LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Qoidalar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi o‘rinlarda FHDY organlari deb ataladi), shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlari (keyingi o‘rinlarda fuqarolar yig‘ini deb ataladi) raislari (oqsoqollari) va O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari deb ataladi) tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar va shaharlar FHDY bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda FHDY bo‘limlari deb ataladi), shuningdek, nikoh uylari;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) idoraviy FHDY arxivlari (keyingi o‘rinlarda Agentlik boshqarmalarining idoraviy FHDY arxivlari deb ataladi).
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. FHDY organlari, fuqarolar yig‘inlari va O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishga doir o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga, ushbu Qoidalarga hamda FHDY organlari faoliyatiga taalluqli boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 827-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/827/3827-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. FHDY organlarini tashkil etish, ularning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va tizimli nazoratni olib borish, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
FHDY organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik FHDY organlarini, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalarini va fuqarolar yig‘inlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan namunalar bo‘yicha, qat’iy hisobda turuvchi gerbli guvohnomalar blankalari bilan ta’minlaydi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. FHDY organlari, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari va fuqarolar yig‘inlari fuqarolik holati dalolatnomalarining yozuv blankalari va boshqa hujjatlar bilan Agentlik, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ta’minlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
5. FHDY organlari yozuvlarni tuzish orqali quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari (keyingi o‘rinlarda dalolatnoma yozuvlari deb ataladi) davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, ikki nusxada tuziladi va FHDY organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.
Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish, jinsni o‘zgartirish kabi voqea va faktlar yuqorida sanab o‘tilgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarida ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali aks ettiriladi.
Bunda fuqarolar yig‘inlari tomonidan shaxsi aniqlanmagan va sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingan shaxslarning o‘limini qayd etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. O‘zbekiston Respublikasining chet elda yashovchi fuqarolariga nisbatan mazkur Qoidalarning 5-bandida ko‘rsatilgan harakatlarni O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari amalga oshiradi.
Konsul O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolaridan, fuqarolik holatini O‘zbekiston Respublikasida qayd ettirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish, dalolatnoma yozuvlarini tiklash, shuningdek familiyasi, ismi va otasining ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizalarni tegishli hujjatlar bilan birga qabul qilib oladi va ushbu hujjatlarni vakolatli organlarga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Fuqarolik holati dalolatnomasini qayd ettirish masalasida konsulga murojaat etgan shaxslardan biri O‘zbekiston fuqarosi, ikkinchisi esa chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan hollarda fuqarolik holati dalolatnomasini qayd etish, agar O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi faoliyat ko‘rsatayotgan davlatning qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga zid bo‘lmasagina amalga oshiriladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan shartnomada O‘zbekiston Respublikasining oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarida ko‘rsatilmagan boshqacha normalar nazarda tutilgan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Fuqarolik holatlarini qayd etishda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan konsullik yig‘imi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
agar taqdim etilgan hujjatlar ularga nisbatan ushbu Qoidalarda va boshqa qonun hujjatlarida qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lmasa;
Keyingi tahrirga qarang.
agar dalolatnoma yozuvini qayd ettirish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqli bo‘lmasa yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa.
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish rad qilingan shaxsning talabiga ko‘ra FHDY organi o‘n besh kun muddatda ushbu shaxsga yozma yoki elektron shaklda rad etish sababini ma’lum qilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning rad qilinishi bo‘yicha bo‘ysunish tartibida Agentlikning boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
11. Konsulning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda rad etish masalalari bo‘yicha harakatlari yuzasidan bo‘ysunish tartibiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatdagi diplomatik vakolatxonasi rahbariga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yoki O‘zbekiston Respublikasi sudiga belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
12. FHDY organlari xodimlari, shuningdek konsul o‘zi, eri yoki xotini o‘zining va uning qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, bobolari, buvilari, tug‘ishgan aka-uka, opa-singillari) to‘g‘risida dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritishga haqli emaslar.
Bunday holatlarda dalolatnoma yozuvlarini qayd etish yoki ularga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish bo‘ysunish tartibida yuqori organning yozma ko‘rsatmasi asosida boshqa xodim tomonidan yoki boshqa FHDY organida amalga oshiriladi. Dalolatnoma yozuvlarining “Belgilar uchun” ustuniga bu to‘g‘rida tegishli yozuv kiritiladi.
13. Qonun fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoyalashni hamda davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda, fuqarolar hayotidagi muhim voqealar — tug‘ilish, nikoh tuzish, o‘lim va insonning muhim subyektiv huquqlari va majburiyatlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi va to‘xtatishiga sabab bo‘ladigan boshqa holatlarning vakolatli organlarda qayd etilishini belgilaydi.
Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lib xizmat qiluvchi hujjat (gerbli guvohnoma) berish uchun asos bo‘ladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning ahamiyati shundaki, unga asosan FHDY organi tomonidan berilgan guvohnoma va unda ko‘rsatilgan faktning to‘g‘riligini tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi.
Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bolaning tug‘ilganligini, uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.
Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma — bu nikohdan o‘tgan shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va ular o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjatdir.
Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma nikohda bo‘lgan shaxslarning nikohi tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
O‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma shaxsning o‘limini va uning huquqiy layoqati tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
14. Tug‘ilish va o‘limning o‘z vaqtida qayd etilishi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomaning, shuningdek perinatal o‘lim va o‘lim haqidagi tibbiy guvohnomaning to‘g‘ri va aniq to‘ldirilganligi uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalarida tuman va shahar sog‘liqni saqlash bo‘limlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
15. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tuman va shaharlarda FHDY organlari tomonidan amalga oshiriladi, o‘lim esa shaharcha, qishloq va ovullarda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) tomonidan ham qayd etilishi mumkin.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘limni qayd etish borasidagi harakatlari o‘zlari turadigan hududlardagi tegishli FHDY organlarining nazorati ostida bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish konsul tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Konsul vaqtincha bo‘lmaganda fuqarolik holati dalolatnomalari konsul tomonidan tayinlangan konsullikning mansabdor shaxsi tomonidan qayd etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari bo‘lmagan xorijiy davlatlarda fuqarolik holati dalolatnomalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilangan boshqa xorijiy davlatdagi O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Bolaning tug‘ilishini qayd etish majburiy bo‘lib, bola tug‘ilgan joydagi yoki ota-onasidan birining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDY organi tomonidan bevosita yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishi lozim.
(16-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ota-onaning istagiga ko‘ra FHDY organi bolaning tug‘ilganligini qayd etishni tantanali vaziyatda o‘tkazishi mumkin.
17. Tug‘ilganlik haqidagi ariza bola tug‘ilgan kundan boshlab bir oy muddat mobaynida og‘zaki yoki yozma shaklda berilishi zarur.
Bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi ariza ota-onasi yoki ulardan biri, alohida hollarda esa qarindoshlari, qo‘shnilari yoki ota-onasi yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslar, shuningdek tibbiyot muassasalarining, ichki ishlar yoki vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari tomonidan berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Belgilangan muddatning o‘tib ketganligi tug‘ilganlikning qayd etilishiga to‘sqinlik qila olmaydi.
Bunda, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilishini qayd etish uchun FHDY organiga tug‘ilishni qayd etish muddatini o‘tkazib yuborganlik sabablari ko‘rsatilgan ariza bolaning ota-onasi, ota-onaning qonuniy nikohi mavjud bo‘lgan hollarda ulardan biri yoki ishonchnoma asosida boshqa manfaatdor shaxs, ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari tomonidan taqdim etiladi.
Bunday hollarda FHDY organi tug‘ilish faktini tasdiqlovchi hujjatga qo‘shimcha ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa hujjatlarni ham talab qiladi.
Agar tug‘ilganlikni qayd etish to‘g‘risidagi ariza belgilangan muddatdan o‘tkazilib berilgan bo‘lsa, tug‘ilish tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomalarni qayd etish joriy ro‘yxatga olish daftariga qayd etiladi, bola to‘g‘risidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi, dalolatnoma yozuvi tartib raqami, sanasi bolaning haqiqiy tug‘ilgan yilidagi hamda joriy yilda yuritilgan Alfavit daftarlarga yozib qo‘yiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 827-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/827/3827-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. 16 yoshdan oshgan tibbiy muassasadan tashqarida va tibbiy yordamsiz tug‘ilgan bolaga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnoma rasmiylashtirilmagan shaxslarning tug‘ilganligini qayd etish sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi.
Agar bola 16 va undan katta yoshda bo‘lsa va unga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan rasmiylashtirilgan tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lsa, uning tug‘ilishi ota-ona yoki ulardan biri va voyaga yetgan bolaning arizasiga ko‘ra qayd etiladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
20. Tug‘ilganlikni qayd etish uchun: bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomasi, ota-onalarining pasportlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar, nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi gerbli guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza yoxud nikohda bo‘lmagan onaning arizasi taqdim etiladi.
onaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, tug‘ilgan sanasi, millati, fuqaroligi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti;
bolaning tirik tug‘ilganligi mezonlari (nafas olishi, yurak urishi, kindik pulsatsiyasi, muskullarning beixtiyoriy qisqarishi);
tibbiy ma’lumotnomaning berilgan vaqti, tartib raqami va tibbiyot muassasasining nomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi zarur.
Bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma tibbiyot muassasasi mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi va gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tug‘ruqxonalardan tashqari joylarda va tibbiy yordamsiz tug‘ilgan bolaning tug‘ilganligini qayd etish uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Bunday holatlarda bolaning ushbu onadan tug‘ilganligiga guvoh bo‘lganlar ishtirokida tuzilgan va uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tasdiqlagan dalolatnoma tibbiy ma’lumotnoma berish uchun asos hisoblanadi.
Tibbiy ma’lumotnoma bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvi bilan birga tikib qo‘yiladi.
Ota-onalardan birining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmagan alohida hollarda FHDY organi tug‘ilganlikni qayd etishni rad qilishi mumkin emas. Bunda hujjatlari bo‘lmagan ota yoki ona haqida ma’lumotlar nikoh tuzilganligi yoki avvalgi bolalarining tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalari asosida ko‘rsatiladi.
Ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmaganda bolaning tug‘ilganligini qayd etish tibbiyot muassasasining yoki vasiylik va homiylik organining yozma murojaatlariga asosan amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan ota-ona (ulardan biri)ning tug‘ilgan bolasi umumiy asoslarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda voyaga yetmagan ota-onaning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organining ishtiroki talab etiladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ota-onasi nikohda bo‘lgan bolaning tug‘ilishi to‘g‘risidagi dalolatnomani yozish shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Bola tug‘ilgunga qadar uning otasi vafot etgan vaqtdan, ota-onasi nikohi bekor qilinganligidan yoki ota-onasining nikohi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgandan keyin 300 kundan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa otasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar xuddi shunday tartibda yoziladi.
Bunday hollarda ariza beruvchi tomonidan nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, sudning nikohdan ajratish haqidagi qaroridan ko‘chirma (nusxa) yoki nikohni haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan qaroridan ko‘chirma (nusxa) yoki otasining o‘limi haqidagi guvohnomasi taqdim etilishi kerak. Dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida nikohdan ajralish yoki o‘limning qayd etilgan joyi va sanasi, dalolatnoma yozuvining tartib raqami, qarorni chiqargan sudning nomi va qarorning sanasi ko‘rsatiladi.
22. Agar ota-onalari o‘rtasida nikoh qayd etilmagan bo‘lsa (tug‘ilishni qayd etishda onasi ishtirok etmagan taqdirda) bolaning otasi haqidagi yozuv onaning notarial yoki tibbiy muassasa tomonidan tasdiqlangan arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bunda bola otasining familiyasi tug‘ilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvida onasining familiyasi bo‘yicha, bola otasining ismi, ota ismi va millati onaning ko‘rsatmasi bo‘yicha qayd etiladi.
23. Bolaning tug‘ilganligini qayd etishda unga familiya ota-onasining kelishuviga ko‘ra ota yoki onaning familiyasi, shuningdek milliy an’analarga muvofiq ota yoki ona tomonidan boboning ismi bo‘yicha beriladi. Kelishuv bo‘lmagan taqdirda nizolar vasiylik va homiylik organi, konsullik okrugida esa — konsul tomonidan hal etiladi.
24. Bolaga ism ota-onaning roziligiga ko‘ra beriladi. Bolaga qo‘shaloq ism berishga yo‘l qo‘yiladi (Saidahmadxo‘ja, To‘xtamurodjon, Gulira’no, Mirzaolim, Mirzo Ulug‘bek, Roza-Mariya).
Bolaning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga kelgusida uning sha’ni va qadrini kamsitishi mumkin bo‘lgan ism berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bola ismiga doir kelishuv mavjud bo‘lmaganda paydo bo‘lgan kelishmovchilik vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
Otasi haqida ma’lumotlar tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi va guvohnomada yozuvlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zgartirishsiz yoziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida “Otasi” va “Onasi” ustunlarini ochiq qoldirish qat’iyan man etiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilgach, ariza beruvchiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan ariza beruvchiga belgilangan tartibda tegishli nafaqa tayinlanishi uchun “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali xabarnoma yuboriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Egizak (ikkita va undan ortiq) bolalar tug‘ilganda ularning har biri uchun tug‘ilganlik haqida tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak, ular asosida tug‘ilganlik haqida alohida-alohida dalolatnoma yozuvlari, tartib raqamlari yozilgan holda, qayd etilib, ularning har biriga tug‘ilganlik haqida alohida gerbli guvohnomalar beriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
28. Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etish ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashgan muassasa ma’muriyati yoki tibbiyot muassasasining arizasiga binoan amalga oshiriladi. Bolani topib olgan shaxs bu haqda yigirma to‘rt soat mobaynida ushbu tumandagi ichki ishlar organiga yoki vasiylik va homiylik organiga xabar berishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashgan muassasa yoki tibbiyot muassasasi ma’muriyati bola topilganidan keyin yetti ish kunidan kechikmagan muddatda FHDY organlariga topib olingan (tashlab ketilgan) bolani qayd etish haqida murojaat etishlari shart.
ichki ishlar organi yoki vasiylik va homiylik organining bolaning topib olingan vaqti, joyi va topib olingan paytdagi holati to‘g‘risida bola topib olingan vaqtda tuzilgan dalolatnomasi;
tibbiy muassasaning topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning yoshi, jinsi, vazni va bo‘yi haqidagi ma’lumotnomasi (xulosasi) taqdim etilishi zarur.
Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga ota-onasining familiyasi, ismi va millati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu bandning ikkinchi xatboshisida sanab o‘tilgan organlarning ko‘rsatmalari asosida kiritiladi. Bunday holda bolaning va uning ota-onasi sifatida ko‘rsatilgan shaxslarning familiyasi bir xilda yoziladi.
Onasi tomonidan tashlab ketilgan bolani qayd etish bola joylashgan tibbiyot muassasasi yohud bola joylashgan joydagi vasiylik va homiylik organi arizasiga muvofiq, bolaning onasi tomonidan tashlab ketilganidan 7 kun o‘tmasdan amalga oshiriladi. Onasi tomonidan tashlab ketilgan bolani qayd etish uchun ariza bilan bir paytda:
tug‘ruq bo‘lib o‘tgan yoki tug‘ruqdan keyin ona murojaat qilgan tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan tug‘ilganlik haqida belgilangan shakldagi hujjat;
bola joylashgan tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan bolani tashlab ketish to‘g‘risidagi dalolatnoma taqdim etilishi zarur.
Onasi tomonidan tashlab ketilgan bolaning familiyasi, ismi, ota ismi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ota-ona to‘g‘risidagi ma’lumotlar tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga yuqorida ko‘rsatilgan organlarning ko‘rsatmasiga binoan kiritiladi. Bunday holda bolaning va uning ota-onasi sifatida ko‘rsatilgan shaxslarning familiyasi bir xilda yoziladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
31. O‘lik tug‘ilgan bolaning tug‘ilganligini, shuningdek hayotining birinchi haftasida o‘lgan (perinatal o‘lim) bolalarning tug‘ilganligi va o‘limini qayd etish tibbiy muassasa yoki ushbu muassasaning topib olingan joydagi sud-tibbiy ekspertiza muassasasining yozma murojaatiga binoan shu hududdagi FHDY organi tomonidan 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.
Egizaklardan biri o‘lik tug‘ilganda yoki hayotining birinchi haftasida (perinatal o‘lim) vafot etganda o‘lik tug‘ilgan yoki vafot etgan bolani qayd etish tirik egizak tug‘ilganligini qayd etgan o‘sha FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘lik tug‘ilgan bolani tug‘ilishini qayd etish perinatal o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnoma asosida faqat tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvlarini ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida amalga oshiriladi va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi Alfavit daftariga kiritiladi.
Agar bola tug‘ilgandan keyin vafot etsa, hatto u bir necha daqiqa yashasa ham, tug‘ilganlik hamda o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlari tuziladi.
Bunday hollarda tug‘ilish haqidagi dalolatnoma yozuvi tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma asosida, o‘lganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi esa — perinatal o‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida onasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq keltiriladi, “Belgilar uchun” ustunida esa o‘lganligi qayd etilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvining tartib raqami va sanasi ko‘rsatiladi. Bunday hollarda bolaning o‘limi haqida (o‘lik tug‘ilganda ham) tegishli nafaqa olish va qabriston uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga taqdim etish uchun ma’lumotnoma beriladi. Zarur hollarda ota-onasining iltimosiga ko‘ra (hayotining birinchi haftasida vafot etgan bola uchun) o‘limi haqida guvohnoma berilishi mumkin.
32. Bolaning otasi bilan nikohda bo‘lmagan ona vafot etgan taqdirda, shuningdek onaning yashash joyi noma’lum bo‘lganda va otalikni belgilash haqidagi ariza berilmaganda bolaning tug‘ilishini qayd etish mazkur Qoidalarning 28-bandida sanab o‘tilgan organlarning yozma murojaati bo‘yicha amalga oshiriladi.
33. Ota-onalik huquqlaridan mahrum qilish haqidagi ma’lumotlar sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan tug‘ilish haqidagi dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida ko‘rsatiladi, dalolatnoma yozuvida ota-ona haqidagi ma’lumotlar chizib tashlanmaydi va hech qanday o‘zgartirishlar kiritilmaydi.
Bunday hollarda otalik-onalik huquqlaridan mahrum qilingan shaxslarga bolalarining tug‘ilganligi haqida takroriy guvohnoma berilmaydi.
34. Sudning ota-onalik huquqlarini tiklash to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga “Ota-onalik huquqlari tiklandi” degan belgi kiritiladi.
35. Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga kiritilgan otasi haqidagi ma’lumotlar har qanday holda ham faqat sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.
36. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, tug‘ilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanishi mumkin bo‘lgan bolaning tug‘ilganligini qayd etish bola tug‘ilgan yoki uning ota-onasi doimiy yoki vaqtincha yashab turgan o‘sha konsullik okrugidagi konsul tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Harakatdagi havo yoki suv kemasida, poyezdda yoki boshqa transport vositasida tug‘ilgan bolaning tug‘ilganligini qayd etish ota-onasidan birining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDY organi yoki transport vositasi qatnayotgan yo‘nalishdagi FHDY organi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi chet elda tug‘ilgan va uning tug‘ilganligi konsullik muassasasi tomonidan qayd etilmagan taqdirda, tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi ota-onaning yoki ulardan birining O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDY organi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan xorijiy davlatning vakolatli organlari tomonidan berilgan bola tug‘ilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan keyin qayd qilinadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
39. Tug‘ilishni qayd etishning barcha hollarida bola tug‘ilgan ma’muriy hudud uning tug‘ilgan joyi sifatida yoziladi.
40. Nikohda bo‘lmagan ota-onadan tug‘ilgan bolaga otalikni belgilash ota va onasi (agar otasi voyaga yetmagan hisoblansa, u holda qonuniy vakili) tomonidan birgalikda berilgan arizasi yoki sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida FHDY organida amalga oshiriladi.
41. Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ariza tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organiga beriladi.
42. Otalikni belgilash ariza berilgan kuni ota-onasining ishtirokida amalga oshiriladi, ushbu Qoidalarning 46-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Alohida hollarda otalikni belgilash haqidagi ariza ota-onasining yoki ulardan birining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDY organiga bola tug‘ilmasdan oldin ham berilishi mumkin.
(43-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Bunday holatlarda bola tug‘ilgunga qadar uning tug‘ilgan vaqti va ismi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bolaning onasi yoki otasining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi o‘zgarishi munosabati bilan tug‘ilganlik otalikni belgilash bilan bir vaqtda boshqa FHDY organida qayd etilgan taqdirda oldindan berilgan arizani saqlagan FHDY organi so‘rovnoma bo‘yicha uni qayd etish joyiga yuboradi.
(43-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
45. Agar otalik bolaning tug‘ilganligi qayd etilgandan so‘ng belgilansa otalikni belgilash haqidagi arizaga yoki sudning ushbu masala yuzasidan qaroriga bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi ilova qilinadi.
46. Otalikni belgilashda ota-onalardan biri ishtirok etmagan taqdirda uning imzosi qonunchilikda belgilangan tartibda (notarius, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasining mas’ul shaxsi yoki tibbiyot muassasasi, FHDY organi, harbiy qism yoki jazoni o‘tash muassasasi rahbarining imzosi va muhri bilan) tasdiqlanadi.
47. Onasi vafot etganda, u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda yoki onalik huquqlaridan mahrum etilganda, uning yashash joyini belgilashning imkoni bo‘lmaganda voyaga yetmagan bolaga nisbatan otalikni belgilash vasiylik va homiylik organining roziligi bilan otasining arizasiga asosan amalga oshirilishi mumkin.
48. Agar bolaning otasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, u holda otalikni belgilash to‘g‘risidagi arizani uning nomidan vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan uning homiysi berishi mumkin.
49. Ota-onaning birgalikdagi arizasi bo‘lmagan taqdirda otalik (agar otasi yoki onasi voyaga yetmagan bo‘lsa) ota-onalardan biri yoki vasiylik va homiylik organining da’vo arizasi bo‘yicha sud tartibida belgilanishi mumkin.
Bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sud qaroriga asosan kiritiladi. Bu holda FHDY organiga qonuniy kuchga kirgan sud qarori va bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnomasi taqdim etiladi.
50. Bolaning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, FHDY organi ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarida ularning doimiy yashash joyi ko‘rsatilmagan hollarda ham otalikni belgilashni rad qila olmaydi.
51. Otalikni belgilash haqidagi ariza maxsus shaklda bo‘lishi, unda ko‘rsatilgan barcha savollarga aniq va to‘liq javob bo‘lishi lozim. Ariza FHDY organida imzolanadi, undagi ma’lumotlar arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan solishtirib ko‘riladi. Har bir ariza uning tushgan kunida ro‘yxatga olinadi.
52. 10 yoshga to‘lgan va katta yoshdagi bolaga nisbatan otalik uning roziligi bilan belgilanadi. Bunda bolaning roziligi ota-onasi tomonidan berilgan arizada uning shaxsiy imzosi bilan ifodalanadi va uning imzosi FHDY organi xodimi tomonidan tasdiqlanadi.
FHDY organi otalikni belgilash haqidagi ariza asosida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Agar otalikni belgilash 16 yoshga to‘lgan shaxsga nisbatan amalga oshirilsa, u holda ota to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zgartirilishi lozim. Bola to‘g‘risidagi ma’lumotlar familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish tartibi va qoidalari bo‘yicha kiritiladi.
53. Otalik, bolaning otasi boshqa ayol bilan qonuniy nikohda turganligidan qat’i nazar, belgilanadi. Shu sababli otalikni belgilashda uning xotinining roziligi talab etilmaydi.
54. Agar bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi arizaga asosan kiritilgan bo‘lsa, u holda dalolatnoma yozuvida ko‘rsatilgan ota haqidagi ma’lumotlar sud tartibida bekor qilinmay turib, boshqa shaxs tomonidan bu bolaga nisbatan otalik belgilanishi mumkin emas.
55. Agar bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi yo‘qolgan bo‘lsa, u holda tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi tiklangandan so‘ng otalik belgilanishi mumkin.
56. Agar tug‘ilganlikni qayd etish va otalikni belgilash ayni bir vaqtda amalga oshirilsa, u holda bolaga familiya ota-onaning kelishuvi bo‘yicha bir yo‘la beriladi, otasi haqidagi ma’lumotlar berilgan arizaga binoan yoziladi. Bunda yolg‘iz ona arizasi talab qilinmaydi.
57. 16 yoshga to‘lmagan shaxsga otalik belgilanadigan hollarda bolaning ota ismi otaning ismi bo‘yicha o‘zgartiriladi (yoziladi).
Agar bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvida ilgari ko‘rsatilgan ota ismi bolaning otasi deb yozilgan shaxs ismi bilan to‘g‘ri kelmasa, u holda FHDY organi otalikni belgilashni rad etishga va ota-onasidan bu masala bo‘yicha tushuntirish xati talab qilishga haqli emas.
58. Agar ota-onaning nikohi bolaning tug‘ilganligi qayd etilgandan keyin qayd etilgan bo‘lsa, ushbu nikoh tuzilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga bolaning otasi haqidagi ma’lumotni yozish uchun asos bo‘lolmaydi.
Bunda bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar otalikni belgilash haqidagi arizaga muvofiq kiritiladi.
59. Otalikni belgilash haqidagi arizaga asosan FHDY organi bolaning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shu kuniyoq kiritadi va tug‘ilganlik haqida yangi guvohnoma beradi.
60. Agar tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi boshqa FHDY organida qayd etilgan bo‘lsa, u holda otalikni belgilash haqidagi arizani qabul qilgan FHDY organi arizadagi ma’lumotlarni arizachilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bilan solishtirib, imzolarini tasdiqlaydi va tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organiga ijro uchun jo‘natadi.
Oldingi tahrirga qarang.
FHDY organi tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga berilgan arizaga muvofiq zarur o‘zgartirishlarni kiritadi, tug‘ilganligi haqidagi yangi guvohnomani jo‘natadi va dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun Agentlik boshqarmasining idoraviy FHDY arxiviga xabarnoma yuboradi.
(60-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
61. Agar bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi MDH davlatlarida qayd etilgan bo‘lsa, u holda otalikni belgilash haqidagi arizani qabul qilib olgan FHDY organi uni yoki ushbu masala bo‘yicha sud qarorini (rus tilidagi tarjimasi bilan), tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bilan birga tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organiga yuboradi.
62. 16 yoshgacha bo‘lgan bolaga otalikni belgilashda dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish kiritish qoidalari qo‘llanilishi mumkin, ya’ni bolaning faqat familiyasi va ota ismi emas, balki ismi ham o‘zgartirilishi mumkin.
Bolaning yangi familiyasi va ismi bolaning tug‘ilgan yilida yuritilgan tug‘ilganlik haqidagi Alfavit daftariga zaruriy tartibda kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
63. Farzandlikka olish haqida o‘zgartirishlar kiritish sudning hal qiluv qarori asosida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organida, farzandlikka olingan bolaning tug‘ilgan joyi o‘zgartirilganda esa — farzandlikka oluvchilar doimiy yashaydigan yoki vaqtincha turadigan joydagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
(63-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar daftariga zarur o‘zgartirishlar FHDY organlari tomonidan, farzandlikka olish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida kiritiladi. FHDY organiga ko‘rsatib o‘tilgan muddat tugagandan keyin murojaat qilingan taqdirda sud qarorida ushbu qaror o‘z kuchini yo‘qotmaganligi haqida yozuv bo‘lishi kerak.
65. Sudning hal qiluv qarori kelib tushgan vaqtiga ko‘ra maxsus daftarda qayd etiladi va alohida yig‘majildga xronologik tartibda tikib qo‘yiladi.
66. FHDY organi sudning hal qiluv qarori va farzandlikka oluvchilarning hujjatlari asosida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi, tug‘ilganlik haqidagi yangi guvohnoma va, zarur bo‘lganda, farzandlikka olinganligi haqida ma’lumotnoma beradi.
67. Farzandlikka olingan bolaning familiyasi va ismi tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan yilda yuritilgan Alfavit daftariga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
68. Agar farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganligi boshqa FHDY organida qayd etilgan bo‘lsa, u holda farzandlikka oluvchining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha FHDY organi farzandlikka oluvchilar haqidagi ma’lumotlarni, bolaning tug‘ilgan paytida berilgan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani va sudning qonuniy kuchga kirgan qarorini bolaning tug‘ilganligini qayd etgan FHDY organiga yuboradi.
(68-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
FHDY organi qabul qilingan hujjatlar asosida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi va tug‘ilganlik haqida yangi guvohnoma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar sudning hal qiluv qarorida 10 yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilgan joyi respublika doirasida o‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda farzandlikka oluvchining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDY organi tiklangan dalolatnoma yozuvini qayd etadi va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dastlabki dalolatnoma yozuvini bekor qilish to‘g‘risidagi xabarnomani uni qayd etgan FHDY organiga belgilangan tartibda yuboradi.
(68-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Bola haqidagi avvalgi va so‘nggi ma’lumotlar bolaning tug‘ilgan yilida va joriy yilda yuritilgan Alfavit daftarlariga kiritiladi.
69. Farzandlikka olishni sir saqlash maqsadida farzandlikka olish uchun hujjatlar farzandlikka oluvchilarning vakillari tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda FHDY organiga taqdim etilishi mumkin.
70. Agar farzandlikka olish bekor qilinsa u holda tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga “Farzandlikka olish ___________ sudining ______ yil _________ oy __ kundagi qarori bilan bekor qilindi” deb yoziladi va dalolatnoma yozuvidagi dastlabki ma’lumotlar tiklanadi hamda tug‘ilganlik haqidagi yangi guvohnoma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
71. FHDY organi dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish uchun Agentlik boshqarmasining idoraviy FHDY arxiviga xabarnoma yuboradi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
72. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 14 va 15-moddalariga muvofiq, nikohlanuvchilarning o‘zaro roziliklari va ularning nikoh yoshiga yetganliklari nikoh tuzishning asosiy shartlari hisoblanadi.
Uzrli sabablar mavjud bo‘lganda, alohida holatlarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmaganning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi — emansipatsiya), nikoh tuzishni xohlovchi shaxslarning iltimosiga ko‘ra, nikoh tuzilganligini qayd etish joyidagi tuman, shahar hokimi tomonidan nikohga kirish yoshi bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga kamaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
73. Nikoh nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu to‘g‘rida belgilangan namunadagi yozma yoki elektron ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy o‘tgach ulardan birining yashash joyidagi FHDY organi tomonidan qayd etiladi.
(73-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
FHDY organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslarning nikoh tuzilganligini qayd etish to‘g‘risidagi arizasini qabul qilishda belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma beriladi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.
Bunda ellik yoshgacha nikoh tuzuvchi shaxslar OIV-infeksiyasi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan majburan o‘tishi kerak.
74. Alohida hollarda, istisno tariqasida (agar ota-onasi va nikohga kirayotgan yoshlar O‘zbekiston Respublikasining turli hududlarida yoxud uning tashqarisida yashab turgan bo‘lsalar) nikohlanuvchi shaxslarning iltimosi va otasi yoki onasining yozma arizasiga ko‘ra nikoh ota-onasining yoki ulardan birining yashash joyidagi FHDY organida ham qayd etilishi mumkin.
75. FHDY organi mudiri uzrli sabablar bo‘lganda hamda arizachilarning iltimoslariga ko‘ra bir oylik muddatni qisqartirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda uzrli sabablarni tasdiqlovchi — bolalarining tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalari, tibbiyot muassasasining kelinning homiladorligi yoki bir tarafning kasalligi haqidagi ma’lumotnomasi, xizmat safari to‘g‘risidagi guvohnoma va shu kabi hujjatlar ko‘rsatiladi.
(75-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
76. Nikohni qayd etish muddatini uzaytirish nikoh tuzuvchilarning birgalikdagi arizalariga binoan ko‘rib chiqiladi. Ayrim hollarda yetarli asoslar bo‘lgan taqdirda, shuningdek FHDY organining tashabbusi bilan ushbu muddat uch oygacha uzaytirilishi mumkin.
77. Belgilangan namunadagi ariza nikohlanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida to‘ldiriladi va barcha savollarga aniq va to‘liq javoblar berilishi kerak. Ariza aniq, tushunarli dastxat bilan yozilishi lozim.
78. FHDY organi arizani qabul qilayotganda nikohlanuvchilarga nikoh tuzish tartibi va shartlarini, kelgusida er-xotin va ota-ona sifatida vujudga keladigan huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi va bir-birining salomatliklari to‘g‘risida va oilaviy ahvoli to‘g‘risida xabardor ekanliklariga ishonch hosil qilishi kerak.
Nikohlanuvchilar nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlarni yashirish oqibatlari to‘g‘risida ogohlantiriladi.
79. Agar nikoh tuzuvchi shaxslarning otalik belgilanmagan birgalikdagi bolalari bo‘lsa, u holda FHDY organi ularga otalikni belgilash tartibini tushuntirishi lozim.
80. Qonun nikohlanuvchi shaxslardan hatto bittasi ilgari qayd etilgan nikohda turgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzilishini taqiqlashi sababli arizani qabul qilish vaqtida FHDY organi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘yicha arizachilarning qonuniy nikohda turish-turmasligini tekshirib ko‘rishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilgari nikohda bo‘lgan shaxs FHDY organiga avvalgi nikohi bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi kerak. Bu — nikohning bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma (nikohdan ajralganlik haqidagi ma’lumotnoma) yoki sud qarori, erning (xotinning) o‘limi haqidagi guvohnoma (o‘lim haqidagi ma’lumotnoma) va uning vafot etgan shaxs bilan tuzilgan nikohi haqidagi ma’lumotnoma yoxud sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi qarori bo‘lishi mumkin.
(80-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;
loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
82. FHDY organi nikohni qayd etish vaqtini belgilayotganda nikohdan o‘tuvchilardan uni tantanali vaziyatda, shu jumladan joyiga borgan holda o‘tkazilishiga roziligini aniqlashi lozim. Tantanali ravishda qayd qilish yoki joylarga chiqqan holda qayd qilish faqat nikoh tuzuvchilarning xohishlariga ko‘ra joyiga borgan holda o‘tkaziladi. Nikohlanuvchi shaxslarning istaklariga binoan nikoh ularning qarindoshlari va tanishlari ishtirokida qayd etiladi. Nikohni qayd etishda nikohlanuvchi shaxslar tomonidan belgilangan sonda guvohlar ishtirok etishi mumkin.
83. Nikohga kirish haqidagi arizani berishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, ya’ni pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki harbiy bileti ko‘rsatilishi kerak.
84. Agar nikoh tuzishni xohlovchi harbiy xizmatchi nikohga kirish haqidagi arizani xizmatni o‘tayotgan joyida bersa, u holda tegishli harbiy qism yoki muassasa joylashgan manzil harbiy xizmatchining yashash joyi hisoblanadi.
85. Agar biron-bir sabab bilan nikoh tuzuvchilarning ikkalasi ayni bir vaqtda kelishi imkoniyati bo‘lmasa, u holda FHDY organiga arizani ulardan biri berishi mumkin, bu holda kela olmagan shaxsning imzosi belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
86. Nikohga kirish haqidagi ariza arizalar hisobga olinadigan maxsus daftarda qayd etilishi kerak. Ariza maxsus daftarda qayd etilgandan so‘ng FHDY organi nikohlanuvchi shaxslarning yashash joyidagi mahalla fuqarolari yig‘inini xabordor qilish uchun shu kunning o‘zida ma’lumotnoma taqdim etadi.
(86-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
87. Nikohni qayd etish faqat nikohlanuvchi shaxslarning ishtirokida amalga oshiriladi. FHDY organlari nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligiga hamda ushbu tekshiruvlarning natijalari to‘g‘risida ularning xabardor ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 13-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Nikohning ishonchnoma bo‘yicha yoki vakil orqali, shuningdek tibbiy tekshiruvdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma bo‘lmaganda qayd etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
FHDY organlari xodimlari nikohni qayd etish vaqtida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan shifokorlik sirlaridan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etganligi uchun belgilangan tartibda javob beradilar.
88. Nikohlanuvchilardan biri betobligi sababli FHDY organiga kela olmaydigan istisno hollarda nikoh tuzilganligi shifoxonada, uyda yoki boshqa tegishli joyda, nikohlanuvchi ikkala shaxsning ishtirokida qayd qilinadi. Dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida bu haqda tegishli belgi kiritiladi.
89. Agar FHDY organiga ushbu Qoidalarning 81-bandida ko‘rsatilgan holatlar mavjudligi haqida ariza tushgan bo‘lsa, nikohni qayd etish boshqa muddatga qoldiriladi. Bunda arizachiga belgilangan muddatda zarur dalillarni taqdim etish tavsiya qilinadi. FHDY organi manfaatdor shaxsning iltimosiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan zarur tekshiruv o‘tkazishi mumkin. Nikohni qayd etish vaqti keyinga surilganligi haqida arizachilar xabardor qilinadi. Nikohni qayd etishga to‘siq bo‘luvchi qonuniy holatlar mavjud bo‘lganda FHDY organi uni qayd etishni rad qiladi. Agar mazkur ma’lumotlar tasdiqlanmasa, u holda nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Yuqorida qayd etilgan holatlarni tekshirish muddati uch oydan oshmasligi kerak.
90. Nikoh tuzilganligini qayd etishda nikohlanuvchi shaxslar o‘z xohishlariga ko‘ra ikkalasidan birining familiyasini umumiy familiya sifatida tanlashlari yoki o‘zlarining nikohgacha bo‘lgan familiyalarida qolishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Nikohlanuvchilar familiyalarining qo‘shilishi orqali hosil bo‘lgan familiya (masalan, kuyov Axmedov kelin Shuxratova, shunda kuyov Axmedov-Shuxratov kelin Axmedova-Shuxratova bo‘ladi) umumiy familiya sifatida tanlanishi mumkin.
(90-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
91. Er va xotinning pasportlariga yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlariga shtamp qo‘yiladi va nikohning tuzilgan vaqti va joyi, dalolatnoma yozuvi raqami, er (xotin)ning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili yozib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining nikohlari boshqa davlatning vakolatli organida qayd etilganida hamda nikoh qayd etilgandan keyin shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari-pasportlari almashtirilganda tegishli ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan yozib qo‘yiladi.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
92. Nikohlanuvchilardan biri er yoki xotinning familiyasini qabul qilsa, u holda pasportini bir oy ichida almashtirishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantiriladi va pasportga bu haqda belgi qo‘yiladi.
(92-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Harbiy xizmatga majbur bo‘lgan yoki harbiy xizmatga chaqiriluvchining nikohi qayd etilganligi sababli familiyasi o‘zgartirilganda FHDY organi 7 kun mobaynida bu haqda harbiy xizmatga majbur bo‘lgan yoki harbiy xizmatga chaqiriluvchi ro‘yxatda turgan tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga xabar qiladi.
94. Nikoh tuzishning belgilangan qoidalari buzilganda, shuningdek g‘arazli maqsadni ko‘zlab tuzilgan nikoh sud qarori bilan haqiqiy emas deb topiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan qarori asosida FHDY organi nikoh qayd etilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga bu haqda belgi qo‘yadi va Agentlik boshqarmasining idoraviy FHDY arxiviga xabarnoma yuboradi.
(94-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Sobiq er yoki xotinning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlariga sud tomonidan xuddi shunday belgilar qo‘yiladi. Nikoh sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan hollarda nikoh tuzilganligi haqida takroriy guvohnoma berilmaydi.
95. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi FHDY organlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el fuqarolari o‘rtasidagi nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston fuqarosi va chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi nikohni qayd etish agar chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish vizasi nikoh tuziladigan kunda haqiqiy bo‘lsagina amalga oshiriladi.
Bunda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning nikohga kirish haqidagi arizasiga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning nikohda turmasligi haqidagi belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan hujjat (davlat tilidagi tarjimasi bilan birga) ilova qilinishi lozim.
O‘zbekiston fuqarosi bilan nikohga kirgan MDH mamlakatlari fuqarosining, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga nikoh qayd etilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi, agar shaxsini tasdiqlovchi hujjatda bunday belgi qo‘yish uchun joy mavjud bo‘lsa.
FHDY organi tomonidan nikoh qayd etilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohga kirgan shaxs fuqarosi bo‘lgan xorijiy davlatga nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma belgilangan tartibda yuboriladi.
96. Chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining nikohini qayd etish o‘sha davlat qonunchiligiga asosan uning vakolatli organlari tomonidan yoki O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida ushbu Qoidalarga asosan amalga oshiriladi.
97. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan nikohini qayd etish, agar nikohni qayd etish O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi hududida joylashgan o‘sha davlatning qonunlari bilan tan olinganda, shuningdek imzolashda o‘sha davlat va O‘zbekiston Respublikasi qatnashgan bitim yoki bu xalqaro shartnomalarga muvofiq hollardagina konsul tomonidan amalga oshiriladi.
98. Boshqa davlatda yashovchi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bilan mazkur davlatning tegishli organlarida nikohni qayd ettirmoqchi bo‘lgan o‘sha davlat fuqarosining iltimosiga ko‘ra, konsul nikohni qayd etuvchi o‘sha davlat organlariga taqdim etish uchun ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi nikohda turmasligi haqida ma’lumotnoma berishi mumkin.
Agar konsullik muassasasida nikohlanuvchi shaxsning oilaviy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa konsul bu ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan oladi.
99. Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan shaxslar bilan nikohni qayd etish shu muassasa joylashgan hududdagi FHDY organlari tomonidan amalga oshiriladi.
100. Mahkum bilan nikohga kirishni xohlovchi shaxs, nikohga kirish haqidagi maxsus blankadagi arizaning o‘ziga taalluqli qismini to‘ldirib o‘zi doimiy yashayotgan yoki jazoni ijro etish muassasasi joylashgan hududdagi FHDY organiga topshiradi. FHDY organi arizada keltirilgan ma’lumotlarni ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan solishtiradi, arizada qayd etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini va arizachining imzosini tasdiqlaydi va unga arizani qaytaradi. Shundan so‘ng mahkum bilan nikohga kirishni xohlovchi shaxs bu arizani mahkumga berishi uchun jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatiga topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
101. Mahkum bilan nikohga kirish haqidagi arizani olgandan keyin, jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati uni tegishli joyini to‘ldirish uchun mahkumga taqdim etadi. Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati to‘ldirilgan arizadagi ma’lumotlarni mahkumning shaxsiy yig‘majildidagi ma’lumotlar (mahkumning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan taqdirda ham) bilan solishtiradi, ularning haqiqiyligini va imzosini tasdiqlaydi va arizani jazoni ijro etish muassasasi joylashgan mazkur hududdagi FHDY organiga yuboradi.
(101-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Bunda ariza FHDY organi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shu kunning o‘zida nikohga kiruvchi mahkumning tibbiy tekshiruvdan o‘tishi uchun yo‘llanma va nikohni qayd etish vaqtini belgilash to‘g‘risidagi xabarnoma jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatiga yuboriladi.
Agar mahkumning shaxsiy yig‘majildida uning oilaviy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa, kam yoki noaniq bo‘lsa, u holda jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati bu ma’lumotlarni tegishli tashkilotlar va muassasalar orqali ularni talab qilib olish yoki aniqlash choralarini ko‘radi.
Jazoni o‘tash muassasalari ma’muriyati mahkumni nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan belgilangan tartibda o‘tkazadi.
102. Mahkum bilan nikohni qayd etish FHDY organi bilan kelishilgan holda jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati tomonidan ajratilgan binoda nikohga kiruvchi shaxslarning ishtirokida amalga oshiriladi.
103. Mahkum bilan nikohga kiruvchi shaxsga FHDY organi tomonidan nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma beriladi.
104. Mahkumning shaxsiy yig‘majildidagi anketasiga FHDY organi tomonidan shtamp bosiladi, er yoki xotinning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili, FHDY organining nomi hamda nikoh tuzilgan sana va dalolatnoma yozuvi raqami yozib qo‘yiladi. Xuddi shunday ma’lumotlar er-xotinlarning pasportlariga ham kiritiladi.
105. Sudgacha qamoqda ushlab turilgan shaxslar bilan nikohni qayd etish tergov ishini olib borayotgan mansabdor shaxs yoki organ ruxsati bilan shu hududdagi FHDY organi tomonidan, vaqtincha saqlash hibsxonasida (tergov hibsxonasida, gauptvaxtada) amalga oshiriladi.
106. Mazkur Qoidalarning 105-bandida ko‘rsatilgan holatda nikohga kirish haqidagi arizaga va nikoh qayd etilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga qayd etishga ruxsat bergan organning mansabdor shaxsi imzosi qo‘yiladi.
107. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 42 va 218-moddalariga muvofiq FHDY organi mulkiy nizolari hamda voyaga yetmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlari) bo‘lmagan er-xotinlardan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
FHDY organi er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
(107-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 270-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/270/1028-son)
Oldingi tahrirga qarang.
108. Alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan, ulardan birining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
(108-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar er-xotindan biri nikohdan ajralish to‘g‘risidagi arizani berish uchun FHDY organiga kela olmasa, u holda er-xotin nomidan birgalikda yozilgan arizani ulardan biri topshirishi mumkin. Kela olmagan er yoki xotinning arizadagi imzosi notarial tartibda yoki er-xotin doimiy yashayotgan yoki vaqtincha turgan joydagi FHDY organi mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Arizada er-xotin ajralishga o‘zaro rozi ekanliklari, voyaga yetmagan bolalari yo‘qligi, shuningdek ulardan biri nikohdan ajratish qayd etilishi belgilangan kunda FHDY organiga kela olmasa, nikohdan ajratishning uning ishtirokisiz qayd etilishiga roziligi tasdiqlanadi.
(108-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Bunda FHDY organlari tegishli organlardan voyaga yetmagan farzandlari yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlarni so‘rashi mumkin.
109. Agar nikohdan ajralishga er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lgani holda umumiy mulk haqida yoki mehnatga layoqatsiz, muhtoj er yoki xotinning ta’minoti haqida nizolar bo‘lsa, u holda nikohdan ajratish sud tartibida hal etiladi.
110. Nikohdan ajratishni qayd etish er-xotinning yoki ulardan birining ishtirokida nikohdan ajratish haqida FHDY organiga ariza bergan kundan keyin uch oy o‘tgach amalga oshiriladi va sobiq er-xotinlarning har biriga nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma beriladi.
111. Er yoki xotindan birining nikohgacha bo‘lgan familiyasiga qaytishi to‘g‘risidagi istagi nikohdan ajratish haqidagi arizasida ko‘rsatilishi kerak.
Nikohdan ajratish qayd etilgandan so‘ng nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga uning tugatilganligi haqida belgi qo‘yiladi va u arizachilarga qaytariladi.
112. Nikohdan ajratishni qayd etishda, er va xotinning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, ularning biridan yoki ikkalasidan belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
Er yoki xotindan birining ishtirokida nikohdan ajratishni qayd etishda davlat boji to‘liq miqdorda undiriladi.
sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;
sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, o‘rtada voyaga yetmagan umumiy bolalari bor-yo‘qligidan qat’i nazar, er-xotindan birining arizasiga ko‘ra FHDY organlarida nikohdan ajratish qayd etiladi.
er (xotin)ning muomalaga layoqatsiz yoxud bedarak yo‘qolgan deb topilganligi to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan sud qarori;
er (xotin)ning uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan sud hukmidan ko‘chirma, shuningdek sudlangan er (xotin)ning nikohdan ajratishga o‘rtada umumiy bolalari va mol-mulki yuzasidan nizolari yo‘qligi to‘g‘risidagi roziligi.
Bolalari to‘g‘risida, birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo‘lish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er(xotin)ga ta’minoti uchun mablag‘ to‘lash haqida nizo mavjud bo‘lsa nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi.
114. Nikohdan ajralishni xohlovchi er (xotin) o‘z arizasida sudlangan eri (xotini)ning jazoni o‘tayotgan joyini yoxud muomalaga layoqatsiz eri (xotini) vasiysining yoki bedarak yo‘qolgan eri (xotini)ning mol-mulkini boshqaruvchining manzilini, shuningdek nikohdan ajratishda o‘zi tanlaydigan familiyani ko‘rsatishi lozim.
Arizani qabul qilgan FHDY organi shu kuniyoq bu to‘g‘rida jazoni ijro etish muassasasiga yoxud muomalaga layoqatsiz er(xotin) vasiysiga yoki bedarak yo‘qolgan eri (xotini)ning mol-mulkini boshqaruvchiga, ular bo‘lmaganda esa — vasiylik va homiylik organiga xabarnoma jo‘natadi.
Xabarnomada bolalar to‘g‘risida, er (xotin)ning umumiy mulkida bo‘lgan mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risida nizoning yoxud mehnatga layoqatsiz muhtoj er (xotin) ta’minoti uchun mablag‘lar to‘lash haqidagi nizoning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etish uchun vaqt ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Er (xotin)dan birining arizasi bo‘yicha nikohdan ajratish uning ishtirokida, FHDY organiga ariza berilgan kundan keyin bir oy o‘tgach amalga oshiriladi.
115. O‘zaro bolalari va mulkiy nizolari bo‘lmagan va 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni nikohdan ajratish er-xotinning o‘zaro roziligiga ko‘ra umumiy qoidalar asosida FHDY organlari tomonidan amalga oshiriladi.
116. Sudning er-xotindan birining bedarak yo‘qolgan deb topilganligi to‘g‘risidagi qarori bo‘yicha nikohdan ajratish faqat er yoki xotindan birining turar joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
117. Sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan er (xotin) qaytib kelganda va sudning tegishli hal qiluv qarori bekor qilinganda nikoh er-xotinning birgalikdagi arizasi bo‘yicha FHDY organi tomonidan tiklanishi mumkin.
Bu holda FHDY organi nikohdan ajratish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvini va uning asosida berilgan tegishli guvohnomani bekor qiladi.
Bu holda bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxs murojaat qilgan taqdirda nikohdan ajralganlik to‘g‘risida guvohnoma beriladi.
118. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 47-moddasiga binoan nikoh FHDY organida nikohdan ajratish qayd etilgan kundan boshlab tugatiladi.
119. FHDY organi sud qarori asosida er-xotinlardan birining arizasiga binoan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va nikohdan ajratish to‘g‘risidagi guvohnomani beradi.
Respublika sudlarining 1998-yil 1-sentabrgacha qonuniy kuchga kirgan qarorlari bo‘yicha nikohdan ajratishni qayd etish, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi qarorni chiqargan sud joylashgan hududdagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2010-yil 15-sentabrdan boshlab qonuniy kuchga kirgan nikohdan ajratishni qayd etish respublika sudlari qarorlari bilan er-xotindan birining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
(119-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Bunda nikohdan ajratishni qayd etishgacha FHDY organi er yoki xotindan birining nikohdan ajratilganlik fakti rasmiylashtirilganligini tekshiradi.
Tekshiruv sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, murojaat etilgan kungacha nikohdan ajratish to‘g‘risidagi Alfavit daftari bo‘yicha va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi (nikoh bekor qilinganligi haqida belgi qo‘yilganligi yoki yo‘qligi) bo‘yicha o‘tkaziladi.
Agar nikohdan ajratish FHDY organida tomonlardan birining arizasiga ko‘ra qayd etilgan bo‘lsa, u holda dalolatnoma yozuvi ikkinchi tomon to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi va nikohdan ajratganlik to‘g‘risida guvohnoma beriladi.
Nikohdan ajralganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvini qayd etish, nikohdan ajralganlik to‘g‘risidagi dalolatnomadagi yozuvlarga qo‘shimchalar kiritish va nikohdan ajralganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish, shuningdek tomonlardan birining ishonchnoma asosida harakat qiluvchi vakilning arizasi bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.
Er-xotinlar pasportiga yoki ularning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarga FHDY organi tomonidan nikohdan ajratilganlik to‘g‘risida shtamp qo‘yiladi.
1998-yil 1-sentabrdan 2010-yil 15-sentabrgacha bo‘lgan davrda qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari bo‘yicha nikohdan ajratishni qayd etish yo‘qolgan dalolatnoma yozuvlarini tiklash tartibi va qoidalariga binoan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
120. MDH mamlakati va chet el davlat sudi tomonidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaror asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohdan ajratish (qaror qachon chiqqanidan qat’i nazar) agar davlatlararo bitimda boshqa hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ariza beruvchining turar joyidagi FHDY organida qayd etiladi. Nikohdan ajratishni qayd etishda “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(120-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
121. O‘limni qayd etish marhumning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi yoki o‘lim sodir bo‘lgan joydagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
(121-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
122. O‘limni qayd etish to‘g‘risidagi ariza o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnoma berilgandan keyin 3 kundan kechikmay berilishi kerak.
O‘limni qayd ettirish to‘g‘risida marhumning qarindoshlari va yaqin kishilari, shuningdek tibbiy muassasa ma’muriyati murojaat etishlari mumkin, ular o‘lim to‘g‘risida tibbiy guvohnoma va marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar voyaga yetmagan vafot etgan shaxsga nisbatan FHDY organida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilmagan bo‘lsa, vafot etgan shaxsga tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilib, bu haqda ariza bergan shaxsga ma’lumotnoma beriladi, shundan so‘ng vafot etgan shaxsga nisbatan belgilangan tartibda o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etiladi.
(122-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
123. O‘limni qayd etishda taqdim etilgan tibbiy guvohnoma yoki sudning fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori dalolatnoma yozuvi ikkinchi nusxasi chap tomonining yuqori qismiga qistirib qo‘yiladi.
124. Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘limini qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
125. Chet elda vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining o‘limini qayd etish marhum yashab turgan yoki o‘lim sodir bo‘lgan joydagi O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar o‘limni qayd etish marhumning yashash joyidan boshqa okrugda amalga oshirilsa, u holda o‘limni qayd etgan konsullik muassasasi marhum hisobda turgan konsullik muassasasiga uning familiyasi, ismi, otasining ismi, o‘lgan sanasi, shuningdek o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvining raqami va o‘lim qayd etilgan joy va sana ko‘rsatilgan xabarnoma yuboradi.
126. Agar o‘limni qayd etishda marhumning homiysiz qolgan voyaga yetmagan bolalari borligi ma’lum bo‘lsa, u holda konsul shu kunning o‘zidayoq bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar beradi.
127. O‘lim qayd etilgandan keyin marhumning hujjatlari diplomatik pochta orqali O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga jo‘natiladi.
Bunda marhumning bekor qilingan pasporti keyinchalik qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga jo‘natiladi.
Marhumning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining yo‘qligi o‘limni qayd etish uchun to‘siq bo‘la olmaydi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabardor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
128. Jazoni ijro etish muassasalarida vafot etgan shaxslarning o‘limini qayd etish mazkur muassasa ma’muriyatining xabariga ko‘ra, vafot etgan shaxsning ozodlikdan mahrum qilingunga qadar doimiy yashagan yoki vaqtincha turgan joyidagi yoki jazoni ijro etish muassasasi joylashgan hududdagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
(128-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
129. Sudning fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori bilan o‘limni qayd etish qaror chiqargan sud joylashgan joydagi FHDY organi tomonidan umumiy asoslarda amalga oshiriladi. O‘limi qonunchilikda belgilangan muddatlarda qayd etilmagan shaxslarning o‘limini qayd etish marhumning ohirgi yashash joyidagi FHDY organi tomonidan umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Bunday holda marhum haqidagi ma’lumotlar o‘lim qayd etilgan yildagi va o‘lim sodir bo‘lgan yildagi Alfavit daftarlariga kiritiladi.
130. O‘limni qayd etishda marhumning pasporti, harbiy bileti, 16 yoshgacha vafot etganlarning esa — tug‘ilganlik haqida guvohnomasi taqdim qilinadi. Bunda FHDY organi xodimi (konsul) hujjatlarning birinchi sahifasiga o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvining raqami va sanasini yozadi.
Vafot etganlarning pasportlari va 50 yoshgacha vafot etganlarning harbiy biletlari har oyda bir marta, ro‘yxat bo‘yicha ichki ishlar organiga va tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga topshiriladi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar esa har chorakda bir marta, dalolatnoma asosida yo‘q qilinadi.
Agar o‘limni qayd etishda vafot etgan shaxsning pasporti va harbiy bileti taqdim qilinmagan bo‘lsa, u holda bu haqda o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
131. O‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgach ariza beruvchiga o‘lim haqida gerbli guvohnoma va qabristonga taqdim etish uchun tegishli namunadagi ma’lumotnoma beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan ariza beruvchiga belgilangan tartibda tegishli nafaqa tayinlanishi uchun “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali xabarnoma yuboriladi.
Agar “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida vafot etgan shaxsning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi bo‘yicha ma’lumot mavjud bo‘lsa, uning vafot etganligi haqidagi ma’lumot “Belgilar uchun” ustuniga kiritiladi.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
132. O‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayta tiklash tuman va shahar sudlarining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Agar sud qarorida marhumning o‘lgan sanasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda sud qarori kuchga kirgan sana marhumning o‘lgan kuni hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
133. Temir yo‘l yoki avtomobil transportida sodir bo‘lgan o‘limni qayd etish o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnomaga asosan yaqinroq joydagi FHDY organi yoki marhumning doimiy yashagan yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
(133-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Havo yoki dengiz kemasida sodir bo‘lgan o‘limni qayd etish havo kemasi qo‘ngan joydagi yoki dengiz kemasi to‘xtagan portdagi FHDY organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
134. Shaxsi aniqlanmaganlarning o‘limini qayd etish sog‘liqni saqlash tizimi tibbiy muassasasining o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnomasiga asosan shu muassasa joylashgan hududdagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Bunday hollarda o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidagi barcha ma’lumotlar o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnoma asosida ko‘rsatiladi va faqat qabristonga taqdim etish uchun ma’lumotnoma beriladi.
O‘lim haqidagi gerbli guvohnoma faqat dalolatnoma yozuvidagi yetishmaydigan ma’lumotlar to‘ldirilgandan keyingina beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
135. FHDY organi qo‘shimcha tibbiy ma’lumotnoma yoki murdaning tanib olinganligi to‘g‘risidagi prokuratura xabarnomasini olgach, dalolatnoma yozuviga yetishmaydigan ma’lumotlarni kiritadi va dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga zarur o‘zgartirishlar kiritish uchun Agentlik boshqarmasining idoraviy FHDY arxiviga xabarnoma jo‘natadi.
(135-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
136. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 230-moddasiga muvofiq dalolatnoma yozuvlarini tiklash deganda ilgari shunday yozuv bo‘lganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar bo‘lganida yo‘qolgan yozuvlarni qayta tiklab qo‘yish tushuniladi.
137. Tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari bu yozuvlar kimga nisbatan tuzilgan bo‘lsa faqat ana shu shaxslarning arizasiga ko‘ra tiklanadi.
Agar o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilishi haqidagi yozuv yo‘qolgan bo‘lsa yozuv bolaning ota-onasi, vasiysi, homiysi, bolalar muassasasi ma’muriyatining arizasiga binoan tiklanadi.
Yozuvni tiklashdan manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lsa yozuvni tiklash O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
138. Agar dalolatnoma yozuvining ikkala nusxasi ham yo‘qolgan bo‘lsa, u holda dalolatnoma yozuvini tiklash 16 yoshga to‘lgan fuqaroning shaxsiy arizasiga ko‘ra uning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
(138-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Dalolatnoma yozuvlarini tiklash ularni tiklash uchun asos bo‘lgan barcha holatlar FHDY organi tomonidan aniqlangandan keyingina amalga oshiriladi.
Dalolatnoma yozuvini tiklash to‘g‘risidagi ariza olingan taqdirda FHDY organi dalolatnoma yozuvini tiklash uchun asosligini tasdiqlovchi dalolatnoma yozuvlaridan nusxalarni, ular saqlanadigan joydagi tegishli FHDY organlaridan so‘rab olishi mumkin.
139. Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini tiklash uchun FHDY organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik boshqarmasi idoraviy FHDY arxivining ariza beruvchining tug‘ilgan joyi bo‘yicha dalolatnoma yozuvining yo‘qligi yoki yo‘qolganligi (yo‘qolganlik sabalarini ko‘rsatgan holda) haqidagi ma’lumotnomasi;
(139-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
ota-onasining pasportlari nusxalari, agar ota-onasi vafot etgan bo‘lsa, ularning o‘limi haqidagi ma’lumotnomalar;
ota-onalarining hujjatlari bo‘lmaganda, aka-ukalari, opa-singillarining (ular bo‘lsa) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini tiklash uchun FHDY organiga ariza beruvchining iltimosini asoslovchi boshqa hujjatlar ham taqdim etilishi mumkin.
140. Arizani qabul qilishda ariza beruvchi yolg‘on ko‘rsatmalar berganligi uchun javobgarligi haqida FHDY organi tomonidan ogohlantiriladi.
141. Tug‘ilganlik haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvida ariza beruvchining tug‘ilgan yili: uning pasporti, harbiy bileti va boshqa mavjud hujjatlariga asosan ko‘rsatiladi.
Agar taqdim etilgan hujjatlarda ariza beruvchining faqat tug‘ilgan yili ko‘rsatilib, tug‘ilgan kuni va oyi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bu holda uning tug‘ilgan sanasi o‘sha yilning 1-iyuli deb hisoblanadi.
142. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgandan so‘ng FHDY organi mudiri tomonidan xulosa tuziladi, so‘ngra tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvlari daftarida “T” harfi ostiga dalolatnoma yozuvi raqami qo‘yiladi va uning asosida tug‘ilganlik haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvi qayd etiladi va tug‘ilganlik haqida guvohnoma beriladi.
Ariza beruvchining ota-onasi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda tug‘ilganlik haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvidagi “Ota-onasi haqidagi ma’lumotlar” ustuni to‘ldirilmaydi va chiziq qo‘yiladi.
143. Nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik boshqarmasi idoraviy FHDY arxivining nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi yo‘qligi yoki yo‘qolganligi (yo‘qolish sabablarini ko‘rsatgan holda) haqidagi ma’lumotnomasi;
(143-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi bo‘lganligini tasdiqlovchi boshqa qo‘shimcha hujjatlar.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida FHDY organi tomonidan xulosa tuziladi, so‘ngra nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlari daftarida oxirgi dalolatnoma yozuvining raqami takroriy ravishda “T” harfi qo‘ygan holda yoziladi va nikoh tuzilganligi haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvi tuziladi.
Nikoh tuzilganligi haqida guvohnomada “nikohlandilar” ustunida tiklanayotgan dalolatnoma yozuvining dastlabki qayd etilgan sanasi, “tegishli dalolatnoma yozuvi qayd etildi” ustunida esa — nikoh tuzilganligi haqida tiklanib tuzilgan dalolatnoma yozuvi raqami va sanasi ko‘rsatiladi.
144. Nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik boshqarmasi idoraviy FHDY arxivining nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi yo‘qligi (yo‘qolganlik sabablari ko‘rsatilgan holda) haqidagi ma’lumotnomasi;
(144-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
ilgarigi nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi bo‘lganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida FHDY organi tomonidan xulosa tuziladi, nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvlari daftariga oxirgi dalolatnoma yozuvining tartib raqami takroriy ravishda “T” harfi qo‘ygan holda yoziladi va nikohdan ajratish haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvi tuziladi.
Nikohdan ajralganlik haqidagi gerbli guvohnomaning “bu haqda ajratish to‘g‘risidagi dalolatnomalarni qayd qilish daftarida” ustunida nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining dastlabki sanasi, qavs ichida esa — tiklangan dalolatnoma yozuvining raqami va sanasi yozib qo‘yiladi.
145. Dalolatnoma yozuvlarini tiklash uchun yetarli asoslar bo‘lmaganda FHDY organi ariza beruvchiga rad qilinganlik haqidagi asoslangan xulosa beradi. Ushbu xulosa bilan ariza beruvchi masalani mohiyatiga ko‘ra hal etish uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.
146. Dalolatnoma yozuvini tiklash haqidagi ariza FHDY organi tomonidan bir oy mobaynida ko‘rib chiqilishi kerak.
Uzrli sabablar (dalolatnoma yozuvini tiklash uchun asoslanganlikni tasdiqlovchi yozuvlar nusxalari va boshqalar olinmaganligi) mavjud bo‘lganda arizani ko‘rib chiqish muddati FHDY mudiri tomonidan bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza beruvchiga xabar qilinadi.
148. Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish yetarli asoslar mavjud bo‘lganda va manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lmaganda, ushbu yozuvlar saqlanayotgan joydagi, agar ular O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan bo‘lsa, FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarning tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar kiritish ularning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar kiritish ular ota-onasining yoki qonuniy vakillarining arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
(148-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar konsul yoki notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma va ariza asosida amalga oshirilishi mumkin.
O‘lim xaqidagi dalolatnoma yozuviga tuzatishlar kiritish yaqin qarindosh(lar) yoki merosxo‘r(lar)ning arizasiga ko‘ra FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Vafot etgan shaxslarning tug‘ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga tuzatish va qo‘shimchalar sud qaroriga asosan FHDY organi tomonidan kiritiladi.
(148-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 827-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/827/3827-son)
FHDY organining dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritishni rad etishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
149. Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
“Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasi asosida tarixiy va milliy an’analarga rioya qilish maqsadida familiyasi, ismi, otasining ismini yozdirish istagi bo‘lganda;
ota-onaning o‘zaro kelishuviga ko‘ra (shuningdek ota-ona nikohdan ajratilganda) yoki hokim qaroriga ko‘ra voyaga yetmagan bolaning familiyasi o‘zgartirilganda;
nikohda turmagan ona tomonidan bolaning otasi haqidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish haqida ariza berilganda (bola 16 yoshga yetgunga qadar);
Oldingi tahrirga qarang.
sud qarori bilan otalikni belgilash haqiqiy emas deb topilganda, ota haqidagi ma’lumotlar bekor qilinganda yoki farzandlikka olish bekor qilinganda;
(149-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
ota-onasining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgartirilishi munosabati bilan voyaga yetmagan bolaning familiyasi va otasining ismi o‘zgartirilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
dalolatnoma yozuvlarida imloviy xato va noaniqliklar bo‘lganda, shuningdek tug‘ilgan vaqti, joyi va otasining ismi haqidagi yozuv mavjud bo‘lmaganda;
(149-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 827-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/827/3827-son)
16 yoshga to‘lmagan bolaning ismi va familiyasi o‘zgartirilganda, agar ismi va familiyasi ota-onasining xohishi hisobga olinmagan holda berilgan bo‘lsa;
Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi ariza FHDY organi tomonidan, ariza tushgan kundan boshlab 15 kun mobaynida ko‘rib chiqilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Uzrli sabablar (o‘zgartirish kiritish zarur bo‘lgan yozuvlar nusxalari olinmaganda va boshqa hollarda) mavjud bo‘lganda FHDY organi mudiri tomonidan ushbu muddat bir oygacha muddatga uzaytirilishi mumkin.
150. Dalolatnoma yozuvlari O‘zbekistondan tashqarida bo‘lgan, shuningdek nikoh tuzilganligi to‘g‘risida va o‘lim to‘g‘risida, aka-ukalar va opa-singillarning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi va boshqa dalolatnoma yozuvlarida tafovutlar bo‘lgan hollardan tashqari, yuqorida ko‘rsatilgan barcha holatlarda dalolatnoma yozuvlari tuzilgan joyi bo‘yicha xulosa tuzilmay tuzatishlar kiritiladi.
151. O‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi arizaga ariza beruvchining iltimosi asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari: uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (kseronusxasi) va boshqa zarur hujjatlar nusxalari ilova qilinadi. Ular bilan birga yig‘majildga o‘zgartirishni talab qiladigan guvohnomalarning asl nusxalari tikib qo‘yiladi.
Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi ariza olinganda FHDY organi o‘zgartirish va tuzatishlar kiritiladigan dalolatnoma yozuvi nusxasini, shuningdek o‘zgartirish yoki tuzatishlar kiritish uchun asos mavjudligini tasdiqlovchi dalolatnoma yozuvlari nusxalarini ular saqlanayotgan joydagi FHDY organidan so‘rab oladi.
152. Agar o‘zgartirish kiritiladigan dalolatnoma yozuvi respublikadan tashqarida bo‘lsa, u holda FHDY organi xulosa tuzadi yoki (davlatlararo kelishuv mavjud bo‘lsa) ariza beruvchining arizadagi imzosini tasdiqlaydi va yig‘majildni (arizani) dalolatnoma yozuvi tuzilgan joydagi FHDY organiga ijro etish uchun yuboradi.
153. Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi xulosa 3 nusxada tuziladi, ulardan biri yig‘majildga tikiladi, ikkinchisi FHDY organida qoladi, uchinchi nusxasi ariza beruvchiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
154. Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritgan FHDY organi dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga tegishli o‘zgartirish kiritish uchun bu haqda Agentlik boshqarmasining idoraviy FHDY arxivini uch kundan kechikmay xabardor qiladi.
(154-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
155. Ariza beruvchining familiyasi, ismi o‘zgartirilganda tegishli Alfavit daftarlariga o‘zgartirishlar kiritiladi.
156. Ariza beruvchining xohishiga binoan FHDY organi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritilganligi haqida ma’lumotnoma berishi mumkin.
157. Shaxsning uning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida jinsini o‘zgartirish jins o‘zgartirilganlik haqida tibbiyot muassasasining xulosasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
158. Mazkur Qoidalarning 149-bandi uchinchi, to‘rtinchi va o‘n uchinchi xatboshilardan tashqari barcha hollarda o‘zgartirishlar kiritilganligi uchun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
159. O‘zbekiston Respublikasining chet elda turuvchi fuqarolarining dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi arizalari ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Konsul tomonidan yuborilgan hujjatlar asosida FHDY organi idoraviy arxivida saqlanayotgan dalolatnoma yozuviga tegishli o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritiladi.
(159-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
160. Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi ariza ariza beruvchi 16 yoshga to‘lgach turar joydagi FHDY organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Agar 16 yoshga to‘lgan shaxs pasport yoki pasport o‘rnini bosuvchi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat olgunga qadar familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirish haqida ariza bersa, u holda arizaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma ilova qilinadi.
xohishga qarab nikohgacha bo‘lgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda;
oila uchun umumiy familiyada bo‘lish istagi paydo bo‘lganda (agar nikoh tuzish paytida er-xotin umumiy familiya qabul qilishmagan bo‘lsa);
agar ariza beruvchi nikohda turgan bo‘lsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan bo‘lsa — nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi;
agar ariza beruvchining voyaga yetmagan bolalari bo‘lsa, u holda bolalarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari;
agar ariza beruvchi voyaga yetmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi;
163. O‘zgartirishlar kiritilishi uchun zarur bo‘lgan dalolatnoma yozuvlari yo‘qolgan taqdirda, familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish ushbu hujjatlar tiklangandan keyin amalga oshiriladi.
165. FHDY bo‘limi mudiri taqdim etilgan hujjatlar asosida, zarur hollarda esa boshqa FHDY organlaridan o‘zining talabi bo‘yicha kerakli dalolatnoma yozuvlari nusxalarini olganda yig‘ilgan hujjatlarni yig‘majildga tikadi va tegishli tekshiruv o‘tkazish uchun ichki ishlar organiga jo‘natadi.
166. Ichki ishlar organi taqdim qilingan hujjatlarni 30 kun mobaynida o‘rganib chiqadi, ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirish xususida asoslangan xulosa tuzadi va uni FHDY organiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismining o‘zgartirilishi maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa tuzilgan taqdirda ushbu holatning aniq sabablari ko‘rsatiladi.
167. Ichki ishlar organining xulosasini olgandan keyin FHDY organi taqdim etilgan hujjatlar asosida familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish yoki o‘zgartirishni rad qilish to‘g‘risida asoslangan xulosa tuzadi.
Ichki ishlar organining xulosasida ariza beruvchi familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risida iltimos qilgan paytda tergov yoki sud ostida bo‘lganligi yoxud familiyasi, ismi, ota ismining o‘zgartirilishi qonun hujjatlariga zid ekanligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, FHDY organi familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirishni rad etishi va rad etish sababini yozma shaklda xabar qilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Familiyasi, ismi, ota ismining o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza bilan birga taqdim etilgan hujjatlar qaytarilishi lozim.
168. FHDY organi familiya, ism, ota ismi o‘zgarganligi to‘g‘risida ichki ishlar organiga 7 kun mobaynida, agar ariza beruvchi harbiy xizmatga majbur bo‘lsa — u holda tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga ham xabarnoma yuboradi.
169. Xulosa asosida tug‘ilganlik to‘g‘risida, nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajralganlik to‘g‘risida, bolalarining tug‘ilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi va yangi guvohnomalar beriladi. Eski guvohnomalar yig‘majildga tikib qo‘yiladi.
170. Agar o‘zgartirish kiritish talab etiladigan dalolatnoma yozuvi boshqa joyda bo‘lsa, u holda FHDY organi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
171. FHDY organi xabarnomaga binoan dalolatnoma yozuviga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi va yangi guvohnomani to‘ldiradi va uni ariza beruvchiga topshirish uchun uning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDY organiga yuboradi, shuningdek dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga ana shunday o‘zgartirishlarni kiritish uchun Agentlik boshqarmasining idoraviy FHDY arxiviga xabarnoma yuboradi.
(171-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
172. Familiyasi, ismi, ota ismi o‘zgartirilgan shaxs doimiy yashaydigan yoki vaqtincha turgan joydagi FHDY organi tomonidan pasportga uni almashtirish lozimligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
(172-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
173. O‘zaro qonuniy nikohda turgan er yoki xotindan birining familiyasi o‘zgartirilishi ikkinchisining ham familiyasi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi. Bunda boshqa er (xotin)ning pasportiga oilaviy ahvoli haqida qo‘yilgan belgi o‘zgartirilishi lozim.
Ota-onalardan har ikkalasining familiyasi o‘zgartirilishi 16 yoshga to‘lmagan bolalari familiyasining ham o‘zgartirilishiga sabab bo‘ladi.
Ota-onalar yoki ulardan birining familiyasini o‘zgartirganligi ularning voyaga yetgan bolalarining familiyasi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.
Agar ota-onadan biri familiyasini o‘zgartirsa, ularning voyaga yetmagan bolalarining familiyasini o‘zgartirish masalasi ota-onalarning kelishuviga binoan, bunday kelishuv bo‘lmaganda esa — vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
175. Agar nikohga kirish paytida o‘zining nikohgacha bo‘lgan familiyasini saqlab qolgan shaxs keyinchalik erining familiyasini qabul qilsa, shuningdek nikohga kirish paytida qabul qilgan familiyasini nikohgacha bo‘lgan familiyasiga o‘zgartirsa, u holda o‘zgartirish faqat nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga kiritiladi.
Agar nikohdan ajratilgandan keyin nikohdagi familiyasini saqlab qolgan shaxs uni nikohgacha bo‘lgan familiyasiga o‘zgartirsa, u holda o‘zgartirish faqat nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga kiritiladi.
176. 16 yoshga to‘lgan shaxslar tomonidan familiyasi, ismi, ota ismi o‘zgartirilgan barcha hollarda o‘zgartirish faqat tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining “bola to‘g‘risida ma’lumotlar” ustuniga kiritiladi.
177. O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolarining arizalari konsul tomonidan ko‘rib chiqiladi. Arizaga mazkur Qoidalarning 162-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinishi lozim. Zarur hollarda konsul arizachining iltimosi asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni va o‘zgartirish kiritilishi lozim bo‘lgan dalolatnoma yozuvlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali talab qilib oladi.
Yig‘ilgan hujjatlar asosida konsul O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasining yoki ariza beruvchi doimiy yashab turgan davlatning vakolatli organlaridan ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirishiga ruxsat berilganligi haqidagi xulosani olishi zarur.
Ushbu xulosa asosida konsul familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish haqida asoslangan xulosa tuzadi va uni yig‘majild bilan birga o‘zgartirish kiritilishi lozim bo‘lgan dalolatnoma yozuvi saqlanayotgan FHDY organiga yuboradi.
178. Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza ariza berilgan kundan boshlab ikki oy mobaynida ko‘rib chiqilishi kerak. Uzrli sabablar (ishni rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan dalolatnoma yozuvi nusxalarining boshqa FHDY organlaridan, ichki ishlar organlari xulosasining kechikib olinishi va boshqalar) mavjud bo‘lganda FHDY organi mudiri ushbu muddatni bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirishi mumkin.
180. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 233-moddasiga muvofiq, agar FHDY organi tomonidan ikki va undan ortiq bir xil yozuvlar borligi aniqlansa, tiklangan yozuvlar ular tuzilgan joydagi FHDY organi tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Agar topilgan dalolatnoma yozuvlarida familiya, ism, ota ismi, tug‘ilgan sana, ota-ona to‘g‘risidagi ma’lumotlarda jiddiy farq bo‘lsa, tiklangan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari sudning qarori bilan bekor qilinadi.
181. Sudning dalolatnoma yozuvini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorini olgach bekor qilinayotgan yozuvni tuzgan FHDY organi uning diagonali bo‘ylab chiziq tortib, bu haqda belgi qo‘yadi va arizachiga ma’lumotnoma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
182. FHDY organi Agentlik boshqarmasining idoraviy FHDY arxiviga va dastlabki dalolatnoma yozuvi tuzilgan joydagi FHDY organiga dalolatnoma yozuvlarining bekor qilinganligi to‘g‘risida xabarnomalar yuboradi.
Agentlik boshqarmasining idoraviy FHDY arxivi xabarnomani olgach tegishli dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga bekor qilinganligi haqida belgi qo‘yadi, FHDY organi esa ariza beruvchiga dalolatnomaning dastlabki yozuviga muvofiq takroriy guvohnoma beradi (yuboradi).
(182-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
183. Sobiq ittifoq respublikalaridan kelgan hujjatlar bo‘yicha yozuvlarni bekor qilish Agentlik boshqarmalari xulosalari bo‘yicha FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi, yozuvni bekor qilish bo‘yicha hujjatlar esa shu FHDY organida saqlanadi.
(183-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Dalolatnoma yozuvlarining har bir turi har yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha tartib bilan ketma-ket raqamlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(184-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
185. Dalolatnoma yozuvlarining barcha ustunlari to‘liq, xatosiz va qisqartirishlarsiz (umumiy qabul qilinganlaridan tashqari) to‘ldirilishi kerak.
186. Dalolatnoma yozuvlari pasport asosida, u bo‘lmagan taqdirda — shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida to‘ldiriladi.
Chet el fuqarosiga nisbatan dalolatnoma yozuvlari qayd etilayotganda millatidan tashqari qaysi davlat fuqarosi ekanligi ham ko‘rsatiladi. Millati haqida ma’lumot bo‘lmagan taqdirda fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoziladi.
187. Agar FHDY organiga dalolatnoma yozuvini qayd etish uchun murojaat qilgan shaxs davlat tilini bilmasa u tarjimon xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Bu haqda “Belgilar uchun” ustuniga tegishli yozuv kiritiladi.
Kar, soqov yoki karsoqov shaxs savodsiz bo‘lgan taqdirda dalolatnoma yozuvini qayd etishda dalolatnoma yozuvi mazmuni kar, soqov yoki karsoqovning xohishiga muvofiq kelishini imzo bilan tasdiqlab unga tushuntirishi mumkin bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin. Bu haqda “Belgilar uchun” ustuniga tegishli yozuv kiritiladi.
Dalolatnoma yozuvini ko‘zi ko‘r shaxs uchun tuzishda dalolatnoma yozuvi matni unga dalolatnoma yozuvini tuzgan FHDY organi xodimi tomonidan o‘qib beriladi. Bu haqda “Belgilar uchun” ustuniga tegishli yozuv kiritiladi.
188. O‘lik tug‘ilgan bola to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvini rasmiylashtirishda tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga ma’lumotlar perinatal o‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida kiritiladi.
189. Tirik tug‘ilib, ammo hayotining birinchi haftasida o‘lgan bolaga nisbatan o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuviga ma’lumotlar perinatal o‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida kiritiladi.
190. Dalolatnoma yozuvlari to‘ldirilgandan keyin ariza beruvchi tomonidan o‘qib chiqiladi va imzolanadi.
191. Dalolatnoma yozuvi asosida tegishli gerbli guvohnomalar davlat tilida lotin grafikasida to‘ldiriladi va ariza beruvchiga topshiriladi.
192. Gerbli guvohnoma berish uchun (o‘lim haqidagi gerbli guvohnomalar bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan gerb yig‘imi undiriladi.
193. Dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi saqlanayotgan FHDY organi manfaatdor shaxslarning arizalariga ko‘ra va tegishli dalolatnoma yozuvlari asosida takroriy guvohnomalar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida hollarda (dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi yo‘qolganda, ikkinchi nusxa bo‘yicha guvohnoma olish qulay bo‘lganda) Agentlik boshqarmasining idoraviy FHDY arxivlari dalolatnoma yozuvining birinchi va ikkinchi nusxalarining aynan bir xilligini tekshirgandan so‘ng tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, o‘lim va nikohdan ajralganlik haqida takroriy guvohnomalar beradilar.
(193-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
194. Tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvi qayd etilgan tegishli shaxsning o‘ziga, uning ota-onalariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qog‘ozlari asosida boshqa shaxslarga beriladi. Vafot etgan shaxsga nisbatan tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma berilmaydi. Zarur hollarda, vafot etgan shaxsning tug‘ilganligi haqida ma’lumotnoma berilishi mumkin.
O‘lim haqidagi takroriy guvohnomalar marhumning yaqin qarindoshlariga va merosxo‘rlariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qog‘oziga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi.
Nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik haqidagi takroriy guvohnomalar dalolatnoma yozuvi qayd etilgan tegishli shaxslarning o‘zlariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qog‘oziga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi.
Nikohdan ajratilganda nikoh tuzilganligi haqidagi takroriy guvohnoma berilmaydi. Zarur hollarda nikoh tuzilganligi haqidagi ma’lumotnoma berilishi mumkin.
195. Bolalarga va muomalaga layoqatsiz shaxslarga takroriy guvohnomalar ularning ota-onalari (farzandlikka olganlar), vasiylari, homiylari, bolalarni ijtimoiy himoya qilish muassasalari ma’muriyatlarining arizalari bo‘yicha beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
196. Ota-onasi bo‘lmagan taqdirda, voyaga yetmagan shaxslarga yoki pasport olmagan shaxslarga tug‘ilganlik haqidagi takroriy guvohnomalar ushbu shaxsning fotosurati yopishtirilgan, mazkur shaxs ta’lim olayotgan ta’lim muassasasi tomonidan berilgan dalolatnoma asosida beriladi.
(196-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
197. Takroriy guvohnoma olish to‘g‘risidagi arizada ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismi, manzili, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, guvohnoma so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi, ota ismi, nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma so‘ralganda — er-xotinning familiyalari, ismlari va ota ismlari, dalolatnoma yozuvi qachon va qaysi FHDY organi tomonidan qayd etilganligi va takroriy guvohnoma qanday sababga ko‘ra talab qilinayotganligi ko‘rsatilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
198. Takroriy guvohnoma olishni xohlovchi shaxs dalolatnoma yozuvlarini qayd etgan FHDY organiga bevosita yoki o‘zi doimiy yashayotgan yoki vaqtincha turgan joydagi FHDY organi orqali murojaat qilishi mumkin.
(198-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDY organi orqali takroriy guvohnoma berish to‘g‘risidagi iltimos bilan murojaat etilganda arizani qabul qilgan FHDY organi uni dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organiga ijro uchun jo‘natadi.
(198-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ariza beruvchi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDY organiga murojaat etganda takroriy guvohnoma shu kuniyoq beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Pochta orqali kelib tushgan takroriy guvohnoma so‘ralgan arizalar ikki ish kuni davomida ijro etiladi va yo‘llanma xat bilan birgalikda FHDY organiga jo‘natiladi va bir vaqtning o‘zida ariza beruvchiga guvohnoma jo‘natilgani haqida xabarnoma yuboriladi.
(198-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Arizada qayd etilgan dalolatnoma yozuvi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda FHDY organi arizani o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar takroriy guvohnoma so‘rab murojaat etilgan FHDY organida tegishli dalolatnoma yozuvi yo‘q bo‘lsa, FHDY organi arizani va dalolatnoma yozuvi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani Agentlik boshqarmasining idoraviy FHDY arxiviga tegishli tekshiruv o‘tkazish va takroriy guvohnoma berish uchun jo‘natadi.
(198-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
199. Agentlik boshqarmasining idoraviy FHDY arxivi arizani olishi bilan dastlabki va tiklangan dalolatnoma yozuvlarini tekshiradi va takroriy guvohnomani yuboradi.
(199-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
200. Takroriy guvohnoma berish haqida ariza tushganda tekshirish arizada ko‘rsatilgan yil bo‘yicha, agar mazkur yilda bo‘lmasa — o‘tgan va keyingi 3 yillar bo‘yicha o‘tkaziladi.
201. Takroriy guvohnoma olishda ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilishi kerak.
202. Agar dalolatnoma yozuvining ba’zi ustunlari to‘ldirilmagan bo‘lsa, u holda chiziqlar qo‘yiladi.
203. Takroriy guvohnomalar berilganligi uchun davlat boji va (o‘lim haqidagi guvohnomalar bundan mustasno) gerb yig‘imi undiriladi.
204. Harakatlar amalga oshirayotgan FHDY organlari mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarining, shuningdek xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda amalga oshirilayotgan harakatlar to‘g‘risida ma’lum bo‘lgan shaxslarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin ham taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar Agentlik, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, ish yurituvida mavjud bo‘lgan ishlar munosabati bilan notariuslar, shuningdek FHDY organlari va O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining so‘roviga ko‘ra beriladi (yuboriladi).
(204-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Zarur hollarda hokimlik, mudofaa ishlari bo‘limi, sog‘liqni saqlash, Bandlikka ko‘maklashish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limining vakillari ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish yoki taqqoslash maqsadida Agentlik boshqarmalarining ruxsati bilan dalolatnoma yozuvlaridan ayrim ma’lumotlarni ko‘chirib olishlari mumkin.
(204-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Amalga oshirilgan harakatlarning sirini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(XIV-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
205. Tumanlar (shaharlar) dagi FHDY bo‘limlari va nikoh uylari idoraviy arxivlari (keyingi o‘rinlarda FHDY bo‘limlari va nikoh uylari idoraviy arxivlari deb ataladi) hamda Agentlik boshqarmalari idoraviy FHDY arxivlari FHDY organlarining idoraviy arxivi hisoblanadi.
(205-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
FHDY bo‘limlari va nikoh uylari idoraviy arxivlari tegishli tuman (shahar) hududida tuzilgan dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalaridan iborat bo‘lgan daftarlardan tashkil topadi.
(205-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatlarning va arxiv materiallarining saqlanishini ta’minlash maqsadida FHDY organlari dalolatnoma yozuvlarini Agentlik tasarrufida bo‘lgan yagona elektron FHDY arxivga kiritadilar.
(205-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
206. O‘limni qayd etish bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) qayd etgan o‘lim to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvlarining birinchi va ikkinchi nusxalarini FHDY organiga topshirishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari dalolatnoma yozuvlarining birinchi va ikkinchi nusxalarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Agentlikka topshirishlari kerak.
(206-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
207. FHDY bo‘limlari va nikoh uylari idoraviy arxivlarida saqlanayotgan dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalari kitoblar tarzida tikiladi, arxiv fondi hisobiga olinadi.
(207-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxalari Agentlik boshqarmalari orqali davlat statistika organlariga topshiriladi.
(207-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dalolatnoma yozuvlari FHDY bo‘limlari va nikoh uylari idoraviy arxivlari tomonidan alfavit daftarlariga kiritiladi.
(207-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Alfavit daftarlari dalolatnoma yozuvlari asosida alohida ikki nusxada, shuningdek elektron tarzda yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
208. Agentlik boshqarmalarining idoraviy FHDY arxivlari fondlari ularning hududiga tegishli FHDY organlari tomonidan qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxalaridan shakllantiriladi.
(208-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
209. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalari Toshkent shahar Agentlik boshqarmasining idoraviy FHDY arxivida, ikkinchi nusxalari esa — Toshkent viloyati Agentlik boshqarmasining idoraviy FHDY arxivida saqlanadi.
Ushbu dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha keyingi harakatlar mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda Toshkent shahar yoki Toshkent viloyati Agentlik boshqarmalarining idoraviy FHDY arxivlari tomonidan amalga oshiriladi.
(209-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
210. FHDY organlari idoraviy arxivi uchun alohida xona bo‘lmaganda dalolatnoma yozuvlari daftarlari ish xonalarida temir shkaflarda saqlanishi mumkin.
(210-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
211. FHDY organlari idoraviy arxivlari, daftarlar shkaflari ishdan tashqari vaqtda FHDY organining mansabdor shaxsi tomonidan muhrlab qo‘yilishi kerak.
(211-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
212. FHDY organlari idoraviy arxivlarida dalolatnoma yozuvlari daftarlarini saqlash uchun zarur sharoitlarni yaratish Agentlik boshqarmalariga yuklanadi.
(212-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
213. FHDY organlaridan kelib tushgan xabarnomalar asosida dalolatnoma yozuvlariga kiritilgan barcha o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi belgilar Agentlik boshqarmasi idoraviy FHDY arxivi mansabdor shaxsining imzosi bilan tasdiqlanishi va gerbli muhr bilan muhrlanishi kerak.
(213-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
214. Jo‘natilayotgan xabarnomalar FHDY organidan chiqayotgan xat va xabarnomalar daftarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
215. FHDY organi idoraviy arxivida dalolatnoma yozuvlari daftarlarining to‘liq saqlanishi uchun javobgarlik FHDY organi mudiri yoki FHDY organi idoraviy arxivi uchun mas’ul bo‘lgan aniq xodim zimmasiga yuklanadi.
(215-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
216. Agentlik boshqarmalarining idoraviy FHDY arxivlarida o‘lim haqidagi tibbiy guvohnomalar dalolatnoma yozuvlari bilan birga tikib qo‘yiladi.
(216-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
217. Agentlik boshqarmalari FHDY organi idoraviy arxivlarini dalolatnoma yozuvlarini kitob shaklida tikish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar bilan ta’minlaydi.
(217-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
218. Agentlik boshqarmalarining FHDY organlari idoraviy arxivlari keluvchilar uchun xonaga, ish xonasiga hamda dalolatnoma yozuvlari daftarlari saqlanadigan xonalarga ega bo‘lishlari kerak.
(218-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Arxiv uchun ajratilgan xona temir stellajlar va temir javonlar bilan jihozlangan bo‘lishi, uning eshiklari va derazalariga temir panjaralar o‘rnatilishi kerak.
219. Arxivga begona kishilarning kirishi, dalolatnoma yozuvlari bilan tanishishi, ulardan nusxalar, fotonusxalar olishi, ularga dalolatnoma yozuvlari daftarlarining berilishi qat’iyan man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
220. FHDY organi idoraviy arxivlarida dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalari ularning tuzilgan kunidan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi. Bu muddat tugagach, dalolatnoma yozuvlari daftarlari Agentlik boshqarmalarining idoraviy FHDY arxivlariga topshiriladi.
(220-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
221. Agentlik boshqarmalarining idoraviy FHDY arxivlari dalolatnoma yozuvlarining har ikkala nusxalarini bir-biri bilan solishtirib, zaruriy o‘zgartirishlar, tuzatishlar, qo‘shimchalar va belgilar kiritadilar, foydalanishga yaroqsiz holdagi dalolatnoma yozuvlarini almashtiradilar, belgilangan tartibda rasmiylashtiradilar va ularni doimiy saqlash uchun davlat arxiviga topshiradilar.
(221-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
222. Agentlik boshqarmalarining idoraviy FHDY arxivlarida qolgan dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxalari muddati o‘tgach, dalolatnoma asosida yoqish yo‘li bilan yo‘q qilinadi.
(222-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Saqlash muddatlari o‘tganligi sababli dalolatnoma yozuvlari daftarlarini yo‘q qilish haqidagi dalolatnoma Agentlik boshqarmasining boshlig‘i tomonidan tasdiqlanishi kerak.
(222-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
223. Dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu yozuvning ikkinchi nusxasi saqlanayotgan Agentlik boshqarmasining idoraviy FHDY arxivi tomonidan tegishli FHDY bo‘limiga yoki nikoh uyiga dalolatnoma yozuvining nusxasi yoki undan ko‘chirma yuboriladi.
Zaruriyat bo‘lganda, Agentlik boshqarmasining ushbu idoraviy FHDY arxivi mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda ushbu dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritadi hamda bu haqda tegishli FHDY bo‘limi yoki nikoh uyi idoraviy arxiviga xabarnoma yuboradi.
(223-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2231. “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi fuqarolik holati dalolatnomalari, dalolatnoma yozuvlariga aloqador o‘zgartirishlar, ularning qayta tiklanishi va bekor qilinishi hamda fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilganligi to‘g‘risida guvohnomalar va ulardan ko‘chirmalar berilganligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan davlat elektron axborot tizimi hisoblanadi.
2232. FHDY organlari fuqarolik holati dalolatnomalari, shuningdek ularga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalarning “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritilishini ta’minlaydilar.
2233. FHDY organlari o‘zaro hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali axborot almashishlari mumkin. “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali almashilayotgan axborot FHDY organlari va manfaatdor tashkilotlar tomonidan ish yurituviga rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi.
(XIV1-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 827-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/827/3827-son)
Oldingi tahrirga qarang.
224. FHDY organlari dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxalari bilan birga tug‘ilish, o‘lim, nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga doir 97-shakl bo‘yicha hisobotlarni qog‘oz va elektron shaklda har oyning 5-kunidan kechiktirmay tegishli Agentlik boshqarmalariga topshirishlari kerak.
(224-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
225. O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari har yarim yillikdan keyingi oyning 15-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Agentlikka qayd qilingan dalolatnoma yozuvlari va sarflangan gerbli guvohnomalar bo‘yicha hisobot taqdim etadilar.
(225-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
226. Fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari) tomonidan qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining har ikkala nusxasi 97-shakl bo‘yicha 2 nusxada tuzilgan hisobot bilan birga keyingi oyning 2-kunidan kechiktirmay FHDY organiga topshiriladi. Hisobotning ikkinchi nusxasi fuqarolar yig‘inida saqlanadi.
227. FHDY organlarida qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxasiga tibbiy muassasalar tomonidan berilgan o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomalar ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
228. Agentlik boshqarmasi FHDY organlaridan kelgan dalolatnoma yozuvlarining to‘ldirilishining to‘g‘riligini tekshiradi va tekshirish paytida noto‘g‘ri yoki noaniq to‘ldirilgan dalolatnoma yozuvlari aniqlanganda, ularni tegishli FHDY organiga tuzatish uchun qaytaradi.
(228-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Tuzatish uchun qaytarilgan dalolatnoma yozuvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar vedomostdan o‘chirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik boshqarmasi dalolatnoma yozuvlarini har oyning 10-kunidan kechiktirmay Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tegishli hududiy statistika boshqarmasiga topshiradi.
(228-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
229. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy statistika boshqarmalari har chorakda o‘tgan oylarda qabul qilingan dalolatnoma yozuvlarini hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay Agentlik boshqarmalariga topshirishlari kerak. Agentlik boshqarmalari tomonidan ushbu dalolatnoma yozuvlari kitoblar shaklida tikiladi va tegishli Agentlik boshqarmasining idoraviy FHDY arxiviga topshiriladi.
(229-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
230. 97-shakldagi hisobot vedomosti 3 nusxada tuziladi. Ulardan ikkitasi dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxasi bilan Agentlik boshqarmasiga topshiriladi, uchinchi nusxasi FHDY organida qoladi.
(230-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
231. FHDY organlari har chorakdan keyingi oyning 5-kunigacha Agentlik boshqarmasiga dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha 12-shakldagi, gerbli guvohnomalar bo‘yicha esa 1-shakldagi 1-chorak, yarim yillik, 9 oylik va yillik hisobotlarni topshirishlari kerak.
(231-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
232. Agentlik boshqarmalari FHDY organlaridan olingan 1 va 12-shakllar bo‘yicha hisobotlarni har chorak o‘tishi bilan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay umumlashtiradi.
(232-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
233. Agentlik boshqarmalari yillik hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 10-yanvaridan kechiktirmay Agentlikka topshirishi kerak.
(233-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
234. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining ikkala nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Agentlikka chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay topshirilishi kerak.
(234-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
235. Dalolatnoma yozuvlari asosida tartib raqami va seriyasi bo‘lgan, FHDY organining muhri va mansabdor shaxsining imzosi qo‘yilgan gerbli guvohnomalar beriladi.
236. FHDY organlarida guvohnomalarning hisobga olinishi va ularning saqlanishi uchun ularning mudirlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida — ularning raislari, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida esa — konsullar mas’ul hisoblanadi.
237. Agar gerbli guvohnomalarning saqlanishi uchun mas’ul shaxs uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmaganda, u holda gerbli guvohnomalar dalolatnoma bo‘yicha uning vazifasini vaqtincha ijro etayotgan mansabdor shaxsga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
238. Gerbli guvohnomalarning kamchiligi, nuqsonlari, yo‘qolganligi va o‘g‘irlanganligi to‘g‘risida Agentlikka maxsus xabarnoma jo‘natiladi.
Gerbli guvohnomalar yo‘qolgan har bir holatda Agentlik boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi va aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq qat’iy choralar ko‘rilishi lozim.
(238-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
239. Gerbli guvohnomalarni hisobga olish va sarflash daftarlari aniq va ravshan to‘ldirilishi kerak.
Gerbli guvohnomalarni sarflashda ularning raqamlari yozilishida ketma-ketlik qoidasini buzish, daftardagi yozuvlarni chizish va o‘chirish qat’iyan man etiladi. Ushbu daftarlarga kiritilgan har bir tuzatish izohlanishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
(241-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
242. Agentlik FHDY organlarining faoliyatini har ikki yarim yilda bir marta, uning hududiy boshqarmalari esa har yili tekshirishi lozim.
(242-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
243. FHDY organlari tomonidan dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha o‘zlariga hisob beruvchi fuqarolar yig‘inlari faoliyati bir yilda 1-marta tekshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 18-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek qarorga 1-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 25-avgustdagi 365-son qarorining 6-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2003-y., 8-son, 77-modda), shuningdek qarorga 2-ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilova 18-bandining “a” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–255-son Qonuni) 2010-yil 28-dekabrdagi 319-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 74-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Dafn etishga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 14-iyundagi 174-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2011-y., 6-son, 51-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Apostil qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 17-noyabrdagi 307-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2011-y., 11-son, 90-modda).