O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi energetikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 22-fevraldagi PF-2812-son Farmonini bajarish hamda energetika tarmog‘i korxonalarini monopoliyadan chiqarish, xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada rivojlantirish, elektr energetikasi tizimida boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish, elektr energetikasi va ko‘mir sanoati korxonalarini rivojlantirish, texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 288-modda)
“O‘zbekenergo” DAK boshqaruvi raisiga zarurat bo‘lganda uning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga belgilangan shtatdagi xodimlar soni doirasida o‘zgartirish kiritishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “O‘zbekenergo” DAK 2001-yil 1-iyulgacha tarmoqni monopoliyadan chiqarish va elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, sotish sohasida shu’ba korxonalar tashkil etish, shuningdek umumtarmoq funksiyalarini bajarish hamda o‘z tuzilmasini 1-ilovaga muvofiqlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
3. Energetika korxonalarini monopoliyadan chiqarish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyalashtirish masalalari bo‘yicha maxsus komissiya (Atayev), O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
2001-yil 1-maygacha “O‘zbekenergo” DAK ustav jamg‘armasini, asosiy fondlarni 2001-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra qayta baholab chiqishni hisobga olgan holda, 3-ilovaga* muvofiq korxonalar, tashkilotlar va tarkibiy bo‘linmalar mulklari qiymati hisobiga shakllantirsinlar. “O‘zbekenergo” DAKni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va uning aksiyalari emissiyasi prospektini ro‘yxatdan o‘tkazish ta’minlansin;
“O‘zbekenergo” DAK bilan birgalikda 4-ilovaga* muvofiq davlat rayon elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlarining belgilangan tartibda yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha aksiyalashtirilishini ta’minlasinlar;
“O‘zbekenergo” DAK bilan birgalikda 5-ilovaga* muvofiq korxonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda bosqichma-bosqich ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish tadbirlarini amalga oshirsinlar;
2001-yilda “Elektrqishloqqurilish”, “Energoqozontozalash”, “O‘zqishloqelektrqurilish” aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalar davlat ulushining bir qismini, 25 foiz miqdordagi aksiyalar paketini davlatda saqlab qolgan holda, birja bozorida va birjadan tashqari bozorda sotsinlar;
2001-yil 1-iyungacha 7-ilovaga muvofiq issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi va elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan korxonalar aksiyalarining davlat ulushlari va paketlarini tegishli hududiy kommunal-foydalanish birlashmalariga ishonchli boshqaruvga bersinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
“O‘zbekenergo” DAKni tashkil etish jarayonida chiqarilgan barcha aksiyalar davlat mulki hisoblanadi va sotilmaydi yoki boshqacha tartibda begonalashtirilmaydi, ular garov predmeti bo‘lishi, shuningdek ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar chiqarishni ta’minlash uchun xizmat qilishi mumkin emas;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 288-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 288-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
elektr energiyasi sotish miqdoridan (uni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlaridan) Respublika yo‘l jamg‘armasiga va Pensiya jamg‘armasiga hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga to‘lovlar “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning korxonalari tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha faqat oxirgi iste’molchilarga elektr energiyasini sotish miqdori qismiga amalga oshiriladi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi istisno tariqasida (qonunchilikka muvofiq korxonalar ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lardan tashqari):
“Elektrqishloqqurilish”, “Energiyaqozontozalash”, “O‘zqishloqelektr-qurilish” aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek 5-ilovaning 2 va 3-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini sotishdan tushgan mablag‘larni “O‘zbekenergo” DAKga energetika obyektlarining asosiy quvvatlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirishda maqsadli foydalanish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2004-y., 43-son, 456-modda)
LexUZ sharhi
5-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-iyuldagi PQ-407-sonli qaroriga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan.
5-bandning rus tilidagi matniga qarang.
5-bandning rus tilidagi matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Kompaniya kengashi “O‘zbekenergo” DAKning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. Uning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-iyuldagi PQ-424-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 30-son, 290-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi 6 nafar a’zodan, shu jumladan rais va uning to‘rt nafar o‘rinbosarlaridan iborat bo‘ladi. Rais va uning o‘rinbosarlari kompaniya Kengashi taqdimnomasi asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha vazirga, birinchi o‘rinbosarlar – vazirning birinchi o‘rinbosarlariga, rais o‘rinbosarlari esa – vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. “O‘zbekenergo” DAK O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2002-yil 1-yanvargacha uy-joy fondining va kommunal soha muhandislik kommunikatsiyalarining qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida belgilangan tartibda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari balansiga berilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashining “O‘zbekiston SSJ Energetika va elektrlashtirish vazirligini tashkil etish haqida” 1990-yil 2-oktabrdagi 322-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari V.Y.Atayev va O‘.Q.Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 288-modda)
T/r | Korxonalar nomi | Joylashgan o‘rni | Kimga berilyapti |
1. | “Buxoroenergomarkaz” | Buxoro sh. | Buxoro viloyati hokimligi HKFBga |
2. | Farg‘ona viloyati “Energomarkaz”i | Farg‘ona sh. | Farg‘ona viloyati hokimligi HKFBga |
3. | “Qo‘qonenergomarkaz” | Qo‘qon sh. | Farg‘ona viloyati hokimligi HKFBga |
4. | Urganch issiqlik tarmoqlari | Urganch sh. | Xorazm viloyati hokimligi HKFBga |
5. | Jizzax issiqlik tarmog‘i | Jizzax sh. | Jizzax viloyati hokimligi HKFBga |
6. | Kattaqo‘rg‘on issiqlik manbai | Kattako‘rg‘on sh. | Samarqand viloyati hokimligi HKFBga |
7. | Toshkent issiqlik ishlab chiqarish markazi* | Toshkent sh. | Toshkent shahar hokimligi HKFBga |
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 288-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
T/r | Korxonalar nomi | Joylashgan o‘rni |
Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar | ||
1. | O‘rta Chirchiq GESlar kaskadi | Toshkent viloyati |
2. | Qodiriya GESlar kaskadi | Toshkent viloyati |
3. | Toshkent GESlar kaskadi | Toshkent sh. |
4. | Quyi Bo‘zsuv GESlar kaskadi | Toshkent viloyati |
5. | Chirchiq GESlar kaskadi | Toshkent viloyati |
6. | Farhod GESlar kaskadi | Sirdaryo viloyati |
7. | “O‘zelektrrotarmoq” elektr energiyasini uzatish korxonasi | Toshkent sh., viloyatdagi filiallari bilan |
Umumtarmoq funksiyalarini bajaradigan korxonalar | ||
10. | “O‘zenergosozlash” | Toshkent sh. |
(1-ilovaning 8, 9 va 11 pozitsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 288-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-iyuldagi PQ-424-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 30-son, 290-modda)