04.05.2016 yildagi 138-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 10.05.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yengil sanoat mahsulotlarining yarmarka savdosini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 28-yanvardagi 25-son qaroriga ilovadagi “iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish” so‘zlari “iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarga o‘qitish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 14-iyundagi 169-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 6-son, 39-modda) 3-ilovadagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat va Toshkent shahri hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat va Toshkent shahri hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
3-banddagi “iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish” so‘zlari “iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
a) Yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga tanlov asosida yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovadagi “kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jaligi va obodonlashtirish” so‘zlari “sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Tanlov asosida berilgan yer uchastkalaridagi obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini kelishish, qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ilovadagi “kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jaligi va obodonlashtirish” so‘zlari “sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.