“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi o‘rinlarda davlat organlari deb ataladi), boshqa tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat elektron xizmatini o‘rganish va tahlil qilishga yagona yondashuvni ta’minlash, shuningdek xizmatlar ko‘rsatish va ulardan foydalanish sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan davlat elektron xizmatlari ko‘rsatish sifatini baholash metodikasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat elektron xizmatlari ko‘rsatishning holati to‘g‘risidagi axborotlarni vazirlik tomonidan to‘plash, qabul qilish, ayirboshlash va saqlashning ta’minlanishini hisobga olgan holda ikki oy muddatda NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda Tizim deb ataladi) takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin;
Davlat elektron xizmatlari ko‘rsatish sifatini baholash metodikasi talablariga muvofiq axborotlarni Tizimga kiritish tartibini reglamentlovchi yo‘riqnomani 2016-yil 20-dekabrgacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
davlat elektron xizmatlari ko‘rsatish sifatini baholash natijalarining ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat interaktiv xizmatlari yagona portalida har yili e’lon qilinishini ta’minlasin.
Davlat elektron xizmatlari ko‘rsatish sifatini baholash metodikasida nazarda tutilgan tartibda davlat elektron xizmatlari ko‘rsatishning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotlarning Tizimga har yili o‘z vaqtida kiritilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda davlat elektron xizmatlari ko‘rsatish sifatining o‘tkazilayotgan monitoringi natijalarini hisobga olib, Davlat elektron xizmatlari ko‘rsatish tartibi va sifatini doimiy ravishda takomillashtirishga yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.