Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini ta’minlash va eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Shu narsa qayd etib o‘tilsinki, qabul qilingan qarorlarga qaramay, tashqi iqtisodiy faoliyatda turli bahonalar barter (mavoza) operatsiyalari hamon amalga oshirilayapti, ular bo‘yicha nomutanosib tarzdagi ayirboshlash hollari mavjud bo‘lib, soliqlarning o‘z vaqtida va to‘la hajmda kelib hamda valyuta daromadining bir qismini majburiy ravishda sotish ta’minlanmayapti. Shu munosabat bilan:
1. O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasi (Gataulin), Prokuratura (Mustafoyev) 1994-yil hamda 1995-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra ushbu masala bo‘yicha ishlarning ahvolini tahlil etsinlar va “Barter (mavoza) asosida amalga oshiriladigan eksport-import operatsiyalaridagi buzg‘unchiliklar va suiiste’mollarni bartaraf etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 9-iyuldagi Farmonini buzganlik uchun aybdorlarni javobgarlikka tortish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-oktabrdagi PF-4374-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 43-44-son, 461-modda)
3. Barter operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida soliq solish maqsadlarida mahsulot jo‘natilgan kunni mahsulot (ishlar xizmatlar) realizatsiya qilingan payt deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmonining 1, 2 va 4-ilovalarida nazarda tutilgan tovarlarga eksport kontraktlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PF-4902-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 4-modda)
5. Valyuta daromadining bir qismini majburiy sotish va belgilangan tartib buzilgan hollarda soliq organlari aybdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan tartib va miqdorlarda moliyaviy jazo choralari hamda ma’muriy jarimalarni qo‘llasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari to‘g‘risida Davlat bojxona qo‘mitasining, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, vakil qilingan banklarning rahbarlari ogohlantirilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-sentabrdagi PF-3661-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 37-38-son, 282-modda)
LexUZ sharhi
6-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-iyuldagi PF-5115-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
7. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin
LexUZ sharhi