinlari tashkil etish hisobiga aholi bandligini oshirish. |
196. | Mehnat va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan metodika asosida mehnat bozorida vaziyat murakkab bo‘lgan tuman va shaharlar ro‘yxatini aniqlash, unga muvofiq aholi bandligi dasturlarining manzilli ro‘yxatlari, kichik sanoat zonalari, xizmatlar sohasini rivojlantirish, chorvachilik, parrandachilik va issiqxona xo‘jaliklarini barpo etish, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun “start-ap” loyihalarini amalga oshirishga mikrokreditlar va lizing asosida ishlab chiqarish vositalarini ajratish. | 2017-yil II chorak | Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, | Maqsadli dasturlar asosida | Korxonalar mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, xorijiy investitsiyalar | Dasturlarni tasdiqlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni. Ish o‘rinlari tashkil etish orqali bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlikka jalb qilish. |
197. | Aholi bandligini ta’minlash maqsadida 10 ming nafar ta’lim muassasalari bitiruvchisiga o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun kredit mablag‘lari ajratish. | Yil davomida | Markaziy bank, tijorat banklari, OvaO‘MTV, | 60 000,0 | Tijorat banklari kreditlari | Ijrochilarning qarorlari. Tadbirkorlik va mehnat faolligini oshirish hisobiga bandlikni va oila daromadlarini oshirish. |
198. | Mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o‘quv kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish. | 2017-yil II chorak | Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, OvaO‘MTV | - | - | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Loyihada: nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish; davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan. |
199. | O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kerakli talabdan ortiq hajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim yo‘nalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko‘zda tutuvchi o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish. | 2017-yil II chorak | Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, OvaO‘MTV, | - | - | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan ta’minlash imkonini beradi. |
200. | Respublika hududlarida aholi bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va go‘sht yetishtirish, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, ixcham issiqxonalar tashkil etish, shuningdek, urug‘ va ko‘chatlar uchun mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish. | Yil davomida | Markaziy bank, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari | 400 000,0 | Tijorat banklari kreditlar� | Ijrochilarning qarorlari. Qishloq aholisi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish. Buning natijasida aholi tomorqasidan foydalanish samaradorligi oshadi, ishlab chiqariladigan sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi ko‘payadi. |
201. | Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik subyektlariga kredit mablag‘lari ajratish. | Yil davomida | Markaziy bank, tijorat banklari | 1 200 000,0 | Tijorat banklari kreditlari | Hududlarda xizmat ko‘rsatish ko‘lami kengayadi va sifati oshadi, natijada aholi bandligi hamda daromadlari oshishi ta’minlanadi. |
202. | Ayollarning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirish, ular bandligini ta’minlash maqsadida ayollar tadbirkorligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash. | Yil davomida | Markaziy bank, tijorat banklari | 1 000 000,0 | Tijorat banklari kreditlari | Hududlarda ayollarning bandligi ta’minlanadi. Pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan, biroq bola parvarishlash munosabati bilan vaqtincha ishlamayotgan ayollarga oilaviy maktabgacha ta’lim tarbiyachisi sifatida kasanachilik faoliyatini tashkil etish. |
203. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat stajini hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta to‘lovlari davriyligini ro‘yxatga olish tizimini yanada tak�millashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. | 2017-yil II chorak | Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, DSQ | - | - | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Mehnat stajini elektron tarzda ro‘yxatga olish hamda davlat ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarning yagona reyestrini yuritishning imkonini yaratadi. |
204. | “Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil IV chorak | Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirishning mexanizm va shakllari, mehnat migrantlari bilan ishlash sohasidagi diplomatik vakolatxonalarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, chet elda O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy xavfsizligini ta’minlash va ularning ijtimoiy himoyasi bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutadi. |
205. | Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentligi faoliyati samaradorligini oshirish. | 2017-yil IV chorak | Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi | - | - | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyiha quyidagilarni nazarda tutadi: hududlarda fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi Byuro, shuningdek ishga joylashtirilayotgan fuqarolarga o‘zini tutish etikasi, borayotgan mamlakatning madaniyati va tili, qonunchiligi asoslariga o‘rgatishni yuklagan holda Chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish va o‘qitish markazining hududiy tuzilmalarini tashkil etish; fuqarolarga chet elda ishga joylashish uchun ruxsatnomalarni bekor qilish va xorijiy mamlakatlarga chiquvchi fuqarolarni hisobga olishning xabardor qilish tartibini joriy qilish; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy mamlakatlarga (AQSh, Kanada, Yaponiya, YI va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga) ishga yuborish hajmi va yo‘nalishini kengaytirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari bilan muzokaralar o‘tkazish. |
206. | Toshkent va Samarqand shaharlaridagi (Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan) kasb-hunarga o‘qitish markazlarida mehnat resurslari ko‘p bo‘lgan tumanlarning kamida 300 nafar ishsiz yoshlarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga qayta o‘qitish. | Yil davomida | Mehnat vazirligi | 4 000,0 | Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari | Mehnat vazirligining buyrug‘i loyihasi. Nisbatan sust rivojlangan tumanlarning ishsiz yoshlarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga qayta o‘qitish orqali ularning bandligi ta’minlanadi. |
207. | “Aholi bandligiga ko‘maklashish nodavlat tashkilotlari (rekruting agentliklari) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil IV chorak | Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi | - | - | O‘zb�kiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyiha mehnat bozori infratuzilmasini oshirish, aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlarini, aholi daromadlari va turmush dara?asin� oshirishga qaratilgan. |
208. | “O‘zbekiston Respublika-sining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil IV chorak | Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyiha quyidagilarni nazarda tutadi: xususiy sektorda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomasi tuzish jarayonini soddalashtirish, muddatli mehnat shartnomasi tuzish asoslarini kengaytirish; ishga olishning yangi shakllarini (bir martalik, soatbay), shuningdek soatbay ish haqi to‘lash tartibini joriy etish; xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmagani, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, xodimni ijtimoiy sug‘urta qilish bo‘yicha talablarni buzgani uchun ish beruvchining javobgarligini kuchaytirish. |
209. | Mehnat vazirligi tizimida Koreya Respublikasi, Yaponiya Har bir tuman markazida ishsiz fuqarolarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash b�yicha kasb-hunar kollejlari bazasida (mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtda) qisqa muddatli kurslarni tashkil etish. | Dasturni ishlab chiqish Amalga oshirish 2017-2020 | Mehnat vazirligi, OvaO‘MTV, | 8,5 mln.doll. (o‘rtacha 3 000,0 | Grant mablag‘lari, Xalqaro moliya tashkilotlari kreditlari Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish. |
210. | Xotin-qizlarning va kollej bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida: | Xotin-qizlar qo‘mitasi, Markaziy bank, Mikrokreditbank, “Mahalla” jamg‘armasi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | 543,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Chora-tadbirlar dasturi. Xotin-qizlarda va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi qizlarida tadbirkorlik ko‘nikmalari shakllantiriladi, ularning huquqiy va iqtisodiy bilimlari oshiriladi. | |
“Mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli” tanlovining mahallalararo va tuman (shahar) bosqichlarini o‘tkazish; | Yil davomida | |||||
“Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi — 2017” respublika tanlovini o‘tkazish; Qo‘rg‘ontepa, Olot, Paxtakor, Dehqonobod, Koson, Nurota, Uzun va Qo‘shko‘pir tumanlarida ayollarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish. | Alohida reja asosida 2017-yil mart-dekabr | |||||
4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizla�?ing ij�imoiy-siyosiy faolligini oshirish | ||||||
211. | Nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, ularning madaniy hordiq chiqarishiga va sog‘liqlarini mustahkamlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish: har bir tuman, shaharlardagi madaniyat va istirohat bog‘lari hududida “Nuroniylar maskanlari”ni barpo etish, ularni boy kutubxona, dam olish, sog‘lomlashtirish va tibbiy xizmat jihozlari bilan ta’minlash; ko‘krak nishonlari, foto-albom, kitoblar bilan taqdirlash, nuroniylar uchun gazeta va jurnallar chiqarish, teleko‘rsatuvlar tayyorlash, ularning sanatoriy-kurortlarda dam olishlari uchun sharoit yaratish, ziyoratgohlarga ekskursiyalar uyushtirish. | 2017-yil sentyabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Nuroniy” jamg‘armasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” YIH, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, MTRK, vazirlik va idoralar | Hisob-kitoblarga asosan | Ijrochilar mablag‘lari | Kompleks chora-tadbirlar. Nuroniylarni qo‘shimcha moddiy Ularning vaqtlari yanada mazmunli o‘tkazilishi, sog‘liqlari mustahkamlanishi ta’minlanadi hamda muammolari hal qilinishiga erishiladi. |
212. | Keksalarning maishiy holatlarini yaxshilash, ularning muammolarini o‘rganish, mahallalarda istiqomat qilayotgan ko‘makka muhtoj keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar bilan bir qatorda, “Muruvvat”, “Sahovat” uylarida yashovchilar holidan muntazam xabar olish, bu ishlarga yoshlarni keng jalb etish maqsadida “Nuroniylar e’zozimizda” patronaj yoshlar harakatini tashkil etish. | Yil davomida | “Kamolot” YIH, “Nuroniy”, | 40,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Bajaruvchilarning qo‘shma qarorlari. Oila va jamiyatda ulug‘ yoshdagi odamlarning o‘rni va obro‘sini oshirish, yosh avlodda ota-onalarni va har bir keksa kishini chuqur hurmat qilish, e’zozlash va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish tuyg‘usini shakllantirish. Uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilashda keksa kishilarning ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash va qondirish. |
213. | Keksa avlod vakillari hamda “Mehribonlik” uylari, maxsus maktab-internatlar tarbiya-lanuvchilari, “Sahovat” uylarida yashovchi yakka yolg‘iz qariyalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun yurtimizdagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar va muqaddas qadamjolarga bepul sayohatlar uyushtirish. | Yil davomida | “Kamolot” YIH, | 100,0 | Ijrochilar va xayriya mablag‘lari | Bajaruvchilarning qo‘shma qarorlari. Yurtimizdagi tarixiy obidalar, ulug‘ alloma ajdodlarimiz nomlari bilan bog‘liq muqaddas ziyoratgohlar haqida yoshlarning xabardorligini oshiradi. |
214. | Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari — keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilari uchun: | 2017-yil | “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 200,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishining bayoni. Keksa yoshdagi fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida keng qamrovli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirish. |
turkum tadbirlar dasturini amalga oshirish; | mart | |||||
o‘quv-seminarlarini o‘tkazish; | aprel | |||||
ularning ish faoliyati samaradorligini ta’minlash maqsadida uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish. | iyun | |||||
215. | Jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali keksa avlod vakillarini ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish: | 2017-yil | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi | 8000,0 shu jumladan: | Ish beruvchilar mablag‘lari — 7000,0 Kasaba uyushmalari mablag‘lari — 1000,0 | Jamoa shartnomalari. Keksa avlodni qo‘llab-quvvatlash va manzilli ijtimoiy himoyasini kengaytirish borasida ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining mas’uliyatini oshirish. Keksalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash. |
15 ming nafar pensiya yoshidagi shaxslarga pensiyaga chiqishdan oldin bir yo‘la moddiy yordam berish va ularni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash; | 1500,0 | |||||
14 ming nafar xodimlarga yubiley sanalari munosabati bilan qimmatbaho sovg‘alar topshirish; | 1000,0 | |||||
55 ming nafar ishlamaydigan pensionerlarga (korxonalarning sobiq xodimlariga) moddiy yordam berish. | 5500,0 | |||||
216. | Respublika hududlaridagi ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish, jumladan:Nukus shahrida nogiron ayollar uchun yangi “Muruvvat” internat-uyini qurish; Andijon viloyati Andijon shahridagi “Saxovat” internat-uyi binolarini rekonstruksiya qilish (3-bosqich); Namangan viloyatidagi Namangan “Saxovat” uyining bino va inshootlarini qurish Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Marvarid” sihatgohining 100 o‘rinli yotoqxonasini, davolash korpusini qurish va oshxonasini rekonstruksiya qilish; Samarqand viloyatidagi Samarqand “Sahovat” uyining bino va inshootlarini qurish Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Muruvvat” nogironlar uyining bino Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi “Sahovat” uyining bino va inshootlarini qurish Farg‘ona viloyati Farg‘ona “Sahovat” uyining bino Farg‘ona viloyati, “Oltiariq” sihatgohining 100 o‘rinli yotoqxonasini qurish, mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish; Toshkent shahridagi “Nuroniy” sihatgohi binolarini rekonstruksiya qilish; Toshkent shahridagi urush | 2017-yil | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,Sog‘liqni saqlash vazirligi,Moliya vazirligi,Iqtisodiyot vazirligi,Davarxitektqurilish | 49 312,0 | Investitsiya dasturi parametrlari doirasida Davlat budjeti mablag‘lari | Urush va mehnat faxriylari, nogironlar va qariyalar uchun sihatgohlar va internat-uylarining moddiy-texnika bazasini yaxshilashga erishiladi. Keksa yoshdagi fuqarolar va nogironlarning salomatligini tiklash uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi. |
217. | Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar | 2017-yil III chorak | Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, | - | - | Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. Haqiqatdan ehtiyojmand va davlat ko‘magiga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga nafaqa va moddiy yordam tayinlash, vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha nafaqa, moddiy yordam tayinlash tartibini belgilashda qulayliklar nazarda tutiladi. |
218. | Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, imkoniyati cheklangan shaxslarni, “Muruvvat”, “Sahovat”, “Mehribonlik” uylari, maxsus maktab-internatlar va davolash profilaktika muassasalari tarbiyalanuvchilarini: nogironlik aravachalari bilan ta’minlash; quritilgan, vitaminga boy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish bilan qo‘llab-quvvatlash; yozgi oyoq-kiyimlar bilan ta’minlash. | Yil davomida | “Sog‘lom avlod uchun” fondi, “Ameri Kerz” xalqaro tashkiloti, | 632,0 ming doll. | Xayriya beg‘araz yordami | Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, mahallalarda, ayniqsa, chekka qishloqlarda yashayotgan yolg‘iz qariyalar, nogironlar, kam ta’minlangan fuqarolarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bolalar va maxsus muassasalarni vitaminlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash. |
219. | Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari va Oliy o‘quv yurtlari klinikalari yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda keng tarqalgan kasalliklarning oldini olish va erta aniqlashga qaratilgan “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida keng qamrovli tibbiy ko‘rik tadbirlarini o‘tkazish. | Tasdiqlangan jadvalga muvofiq | Sog‘liqni saqlash vazirligi | 214,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Respublikaning chekka tumanlari aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish. |
220. | Viloyatlar aholisini sifatli tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari shifokorlarining joylarga chiqib, jarrohlik amaliyotlari va boshqa tibbiy xizmatlar ko‘rsatishini tashkil etish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar dasturini qabul qilish. | Yil davomida | Sog‘liqni saqlash vazirligi, | - | - | Chora-tadbirlar dasturi. Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari xizmatidan foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi. Aholig� tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yanada oshadi. |
221. | “Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil IV chorak | Sog‘liqni saqlash vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Mazkur qonun loyihasini qabul qilish orqali aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar doira�i kengaytiriladi hamda odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilinishi tartibi belgilanadi, shuningdek aholining transplantatsiyaga muhtoj bo‘lgan toifasiga qonuniy asoslar va tartiblarda shu turdagi tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati yaratiladi. |
222. | Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun: tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalarining kuchi bilan tog‘li, cho‘l va borish qiyin bo‘lgan hududlarda, shuningdek, alohida e’tibor talab etiladigan tumanlarda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; ekologik jihatdan noqulay mintaqalarda yashovchi (Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) aholi uchun “Salomatlik” poyezdlarini tashkil etish. | Yil davomida | “Sog‘lom avlod uchun” fondi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi | 220,0 | Davlat budjeti va xayriya mablag‘lari | Borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi aholini chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish orqali aholining ijtimoiy holatini aniqlab, sog‘lom oila shakllantiriladi va aholida tibbiy savodxonlik oshiriladi. |
223. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashni yanada yaxshilash to‘g‘risida”gi qarorini amalga tatbiq etish. | 2017-yil I chorak | Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zfarmsanoat, Davlat raqobat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar | - | - | Bu, o‘z navbatida, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning 343 nomlanishi bo‘yicha qat’iy narxlarning nazoratini amalga oshirishni, dorixonalarda sotilayotgan barcha dori vositalarining narxiga qat’iy qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlashga imkon yaratadi. |
224. | Onalar va bolalarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining 40 ta tug‘ruq bo‘limlari negizida tumanlararo perinatal markazlar tashkil etish. | Yil davomida | Sog‘liqni saqlash vazirligi, | 5,8 mln. doll. | Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi, “Salomatlik-3” loyihasi, budjet mablag‘lari | Onalar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini oshirish, onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. |
225. | Quyidagilarni amalga oshirish yo‘li bilan tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat dasturini amalga oshirishni davom ettirish: Respublika skrining markazida va uning hududiy filiallarida homilador ayollar hamda chaqaloqlar orasida perinatal va neonatal skrining o‘tkazish; sog‘liqni saqlashning birla�chi bo‘g‘ini darajasida homilador ayollarning ommaviy, barvaqt perinatal skriningini o‘tkazish. | Yil davomida | “Sog‘lom avlod uchun” fondi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi | 1 625,8 | Davlat budjeti mablag‘lari | Chaqaloqlar hamda homilador ayollardagi tug‘ma va avloddan-avlodga o‘tuvchi patologiyani erta aniqlash orqali sog‘lom avlod tug‘ilishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi. |
226. | Ayollar hamda qizlarning salomatligini mustahkamlash, ular orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida: | Yil davomida | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, | 60,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Ayollar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish. Korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ayollar salomatligini mustahkamlash. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Sog‘lom ona — sog‘lom bola” shiori ostida an’anaviy mintaqaviy “Ayollar sport festivali”; | 2017-yil I chorak | |||||
“Sog‘lom avlod uchun” kubogi uchun suzish, sinxron suzish, suvga sakrash, gimnastika, badiiy gimnastika, sport raqsi va gimnastrada kabi sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlarni o‘tkazish. | 2017-yil II chorak | |||||
227. | Respublikaning turli hududlarida yashovchi 2 ming nafar ehtiyojmand oilalar ayollarini elektr maishiy texnika jihozlari berish yo‘li bilan rag‘batlantirish. | Yil davomida | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi | 1500,0 | Kasaba uyushmalarining mablag‘lari | Kasaba uyushmalari organlarining qarorlari. Ayollarning uy-ro‘zg‘or yumushlarini yengillashtirish, ular uchun yetarli maishiy sharoitlarni yaratish. |
228. | Surunkali kasalliklarni, jumladan, yashirin va avval aniqlanmagan kasalliklarni erta aniqlash tadbirlarini amalga oshirish: ko‘p tarmoqli poliklinikalarning 7–9 nafar tor soha mutaxassislari va umumiy amaliyot shifokorlari tomonidan xavf guruhiga mansub aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar; surunkali kasalligi bor aholini yiliga 2–6-marta (bemor holatidan kelib chiqib) tizimli dispanser ko‘riklari; nikohga kiruvchi shaxslarni tibbiy ko‘riklar; 3,6 mln. nafar aholini flyurografik ko‘riklar bilan qamrab olish. | Yil davomida | Sog‘liqni saqlash vazirligi | - | Davlat budjeti mablag‘lari doirasida | Tarmoq rejalarini tuzish, tor soha mutaxassislaridan iborat brigadalarni shakllantirish va tibbiy ko‘riklarni amalga oshirish. Aholi salomatligini mustahkamlashga erishish. |
229. | Aholining profilaktik tadbirlar bilan qamrovini yanada kengaytirish maqsadida o‘zgalar parvarishiga muhtoj, urush va mehnat fronti qatnashchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholidan surunkali kasallikka chalinganlarni jadval asosida tashkillashtiriladigan “Patronaj oyligi”da tibbiy xodimlarning faol qatnovlarini amalga osh�rish. | Yil davomida | Sog‘liqni saqlash vazirligi | 10,0 | Davlat budjeti mablag‘lari doirasida | Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan hududlarda mintaqaviy seminarlarni o‘tkazish va amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish. |
230. | 1941–1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, nafaqaxo‘rlar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar va aholining boshqa nochor qatlamlaridan kamida 35 ming nafarining sanatoriy muassasalarida bepul davolanishini tashkil qilish. | Yil davomida | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi, | 18 000,0 | Davlat budjeti mablag‘lari | Ijrochilarning qo‘shma qarori. Urush va mehnat faxriylarini bepul asosda har yili dispanserizatsiya ko‘rigidan o‘tkazish, davolash va sog‘lomlashtirish tashkil etiladi. |
231. | Bepul asosda kamida 10 ming nafar nogiron va yolg‘iz qariyani protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash. | Yil davomida | Sog‘liqni saqlash vazirligi, | 2 500,0 | Davlat budjeti mablag‘lari | Ijrochilarning qarorlari. Nogiron shaxslarni protez-ortopediya vositalari, reabilitatsiya texnika va yordamchi vositalar bilan bepul ta’minlash yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Nogironlarni jamiyatga qaytarish maqsadida reabilitatsiya tadbirlarining samaradorligi oshiriladi. |
232. | Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish, davolash-profilaktika muassasasi, tug‘ruqqa yordam beruvchi va bolal�r tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlarini bajarish. | Yil davomida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davarxitektqurilish qo‘mitasi | 519 350,0 | Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi mablag‘lari | 2017-yil Investitsiya dasturi. Amalga oshiriladigan qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash orqali tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga erishiladi. Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati oshiriladi. |
233. | “Tez tibbiy yordam xizmati”ni jami 1200 ta maxsus avtotransport vositasi bilan ta’minlash. | Yil davomida | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV, | 28 419,3 6525,8 ming doll. | Davlat budjeti mablag‘lari “Salomatlik-3” loyihasi va XMI grant mablag‘lari | Aholiga malakali tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirib, chaqiriqlarga kechikish holatlarining oldi olinadi. Tibbiy yordam ko‘rsatish sifati zamonaviy talablar darajasiga yetkaziladi. |
234. | Quyidagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash: | Yil davomida | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV | Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasi yaxshilanib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati oshiriladi. | ||
barcha tuman, shahar tibbiyot birlashmalari va oilaviy poliklinikalarni; | 40 mln. doll. | “Salomatlik-3” loyihasi | ||||
onkologik muassasalarni; | 15,15 mln. doll. | ITB | ||||
respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini; | 10,0 mln.doll. | SFR | ||||
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlarini; | 8,5 mln. doll. | ITB | ||||
Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazini; | 0,10 mln. doll. | MAR | ||||
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinikalari va respublika klinik shifoxonalarini; | 0,10 mln. doll. | KFAER | ||||
to‘rtinchi darajali ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazini. | 10,0 mln. doll. | Eksimbank | ||||
235. | Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini bo‘lgan qishloq vrachlik punktlari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida: QVPlarning muntazam faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ularning vrachlariga ish joyi yonidagi hududlarda uy-joylar qurib berish; QVPlarning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish hamda ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash. | 2017-2022-yillar | Sog‘liqni saqlash vazirligi, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi. Qishloq vrachlik punktlari malakali kadrlar bilan ta’minlanadi hamda qishloq aholisiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. |
236. | Respublikada oilalar farovonligini ta’minlash, oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligini saqlash, sog‘lom turmush tarzini yanada mustahkamlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda jamoat tashkilotlarining ijtimoiy hamkorligini keng yo‘lga qo‘yish. | 2017-yil fevral | Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” fondi, “Kamolot” YIH, “Nuroniy” jamg‘armasi, | - | - | Chora-tadbirlar dasturi. Oilalarning ijtimoiy-ma’naviy holatini tizimli o‘rganishning samarali mexanizmini yaratib, amaliyotga tatbiq etish. Aholi turmush darajasining haqiqiy ahvolini doimiy o‘rganib borish, joylardagi jamoatchilik vakillariga bu borada uslubiy ko‘maklashish, oilalardagi mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish. |
237. | Oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning tutgan o‘rnini ko‘rsatish hamd� oila institutining mavqeyini oshirish maqsadida 15-may — “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Inson va oila manfaati — jamiyat farovonligi” nomli telemarafon o‘tkazish. | 2017-yil may | Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, “Mahalla” fondi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” fondi, MTRK, | 100,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishining bayoni. Oilaviy munosabatlarda milliy muomala madaniyatini yuksaltirish, namunali oilalarni targ‘ib qilish orqali qadriyatlarimizni saqlash. |
238. | Hududlarda aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bilan muloqotda bo‘lish, oilalarga kirish, ularning muammolarini hal qilish, xotin-qizlar, yoshlar va voyaga yetmaganlarning manfaatlarini ta’minlash maqsadida yetuk va mas’ul mutaxassislar tomonidan mahallalarda sayyor qabullar �ashkil qilib, zarur huquqiy, psixologik va tibbiy yordamlar ko‘rsatish. | Yil davomida | Xotin-qizlar qo‘mitasi, | 193,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Chora-tadbirlar dasturi. Fuqarolar murojaatlari eng ko‘p qayd etilgan hududlarda sayyor qabullar tashkil etiladi. Fuqarolarning maishiy muammo va kamchiliklari joylarda hal etiladi, ularga huquqiy, psixologik va tibbiy yordamlar ko‘rsatiladi. |
239. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. | Yil �avomida | Xotin-qizlar qo‘mitasi, | - | - | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Hududlarda tashkil etiladigan “Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi” orqali aholining muammoli masalalarini hal etishning samarali tizimi yaratiladi. |
240. | Jizzax viloyati Zomin tumanidagi mavjud dam olish maskanida umumiy qiymati | 2017-2018-yillar davomida | NKMK | 35 000,0, | Ijrochi mablag‘lari | Fuqarolarning dam olish, sog‘lig‘ini qayta tiklash, sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini oshiradi. |
Navoiy viloyati Uchquduq tumani markazida joylashgan kombinatga qarashli “Kelajak yoshlar” markazini qayta rekonstruksiya qilish; | Yil davomida | 2 500,0 | ||||
Zarafshon shahridagi NKMKning “Alpomish” sport majmuasi “Neptun” suzish havzasi va o‘yingohini mukammal ta’mirlash; | Yil davomida | 2 500,0 | ||||
Navoiy shahridagi kombinatga tegishli “So‘g‘diyona” stadionini ta’mirlash; | Yil davomida | 3 000,0 | ||||
Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan kombinatning 5-kon boshqarmasiga qarashli foydalanilmayotgan binoni qayta ta’mirlash orqali madaniyat va sport majmuasini tashkil etish. | 2017-2018-yillar davomida | 6 500,0, | ||||
241. | Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xususan: | Yil davomida | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi | 18 540,7 shu jumladan: | Kasaba uyushmalari mablag‘lari | Obyektlarning manzilli dasturini tasdiqlash. Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini o‘rnatilgan tartibda qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga erishiladi. |
Surxondaryo viloyatida 200 o‘rinli “Amudaryo sohili” oromgohini qurish ishlarini yakunlash; | 13440,7 | |||||
Andijon viloyatidagi “Bog‘ishamol” oromgohini rekonstruksiya qilish; | 2300,0 | |||||
Sirdaryo viloyatidagi “Sirdaryo” oromgohini rekonstruksiya qilish; | 2100,0 | |||||
Navoiy viloyatidagi “Ishonch” oromgohida suzish havzasini qurish. | 700,0 | |||||
242. | Xodimlar va ular oila a’zolarining sog‘lomlashtirish va dam olishini tashkil etish maqsadida kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda quyidagi ishlarni amalga oshirish: | Yil davomida | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi | 17 810,0, | Kasaba uyushmalari mablag‘lari | Federatsiya kengashi rayosatining qarori. Sanatoriylarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda oilalarni, xususan, ayollar va bolalarni sog‘lomlashtirish va dam oldirish samaradorligini oshirishga erishiladi. |
“Oq tosh” sanatoriysida yotoq binolarini qurish; | 5 310,0 | |||||
“Zomin” sanatoriysida yotoq binolarini quri�; | 5 000,0 | |||||
Surxondaryo viloyatidagi “Termiz marvaridi” sanatoriysini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish; | 4 000,0 | |||||
Namangan viloyati “Chodak” qishloq fuqarolar yig‘inida dam olish uyini qurish. | 3 500,0 | |||||
4.3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish | ||||||
243. | Qishloq joylarda yangi namunaviy loyihalar asosida 15 000 ta arzon uy-joy qurish. | Yil davomida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, tijorat banklari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davarxitektqurilish, Qishloqqurilishloyiha | 2 121 526,6, shundan: | Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi kompleksi bilan birgalikda yangi loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish hisobiga qishloq joylarda yashovchi 60-65 ming aholini zamonaviy uy-joy bilan ta’minlashga erishiladi. | |
350 000,0 | Davlat budjeti mablag‘lari, | |||||
1 292 575,1 | tijorat banklari kreditlari, | |||||
478 951,5 | aholining badal mablag‘lari | |||||
244. | Qishloq joylarda barpo etilayotgan namunaviy massivlarga ichimlik suvi | Yil davomida | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, O‘zbekenergo, O‘ztransgaz, Qishloqqurilishinvest, Qishloqqurilishloyiha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari | Loyiha-smeta hujjati asosida | Markazlash-gan kapital quyilmalar, Respublika yo‘l jamg‘armasi, O‘zbekenergo, O‘ztransgaz | Qishloq joylarda barpo etilayotgan namunaviy massivlar aholi uchun sifatli yashash sharoitlari va qulayliklar yaratish maqsadida ichimlik suvi, elektr |
245. | Shaharlarda aholi hayoti sharoitlari va sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon va qulay ko‘p qavatli uylar qurish. | Yil davomida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ipoteka bank, tijorat bank�ari, Davarxitektqurilish, O‘zbekenergo, Moliya vazirligi | 897 100,0 | Aholining badal mablag‘lari, tijorat banklarining kredit mablag‘lari | 191 ta ko‘p qavatli uy quriladi. Natijada 8121 ta oila arzon uy-joy bilan ta’minlanadi, aholiga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlar ajratiladi. |
246. | Aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan: | Yil davomida | Aholi keng qatlamlari, ayniqsa, qishloq aholisi uchun yanada qulay va munosib ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratiladi. Hududlarda 995,9 km. ichimlik suvi tarmoqlari tortilib, 672 ta aholi punktida ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi. Tumanlar va shaharlarning ichimlik suvi, kanalizatsiya tizimlari rivojlanadi va modernizatsiya qilinadi. | |||
a) markazlashgan kapital qo‘yilmalar hisobidan qishloq ah�li punktlarida ichimlik suvi inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda tarmoqlar tortish; | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zkommunxizmat, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV, Davarxitektqurilish | 202 200,0 | Davlat budjeti mablag‘lari | |||
b) Xalqaro moliyaviy institutlarning kredit mablag‘larini jalb etish hisobiga ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash loyihalarni amalga oshirish: Jahon banki ishtirokida Sirdaryo viloyati Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Sardoba va Oqoltin tumanlari, Buxoro viloyati Olot va Qorako‘l tumanlari ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loyihasi hamda Buxoro va Samarqand shaharlari kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirish; Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Farg‘ona, Marg‘ilon va Jizzax shaharlari kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish hamda Toshkent viloyati Qibray va Zangiota tumanlari ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loyihalarini amalga oshirish; OPEK va Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani qishloq aholisi ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loyihasini amalga oshirish; Islom taraqqiyot banki ishtirokida Sirdaryo viloyati Guliston, Yangiyer va Shirin shaharlari kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish. | 112 mln.doll | Xalqaro moliya institutlari kreditlari | ||||
247. | Respublikaning barcha shahar va tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni sanitariya jihatidan tozalash va utilizatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish. | Yil davomida | O‘zkommunxizmat, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, | 167 300,0, shundan: 60 500,0 7 500,0 | Davlat budjeti mablag‘lari, XMI mablag‘lari tijorat banklari kreditlari | Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali tartibsiz ravishda to‘planadigan 1428 ta qattiq maishiy chiqindi axlatxonalari tugatiladi. Sanitariya korxonalarining moddiy-texnika bazasi rivojlanib, jumladan, 237 ta maxsus texnika xarid qilinadi, |
248. | Aholiga transport xizmati ko‘rsatish tizimini yaxshilash maqsadida: respublika hududlari bo‘yicha 86 ta yangi avtobus yo‘nalishini tashkil etish va yo‘lga qo‘yish; | 2017-yil davomida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zavtodaryotrans, Tashuvchilar, Xalq banki, O‘zavtosanoatlizing, lizing kompaniyalari, tijorat banklari | Aholiga ko‘rsatilayotgan avtotransport xizmati sifati oshirilib, yanada qulayliklar yaratiladi. | ||
yo‘lovchi tashish korxonalari tomonidan 537 ta yangi avtobus sotib olish va qatnovga qo‘yish; | 72 200,0 | Banklar kreditlari, lizing va tashuvchilarning mablag‘lari, | ||||
transport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida hududlarda 13 ta avtostansiyalar qurish va rekonstruksiya qilish. | 3 900,0 | tijorat banklari kreditlari | ||||
249. | Toshkent shahar jamoat transportida elektron to‘lov tizimini joriy etish. | 2017-yil IV chorak | Toshkent shahar hokimligi,Toshshahartransxizmat | 35000,0 | Tijorat banklari kreditlari | Aholiga sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishga erishiladi. Transport xizmatidan olinadigan daromad hajmining 15 foizga o‘sishini ta’minlaydi. |
250. | 2017 — 2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash dasturiga muvofiq, 2017-yilda 5,1 ming km elektr tarmoqlarini, 1040 ta transformator punktini qurish va rekonstruksiya qilish. | 2017-yil | O‘zbekenergo | 445 800,0 | Ijrochi mablag‘lari — 132,6 mlrd.so‘m, O‘zsanoatqurilishbank kredit mablag‘lari — 313,2 mlrd.so‘m | Respublika hududidagi 2721 ta mahallada iste’molchilarning elektr ta’minoti sifati va ishonchliligini oshirishga, avariya holatida o‘chishlar sonini keskin kamaytirishga erishiladi. |
251. | Ko‘mir mahsulotlarini sotish infratuzilmasini quyidagi yo‘llar bilan yanada rivojlantirish: “O‘zbekko‘mir” AJ distribyutorlik markazlarining 84-ta ko‘mir saqlash maskanlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash; Har bir ko‘mir saqlash omborida briketlar miqdorini yiliga 880 ming tonna chiqarish imkonini beruvchi 84 dona ko‘mirni briketlash uskunalarini ishga tushirish; ko‘mir konlarini ochish va qazib olishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish hisobiga ko‘mir qazib olishni 2022-yilga kelib 11,67 mln. tonnagacha ko‘paytirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish. | Yil davomida | O‘zbekko‘mir, O‘zsanoatqurilishbank, Xalq banki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, NKMK, OKMK | Loyihaga asosan | O‘zbekko‘mir mablag‘lari va tijorat banklari kreditlari | Chora-tadbirlarni amalga oshirish. Aholining energiya ta’minoti yaxshilanadi. |
252. | Zamonaviy savdo infratuzilmasini yaratish hamda tumanlar va shaharlarning arxitektura qiyofasini yaxshilash maqsadida respublikadagi 242 ta dehqon (oziq-ovqat) bozorini optimallashtirish va rekonstruksiya qilish hamda ularning hududida | 2017-2018-yillar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Milliy bank, Davarxitektqurilish, O‘zagrosanoatloyiha, DSQ | 200 000,0 | Tijorat banklari kreditlari, investitsiya mablag‘lari | Aholiga ko‘rsatiladigan savdo xizmatlarini yaxshilashga, yangi zamonaviy savdo tashkilotlarini yaratishga hamda dehqon bozorlari faoliyatini tartibga solishga erishiladi. |
253. | Respublika teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish. | 2017-yil IV chorak | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | - | - | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Respublika teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning ijodiy faoliyatini rivojlantirish orqali aholiga sifatli madaniy xizmat ko‘rsatiladi. |
254. | 2017-yil I chorak | O‘zbekkino, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, OvaO‘MTV | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Ushbu qaror kinematografiya tizimining tashkiliy tuzilmasini hamda normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, kinematografiya obyektlarining moddiy-texnika bazasi va arxiv fondini yangilash, bu sohada mahsulot sifatini oshirish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy usullarini amalda qo‘llash imkonini beradi. | |
255. | Vazirlar Mahkamasining | Yil davomida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, | 70 000,0 | Mahalliy budjetlarning qo‘shimcha mablag‘lari, xayriya mablag‘lari | Vazirlar Mahkamasi Rayosatining bayoni. Aholining, ayn?�sa, yosh avlodning o‘sib borayotgan madaniy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqtini samarali va mazmunli o‘tkazishini tashkil etishga erishiladi. |
256. | 100 ta madaniyat va istirohat bog‘ini ta’mirlash va jihozlash. | Yil davomida | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, viloyat hokimliklari | 10 000,0 | Mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi, xayriya va investitsiya mablag‘lari | Aholi madaniyatini yanada yuksaltirish, ularning maroqli hordiq chiqarishiga ko‘maklashish, hududlarimizni yanada obod va farovon qilish. |
257. | Surxondaryo viloyati hayvonot bog‘ining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, Farg‘ona va Samarqand shaharlarida hayvonot bog‘larini tashkil etish. | 2017-yil I chorak | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 5 000,0 | Davlat budjeti, xayriya va investitsiya mablag‘lari | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Aholining, jumladan, yosh avlodning madaniy dam olishini ta’minlash, ularni ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash, uni asrab-avaylashni targ‘ib qilish. |
258. | 2017-2027-yillarda muzeylar faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash kompleks chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish, Turizmni rivojlantirish | - | - | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Xalqimizning boy tarixiy va madaniy merosi yanada chuqur o‘rganiladi, targ‘ib qilinadi, boyitib boriladi, ishonchli muhofaza qilinadi, shuningdek, muzeylar faoliyati takomillashadi va moddiy-texnika bazasi zamon talablari asosida mustahkamlanadi. |
4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish | ||||||
259. | 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish Dasturini ishlab chiqish. | 2017-yil I chorak | OvaO‘MTV, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyiha bilan: akademik sohada, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, o‘quv jarayonini tashkil etish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligini bosqichma-bosqich rivojlantirish; milliy kadrlarning raqobatbardoshligi va umumjahon amaliyotiga asoslangan oliy ta’lim milliy tizimining sifati oshishiga, Bolonya jarayoni ishtirokchi-mamlakatlari diplomlarini o‘zaro tan olish, o‘qituvchi va talabalar bilan almashuv dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi 1999-yil 19-iyundagi Bolonya deklaratsiyasiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqish. |
260. | Maktabgacha ta’lim muassasalarining 106 tasini rekonstruksiya qilish va 195 tasini kapital ta’mirlash, shuningdek, ularni mebel va boshqa inventarlar bilan ta’minlash. | Yil davomida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,Xalq ta’limi vazirligi,Moliya vazirligi,Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish | Qurilish-montaj ishlari uchun — 195 000,0 | Umumta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar va tibbiyot muassasalari-ni rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari, | Respublikadagi 301 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi. |
42 200,0 | Davlat budjeti mablag‘lari | |||||
261. | Respublikadagi 367 ta umumta’lim maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan:9 ta yangi maktab qurish; 268 ta maktabni rekonstruksiya qilish; 90 ta maktabni kapital ta’mirlash; maktablarni mebel, o‘quv-laboratoriya jihozlari va boshqa inventarlar bilan ta’minlash. | Yil davomida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,Xalq ta’limi vazirligi,Moliya vazirligi,Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish | Qurilish-montaj ishlari uchun — 389 200,0Jihozlash ishlari uchun — 59 000,0 | Umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar va tibbiyot muassasalari-ni rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash | Respublikadagi 367 ta umumta’lim maktabining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi. O‘quvchilarning ta’lim olishlari va o‘qituvchilarning faoliyat yuritishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi. |
262. | Respublikadagi 135 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan:44 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini rekonstruksiya qilish; 91 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini kapital ta’mirlash. | Yildavomida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi,Moliya vazirligi,Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish | 246 400,0 | Umumta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari | Respublikadagi 135 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi. O‘quvchilarning ta’lim olishlari |
263. | Hududlardagi oliy ta’lim muassasalari uchun ilmiy-pedagogik kadrlar zaxirasini yaratish maqsadida tayanch oliy ta’lim muassasalarida magistratura va doktoranturaga maqsadli qabul kvotalarini joriy etish. | 2017-yil mart | OvaO‘MTV, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha qaroriga taalluqli takliflar ishlab chiqish. Hududlardagi oliy ta’lim muassasalari uchun ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi. Chekka hududlar uchun joylarda mutaxassislar tayyorlash sifat�ni oshirish u�un sharoitlar yaratiladi. |
264. | Umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi o‘quv sinflari va guruhlaridagi o‘quvchilarning sonini optimallashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2017-yilII chorak | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengash, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi, | - | - | Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifati oshadi. |
265. | Bolalar sportining ommaviyligini oshirish hamda musiqa va san’at ta’limini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish.251 ta umumta’lim maktabi, 12 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabida sport zallarini qurish, 9 ta yopiq suzish havzasini qurish va 2 tasini rekonstruksiya qilish, 8 ta bolalar musiqa va san’at maktabini yangidan qurish va 12 tasini rekonstruksiya qilish. | Yildavomida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,Xalq ta’limi vazirligi, | 373 200,0 | Bolalar sportini rivojlan-tirish jamg‘armasi mablag‘lari | Chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bolalar sportining ommaviyligini oshirish hamda musiqa va san’at ta’limini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. |
266. | Aholining ijtimoiy nochor qatlamlari sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida inklyuziv ta’lim tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. | 2017-yilIV chorak | Xalq ta’limi vazirligi, OvaO‘MTV, Moliya vazirligi, Davlat test markazi, O‘zNNTMA | - | - | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: nogiron bolalarni zarur maxsus adabiyotlar va qo‘llanmalar bilan ta’minlashni qamrab oluvchi inklyuziv ta’lim tizimini yanada rivojlantirish; inklyuziv ta’lim tizimi o‘qituvchilariga imtiyozlar berish, jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarning oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish; nogiron bolalarni uyda o‘qitadigan pedagoglarning ishini rag‘batlantirish. |
267. | Ilm-fan sohasini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2017-yil IV chorak | Fanlar akademiyasi, OvaO‘MTV, Fan va texnologiyalar qo‘mitasi, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi. Loyihada quyidagi masalalar aks ettiriladi: ilmiy-tadqiqot muassasalarining innovatsion infratuzilmasini rivojlantirish, istiqbolli sohalarda kichik innovatsion korxonalar, texnoparklarni tashkil etish (biotexnologiya, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, elektrotexnika, robototexnika, metallurgiya, nanotexnologiya); intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni (mualliflik huquqi, turdosh huquqlar, ixtirolarga bo‘lgan huquqlar va boshqalar) buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, shuningdek bu sohadagi davlat nazoratini kuchaytirish. |
4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish | ||||||
268. | 2017-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. Viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida hokimlik va boshqa davlat hokimiyati organlari xodimlarining Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi ijrosini joylarda sifatli ta’minlashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazish. | Yildavomida | Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, viloyatlar va Toshkent shahar va hokimliklari | - | - | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Dastur doirasida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy |
269. | Yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash va uy-joy bilan ta’minlash maqsadida hududlarda “Kamolot” uylarini qurish va i�tiyozli kredit asosida faol yoshlarga taqdim etish. | Yildavomida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar va hokimliklari, tijorat banklari, Davarxitektqurilish, “Kamolot” YIH, O‘zbekenergo, Moliya vazirligi | Loyiha-smeta hujjatlari asosida | Tijorat banklari kreditlari | Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlanadi va uzoq muddatli ipoteka kreditlari ajratiladi. |
270. | O‘quvchi-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida ta’lim muassasalarida “Men sevib o‘qigan kitob” va “Eng yaxshi kitobxon” tanlovlarini tashkil etish. | 2017-yil sentyabr | O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi | 160,0 | Budjetdan tashqari mablag‘lar va xayriya mablag‘lari | O‘quvchi-yoshlar turli yot g‘oya va mafkuralardan himoya qilinadi, ularning mafkuraviy immuniteti mustahkamlanadi hamda jamiyatda yuksak ma’naviyatni qaror toptirishga hissa qo‘shiladi. |
271. | Aholining, ayniqsa, yoshlarning intellektual va ma’naviy ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida: | O‘zMAA, | Xarajatlar smetasiga muvofiq | Ijrochilar mablag‘lari | Adabiyot orqali xalq ma’naviyatini yuksaltirish, oilaviy kitob o‘qish an’analarini keng targ‘ib qilish, yozuvchi va kitobxon o‘rtasidag� muloqotni kuchaytirish, yoshlarni intellektual rivojlangan va ma’nan barkamol qilib voyaga yetkazishda kitobning o‘rni va ahamiyatiga, kitob mutolaasi madaniyatiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish. | |
“Adabiyotga e’tibor — ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida Respublika “Kitob bayrami” an’anaviy tadbiri va uning doirasida “Kitob — millatning bebaho ma’naviy va madaniy merosi” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish va o‘tkazish; | 2017-yil may | |||||
“Bolalar kitoblari” an’anaviy respublika festivalini tashkil etish va o‘tkazish; | 2017-yil sentyabr | |||||
har bir tuman markazida kitob do‘konlarini ochish va ularni yangi asarlar bilan boyitish; | 2017-yil sentyabr | |||||
40 ga yaqin nomdagi o‘zbek mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti, jahon mumtoz adabiyoti durdonalarini nashr etish va hududlarda, xususan, respublika axborot-resurs markazlarida ularning taqdimotini o‘tkazish. | Yil davomida | |||||
272. | O‘sib kelayotgan avlodning kitob va boshqa bosma mahsulotlarga qiziqishini o‘stirish maqsadida soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish. | 2017-yilII chorak | Matbuot va axborot agentligi, | - | - | O‘zbekiston xalqining madaniy-ma’rifiy merosi, tarixi bo‘yicha adabiyotlar chiqaruvchi nashriyot uylari, bosmaxonalar, asar mualliflariga soliq va boshqa preferensiyalar taqdim etish, iqtisodiy rag‘batlantirishni tashkil etish. |
273. | Yurtimizning chekka hududlarida Badiiy akademiya tizimi tashkilotlari va ta’lim muassasalari hamkorligida xalq rassomlari, xalq ustalari bilan bolalar, yoshlar va ularning ota-onalari uchun “Bunyodkor xalqim bilan muloqot — ijodim ilhomi” mavzusida master-klasslar | Yil davomida | O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Ova O‘MTV, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi | Xarajatlar smetasiga muvofiq | Ijrochilar mablag‘lari | Yoshlarni ona Vatanimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda san’atga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish. |
274. | O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni tashkil qilish: 2016/2017 o‘quv yilining 803 ta ixtisoslashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini bevosita kasb-hunar kollejlarida o‘tkazish; tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan talabalarga 360 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratish; nogiron va kam ta’minlangan oila farzandlari bo‘lgan kollej bitiruvchilari uchun 50 mingta ish o‘�inlarini band qilish (kvotalash). | 2017-yilI chorak | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi | 360 000,0 | Tijorat banklari kreditlari | Yoshlarni kasbni tanlashga yo‘naltirish ishlariga, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga ishga joylashishga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bitiruvchilarga ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tashlari uchun korxona va tashkilotlar belgilanadi va ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashiladi. |
275. | Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, ularning ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan quyidagi kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish: | Milliy g‘oya va mafkura milliy amaliy markazi, OvaO‘MTV, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Yozuvchilar uyushmasi, “Kamolot” YIH, “Mahalla” jamg‘armasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, O‘zNNTMA | - | - | Kompleks chora-tadbirlar rejasi. Yosh avlodni tarbiyalash, ularning ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligi va natijadorligi oshadi. | |
“Biz Vatanga tayanchmiz”, “Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yoshlar” degan shiorlar ostida aksiyalar; “Adabiyot va san’at — shaxs ma’naviyatini boyitish va yuksaltirish omili” mavzuida yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokida uchrashuvlar; badiiy adabiyotlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, axborot-resurs markazlarini yangi kitoblar bilan boyitish; | Yil davomida | |||||
“Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi” mavzuida axborot va metodik materiallar tayyorlash; | 2017-yil may | |||||
Vatanimiz ravnaqini ta’minlashda yoshlarning mas’uliyatini oshirishga qaratilgan “Eng buyuk jasorat — ma’naviy jasoratdir” mavzuida davra suhbatlari; | har chorakda | |||||
yoshlar ongiga tahdid soluvchi axborot xurujlarining oldini olish, yoshlarda internet va boshqa axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil qilish; | 2017-yil reja asosida | |||||
“Fuqarolik jamiyatida shaxs tarbiyasi va unda oila institutining o‘rni” mavzuida anjuman o‘tkazish. | 2017-yil noyabr | |||||
276. | To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar hamda 1-guruh ko‘zi ojiz nogironlarga ta’lim olishda keng imkoniyatlar yaratish maqsadida: oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda alohida davlat granti ajratgan holda imtiyozlar belgilash; hududlar kesimida ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli qabul kvotalarini tasdiqlash; pedagoglarning ilmiy, uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlari bo‘yicha faoliyatini soatlar miqdorisiz ish turlari va mazmuni asosida lavozimlarga qo‘yilgan malaka talablariga muvofiq belgilash. | 2017-yilmay | Davlat test markazi, OvaO‘MTV, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar | - | - | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Kirish sinovlarida chin yetim, yetim va nogironlarga imtiyozlar yaratiladi. Pedagoglarning ilmiy, uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlari samaradorligi oshadi. |
277. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. | 2017-yil aprel-avgust | OvaO‘MTV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, | 1 583,0 | Oliy ta’lim muassasalarini rivojlan-tirish jamg‘armasi mablag‘lari | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i loyihasi. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasala�ida ma’na�iy-ma’rifiy ishlar samaradorligi oshadi. |
278. | Talabalar shaharchasida madaniy dam olish markazini tashkil etish va undan bepul foydalanishni yo‘lga qo‘yish. | 2017-yilIV chorak | OvaO‘MTV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, | 5 300,0 | Investitsiya dasturi doirasida Davlat budjeti mablag‘lari | Investitsiya dasturi. Talabalarning bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tkaziladi, ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi. |
279. | Respublikada yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha vazirlik va idoralar rahbarlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatiladigan ochiq muloqotlar tashkil etish. | Yil davomida | “Kamolot” YIH, OvaO‘MTV, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, IIV, Axborot texnologiyalari vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, MTRK, O‘zEOAVMA, vazirlik va idoralar | 40,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Vazirlar Mahkamasining Rayosat majlisining bayoni. Muloqotlar yoshlar mas�lalari bilan shug‘ullanuvchi vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etilib, hududlardan keladigan unda yoshlar masalalariga oid savollarga tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan to‘liq javob beriladi. |
280. | Uyushmagan yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yetarli shart-sharoit yaratish maqsadida: mahallalarda zamonaviy sport maydonchalarini barpo etish, uyushmagan yoshlar o‘rtasida musobaqalar tashkil etish (street sport). | Yil davomida | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, OvaO‘MTV, “Kamolot” YIH, “Mahalla” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 500,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Vazirlar Mahkamasining Rayosat majlisining bayoni. Uyushmagan yoshlarning muntazam sport bilan shug‘ullanishi ta’minlanadi. |
281. | Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar doirasida Jizzax viloyatida “Barkamol avlod” sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish. | 2017-yilmay | O‘rta maxsus,kasb-hunar ta’limi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi | 14 000,0 | Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari | “Barkamol avlod” sport musobaqalarini o‘tkazish dasturini ishlab chiqish. Sport musobaqalari final bosqichi o‘tkaziladigan ta’lim muassasalari ta’mirlanadi va jihozlanadi. O‘quvchi-yoshlarning sog‘lom va barkamol bo‘lishlari uchu� barcha sharoitlar yaratiladi. |
282. | Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan chin yetim, Mehribonlik uyida tarbiyalangan va ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan, kam ta’minlangan oilalardagi iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida “Ta’lim granti”, “Kasaba uyushmalari stipendiyasi” loyihalari asosida stipendiyalar to‘lash. | Yil davomida | OvaO‘MTV, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” YIH, Kasaba uyushmalari federatsiyasi | “Mahalla” fondi -400,0, “Kamolot” YIH -400,0, Kasaba uyushmalari federatsiyasi — 270,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Hamkorlar o‘rtasida ishchi guruhi tuzilib, nizom va qo‘shma qaror imzolanadi. Loy�hani tashkil etish natijasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, iqtidorli talabalar uchun oliy ta’lim muassasasida ta’limni davom ettirish uchun imkoniyat yaratiladi hamda ularning harakati, bilimi va intilishi moddiy-ma’naviy rag‘batlantiriladi. |
283. | Mobil internet foydalanuvchilariga mo‘ljallangan, yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni intellektual salohiyati va ijtimoiy faolligini yanada oshirishga xizmat qiladigan milliy o‘yinlarni tashkil etish. | 2017-yilIII chorak | Axborot texnologiyalari vazirligi, OvaO‘MTV, “Kamolot” YIH | 280,0 | Ijrochilar va homiylar mablag‘lari | Yoshlarning bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasidagi mobil internet foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan milliy o‘yinlar yaratiladi. |
284. | Har bir hudud markazida “Kamolot” kitob do‘konlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | Yil davomida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Kamolot” YIH, Davarxitektqurilish | - | “Kamolot” YIH mablag‘lari | Joylarda kitob do‘konlarini tashkil etish orqali yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari, ularni kitobga bo‘lgan qiziqishlari orttiriladi. |
285. | “Xalq amaliy san’ati — yoshlar qalbida” xalqaro amaliy san’at ko‘rgazmasini o‘tkazish. | 2017-yilII chorak | O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy amaliy markazi, Tasviriy oyina, “Kamolot” YIH | Xarajatlar smetasiga muvofiq | Ijrochilar mablag‘lari | Ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan hunarmandlik an’analarini targ‘ib qilish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash va kasb-hunarga qiziqishini oshirishga erishiladi. |
286. | Quyidagi madaniyat va san’at festivallari, ko‘rik-tanlovlarni tashkil etish: | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bastakorlar uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekteatr, MTRK | Xarajatlar smetasiga muvofiq | Ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari doirasida, ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari | Vazirlar Mahkamasining majlis bayoni hamda ijrochilarning chora-tadbirlari. Iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularni rag‘batlantirish, ijodiy salohiyatini yuksaltirish va katta sahnalarga olib chiqishga erishiladi. Yoshlar e’tiborini musiqa | |
“Bahor nafasi” xalqaro san’at festivali; | 2017-yil may | |||||
“Musiqaga chorlaydi yoshlar!” madaniyat haftaligi; | 2017-yil may-iyun | |||||
“Seni kuylaymiz, zamondosh!” O‘zbekiston teatrlarining IV Respublika ko‘rik-festivali; | 2017-yiliyun | |||||
“Onam aytgan allalar” festivali; | 2017-yilmay | |||||
“Yoshlik bahori” respublika yosh opera ijrochilari festivali; | 2017-yilaprel | |||||
“Sozlar navosi” xalq cholg‘ulari ijrochilari respublika tanlovi; | 2017-yilmay | |||||
YUNESKO reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan “Shoshmaqom”, “Askiya”, “Palov” va boshqa nomoddiy madaniy meroslar bo‘yicha “O‘zbek madaniy merosi — jahon nigohida!” nomli festival. | 2017-yiloktyabr | |||||
287. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nihol” mukofoti saralash bosqichlari va uni tantanali ravishda topshirish marosimini yuqori saviyada tashkil etish. | 2017-yil III chorak | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” YIH | Xarajatlar smetasiga muvofiq | Davlat budjeti va homiylar mablag‘lari | Ijodiy salohiyatga ega va iste’dodli bo‘lgan yoshlarni ro‘yobga ch�qarish, kashf etish, san’at olamiga kirib kelayotgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash. |
288. | Turli sohalarda mehnat qilib, xalqimiz hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lgan zamon qahramonlari faoliyati to‘g‘risida hujjatli filmlar yaratish, ular bilan muntazam ravishda adabiy kechalar o‘tkazish. | Yil davomida | O‘zbekkino, O‘zFA, MTRK | Xarajatlar smetasiga muvofiq | Davlat budjeti va homiylar mablag‘lari | O‘z kasbi bo‘yicha yuksak natijalarga erishgan turli soha vakillari faoliyatini targ‘ib qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish. |
289. | Yoshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, ularga tibbiy ko‘rikdan doimiy o‘tishning ijobiy tomonlarini tushuntirish maqsadida ta’lim muassasalari, mahallalar hamda tibbiyot punktlarida “Salomatlik kunlari”ni tashkil etish. | Yil davomida | “Kamolot” YIH, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, OvaO‘MTV, Xalq ta’limi vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi | - | Ijrochilar mablag‘lari | Aholi, aynisqa, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi shakllantirilishi, ularning tibbiy madaniyati yuksaltirilishi natijasida yosh avlodni barkamol va sog‘lom qilib voyaga yetkazishda o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatadi. |
290. | Ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish, farzand tarbiyasi borasidagi burch va mas’uliyatini oshirish maqsadida: | Yil davomida | “Mahalla”jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Respublika Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi | 80,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Chora-tadbirlar dasturi. Barkamol avlodni huquqiy ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda ota-onalarning savodxonligini oshirish, namunali, ibratli oilalar tajribasini ommalashtirish. Mavjud ibratli an’analar va qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish. |
fuqarolar yig‘ini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” faoliyatida foydalanish uchun uslubiy qo‘llanmalar va ko‘rgazmali materiallar ishlab chiqish; | iyun | |||||
fuqarolar yig‘ini xodimlari va faollar uchun “Yosh avlod tarbiyasida ota-onalar mas’uliyatini oshirish” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish. | avgust | |||||
291. | Mustahkam mafkuraviy immunitetga ega yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2017-yil mart, alohida jadval asosida | Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, “Oila” markazi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” YIH, IIV | 100,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Chora-tadbirlar dasturi. Dasturda: mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, axloqiy va media-madaniyatni oshirishga qaratilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari, treninglar, viktorinalar, tushuntirish tadbirlari; mahallalarda aholi va yoshlar bilan terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishga bag‘ishlangan uchrashuvlar nazarda tutiladi. |
292. | Notinch oilalar farzandlari, uyushmagan yoshlar, ish bilan band bo‘lmagan, “ommaviy madaniyat” ta’siriga tushib qolgan yigit-qizlarning xatti-harakatlarini nazoratga olishda ularning ota-onalarining mas’uliyatini oshirish, kashandalik, alkogolli ichimliklar iste’mol qilish va boshqa illatlar profilaktikasiga oid tadbirlar, seminarlar o‘tkazish, buklet, plakat, ko‘rgazmali qo‘llanmalar chop etish, ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil qilish. | Yil davomida | “Kamolot” YIH, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, IIV, Adliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, OvaO‘MTV, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Sog‘lom avlod uchun” fondi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, MTRK, O‘zNNTMA | 200,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Chora-tadbirlar dasturi. Yoshlarning “ommaviy madaniyat” ta’siriga qarshi immunitetini mustahkamlash, ma’naviy-axloqiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarziga, sog‘lom oila qurishga intilishlarini rag‘batlantirish. |
V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, shuningdek, vazmin, o‘zaro foydali va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar | ||||||
5.1 Xavfsizlik, d�n?y bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar | ||||||
293. | Yirik ijtimoiy, siyosiy va madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotganda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish. | Yildavomida | IIV, MXX, FVV, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalari. Mazkur qarorlar turli xil muhim ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda jamoat xavfsizligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, ushbu sohadagi masalalarni huquqiy tartibga solish imkonini beradi. |
294. | O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish tizimini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish. | 2017-yil I chorak | MXX, IIV, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalari. Mazkur qarorlar bilan davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar belgilanadi. Ushbu qarorlarning qabul qilinishi O‘zbekistonning hududiy yaxlitligini hamda xavfsizligini ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlari yaratilishiga imkon beradi. |
295. | Transport kommunikatsiyalari xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil I chorak | IIV, MXX, FVV, TIAISV, O‘zbekiston temir yo‘llari, O‘zavtoyo‘l, O‘zavtodaryotrans | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi. Mazkur qaror bilan transport kommunikatsiyalari xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy usullarini joriy etish, ushbu sohada infratuzilmani rivojlantirish hamda aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda ro‘yobga chiqarish masalalari hal etiladi. |
296. | Yirik konchilik va qayta ishlovchi sanoat obyektlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. | 2017-yil III-IV chorak | NKMK, O‘zbekneftegaz, MXX, Moliya vazirligi, FVV, IIV, Sanoatgeokontexnazorat | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalari. Mazkur qarorlar bilan mamlakatimizdagi mavjud yirik konchilik va qayta ishlovchi sanoat obyektlarining hozirgi kundagi holatidan kelib chiqib, ularning xavfsizligini ta’minlashning eng muhim yo‘nalishlarini aks ettiradigan kompleks chora-tadbirlar belgilanadi. |
297. | Kiberxavfsizlik sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Axborot texnologiyalari vazirligi, MXX | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Mazkur qaror bilan hozirgi kunda butun dunyoda tobora globallashib borayotgan kiberxurujlarni oldini olish, ushbu yo‘nalishda yetarlicha xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish chora-tadbirlari belgilanadi. |
298. | Milliy kontentni rivojlantirish, davlat tilidagi ta’lim, ilmiy-ma’rifiy, yoshlar ehtiyojlariga mos zamonaviy axborot resurslarini, multimedia mahsulotlarini yaratish va targ‘ib qilish mexanizmlarini takomillashtirish. | 2017-yil II chorak | Axborot texnologiyalari vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” YIH, O‘zMAA, O‘zbekkino, MTRK, OvaO‘MTV, Xalq ta’limi vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, O‘zA, Milliy g‘oya va mafkura markazi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Din ishlari qo‘mitasi, Milliy kutubxona, vazirlik va idoralar | - | - | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Qarorda milliy kontentni, davlat tilidagi axborot resurslarini yaratish va targ‘ib qilish, yoshlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ularni yetarli ta’lim, ilmiy-ma’rifiy axborot resurslari bilan ta’minlash hamda ushbu sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilishi hamda amaliyotga joriy etilishi nazarda tutiladi. Shuningdek, qaror loyihasi bilan Milliy kontentni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘larini ushbu yo‘nalishdagi loyihalarga maqsadli yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqiladi. |
299. | Diniy ekstremizm va missionerlik faoliyatiga qarshi kurashish, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2017-yil I chorak | Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Respublika baynalmilal milliy madaniy markazi, IIV, MXX, SMTI, Adliya vazirligi | - | - | Kompleks chora-tadbirlar dasturi. Mazkur dasturda diniy ekstremizm va missionerlik faoliyatiga qarshi ta’sirchan kurash olib borish, ularning har qanday ko‘rinishlariga barham berish, ushbu illatlarni o‘z vaqtida oldini olish, shuningdek jamiyatda millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish belgilanadi. |
300. | Diniy tashkilotlar va birlashmalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari va prinsiplarini belgilab berishga qaratilgan Diniy sohadagi O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil III chorak | Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, | - | - | Konsepsiya. Ushbu Konsepsiyada diniy tashkilotlarning va birlashmalarning davlat bilan o‘zaro munosabatlari, ular faoliyatining huquqiy tartibga solinishi hamda yanada takomillashtirilishi, ushbu sohadagi asosiy yo‘nalishlar, prinsiplar va boshqa muhim masalalar nazarda tutiladi. |
301. | Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasi loyihasini hamda bugungi kun talablarini inobatga olgan holda, Respublika baynalmilal milliy madaniy markazi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish. | 2017-yil IV chorak | Respublika baynalmilal milliy madaniy markazi, Adliya vazirligi, SMTI, | - | - | Konsepsiya. Ushbu Konsepsiyada mamlakatimizdagi ko‘p millatli xalqimizning o‘ziga xos fazilatlaridan kelib chiqib, millatlararo totuvlikni, hamjihatlikni ta’minlashga qaratilgan, millatlarning o‘zaro bir-birini hurmat qilishi tamoyiliga asoslangan millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari nazarda tutiladi. |
302. | Mamlakat mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy qudrati va harbiy tayyorgarlik darajasini oshirish. | 2017-yil III chorak | Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, TIV, MXX, SMTI | - | - | Kompleks chora-tadbirlar dasturi. Dasturda quyidagilar nazarda tutiladi: mamlakat harbiy xavfsizligini, Qurolli Kuchlar jangovar tayyorgarligi va jangovar qobiliyati holatini, kadrlar tayyorlash tizimini, harbiy xizmatchilarni har tomonlama ta’minlash sohasidagi konseptual hujjatlarni tahlil qilish; yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi va Mudofaa doktrinasi loyihalarini tayyorlash; xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishni, qo‘shinlar ta’minotini, uy-joy va tibbiy ta’minot masalalarini nazarda tutuvchi “Harbiy xizmatni, ichki ishlar organlarida, bojxona organlaridan xizmatni o‘tagan shaxslarning hamda ular oila a’zolarining pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. |
303. | O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika turlari bilan jihozlash dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2017-yil III chorak | Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, MXX | - | - | Dastur loyihasi. Ushbu dasturda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini mamlakat hududiy daxlsizligini ta’minlash uchun eng zarur bo‘lgan qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan jihozlashning aniq chora-tadbirlar majmui nazarda tutiladi. |
304. | Xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy va shartnomaviy bazalarni tahlil qilish. Ushbu sohada xorijiy sheriklar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish | 2017-yil IV chorak | Mudofaa vazirligi, IIV, TIV, | - | - | Tahliliy ma’lumotnoma. Aniq takliflar. Mazkur tahlil orqali O‘zbekistonning xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalari tanqidiy jihatdan to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazilib, natijalari tizimli ravishda umumlashtiriladi hamda ushbu sohada yaqin istiqbolga mo‘ljallangan, davlatimizning ikki va ko‘p tomonlama hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan aniq takliflar ishlab chiqiladi. |
305. | Radiatsiya xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqish. | 2017-yil I chorak | FVV, SSV, IIV, DBQ, Sanoatgeokontexnazorat | - | - | Qonun hujjati loyihasi. Mazkur hujjat bila? Radiatsiya xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlanib, unda respublikamizda radiatsiya xavfsizligini ta’minlashga doir amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan aniq tadbirlar, korxona va tashkilotlarning bu boradagi vazifalari va majburiyatlari, ularning o‘zaro hamkorligi, mazkur sohada hal etilishi lozim bo‘lgan boshqa masalalar nazarda tutiladi. |
306. | Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida xabar berish va aholini xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2017-yil II chorak | FVV, Axborot texnologiyalari vazirligi, IIV, MXX, Moliya vazirligi | - | - | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Ushbu qaror bilan favqulodda vaziyatlarda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan vazifa va funksiyalar, |
307. | Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni kuchaytirish. | Yil davomida | Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, TIV | - | - | Chora-tadbirlar. Ushbu chora-tadbirlar bilan orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etishning samarali yo‘llarini ishlab chiqish, ushbu hududda yuzaga kelgan ekologik muammolarni hal etishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish va amalga oshirish nazarda tutiladi. |
308. | Fuqarolar muhofazasi tuzilmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularni moddiy-texnika vositalari bilan jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil I chorak | FVV,Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi. Mazkur qaror bilan mamlakatimizda mavjud fuqarolar muhofazasi tuzilmalari faoliyatini tashkiliy-huquqiy jihatdan takomillashtirish, ularning vazifa va funksiyalarini qayta ko‘rib chiqish, ularni zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash va boshqa muhim vazifalar aks ettirilgan chora-tadbirlar majmui nazarda tutiladi. |
309. | Favqulodda vaziyatlarda aholining harakatlarga tayyorgarligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2017-yil II chorak | FVV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar Moliya vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi | - | - | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Ushbu qaror bilan favqulodda vaziyatlarda a�olining tayyorgarligini oshirishga qaratilgan bir qator vazifalar, davlat organlarining bu boradagi o‘rni, ularning aholi bilan o‘zaro hamkorligi, aholini favqulodda vaziyatlarda amalga oshiriladigan tadbirlarga o‘rgatish ishlari nazarda tutiladi. |
310. | Tabiiy, texnogen va ekologik xarakterdagi favqulodda vaziyatlar ehtimolini monitoring va prognozlashtirishning yagona tizim?�i ishlab chiqish. | 2017-yil IV chorak | FFV, IIV, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar | - | - | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Ushbu qaror bilan tabiiy, texnogen va ekologik xarakterdagi favqulodda vaziyatlar ehtimolini monitoring va prognozlashtirishning yagona tizimini yaratish mo‘ljallanadi. Bunday tizimning yaratilishi vujudga kelishi ehtimoli bo‘lgan turli xil tabiiy va texnogen ofatlarning oldini olishga hamda bartaraf etishga imkon beradi. |
5.2. Vazmin, o‘zaro foydali va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar | ||||||
311. | Asosiy xorijiy sheriklar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishning hamda ular bilan hamkorlikni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlarining asosiy prinsiplarini belgilab beruvchi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilga mo‘ljallangan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati strategiyasining loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil I chorak | TIV, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, MXX, Mudofaa vazirligi, SMTI, XMATM | - | - | Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati strategiyasi. Mazkur strategiya bilan 2017-yil mobaynida mamlakatimiz tomonidan asosiy xorijiy sheriklar bilan tashqi siyosiy va iqtisodiy sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari, bundan kutilayotgan natijalar aks ettiriladi. |
312. | O‘zbekistonning xorijiy sheriklar bilan 2017-yildagi siyosiy-diplomatik sohadagi hamkorligini rivojlantirishga doir “Yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqib, unda quyidagilarni nazarda tutish: oliy va yuqori darajalardagi tashriflar, uchrashuvlar va muzokaralarni tayyorlash va tashkil etish; xavfsizlikning dolzarb masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar darajasidagi maslahatlashuvlarni o‘tkazish; ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi tashabbuslarni, shu jumladan, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish. | 2017-yil I chorak | TIV, TIAISV, Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Iqtisodiyot vazirligi, MXX, Mudofaa vazirligi, IIV, vazirlik va idoralar | - | - | Yo‘l xaritasi. Ushbu “Yo‘l xaritasi” bilan davlatimizning tashqi siyosatini yanada mustahkamlash, ikki va ko‘p tomonlama munosabatini yanada takomillashtirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va obro‘sini oshirish, ushbu yo‘nalishda amaliy takliflarni ishlab chiqish imkonini beradi. |
313. | O‘zbekistonning xorijiy sheriklar bilan 2017-yildagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlanishi va kengayishini ta’minlashga doir “Yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqib, unda quyidagilarni nazarda tutish: O‘zbekiston korxonalarining mahsulotlari va xizmatlarini tashqi bozorga eksport qilishni kuchaytirib borish; O‘zbekistonga investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni, sayyohlar oqimini, shuningdek, grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik ko‘maklarni jalb etish; Respublikaning transport-tranzit imkoniyatlarini oshirish, tashqi savdo yuk tashish ishlari uchun qulay sharoitlarni shakllantirish; ta’lim, fan va texnika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish. | 2017-yil I chorak | TIV, TIAISV, Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar | - | - | Yo‘l xaritasi. Ushbu “Yo‘l xaritasi”ning qabul qilinishi O‘zbekistonning xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligi tubdan rivojlanishi va kengayishiga, mamlakatimizning eksport salohiyati oshishiga, yurtimizga investitsiyalar, ilg‘or texnologiyalar, sayyohlar oqimi, imtiyozli kreditlar jalb etilishiga katta imkoniyat yaratadi. |
314. | O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi ijobiy nufuzini keng targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tayyorlash, tasdiqlash va amalga oshirilishini ta’minlash. | 2017-yil IV chorak | TIV, TIAISV, Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, O‘zMAA, O‘zbekkino, | - | - | Kompleks chora-tadbirlar. Ularda quyidagilar nazarda tutiladi: mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga qaratilgan manzilli targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini (konferensiya, “davra suhbatlari”, seminar va b.) o‘tkazish; “Jahon” axborot agentligining faoliyatini takomillashtirish, agentlikning xalqaro axborot hamjamiyatiga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvini faollashtirish; davlat va jamiyat qurilishining turli sohalaridagi yutuqlar iqtidorli yosh mutaxassislar uchun xorijiy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarining yetuk va tajribali muxbirlari ishtirokida trening va seminarlar o‘tkazish; xorijiy kinostudiyalar bilan hamkorlikda, mash�ur rejissor va aktyorlarni jalb qilgan holda, zamonaviy O‘zbekiston hududida tug‘ilgan, yashagan va ijod qilgan buyuk olimlar, |
315. | Quyidagi hujjatlarni ishlab chiqish va kiritish: “O‘zbekiston Respublikasi diplomatik xizmati to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonunlar loyihalarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi konsullik ustavi (yangi tahriri) loyihasini; yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi to‘g‘risida”gi nizomning loyihasini, jumladan, vazirlik faoliyatini, birinchi navbatda xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarning O‘zbekistonga investitsiyalarni jalb etish hamda mamlakatimiz mahsulotlarini xorijiy bozorlarga olib chiqish masalalari bo‘yicha faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar ko‘rilishini nazarda tutuvchi loyihani. | Yil davomida | Vazirlar Mahkamasi, TIV, TIAISV, vazirlik va idoralar | - | - | O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va nizomlari. Ushbu qonunlarning qabul qilinishi O‘zbekiston tashqi siyosatining huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishiga, diplomatik xizmat xodimlarining huquqiy maqomi belgilanishiga, xalqaro shartnomalarni tuzish va ijro etishning samarali mexanizmlari yaratilishiga, konsullik muassasalarining asosiy vazifa va funksiyalari aniqlashtirilishiga imkon yaratadi. Taklif etilayotgan nizomlar bilan Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini yanada takomillashtirish, shu jumladan, mamlakatga investitsiyalarni jalb etish va uning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha vazifalarini kuchaytirish, O‘zbekistonning chet eldagi muassasalari faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xorijiy mamlakatlar bilan hukumatlararo aloqalarning huquqiy mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish imkonini beradi. |
316. | O‘zbekiston Respublikasining 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan xalqaro shartnomaviy faoliyatini takomillashtirishga doir ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash, unda quyidagilarni nazarda tutish: O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan faoliyati shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish va tanqidiy tahlildan o‘tkazish; istiqbolli hamda mamlakatimiz uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan shartnomalar hisobiga mavjud shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish; O‘zbekiston tomonining xalqaro huquq ijodkorligi jarayonida faol ishtirok etishi; xalqaro shartnomalarning hisobga olinishi va tizimlashtirilishini nazarda tutuvchi elektron bazani yaratish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ular muntazam monitoring qilinishi va inventarizatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlash. | Yil davomida | Vazirlar Mahkamasi, TIV, TIAISV, vazirlik va idoralar | - | - | Ish reja. Mazkur ish reja bilan O‘zbekistonning shartnomaviy-huquqiy bazasini to‘liq qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish, bu sohada tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, muhim shartnomalarni tuzish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shu jumladan, shartnomalarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish tizimini joriy etish nazarda tutiladi. |
317. | Qo‘shni davlatlar bilan Davlat chegaralarini huquqiy rasmiylashtirish bo‘yicha muzokaralar jarayonini davom ettirishni nazarda tutuvchi Davlat chegaralarini dyelimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha 2017-yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2017-yil I chorak | TIV, Yergeodezkadastr, MXX, DChQQ, IIV, DBQ, Adliya vazirligi | - | - | Tadbirlar rejasi. Mazkur tadbirlar rejasining qabul qilinishi O‘zbekiston bilan chegaradosh davlatlar o‘rtasida davlat chegaralarini dyelimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarida mavjud muammolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish imkonini beradi. |
318. | Respublikamizning turli millat vakillari ishtirokida mahallalarda, mehnat jamoalari va ta’lim muassasalarida millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik, vatanparvarlik va daxldorlik fazilatlarini targ‘ib qilish, o‘zaro hurmat va birdamlik vaziyatini yanada mustahkamlash maqsadida Respublika baynalmilal milliy madaniy markazining 25 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida bayram tadbirlarini o‘tkazish. | 2017-yil I chorak | Respublika baynalmilal milliy madaniy markazi, Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyatlari kengashi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, “Mahalla” jamg‘armasi, | 100,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Vazirlar Mahkamasining bayoni. Tadbirlar turli millat vakillari zich istiqomat qiladigan hududlarda, chekka shahar va tumanlarda, shuningdek, mehnat jamoalari, ta’lim muassasalarida tashkil etiladi va bu orqali millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik yanada mu�tahkamlanadi. |
319. | Jamiyatda hukm surayotgan o‘zaro hurmat va birdamlik vaziyatini yanada mustahkamlash maqsadida: | Yil davomida | Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, “Mahalla” jamg‘armasi, Respublika baynalmilal milliy madaniy markazi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar | 50,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Chora-tadbirlar dasturi. Tadbirlar yozuvchi va olimlar, shoir va diniy ulamolar, faxriylar, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari ishtirokida amalga oshiriladi. |
“Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi — oliy ne’mat”; “Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik — barqarorlik kafolati”; “Qo‘shnichilik munosabatlarda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat ruhida bo‘lish — yurtimizda ahillikni mustahkamlashning eng muhim sharti”; “Inson manfaatlari — ulug‘ qadriyat” mavzularida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish. | Shonli sanalar arafasida | |||||
320. | Xalq diplomatiyasini faollashtirish, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi faoliyatini takomillashtirish. | 2017-yil II chorak | TIV, | - | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi. Dunyo xalqlari, chet elda yashovchi vatandoshlar bilan do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, xorijiy mamlakatlar hamjamiyatini O‘zbekiston tarixi va xalqi madaniyati bilan tanishtirish, shuningdek, do‘stlik jamiyati moliyaviy ahvolini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmui nazarda tutiladi. |
so‘mda | AQSh dollarida | |
Davlat budjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari | 5 263,1 mlrd | 1 625,8 ming |
Ijrochilar va xayriya tashkilotlari mablag‘lari | 15 423,0 mlrd | 311 510,0 ming |
Tijorat banklari kreditlari | 16 941,2 mlrd | - |
Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari mablag‘lari va beg‘araz yordam | 60,5 mlrd | 8 036 157,8 ming |