Ushbu Qonun xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan muassasalar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Prokuror nazorati tartibida amalga oshiriladigan davlat nazorati tegishli qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tergovga qadar tekshirishlar chog‘ida va qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi jinoyat-protsessual qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq tekshiruvi orqali amalga oshiriladigan davlat nazoratining o‘ziga xos xususiyatlari soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
nazorat qiluvchi organlar — xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar;
Keyingi tahrirga qarang.
tekshirish — xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonunlar hamda o‘z faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday bajarilayotganligini nazorat qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tekshirishlarni qayd etish daftari — o‘tkazilgan tekshirishlar to‘g‘risidagi axborot yozib qo‘yiladigan maxsus daftar;
(O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga muvofiq, 3-modda to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) — soliq va valyuta to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini o‘rganish va taqqoslash
(3-moddaning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 23-martdagi O‘RQ-26-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 12-13-son, 100-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
qisqa muddatli tekshirish — nazorat qiluvchi organlar jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida amalga oshiradigan tekshirish;
(3-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
nazorat tartibida tekshirish — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ilgarigi tekshirishda ko‘rsatilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etishi ustidan nazorat qiluvchi organlar amalga oshiradigan tekshirish.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish orqali davlat tomonidan nazorat qilish, shuningdek idora qaramog‘idagi organlarni tekshirishdan o‘tkazish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyekti huquqlarining ustuvorligi, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishiga tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma, shaxsiy guvohnoma va ushbu Qonunning 9 va 12-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgani taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Tekshiruvga auditorlik tashkilotlari va (yoki) ekspertlar jalb etilgani taqdirda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan nazorat qiluvchi organ va auditorlik tashkiloti va (yoki) ekspert o‘rtasidagi shartnomaning ko‘chirma nusxasi albatta taqdim etiladi. Shartnomada auditor va (yoki) ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Auditor va (yoki) ekspert xulosasining to‘g‘riligi va uning Qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun auditorlik tashkiloti va (yoki) ekspertning javobgarligi tuziladigan shartnomaning zaruriy sharti hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvlari va ekspertizalarni o‘tkazish xarajatlari nazorat qiluvchi organlar hisobiga amalga oshiriladi.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi va u chiqargan qarorlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishga doir qismi nazorat qiluvchi organlar uchun majburiy hisoblanadi.
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari bo‘yicha nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning, shu jumladan kompleks tekshiruvlar hamda taftishlarning nazorat qiluvchi organlar bir-birining ishini takrorlashiga yo‘l qo‘ymaydigan muvofiqlashtiruvchi rejalarini ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlar o‘tkazishning muvofiqlashtiruvchi rejalariga rioya qilishini nazorat qilish hamda rejadan tashqari tekshiruvlar maxsus vakolatli organning qarorisiz o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
(8-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Maxsus vakolatli organni tuzish va uning faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejali tekshirish, shu jumladan moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishlar uchun, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, quyidagilar asos bo‘ladi:
(9-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 23-martdagi O‘RQ-26-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 12-13-son, 100-modda)
maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi tomonidan berilgan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishni o‘tkazishning muvofiqlashtiruvchi rejasidan ko‘chirma;
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat qiluvchi organning muvofiqlashtiruvchi reja asosida chiqarilgan, tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi va tekshirishni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan buyrug‘i.
(9-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish uchun qo‘zg‘atilgan jinoiy ish mavjudligi asos bo‘ladi. Bunda tekshiruvga xo‘jalik yurituvchi subyektning faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq faoliyati qamrab olinishi mumkin bo‘lib, bu haqda tekshiruvni tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
(9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan, mazkur organlar tekshirishlar davomida soliq va valyutaga oid jinoyatlar alomatlarini aniqlaganida esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyekti tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliya va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik subyektining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlarni o‘rganish hamda tahlil etish asosida o‘tkaziladigan kameral nazorat natijalari bo‘yicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tezkor-qidiruv faoliyati natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari mablag‘larini, donor mamlakatlar, xalqaro, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan tuzilgan davlatlararo va hukumatlararo shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlarini sarflash masalalari yuzasidan, mulk shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining tekshiruvlarini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirishlar maxsus vakolatli organning qaroriga binoan rejali tartibda ko‘pi bilan yiliga bir marta amalga oshirilishi mumkin, xususiy korxonalar va ushbu Qonunning 101-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Belgilangan normalar va qoidalarga o‘z vaqtida hamda to‘la hajmda rioya etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta amalga oshiriladi, ushbu Qonunning 101-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 23-martdagi O‘RQ-26-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 12-13-son, 100-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan to‘rt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy banklar va boshqa xususiy moliya institutlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan besh yilda bir marta amalga oshiriladi.
(101-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi, ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(101-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddada ko‘rsatilgan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin.
(101-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
(101-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
(101-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 23-martdagi O‘RQ-26-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2006-y., 12-13-son, 100-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Nazorat qiluvchi organ rejali tekshiruv o‘tkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni o‘tkazish boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik subyektini tekshiruvdan o‘tkazish muddatlari va predmetini ko‘rsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart.
(102-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishni o‘tkazish muddatlari o‘ttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda maxsus vakolatli organning qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas.
Ushbu Qonunning 9 va 12-moddalarida nazarda tutilgan tekshirishni o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektga tilxat olingan holda topshirilgan payt tekshirishni o‘tkazish boshlangan payt hisoblanadi. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshirishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan uning o‘zi va tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt mazkur dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Bu holda dalolatnoma imzolangan payt tekshirishni o‘tkazish boshlangan payt hisoblanadi.
Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektga topshirilgan kun tekshirishni o‘tkazish tugagan kun hisoblanadi. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani (ma’lumotnomani) olishdan bosh tortganda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi bu haqda tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga (ma’lumotnomaga) tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan e’tiboran tekshirish tugagan hisoblanadi. Bu holda tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) bir nusxasi xo‘jalik yurituvchi subyektga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
(11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qisqa muddatli tekshirishlar jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida maxsus vakolatli organning qaroriga ko‘ra rejadan tashqari tekshirish tarzida nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Maxsus vakolatli organning tekshirilayotgan obyektning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, tekshirish o‘tkazishning maqsadi, muddatlari hamda uni o‘tkazish sabablarining asosliligi ko‘rsatilgan qisqa muddatli tekshirish o‘tkazishga doir qarorlari, shuningdek tekshirishni amalga oshiruvchi tegishli nazorat qiluvchi organning maxsus vakolatli organning qarori asosida chiqarilgan, mansabdor shaxslarning tarkibi va tekshirishni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan buyrug‘i xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini qisqa muddatli tekshirishdan o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish soliq organlari hamda boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ularning xo‘jalik faoliyatini taftish qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda tekshirish tegishli nazorat qiluvchi (yong‘inga qarshi, sanitariya, energetika nazorati, davlat veterinariya xizmati va boshqa) organlar tomonidan, qoida tariqasida, bir marta o‘tkaziladigan kompleks tekshiruv davomida amalga oshiriladi.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(141-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Nazorat tartibida tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli organ belgilagan tartibda bir ish kuni ichida amalga oshiriladi.
(15-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan maxsus vakolatli organ qarorini, tekshirish o‘tkazish uchun asos hisoblanuvchi boshqa hujjatlarni talab qilish, tekshiruvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishish;
(16-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
tekshirish o‘tkazish uchun asosga ega bo‘lmagan shaxslarning tekshirish o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxslarining vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarni bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik;
(16-moddaning birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan tekshirish tugagan kuni tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) bir nusxasini olish.
(16-moddaning birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tekshiruvchilarning qonuniy talabiga binoan tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlarni taqdim etishga, ularni tekshirish obyektlariga kiritishga, tekshiruvchilarga o‘z vazifalarini bajarishlari uchun ko‘maklashishga majburdirlar.
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish chog‘ida o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan tekshirish o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish;
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulkdorlari oldiga aybdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi masalani qo‘yish;
Oldingi tahrirga qarang.
tekshiruvga auditorlik tashkilotlarini va (yoki) ekspertlarni belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish;
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasi.
(17-moddaning birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
rejali tekshirishlarni o‘tkazish muddatini ko‘chirish to‘g‘risida, basharti bunga obyektiv asoslar bo‘lsa, maxsus vakolatli organga taqdimnoma kiritish.
(O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-apreldagi 82-II-son Qonuniga muvofiq 17-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining qonuniy talablari tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarish uchun majburiydir.
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish chog‘ida o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni ko‘rsatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga muvofiq 17-moddaning uchinchi qismi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tekshirishlar natijalarini dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshirish tugagan kuni tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda qoldirish;
(17-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Agar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasalar, ular o‘zlariga berilgan vakolat doirasida va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq chora-tadbirlarni ko‘rishlari mumkin. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishga haqli emas.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy qarorlari yoki boshqa harakatlari natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati subyektlari so‘roviga ko‘ra mazkur birlashmalar vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
(18-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat berish shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.
Sudga shikoyat berilganida ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni yoki qarorni ijro etish sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar to‘xtatib turiladi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar yoki qarorlar bundan mustasno. Xo‘jalik yurituvchi subyekt sudga shikoyat berganligi to‘g‘risida nazorat qiluvchi organni tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.