Tovar xomashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Tovarlarni ulgurji sotishning bozor metodlarini kengaytirish, tovar-xomashyo birjalari faoliyatini zamonaviy talablarga muvofiq tubdan yaxshilash, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari mahsulotlariga narx belgilashning bozor mexanizmini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
birja tovarlarini elektron tizimdan foydalangan holda respublikaning butun hududi bo‘yicha aniq vaqt rejimida — birja savdolari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
ko‘rgazma-yarmarka savdolari — birjalarning ixtisoslashtirilgan savdo maydonchalarida ular tomonidan tasdiqlanadigan qoidalariga muvofiq tovarlar oldindan majburiy ko‘zdan kechirilishi hisobga olingan holda yoki mijozlar — jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladigan ko‘rgazma-yarmarka savdolarining elektron tizimiga Internet orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish rejimida amalga oshiriladi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-martdagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 12-son, 132-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qurilish materiallari sotiladigan ixtisoslashtirilgan bozorlarda:
Keyingi tahrirga qarang.
birjalar tomonidan qurilish materiallarining ko‘rgazma-yarmarka ulgurji savdosini tashkil etish uchun bepul asosda maydonlar va xonalar;
tovar-xomashyo birjalari a’zolariga — ko‘rgazma-yarmarka savdolarida sotishga mo‘ljallangan tovarlarni saqlash uchun ijara shartlarida maydonlar va xonalar ajratsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
ko‘rgazma-yarmarka savdolari elektron tizimiga Internet orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish rejimida va savdo maydonchalarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan qurilish materiallari bozorlari hududlarida ulgurji savdo qilish huquqi faqat tovar-xomashyo birjalari a’zolariga, ularda savdoni amalga oshirish huquqiga tegishli ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud bo‘lganda beriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-martdagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 12-son, 132-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
tovar-xomashyo birjalari a’zolari tomonidan import bo‘yicha keltirilgan hamda sotish uchun mo‘ljallangan qurilish materiallari namunalari va guruhlarini sotuvga qo‘yish faqat ularning respublika hududiga belgilangan tartibda qonuniy keltirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin;
ixtisoslashtirilgan bozorlarning ko‘rgazma-yarmarka savdosini tashkil etish uchun maydonlar va xonalar berish bo‘yicha xarajatlari bozorlar daromadlari hisobiga qoplanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tovar-xomashyo birjalarining ko‘rgazma-yarmarka savdosi tashkil etishga xarajatlari sotuvchilardan ularning hisob raqamiga mablag‘lar tushishiga qarab har kuni to‘lanadigan, bitishuvlar summasidan olinadigan vositachilik yig‘imi hisobiga, shuningdek ko‘rgazma-yarmarka savdosi qatnashchilariga ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar (reklama, axborot, konsultatsiya va shu kabilar) hisobiga qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslar, shuningdek birja a’zolari bo‘lmagan yuridik shaxslar ko‘rgazma-yarmarka savdolarida brokerlar orqali yoki birja tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq mustaqil ravishda ishtirok etishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-martdagi 74-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 12-son, 132-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
birja tovarlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni sotuvga qo‘yish uchun bepul asosda brokerlik o‘rinlari berish;
Keyingi tahrirga qarang.
tovarlarning ko‘rgazma-yarmarka savdosini tashkil etish uchun, shu jumladan qurilish materiallari ixtisoslashtirilgan bozorlari hududlarida ularning ko‘rgazma-yarmarka savdosini tashkil etish uchun ixtisoslashtirilgan savdo maydonlari tashkil etish va ularni texnika bilan jihozlash;
Keyingi tahrirga qarang.
birja a’zolarini birja, kimoshdi va ko‘rgazma-yarmarka savdolari qoidalariga kasb bo‘yicha o‘qitishni tashkil qilish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqaruvchilarga va birinchi navbatda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga mahsulotlarni sotish, shuningdek bitimlar bo‘yicha elektron hisob-kitoblarni elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirish imkonini beradigan Internet orqali savdo tizimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish rejimida ko‘rgazma-yarmarka savdolarida ishtirok etish imkoniyatini ta’minlash;
birja a’zolariga ixtisoslashtirilgan savdo maydonchalari orqali birja savdolari tizimiga kirish, savdolar natijalariga ko‘ra tuzilgan bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bo‘yicha elektron hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini berish;
birja a’zolariga ko‘rgazma-yarmarka savdolari tizimiga Internet orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish rejimida belgilangan tartibda birja savdolariga kirish imkonini nazarda tutish tavsiya etilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-martdagi 74-sonli qaroriga asosan beshinchi — yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 12-son, 132-modda)
birja kotirovkalari va kimoshdi savdosi narxlari ixtisoslashtirilgan ommaviy axborot vositalarida har haftada kamida bir marta bepul asosda e’lon qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tovar-xomashyo birjalari a’zolari ular tomonidan ko‘rgazma-yarmarka savdolarida sotiladigan tovarlar narxlarini ommaviy ravishda e’lon qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-iyuldagi 179-son qarori bilan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 231-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ko‘rgazma-yarmarka savdolarida birja orqali sotish taqiqlanmagan va sotishga maxsus tartib joriy qilinmagan tovarlarning barcha turlari (ishlar, xizmatlar) sotilishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-martdagi 74-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 12-son, 132-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. 2004-yil 1-iyundan boshlab birja faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha ravishda quyidagi litsenziya talablari va shartlari joriy etilsin:
birja savdolarida faqat oldindan e’lon qilinadigan, mahsulotlar iste’molchilari va ishlab chiqaruvchilari keng ko‘lamda foydalanadigan birja axborotnomasiga kiritilgan tovarlarni sotish, ayni bir vaqtda oldindan e’lon qilingan listinglarga kiritilmagan tovarlarni sotish taqiqlanadi;
birja axborotnomalariga faqat bir xil standart xossalarga ega bo‘lgan, ulgurji guruhlar bilan sotiladigan va oldindan ko‘zdan kechirishni talab qilmaydigan birja tovarlarini kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ikki hafta muddatda tovar-xomashyo birjalari bilan litsenziya bitimlarini qaytadan tuzsin, bunda litsenziya bitimlariga ushbu qarorda belgilangan litsenziya talablari va shartlari kiritilishini nazarda tutsin;
boshqaruv raisiga, hisob-kitob-kliring palatasi rahbariga hamda birjalarning bosh maklyoriga qo‘yiladigan malaka talablarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazsin;
birja bitishuvlarida qatnashuvchi birjalar a’zolarini uch oy muddatda, belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazsin;
barcha ommaviy axborot vositalarida keng reklama kompaniyasini va tushuntirish ishlarini, shuningdek potensial sotuvchilar, xaridorlar, birjalar a’zolari o‘rtasida tovarlarni birja savdolarida sotish va xarid qilish qoidalari va afzalliklari bo‘yicha maqsadli seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasi O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
brokerlar va brokerlik idoralari faoliyatini moddiy rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda joriy qilsinlar, bunda vositachilik yig‘imlarining zarur malaka sifatiga, brokerlik faoliyatini yuritish tajribasiga ega bo‘lgan brokerlarning yuqori daromad olishini ta’minlovchi hamda birja savdolari tovar aylanmasiga qarab cheklangan miqdorlari belgilanishini nazarda tutsinlar;
birja bitishuvlaridan undiriladigan birjalar vositachilik yig‘imlari cheklangan miqdorlarining deklaratsiya qilinishini ta’minlasinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining birja bitimlaridan undiriladigan vositachilik yig‘imlari cheklangan miqdorlariga deklaratsiya to‘ldirishda, birja tovarlarining moddiy balanslarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish yuzasidan monitoringni amalga oshiradigan Iqtisodiyot vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladigan “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining yuqori likvidli tovarlar turlarini sotish bo‘yicha xizmatlari uchun 0,075% miqdoridagi vositachilik yig‘imlari hisobga olinadi;
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-martdagi 74-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 12-son, 132-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Moliya vazirligi birjalar va ularning a’zolari tomonidan vositachilik yig‘imlarining cheklangan miqdorlariga rioya etilishini nazorat qilsinlar.
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining xodimlarning cheklangan umumiy soni 100 nafar bo‘lgan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi birjaning tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-martdagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 12-son, 132-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan uch yil muddatga istisno tariqasida ozod qilinsin, bo‘shaydigan mablag‘lar yagona elektron savdo tizimi texnika va texnologiya dasturiy kompleksini zamonaviylashtirishga maqsadli yo‘naltirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Adliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-martdagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 12-son, 132-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji va birja savdosini tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 1-maydagi 198-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 5-son, 24-modda) 8-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “foizsiz qaytarish asosida” so‘zlari chiqarib tashlansin, “sarflangan mablag‘lar 5 yil mobaynida qaytariladi” so‘zlari “ajratilgan mablag‘lar hisobiga O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi hududiy filiallarining binolari Davlat mulki qo‘mitasiga beriladi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nooziq-ovqat iste’mol tovarlari bilan savdo qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyuldagi 330-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida bozorlarda savdo faoliyatini tashkil etish qoidalari:
68. Ta’mirlash (pardozlash) va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan qo‘shimcha materiallar qurilish materiallarining ixtisoslashtirilgan bozorlarida sotiladigan tovarlarning asosiy turlari hisoblanadi.
69. Qurilish materiallarining ixtisoslashtirilgan bozorlarida ulgurji narxlari deklaratsiya qilinganligi yoki ularning birja savdolarida sotib olinganligi to‘g‘risidagi hujjatlar mavjud bo‘lganda tovarlarni ulgurji guruhlar bilan sotishga yo‘l qo‘yiladi.
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — nazorat-kassa mashinalaridan majburiy foydalangan hamda belgilangan tartibda bank muassasalariga naqd tushumni har kuni topshirgan holda;
jihozlangan savdo o‘rinlarida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — Daromadlar va tovar operatsiyalarini hisobga olish daftarini majburiy yuritgan hamda naqd tushumni bank muassasalariga har kuni topshirgan holda amalga oshiriladi.
71. Qurilish materiallarini sotishda, sotuvchi tomonidan xaridor nomiga sotilgan tovarning nomi, miqdori, summasi ko‘rsatilgan yuk xati yozib beriladi va qonun hujjatlariga muvofiq nazorat-kassa mashinasi cheki yoki tovar cheki beriladi.
72. Qurilish materiallarining ixtisoslashtirilgan bozorida ruxsat guvohnomasisiz yoxud uning amal qilish muddati to‘xtatib turilgan yoki u qaytarib olingan davrda savdo faoliyatini amalga oshirish faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish deb hisoblanadi va qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
73. Qurilish materiallarini ixtisoslashtirilgan bozor hududidagi ajratilgan joylardan va qurilish materiallari do‘konlaridan tashqarida sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.
sochiluvchan qurilish tovarlarining ayrim turlarini avtomobildan sotish uchun maxsus maydonchalar tashkil qilish;
brokerlar tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish va birjada bitimlar tuzish uchun aloqa vositalari, kompyuter va mebellar bilan jihozlangan xona ajratish;
birjadan olingan ma’lumotlar asosida har kungi birja savdolari natijalari bo‘yicha shakllanayotgan narxlar (kotirovkalar) to‘g‘risida xaridorlar va sotuvchilarni xabardor qilish.”;
Keyingi tahrirga qarang.