ILOVA
Bosqichlar | Ishlar | Subyektlar | Muddatlar |
1-bosqich | 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish respublika komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) Interaktiv shaklga o‘tkazilishi va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlarining portalida joriy qilinishi kerak bo‘lgan Davlat xizmatlari ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb ataladi) tasdiqlash uchun kiritish | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) | Har yili |
Ro‘yxatni tasdiqlash | Respublika | Majlislarni o‘tkazish muddatlariga muvofiq | |
2-bosqich | Elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhni tasdiqlash | Vazirlik | Ro‘yxat tasdiqlangandan keyin
muddatlarga muvofiq |
Elektron davlat xizmati ko‘rsatilishini tekshirish, joriy va maqbullashtirilgan modellarini tuzish Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari rejasini (keyingi o‘rinlarda chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) ishlab chiqish | Ishchi guruh | ||
3-bosqich | Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash | Respublika | Majlislarni o‘tkazish muddatlariga muvofiq |
4-bosqich | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha davlat buyurtmasiga kiritish uchun tegishli axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratish takliflarini Vazirlikka kiritish | Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar | Har yili |
5-bosqich | Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish | Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar, Vazirlik, boshqa mas’ul bajaruvchilar | Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan muddatlarga muvofiq |