Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, uning zamonaviy xalqaro normalar va talablarga muvofiqligini ta’minlash, shuningdek xalqaro standartlardan foydalanish asosida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (“O‘zdavstandart”) O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga aylantirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 31-son, 357-modda)
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huquq va majburiyatlar bo‘yicha “O‘zdavstandart” markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4—6 va 7-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 31-son, 357-modda)
qayta tashkil etilayotgan “O‘zdavstandart” markazi markaziy apparati va hududiy bo‘linmalarida akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari negizida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 5-ilovaga muvofiq xo‘jalik hisobidagi Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi;
qayta tashkil etilayotgan “O‘zdavstandart” markazi markaziy apparatining xo‘jalik hisobidagi o‘lchov va kalibrlash bo‘limlari negizida xo‘jalik hisobidagi Respublika metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi tashkil etilsin.
9. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ikki hafta muddatda Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda Respublika metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Belgilab qo‘yilsinki, sinov va sertifikatlar berish masalalari Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi va uning hududiy organlariga, shuningdek tegishli sinov laboratoriyalariga ega bo‘lgan va belgilangan tartibda “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiya qilingan mahsulotlarni sertifikatlashtirish boshqa organlariga yuklanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 31-son, 357-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
13. “O‘zstandart” agentligi huzurida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamg‘armasi tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
standartlar, metrologiya va sertifikatlashtirishning majburiy talablarini buzganlik hamda davlat inspektorlarining mahsulot sotilishi (yetkazib berilishi, sotilishi)ni taqiqlash to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatmalarining xo‘jalik faoliyati yurituvchi subyektlar tomonidan buzilganligi uchun jarimalar summasining 8 foizi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 456-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DK, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlari yalpi foydasidan 20 foiz mablag‘lar.
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga;
Keyingi tahrirga qarang.
milliy etalon bazani, “O‘zstandart” agentligi tizimidagi sinov va o‘lchov laboratoriyalarini rivojlantirishga;
o‘zaro hamkorlik tadbirlariga hamda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga badallar to‘lashga;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
binolar, inshootlar va muhandislik tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va saqlashga, asbob-uskunalar sotib olishga;
(13-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 228-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 454-modda)
standartlarni hamda normativ hujjatlarning majburiy talablariga rioya qilinishi o‘lchovlarining yagonaligi ta’minlanishini davlat tomonidan nazorat qilishga;
(13-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 31-son, 357-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan birgalikda Maxsus jamg‘armani shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar va xizmatlarning yangi ro‘yxatini o‘n kun muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
bir oy muddatda 2003—2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasining milliy etalon bazasini yanada rivojlantirish uchun zarur etalonlar va yuqori aniqlikka ega bo‘lgan o‘lchov vositalarining barcha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan ro‘yxatini tuzsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalarini tartibga soluvchi umumiy ravishda foydalaniladigan zarur normativ hujjatlar ro‘yxatini belgilasin hamda joriy yil oxirigacha ularning ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalarini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasini joriy yil oxirigacha ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zstandart” agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 31-son, 357-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 31-son, 357-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 31-son, 357-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 31-son, 357-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)