LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish ko‘lamlarini kengaytirish hisobiga qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish uchun fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan aniqlanadigan potensial uy quruvchilarning Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, uy quruvchilarni tanlab olish va ularning ishtirok etishi tartibini belgilaydi.
12. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini, shu jumladan ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan o‘rganadi, o‘rganish yakunlari bo‘yicha ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj amalda mavjudligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida tekshirish dalolatnomasi tuziladi.
a) ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi;
v) ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini, shu jumladan uning ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha tuzilgan tekshirish dalolatnomasida ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj yo‘qligi holatining asosli ko‘rsatilishi;
18. Ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bo‘yicha yozma tavsiya berish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
21. Yozma tavsiya berish rad etilgan va arizalari ushbu Nizomning 20-bandi asosida ko‘rib chiqilmagan ariza beruvchilar ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq yozma tavsiya berish to‘g‘risidagi takroriy arizani keyingi yilda berishga haqlidir.
26. Ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallari Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda va Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga va muddatlarga muvofiq talabgorlarning ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqadi.

№ _______________

Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joy qurish uchun “Qishloq qurilish invest” IK MChJ filiali bilan dastlabki shartnomani tuzish va ishtirok etuvchi tijorat bankining filialida ipoteka krediti olish uchun
____________________________________________________________________________________________

(doimiy yashash joyining manzili ko‘rsatiladi)

manzilida doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (talabgor) _____________________________
__________________________________________________________________________________________ga

(F.I.O.)

berildi.
Ushbu tavsiya _________________________________________________________________________________

(fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ko‘rsatiladi)

tomonidan tuzilgan 20____ yil “___”__________ dagi _____-son Ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj amalda mavjudligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida uy-joy sharoitlarini tekshirish dalolatnomasiga muvofiq berildi. Bunda, ______________________________________________________________________

(talabgorning F.I.O.)

quyidagi ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi inobatga olingan:
1) _________________________________________________________________________________________;
2) _________________________________________________________________________________________;
3) _________________________________________________________________________________________.

(Ariza beruvchi — uy quruvchining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tavsiyalari asosida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan ijtimoiy mezonlar ko‘rsatiladi)

Ushbu yozma tavsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” PQ-2639-son qaroriga va Ariza beruvchi — uy quruvchining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyalari asosida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq berildi.
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqol)
_______________________________________________________
Fuqarolar yig‘inining mas’ul kotibi
_______________________________________________________

M.O‘.

20___ yil “____”____________________

(berilgan sana)