10.02.2016 yildagi 33-son
Hujjat 15.02.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni keng jalb etish, ularning korporativ boshqaruvda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashda, sifatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni va ularni tashqi bozorlarga yetkazib berishni tashkil etishda faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aktivlari va ulushlarini qisqartirish hisobiga iqtisodiyotda davlat ishtirokini tubdan kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-martdagi PQ-2327-son qarori bilan tuzilgan Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari:
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorining 8-bandida belgilangan muddatda qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ko‘rsatib o‘tilgan qarorida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalari berishga doir tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) I bo‘limning 1-bandi birinchi xatboshidagi “ochiq” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) III bo‘limning 3-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) IV bo‘limning 1-bandidagi “Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
a) 1-banddagi “ochiq turdagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 22-banddagi “ochiq” so‘zi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y ., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi birinchi xatboshidagi “1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan korxonalarda” so‘zlaridan keyin “shuningdek aktivlarning balans qiymati eng kam oylik ish haqining yuz ming baravaridan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida” so‘zlari qo‘shilsin.
beshinchi xatboshidagi “manfaatdorlik mavjud bo‘lgan” so‘zlari “affillangan shaxslar bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “boshqa xo‘jalik jamiyatlarida” so‘zlari “tijorat va notijorat tashkilotlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 19-martdagi PQ-1727-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 22-maydagi 140-son qarorining 1-bandi beshinchi xatboshidagi “fond bozorini yanada rivojlantirish uchun” so‘zlaridan keyin “shu jumladan “Eng yaxshi korporativ boshqaruv”, “Eng yaxshi investitsiya vositachisi” va “Eng yaxshi investitsiya konsultanti” har yilgi tanlovini o‘tkazish uchun, shuningdek korporativ boshqaruv va moliya bozori sohasida xalqaro konferensiyalar, “davra suhbatlari” va seminarlar o‘tkazish uchun” so‘zlari qo‘shilsin.