04.05.1999 yildagi 212-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 04.05.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, soliq solish bo‘yicha ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlarga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchi korxonalarning bolalar uchun tovarlari va ayollar gigiyenasi ashyolari narxlari belgilangan tartibda moliya organlarida deklaratsiya qilinishi kerak.
Mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi ushbu qarorga muvofiq soliq solish bo‘yicha imtiyozlarga ega bo‘lgan bolalar uchun tovarlar va ayollar gigiyenasi ashyolarini ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashayotgan korxonalar va tashkilotlar narxlari darajasi ustidan monitoring o‘rnatsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi mazkur qarorda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar hamda uni manfaatdor shaxslarga yetkazsinlar.
6. Mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilinmagan taqdirda:
Keyingi tahrirga qarang.