23.09.2016 yildagi PF-4847-son
Hujjat 03.10.2016 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-sonli Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-sonli qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlari ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zpaxtasanoat-eksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-sonli qarori 2-bandining beshinchi xatboshidagi “AJning namunaviy tuzilmasi hamda uning tarkibiga kiruvchi paxta terminallarining ro‘yxati 4, 4a va 4b-ilovalarga muvofiq” so‘zlari “AJ paxta terminalining namunaviy tuzilmasi 4 va 4a-ilovalarga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin.