03.11.2015 yildagi 311-son
Hujjat 09.11.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
qarorning 3-bandi va qarorga 1 — 4-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
8-banddagi “300 gektargacha” so‘zlari “300 gektardan ortiq bo‘lmagan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul bajaruvchilar

Amalga oshirish shakli

I. Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarining oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan real ehtiyojini aniqlash

1.

Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari uchun mutaxassislarning lavozimlari va ishchilar kasblarining namunaviy nomenklaturasini, shuningdek fermer xo‘jaliklarining namunaviy shtatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2015-yil
dekabr

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

O‘zbekiston Fermerlari kengashi

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

2.

Fermer xo‘jaliklaridagi asosiy kasblar va lavozimlar bo‘yicha tarif-malaka tavsiflarini ishlab chiqish, tasdiqlash va nashr etish.

2015-yil
dekabr

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,

O‘zbekiston Fermerlari kengashi

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

3.

Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarining oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji prognoz parametrlarini aniqlash.

har yili
dekabrda

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘zbekiston Fermerlari kengashi

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

4.

Fermer xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari uchun yangi lavozimlar va kasblarni joriy etishni, shuningdek mintaqaviy xususiyatlarni va kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni hisobga olgan holda qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilishning har yilgi kvotalari bo‘yicha takliflarni shakllantirish.

har yili
yanvarda

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

5.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari kontingentini hisobga olgan holda ish o‘rinlari tashkil etishning prognoz parametrlarini aniqlash.

har yili
aprelda

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

II. Davlat ta’lim standartlarini, o‘quv rejalarini va o‘quv fanlari dasturlarini yangilash, zamonaviy, yuqori samarali pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish asosida qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish

6.

Fermer xo‘jaliklarining, qishloq va suv xo‘jaligi tashkilotlarining xususiyatlarini va faoliyatini, mehnat bozori kon’yukturasini, lavozimlar va kasblarning yangi nomenklaturasini, kadrlardan foydalanuvchilarning mutaxassislarning bilimlariga, mahoratiga va kasbiy ko‘nikmalariga bo‘lgan zamonaviy talablarini hisobga olgan holda davlat ta’lim standartlarini, o‘quv rejalarini va o‘quv fanlari dasturlarini takomillashtirish, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini o‘quv-metodik ta’minlashni yaxshilash.

2015-2016-yillar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Davlat test markazi,
qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

7.

Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha bakalavriat va magistratura ixtisosliklarining talab katta bo‘lgan ochilayotgan yangi ta’lim yo‘nalishlarini hisobga olgan holda Oliy ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklari klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2016-yil

may

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,

qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

8.

Yangi pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, zamonaviy o‘quv va metodik adabiyotlardan foydalanish, ularning axborot-resurs markazlarini zamonaviy elektron-kutubxona tizimlari bilan jihozlash yo‘li bilan qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim �uassasalarida ta’lim jarayoni sifatini yaxshilash.

2015 — 2017-yillar

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablag‘lari, homiylar mablag‘lari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

9.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi har bir oliy ta’lim muassasasida eng yaxshi bitirish malakaviy ishi, eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi va talabalar ilmiy konferensiyasidagi eng yaxshi ma’ruza uchun tanlovlarni o‘tkazish.

har yili
aprel-mayda

Bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari, manfaatdor tashkilotlar, O‘zbekiston Fermerlari kengashi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

Kelgusida ularni ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga aniq maqsadli tayyorlash uchun qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining bakalavrlari va magistrantlari orasidan 100 nafar iqtidorli talabalarni tanlash, ularni moddiy rag‘batlantirishni tashkil etishni nazarda tutish.

2015-yil
noyabr

Homiylar mablag‘lari

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining bakalavrlari va magistrantlari orasidan iqtidorli talabalar ro‘yxatini har yili yangilab borish.

har yili

martda

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari Kengash�arining a’lochi talabalari uchun maxsus stipendiyalarni, shuningdek homiylarning 12 ta maxsus stipendiyalarini ta’sis etish.

har yili noyabrda

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylar mablag‘lari

Yaqin vaqtlarda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishni mo‘ljallayotgan qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ilmiy-tadqiqot institutlarining (keyingi o‘rinlarda ilmiy muassasalar deb ataladi) 50 nafar eng yaxshi tayyorlangan katta ilmiy xodimlari-izlanuvchilarini va mustaqil ilmiy izlanuvchilarini tanlash, ularni moddiy rag‘batlantirishni tashkil etishni nazarda tutish.

2015-yil

noyabr

Homiylar mablag‘lari

III. Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining hamda qishloq va suv xo‘jaligi mutaxassislarining malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni tizimli asosda ta’minlash

a) Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

10.

Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash talablariga muvofiq qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash dasturlarini takomillashtirish va tasdiqlash.

har yili 1-dekabrgacha

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

11.

Pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayoniga zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

doimiy ravishda

Bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

b) Qishloq va suv xo‘jaligi mutaxassislarining, shuningdek fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

12.

Qishloq va suv xo‘jaligi mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash davlat talablarini, o‘quv rejalarini, dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2015-yil
dekabr

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari,

O‘zbekiston Fermerlari kengashi, manfaatdor tashkilotlar

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

13.

Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish qisqa muddatli kurslarini tashkil etish va o‘tkazish.

har yili

2015 — 2017-yillar jadvali bo‘yicha

Qishloq va suv xo‘jaligi tashkilotlari mablag‘lari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,
O‘zbekiston Fermerlari kengashi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

manfaatdor tashkilotlar

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

14.

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida quyidagilar bo‘yicha har yilgi qisqa muddatli kurslarni tashkil etish:

suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari uchun malaka oshirish bo‘yicha;

suv xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash bo‘yicha.

har yili

jadval bo‘yicha

Qishloq va suv xo‘jaligi tashkilotlari mablag‘lari

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

15.

Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha kasb-hunar kollejlarida suv xo‘jaligi hamda suv iste’molchilari uyushmalari, shuningdek 2013-2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirishda qatnashuvchi tashkilotlarning mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tash�il etish.

har yili

jadval bo‘yicha

Suv xo‘jaligi tashkilotlarining va suv iste’molchilari uyushmalarining, boshqa manfaatdor tashkilotlar va homiylarning mablag‘lari

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

16.

Maxsus o‘quv auditoriyalarini va laboratoriyalarini, shuningdek suv xo‘jaligining demonstratsiya obyektlarini va dala uchastkalarini suv xo‘jaligi tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari rahbarlari va mutaxassislarining, shuningdek suv xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-demonstratsiya materiallarini tayyorlash, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalar bilan jihozlash. Ularni suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishidagi eng yangi yutuqlar bilan yangilab borishni ta’minlash.

har yili

jadval bo‘yicha

Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departamenti,

“O‘zmeliomashl�zing” DLK mablag‘lari,

suv xo‘jaligi tashkilotlari va homiylar mablag‘lari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departamenti,

“O‘zmeliomashlizing” DLK,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

17.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari huzurida davlat unitar korxonalari shaklida fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarini tashkil etish.

2015-yil

dekabr

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining markazlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan tushadigan budjetdan tashqari mablag‘lari, Homiylar mablag‘lari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari,

O‘zbekiston Fermerlari kengashi

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

IV. Qishloq va suv xo‘jaligi, ilm-fan hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bo‘yicha ta’limni integratsiyalashni chuqurlashtirish

18.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini tanlash va shakllantirishga jalb etish. Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ilmiy-innovatsiya loyihalarini tanlash bo‘yicha tanlovlarda birgalikda ishtirok etishi.

2015 — 2017-yillar

jadval bo‘yicha

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy muassasalar

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

19.

Ilmiy muassasalarning yetakchi ilmiy xodimlarini va ishlab chiqarishning tajribali mutaxassislarini qishloq xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalaridagi pedagogik faoliyatga, qishloq va suv xo‘jaligida fan va texnikani rivojlantirishning eng dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqishga jalb etish.

doimiy ravishda, tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida

Oliy ta’lim muassasalarining ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablag‘lari, homiylar mablag‘lari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy muassasalar,

manfaatdor tashkilotlar

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

20.

Ilmiy muassasalar tomonidan qishloq va suv xo‘jaligi oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilarini, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarini va mustaqil ilmiy izlanuvchilarini qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga jalb etish.

doimiy ravishda, tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida

Ilmiy muassasalarning ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablag‘lari, homiylar mablag‘lari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy muassasalar

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

21.

Talabalar, o‘qituvchilar, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil ilmiy izlanuvchilar tomonidan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining fakultetlari va yetakchi soha kafedralari kabinetlarini tashkil etish.

2015-yil

dekabr

Bajaruvchilar mablag‘lari

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarining tashkilotlari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

V. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash

22.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari hamda yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.

2015 — 2017-yillar

Bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarning grantlari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,
qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari

Hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalar

23.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, pedagog kadrlar malakasini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun xalqaro grantlarni jalb etish.

2015 — 2017-yillar tuzilgan shartnomalarga muvofiq

Bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarning grantlari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

24.

Axborotlar, to‘plangan tajriba va mutaxassislarning keng almashin�vini ta’minlash, pedagog kadrlarning yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalardagi stajirovkalarini tashkil etish. Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarida leksiyalar va maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarning yuqori malakali olimlarini taklif etish.

doimiy ravishda

Bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarning grantlari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,

qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari,

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi,
manfaatdor tashkilotlar

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

VI. Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishni tubdan takomillashtirish hamda ularni ishga joylashtirish ishlarining samaradorligini oshirish

25.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalariga talabalarnin� ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish va homiylik qilish.

har yili jadval bo‘yicha

Homiylar mablag‘lari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zgidromet” markazi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

Bajaruvchilarning qo‘shma qarorlari

26.

Talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashlari va ilmiy ishlanmalarning sinovlarini o‘tkazishlari uchun qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari qoshidagi har bir o‘quv-tajriba xo‘jaligining 5 gektardan sug‘oriladigan yer maydonini davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishdan ozod qilish.

2015-yil
noyabr-dekabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon,
Buxoro, Samarqand,
Toshkent viloyatlari hokimliklari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro, Samarqand,
Toshkent viloyatlari hokimliklari qarorlari

27.

Talabalarni ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun yetakchi xorijiy qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi tashkilotlariga yuborish.

2015 — 2017-yillar tuzilgan shartnomalarga muvofiq

Xalqaro tashkilotlarning, xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarining grantlari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari

Hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalar

28.

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanining “Navoiy” qishlog‘i hududida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi “ToshDAU Eksperimental muassasasi” o‘quv-tajriba xo‘jaligini tugatish, belgilangan tartibda quyidagilarni:

58,9 gektar yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi bilan “VUZ AGRO” mas’uliyati cheklangan jamiyatga (“VUZ AGRO” MChJ) meva, sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hamda 149,5 gektarini keyinchalik fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun O‘rta Chirchiq tumani hokimligining yer zaxirasiga berilishini;

binolar, inshootlar va boshqa mol-mulkning tezkor boshqaruv huquqi bilan Toshkent davlat agrar universitetiga, keyinchalik “VUZ AGRO” MChJga beg‘araz foydalanishga berilishini ta’minlash.

2015-yil
dekabr

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi va qo‘shma qarorlari

29.

Andijon qishloq xo‘jaligi instituti qoshidagi “AQXI o‘quv-tajriba xo‘jaligi”ning Andijon viloyati Andijon tumani “Ko‘yganyor” qishlog‘i hududidagi 9,7 gektar yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi bilan G‘alla va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutiga hamda 143,3 gektarini keyinchalik fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun Andijon viloyati Andijon tumani hokimligining yer zaxirasiga berish.

2015-yil dekabr

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Andijon qishloq xo‘jaligi instituti, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi va qo‘shma qarorlari

30.

Davlat unitar korxonasi shaklida Samarqand qishloq xo‘jaligi institutida “Veterinariya xizmati ko‘rsatish ilmiy-amaliy markazini (“Vetservis”)” va “Naslchilik ilmiy-amaliy markazini (“Naslservis”)”, Andijon qishloq xo‘jaligi institutida — “O‘simliklarni biologik himoya qilish ilmiy-amaliy markazini (“Bioservis” IAM)” tashkil etish.

Tashkil etiladigan markazlar bazasida talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etgan holda ularning amaliyot o‘tashini tashkil etish.

2015-yil

dekabr

Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti va Andijon qishloq xo‘jaligi institutining markazlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan tushadigan budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylar mablag‘lari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi instituti, O‘zbekiston Fermerlari kengashi

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

31.

Har yilgi mehnat yarmarkalarini, bo‘sh o‘rinlar taqdimotlarini tashkil etgan, ommaviy axborot vositalarida bakalavrlar va magistrlarning bitirishi to‘g‘risidagi obzorli va statistik materiallarni e’lon qilgan holda, talabalar, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazish va uch tomonlama shartnomalar tuzish yo‘li bilan bitiruvchilarning ishga joylashishiga ko‘maklashish.

har yili,
aprel-iyun oylarida

Bajaruvchilar mablag‘lari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar , manfaatdor tashkilotlar

Talabalar, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi shartnomalar

32.

O‘zbekiston Fermerlari kengashi hamda qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish.

doimiy ravishda

Bajaruvchilar mablag‘lari

O‘zbekiston Fermerlari kengashi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari

Bajaruvchilar-ning Chora-tadbirlari kompleksi

VII. Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limning uzviyligini va uzluksizligini ta’minlash, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi akademik litseylar, kasb-hunar kollejlariga o‘quv jarayonining sifatini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish

33.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini tashkil etish va sifatini yaxshilash chora-tadbirlarini va dasturlarini amalga oshirishga jalb etish.

doimiy ravishda

Bajaruvchilar mablag‘lari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari

Hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalar

34.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarida kasb-hunar kollejlari uchun quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlashni tashkil etish: “Qishloq xo‘jaligida menejment”, “O‘rmonchilik va o‘rmon melioratsiyasi”, “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik”, “O‘simliklarni himoya qilish va karantin”, “Elektroenergetika (suv xo‘jaligida)”, “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash”, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish”.

2016-2017 o‘quv yilidan boshlab

Bajaruvchilar mablag‘lari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari

Bajaruvchilarning qo‘shma qarorlari

35.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarida kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish.

har yili, tasdiqlangan jadvallar asosida

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

36.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar va o‘quv adabiyotlari tayyorlashga jalb etish.

2015 — 2017-yillar,
Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

37.

Kasb-hunar kollejlarining 3-bosqich o‘quvchilarini qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga jalb etishga doir manzilli amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

doimiy ravishda

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

VIII. Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish hamda ularni o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlash

38.

Toshkent davlat agrar universitetida tashkil etiladigan O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti markazi binosini mukammal ta’mirlash, uni zarur o‘quv-laboratoriya va ilmiy asbob-uskunalar, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlash.

2015-2016-yillar

Homiylar mablag‘lari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, manfaatdor tashkilotlar

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

39.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining asoslangan takliflariga muvofiq quyidagi loyihalarni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritish:

Suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash fakultetining o‘quv-laboratoriya binosini, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining binosini, laboratoriya korpusini va nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish;

Samarqand qishloq xo‘jaligi institutining Zootexniya va qorako‘lchilik fakulteti binosi qurilishini tugallash;

Samarqand va Andijon qishloq xo‘jaligi institutlarining, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining o‘quv-laboratoriya binolarini, talabalar turar joylarini bosqichma-bosqich qurish va rekonstruksiya qilish.

2016-yildan boshlab

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

40.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya binolarini, talabalar turar joylarini, o‘quv-mashina-traktor parklarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya va texnologiya asbob-uskunalari, axborot-kommunikatsiya vositalari, mebel, anjomlar, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlash.

har yili

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining

ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doira-sida, homiylar mablag‘lari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari, manfaatdor tashkilotlar

Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.